Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Fojeaviylik va kulgulilik kategoriyasi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet288/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Fojeaviylik va kulgulilik kategoriyasi 
Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy va estetik tafakkurning 
muhim tadqiqot obyekti boʻlib kelgan. Har qanday fojea zamirida alohida 
fojiali toʻqnashuv yotadi, uning eng muhim jihati koʻlamlilik va ijtimoiy 
ahamiyatga tegishligidadir. Fojeaviylik real hayot va inson a‘molidagi 
kuchlar toʻqnashuvining natijasi boʻlib, bu toʻqnashuvlar kurashining qanday 
tugallanishi pirovardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bogʻlanib ketadi. Bu 
hol fojeaviylikning falsafiy jihatdan murakkab estetik kategoriya ekanligini 
koʻrsatadi. Odatda, fojeiy qahramoni koʻpincha ijobiy tusda tasvirlanadi: u 
oʻz davrining ijobiy orzu-umidlari, u yoki bu qirralarini oʻzida 
mujassamlashtirgan kuchli, yorqin, ulugʻvor shaxsni namoyon etadi. Lekin 


533 
fojea toʻqimasida boshqa turdagi qahramonlar kam aks ettirilgan boʻlib, oʻz 
taqdirlari bilan tomoshabinda oʻta kuchli his-tuygʻularni qoʻzgʻaydi. 
Ma‘lumki, ilgʻor madaniy tafakkur doim hayotni oʻzlashtirish, oʻlim xavfini 
qisqartirish haqida oʻylab kelgan. Oʻlim qaygʻusidan farqli oʻlaroq 
fojeaviylik qaygʻu va iztirobdan iborat boʻlib, ulugʻvorlikning vayron 
boʻlishi bilan bogʻliq: u - hayotning tugashi yoki ijtimoiy ahamiyatga ega 
boʻlgan tarixiy voqelikning barbod boʻlishidir. 
Fojiaviylik estetika kategoriyalari orasida ulugʻvorlik bilan koʻp 
jihatdan yaqin boʻlib, haqiqiy ulugʻvorlikni fojiaviylikning davomi, deyish 
mumkin. Shu bois estetika ilmida fojiaviylik ulugʻvorlik bilan uzviylikda 
oʻrganiladi. Chunki ulugʻvorlikning barcha xususiyatlari fojiaviylikning ham 
u yoki bu koʻrinishi orqali namoyon boʻladi. Fojiaviylik mezoniy 
tushunchasining 
estetikasidagi 
markaziy 
muammosi-insonning 
imkoniyatlarini har tomonlama kengaytirish (san‘at, badiiy adabiyot, jamiyat 
va tabatga nisbatan munosabatda), qahramonlik, buyuklik tushunchalarining 
qat‘iy va oʻzgarmas chegaralarini buzib, uning mohiyatini yanada 
yaqinlashish, tashabbuskor va bunyodkorlikni ragʻbatlantirish, hayotda 
umidvorlik va unga muhabbat tuygʻularini rivojlantirishdan iboratdir. Fojeiy 
qahramon kelajakka yoʻl tashlaydi, u eskirgan chegaralarni daf etadi. U 
doimo insoniyat kurashining oldida boradi. 
Fojeaviylikning yana bir xususiyati shundaki, u insonga borliqning 
mazmunini ochib berishda yaqindan koʻmak beradi. Shaxs rivoji jamiyat va 
insoniyat oʻrtasidagi munosabatga bogʻliq ekanligini, jamiyat taraqqiyoti 
inson hisobiga emas, balki inson va inson orqali rivojlanishi zarurligi 
bevosita fojiaviylik tushunchasi orqali yanada konkretlashtiriladi. Bu esa 
pirovardida inson va insoniyat muammolarini insonparvarlik yoʻli bilan hal 
etishga olib keladi. Fojiaviylikda jamiyat va insoniyatning ezguligini himoya 
qiluvchi xususiyat mujassam. Mahmud Torobiy qoʻzgʻa‘loni natijasiz 
tugashi, uning oʻzi esa fitna qurboni boʻlishi ajdodlarimiz qismatidagi 
fojiadir. Mahmud Torobiy gʻanim qoʻlida emas, oʻz qavmidan chiqqan-nurga 
emas, zulmatga talpingan kaltabin johil Olovxon Yusuf qoʻlida ha‘lok 
boʻladi. Biroq Torobiy timsolidagi fojia xiyonat, sotqinlik, diyonatsizlik, 
zulm va zoʻravonlik boshidan kechirgan va unga qarshi kurashgan millat, 
xalq va Vatan fojiasidir. Yoki istiqlol muqaddas tutgan, oʻlkaning milliy, 
diniy zaminidagi taraqqiyot uchun kurashgan va xalq orasidagi gʻoyat katta 
mavqega ega boʻlgan jadid ma‘rifatchilarining fojiasi ham jamiyatni 
toʻqimtabiat «muhabbat» dan xalos etishning natijasi edi. 
Fojiaviylikning falsafiyligi shundaki, u: 
- inson mahrum boʻlgan fazilatlar oʻrni qoplanmasligini ifodalaydi; 
- shaxsning abadiyatga daxldor ekanligiga baho beradi; 
- ma‘naviy jasorat egasining xarakterini ochishga koʻmaklashadi; 
- borliq va inson hayoti uygʻun ekanligini mushohada qilishga undaydi; 


534 
- tarixni xolis baholaydi, tarixiy ziddiyatlarni fosh etadi; 

hayotdan 
umidvorlik, 
hayotga 
muhabbat 
tuygʻularini 
mustahkamlaydi; 
- odamlarni ma‘naviyatsizlikdan forigʻ qiladi.
Kulgililik kategoriyasiga doir tadqiqotlar kulgining predmetini bir 
tomondan - obyektiv xususiyat sifatida, ikkinchi tomondan - shaxsning 
subyektiv imkoniyatlari natijasi sifatida, uchinchi tomondan - subyekt va 
obyekt oʻzaro aloqadorligining natijasi sifatida oʻrganadi. Bu oʻz navbatida, 
kulgililik kategoriyasini turli rakursda oʻrganishga olib keldi. 
Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng oʻrganilgan. 
Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, nodonlik - insonni 
kulgili qiladi, deydi. Arastu fikriga koʻra, kulgi ayrim xatoliklar hamda 
kishilarga ozor etkazmaydigan va zarar keltirmaydigan xunuklikni keltirib 
chiqaradi. Insondagi jahldorlik, suskashlik, qizgʻonchiqlik, subutsizlik, 
izzattalablik, shuhratparastlik kabi illatlar kulgililik obyektidir. Bundan 
tashqari, Arastu kulgi - axloq hududlarini bezarar buzishdir, degan fikrni 
bildiradi. 
Kulgilililk boshqa nafosatli hodisalar singari faqat obyektiv tomonga 
ega boʻlmay, subyektiv tomonlarni ham oʻzida birlashtiradi. Kulgililikning 
subyektiv tomoni - keng ma‘nodagi hazil (yumor) tuygʻusidir. (Moler hazil 
tuygʻusini insonni hayvondan ajratib turadigan xususiyati deb atagan edi.) 
Hazil - insonlararo munosabatlarni tabiiy va erkin idrok etishi, turli 
beoʻxshov ziddiyatlarni anglagan holda ularga nisbatan oqilona kulgi bilan 
javob berish qobiliyatidir. Hazil tuygʻusi juda murakkab aqliy tuygʻu boʻlib, 
unda shaxs oʻzining butun borligʻi bilan namoyon boʻladi, uda insonning his-
tuygʻusi, aqliy madaniyati, orzu-umidlari va tabiati aks etadi. Shuning uchun 
ham insonning nima uchun kulayotganligiga qarab, uning qanday illat va 
qanday fazilatga ega ekanligini bilish mumkin boʻladi.
Insonning turli sabalarga koʻra kulgisi qistaydi. Masalan, toʻyimli va 
mazali ovqatlanishdan rohatlanib kuladigan odamlar ham uchraydi, chunki 
bunday odamlar uchun kulgi hayotni sof fiziologik-jismoniy idrok etish 
ifodasi boʻlib xizmat qiladi. Kulgililik bevosita biror bir hodisa - insonning 
tashqi koʻrinishi bilan uning asl mohiyati oʻrtasidagi nomuvofiq ziddiyat 
natijasida yoki amaldagi voqelik bilan yuksak estetik orzularga mos kelishi 
kerak 
boʻlgan 
voqelik 
oʻrtasidagi 
muhim 
tafovutlar 
hamda 
kelishmovchiliklarni tabiiy anglash natijasida vujudga keladi. Ba‘zi bir 
odamlar oʻzining pastkash, johil, loqayd, xudbin mohiyatini tashqi viqor, 
oliftalik, takabburlik bilan «bezab» koʻrsatmoqchi boʻladi. Bu kabi odamlarni 
uchratganda ham insonda beixtiyor kulgi tuygʻusi yuzaga keladi. Bunday 
kulgili holatga oʻsha odamning ichki olami bilan uning tashqi koʻrinishi 
oʻrtasidagi beoʻxshovlik sabab boʻladi. Mazkur nisbatning yana bir oʻziga 
xos jihati shundaki, kulgili holatdan olgan zavqimizga sogʻlom ma‘nodagi 


535 
«xudbinlik» hissi ham qoʻshilib ketadi. Chunki biz bachkana, ka‘londimogʻ, 
ovsarsifat odamning asl mohiyatini anglash qobiliyatimiz bilan ma‘naviy-
insoniy jihatdan u odamdan yuksakroq ekanligimiz oʻzimiz uchun hamisha 
yoqimlidir. Shu jihatiga koʻra kulgi insonni ruhan koʻtaradi, unga insoniy 
gʻurur tuygʻusi bagʻishlaydi.
Kulgi oʻz mohiyatiga koʻra demokratik xususiyatga ega: u barchani 
teng koʻradi. Kulgi eskilik bilan kurashning omilkor vositasigina boʻlib 
qolmay, balki insonning kuch-qudrati va ozodligi timsoli hamdir. Kulgi 
beqiyos 
rango-ranglik, 
xilma-xil 
qirralarga 
ega 
boʻlib, 
mayin, 
ragʻbatlantiruvchi, xushfe‘l hazil tuygʻusidan tortib, to ayovsiz achchiq 
istehzogacha boʻlgan keng doirada amal qiladi. 
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, kulgililik yoki kulgi - insoniy voqelik 
va faqat insonga xos estetik tuygʻu. Inson oʻzining aqli yordamida kuladi. U, 
albatta, oʻzining ahmoqligidan ham kulishi mumkin, biroq bu kulgi telbaning 
mazmunsiz kulgisi hisoblanadi. Kulgidagi lazzatning manbaida masxara, 
istehzo kabi obyektlarning ustidan afzallik tuygʻusi yotadi. Shu ma‘noda, 
kulgi - biror-bir bema‘nilik bilan toʻqnashuv natijasida yuzaga keluvchi 
yoqimsiz tuygʻulardan xalos boʻlishdir.
Inson boshqa insonda kulgini mutlaqo bir-biriga oʻxshamaydigan ikkita 
uslub orqali paydo qiladi: bexosdan, ya‘ni oʻzining noqulay hatti-harakati 
tufayli; toʻla onglangan holatda, ya‘ni oʻzining zukkoligi va gapga 
chechanligi bilan. Chunonchi, zukkolik yoki zakiylikning yumoriga 
asoslanishi shundaki, u holatning tanqidiga toʻgʻri yondashadi, uning 
kamchiliklarini koʻra oladi, holatni kulgi bilan amalga tushunarli holda 
koʻrsatib bera oladi. Zukkolik kulgili holatlarda qochirim, kinoya, luqma 
yordamida vaziyatni oʻnglashi va undan chiqib keta olishi mumkin. Mazkur 
jihatlarning umumlashmasi quyidagi toʻrtta asosni yuzaga keltiradi: Kosa 
tagidagi nim kosa gaplar. Bunda biron narsa haqida gapiriladi-yu, ammo 
mazmun 
boshqa 
ma‘noga 
qaratilgan 
boʻladi. 
Byurokratiya‘ning 
sarsongarchiliklaridan bezor boʻlgan shoirning qoʻyidagi misrasi fikrimizga 
misol boʻladi: 
Bir tomon iljaysa, ikkinchi tomon 
Qotib turaverar-unga bir tiyin, 
Ikki ministrlik aro sargardon 
Boʻlgan moʻrkon kabi burnimga qiyin. 
Kishining kamchiliklarini uning koʻngliga botmaydigan soʻzlar orqali 
ifodalash bilan ham kulgililikni koʻrsatish mumkin. Chustiyning «Xurragim» 
gʻazalida kulgining subyekti - xurrak otuvchi chiroyli tashbeh bilan 
ifodalanadi: 


536 
Uyga sigʻmay, nayza sanchib tomni teshding nogahon: 
SHul zamon sirlik faner topdi jarohat, xurragim. 
Koʻkka chiqdingu malaklar uygʻonib ketti bari, 
Qayda boʻlsang, boʻldi koʻp uyquga gʻorat, xurragim. 
Umuman 
olganda, 
estetikaning 
mezoniy 
tushunchalari 
(kategoriyalari)ni bir-biri bilan doimiy hamkorlikda mustahkamlanib boradi. 
ayniiqsa, bu jarayonda goʻzallik kategoriyasi bogʻlovchi vazifasini bajaradi. 
Shuning uchun fojiaviylikda, ulugʻvorlikda, xunuklikda ham goʻzallik 
unsurlarining uchrashi bejiz emas

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   284   285   286   287   288   289   290   291   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish