Goʻzallik va uning muqobillari
Goʻzallik estetikaning asosiy kategoriyasi sifatida barcha estetik
tushunchalar uchun asos vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham odatda
―Estetika fani nimani oʻrganadi?‖, ―Estetika fanining maqsadi nima?‖,
―Estetika qanday fan?‖ degan qator savollarga ―Estetika - goʻzallikni
oʻrganuvchi fan!‖, ―Estetikaning maqsadi - goʻzallikni yaratish!‖, ―Estetika -
goʻzallik haqidagi fandir!‖ - degan javob beriladi. Koʻrinib turibdiki, estetika
bilan bogʻliq har qanday savolning javobi goʻzallik masalasiga borib taqaladi.
Goʻzallik oʻz-oʻzidan vujudga keladigan hodisa emas, balki shakli,
mazmuni va xususiyatiga koʻra ikki koʻrinishda namoyon boʻladi. Birinchi
koʻrinishi goʻzallik ontologiyasi bilan bogʻliq. Goʻzallik tafakkur va tabiat
mahsuli. Kulol loydan, naqqosh yogʻochdan, misgar misdan, zargar tillodan
shunday buyum yaratadiki, uning jozibasi insonni hayratga soladi. Yoki
tabiatdagi purviqor togʻlar, yuksak choʻqqilar, dengiz-u ummonlarning
goʻzaligini inson takrorlashga ojiz.
Ikkinchi koʻrinishi goʻzallik gnoseologiyasi bilan bogʻliq. Ya‘ni
goʻzallik ayni paytda bilishning mahsuli. Voqelikdagi har qanday narsa-
hodisaning goʻzalligi uning ishonchlilik, qiziqarlilik, haqqoniylik mezonlari
bilan oʻlchanadi. Inson goʻzallikni chinakam his etganda, uning mohiyatini
bilgandagina zavqlanadi, huzur qiladi. Zero, goʻzallikni bilish, idrok etish
insonning badiiy-estetik tafakkurini oʻstiradi.
Goʻzallik tushunchasining mazmun-mohiyatiga nazar tashlaydigan
boʻlsak, uning tarixiy taraqqiyot hamda ijtimoiy munosabatlar jarayonida
moddiy va ma‘naviy zaruriyatga aylangan tushuncha ekanligini kuzatishimiz
mumkin. Bular:
Birinchidan - ijtimoiy hayotning barcha sohalariga goʻzallikni tadbiq
etish, uning qonuniyatlarini ma‘naviy jarayonlarga qoʻllash orqali ilgʻor
qadriyatlar tizimini barpo etish mumkin. Jamiyatning iqtisodiy sohalariga
goʻzallikni tatbiq qilish orqali moddiy ehtiyojlar manbai yaratiladi.
527
Ikkinchidan – globallashuv jarayonlariga nazar tashlaydigan boʻlsak,
goʻzallikni amaliy-pragmatik jihatdan ahamiyati katta ekanligi yanada
oydinlashadi. Chunki hozirgi kunda tinchlikni barqarorlashtirish, ekologik
xavfning oldini olish, davlatlararo va etnik nizolarga chek qoʻyish, ommaviy
qirgʻin qurollarini ishlab chiqarishni yoʻq qilish, terrorizm, genotsid va
giyohvandlikning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik kabi umumbashariy
muammolarga aylanib bormoqda. Endilikda texnogensivilizatsiya‘ni ham
goʻzallik qonunlari asosida tashkil etishga katta ehtiyoj sezilmoqda.
Uchinchidan - goʻzallik normativ-baholash xususiyatiga ega. Chunki,
goʻzallikni his etish, uni baholash orqali inson oʻzida uygʻunlikni namoyon
qiladi. Uygʻunlik insonni faollikka undaydi, loqaydlik, dangasalik kabi
illatlardan xalos etadi. Agar faoliyatning boshqa turlari (siyosiy, iqtisodiy,
huquqiy,
axloqiy)
shaxsning
alohida
kuchlarini
rivojlantirishga
koʻmaklashsa, goʻzallik ularni yaxlit shakllantiradi.
Goʻzallik estetik tafakkur tarixida tushuncha sifatida, qonuniyat
sifatida, nazariya sifatida, dunyoqarash sifatida oʻrganilgan. Shu bois
faylasuflar, adabiyotshunoslar va san‘atshunos olimlar oʻz sohalarining
umumnazariy masalalarini yoritishda goʻzallikka murojaat qilganlar.
Xususan, goʻzallikning nazariy va amaliy tahlili, ma‘naviy va axloqiy
mohiyati, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatini ochib berishga qaratilgan koʻplab
ilmiy tadqiqotlar mavjud. Mazkur tadqiqotlarni umumiy ma‘noda asosan
ikkiga ajratish mumkin. 1. Goʻzallikni ilmiy-nazariy asoslarni oʻrganishga
qaratilgan tadqiqotlar. 2. Goʻzallikni ilmiy-texnik taraqqiyot bilan bogʻliq
holda amaliy-progmatik asoslarini yaratishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar.
Goʻzallik tushunchasi azaliy muammo sifatida mutafakkirlarning
diqqat e‘tiborida boʻlib keldi. Donishmandlar goʻzallikning mohiyatiga u
yoki bu tarzda yondashganlar. Shuning uchun yillar davomida estetik
tafakkur tarixida goʻzallik haqidagi gʻoyalar, qarashlar, nazariyalar va
ta‘limotlarning butun bir tizimi shakllandi.
Falsafa, estetika, etika, politologiya singari ijtimoiy fanlarning ilmiy
asoslari koʻproq antik davr qarashlari bilan muqoyasa qilinadi. Buning boisi
antik davrlarda ushbu fanlarga daxldor muammolar ilmiy-nazariy jihatdan
tahlil etildi va muayyan tizimga solindi. Masalan, XII-XY asr Mavarounnahr
mutafakkirlari ning goʻzallikka doir qarashlarida goʻzallik nazariya
darajasidan koʻra koʻproq qarashlar tarzida tahlil etildi, goʻzallik san‘at
hamda badiiy adabiyotning muhim vositasiga aylandi. Bir soʻz bilan
aytganda, goʻzallik nasrdan nazmga koʻchdi. Chunonchi, soʻz san‘atida
goʻzallikni namoyon ettirish koʻproq gʻazal, she‘rdagi shakl va mazmuning
hamohangligiga bogʻliq. Bu borada Alisher Navoiyning estetik merosiga
murojaat etish oʻrinlidir.
Navoiy oʻzining «Xamsa» asarida falsafa, ilohiyot, axloq, siyosat
hamda nafosatshunoslikning qator masalalariga murojaat qilib, borliq va
528
inson munosabatlarini chuqur tahlil etadi. Xususan, uning goʻzallikka doir
mulohazalari «Hayrat ul-abror» («Yaxshi kishilarning hayratlanishi»)da
mufassal bayon etiladi. Shoir Sharq she‘riyatining koʻzgusi boʻlgan soʻzning
goʻzalligiga alohida ahamiyat berib, uni quyidagicha bayon etadi; «Soʻz
gavharining qolipi shunchalar yuksakki, gavhardek qimmatbaho narsa ham
unga sadaf boʻla olmaydi, toʻrt sadaf (suv, havo, olov, tuproq) ichida
gavharga qutu ham shu soʻz, etti qavat osmon yulduzlarining burjlari ham
shu soʻzdir». «Lison ut-tayr» («Qush tili») asarida esa Olohning hamma
sohada tengsiz va yakkayu yagonaligi, borliqdagi barcha goʻzalliklar
Ollohdan ekanligini bosh falsafiy-estetik masala qilib oladi. Qolaversa,
Navoiyning barcha asarlarida ilohiylik ruhi pirovard maqsad qilib
belgilanganki, bu holat «Hamsa» da ham yaqqol namoyon boʻladi. Jumladan,
Navoiy
Qur‘onning
«Al-Isro»
surasiga
murojaat etgan holda,
paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning Meroj tunida koʻrganlarini «Saddi
Iskandariy», «Farhod va Shirin», «Sabbai Sa‘yyor» dostonlari orqali
tasvirlashga harakat qiladi.
Umuman, Oʻrta asrlar musulmon Sharqi estetik tafakkuri taraqqiyotida
goʻzallik
haqidagi
ta‘limotlar,
nazariyalar,
qarashlarda
umumiy
dunyoqarashning kengligi, insonparvarlik va ratsionalizmning etakchiligi
yaqqol seziladi. Musulmon Sharqi mutafakkirlari goʻzallikni aql va
tafakkurdan ayri holda olib qaramaslikka, moddiy goʻzallikni ma‘naviy
goʻzallikdan ajratmaslikka, aksincha, ularni uygʻun holda rivojlantirishga
harakat qildilar.
Shuni ham unutmaslik lozimki, bu davr falsafiy ta‘limotlarida Arastuga
mansub olamning abadiyligi, voqelikdagi qonuniyatlarga inson tafakkur
sa‘lohiyati, mantiqiy yondashish orqali mushohada qilish imkoniga ega,
degan qarashlar etakchilik qildi. Biroq ular Arastu ta‘limotiga koʻr-koʻrona
emas, balki uning «Metafizika» asrida ilgari surilgan Tavhid – Xudoning
yagonaligi haqidagi nazariya‘ni yangi gʻoyalar bilan boyitdilar. Va oʻziga xos
yangi falsafani kashf etdilar. Zotan, har qanday ta‘limotlar davrlar oʻtishi
bilan takrorlanadi, eskilari yangicha qarashlar bilan boyitiladi, yangicha ruh
bilan sugʻoriladi.
«Goʻzallik»ning tugal ilmiy ta‘rifi haqida biror-bir qat‘iy fikr mavjud
emas. Biroq, goʻzallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon boʻlishi, san‘atda
aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta‘siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari
surilgan
gʻoyalar, yaratilgan ta‘limotlar oʻzining salmogʻi bilan
ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy-jismoniy, axloqiy-estetik faoliyati, tabiat
va undagi hodisalar, jamiyat va unda roʻy berayotgan ijtimoiy-ma‘naviy,
siyosiy-iqtisodiy jarayonlar goʻzallikka yondashuvning tarixan tarkib topgan
asosiy obyektlaridir.
Ta‘kidlash zarurki, goʻzallik haqidagi qarashlar va nazariyalar
markaziga «Goʻzallik nima?» degan savol qoʻyiladi, ammo ularning
529
aksariyatida «Nima goʻzal?» degan savolga javobni koʻramiz. Bu borada
«Huvarnosi Ahura Mazda koʻp goʻzaldir, goʻzaldir juda» (Zardusht),
«Goʻzallik bu gʻoyalardan iborat gʻoya‘ning gʻoyasi» (Aflotun), «Goʻzallik-
bu turli musiqalar, yaxshi xulq-atvorga toʻgʻri keladigan, odamlar erishishga
havas qiladigan narsalardir» (Abu Nasr Farobiy), «Har qanday goʻzallik,
goʻzallikni anglay olgan muhabbat obyektidir» (Abu Homid Gʻazzoliy),
«Goʻzallikka muhabbat qoʻyishning asosida ham aql, ham hissiyot yotadi»
(Ibn Sino), «Goʻzallik barcha tillarda vasf etiladi va har qanday aqlga xush
keladi» (Umar Hayyom), «Goʻzallik bu hayotdir» (N.G.CHernishevskiy),
«Goʻzallik hissi, yoqimlilik tuygʻusiga bogʻliq holda, odamlarning
birlashuviga, ularda ijtimoiy-axloqiy fazilatlarning shakllanishiga olib
keladi» (E.Byork), «Goʻzallik manfaatsiz maftunlikning, muhabbatning
obyekti» (I.Kant), «Goʻzallik-hodisaga aylangan erkinlik» (F.SHiller), «To
bizga taalluqli emas ekan, hamma narsa goʻzal» (A. SHopenhauer),
«Goʻzallik Xudo-san‘atkor tomonidan yaratilgan illyuziya-xayolotdir» (F.
Nitsshe), «Qayerdaki modda nurafshon boʻlsa, oʻsha erda goʻzallik hodisasini
uchratish mumkin: modda va nurning uzviy omuxtaligi-hayotdir»
(Vl.Solovyov) va shu kabi fikrlar goʻzallikka turlicha yondashuv natijasida
yuzaga kelgan.
Odatda, goʻzallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson
tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan goʻzallik; inson
tafakkuridan tashqa‘rida, insonga bogʻliq boʻlmagan holda yuzaga keladigan
goʻzallik. Birinchisida aql, ruh va hissiyot ustuvor boʻlsa, ikkinchisida makon
va zamon salmoqli oʻrinni egallaydi.
Shuningdek, nafosat falsafasida goʻzallikni bilishning mahsuli sifatida
munosabat bildiruvchi qarashlar ham mavjud. Bu muayyan asosga ega.
Chunki voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning goʻzalligi uning
ishonchlilik, haqqoniylik va realligi bilan belgilanadi. Zero, inson nazari
tushgan goʻzallikkina qadriyatga aylanadi. Bundan tashqari, inson goʻzallik
haqidagi dastlabki ma‘lumotni 5 ta sezgining eng rivojlangan turi boʻlmish
koʻrish sezgisi orqali oʻzlashtiradi, undan soʻng eshitish, ta‘m bilish, hid
bilish va tana sezgisi natijasida goʻzallik anglanadi hamda his etiladi.
Masalan, xarid qilmoqchi boʻlgan kiyimingizni, iste‘mol qilmoqchi boʻlgan
taomni, turmushingiz uchun zarur boʻladigan jihozni avvalo koʻrasiz,
oʻrganasiz, tomosha qilasiz, soʻngra sifatiga, qulayligiga ishonch hosil
qilganingizdan keyin ehtiyojingiz uchun ishlatasiz... Yarashmagan kiyimni
kiyish naqadar kulgili va xunukligini tasavvur qilish qiyin emas. SHunday
ekan, goʻzallik xususiyatlarining namoyon boʻlishida sezgilarning alohida
ahamiyatga ega ekanligini e‘tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Shuningdek,
goʻzallik haqidagi qarashlar tahlili shundan da‘lolat beradiki, mazkur besh
sezgi ham goʻzallikni toʻlaqonli aks ettirish uchun etarli emas.
530
Yuqorida
bildirilgan
fikrlarga
asoslangan
holda
goʻzallikka
quyidagicha ta‘rifni berishni maqsadga muvofiq, deb bildik. Goʻzallik -
ma‘naviy va moddiy xususiyatga ega boʻlgan, ijtimoiy hayotda favqulodda
ahamiyat kasb etuvchi tushuncha boʻlib, narsa-hodisalarning inson
tafakkurida lazzatning uygʻunlik, me‘yor, hamohanglik, mutanosiblik,
maqsadga muvofiqlik asosida namoyon boʻlishidir.
Ma‘lumki, voqelik oʻz ichiga talaygina ekvivalent tushunchalarni
qamrab oladi; u yagona rang-barangdir, abadiy va ayni paytda oʻtkinchidir,
oʻzgarmas va ayni paytda oʻzgaruvchandir. Xususan, goʻzallik oʻz mohiyatini
muayyan ziddiyatlar bilan bogʻliqlikda namoyon qilib boradi. Zero,
goʻzallikning dialektik ziddiyati uni yanada takomillashib borishidagi zaruriy
shartdir. Ana shu zaruriy shart nafosatshunoslikda umumiy nom bilan
«xunuklik» deb ataladi: u goʻzallikning dilemmasi.
Gohida shakl va mazmun goʻzalligi bir-birini dialektik tarzda inkor
etadi. Sunday esa-da, bu bir tomondan ijobiy holat. Negaki, mazmun oʻz
vaqtida shaklning kamchiligini koʻrsatib, uning goʻzallashuviga turtki berib
turadi yoki aksincha. Yoʻqsa yo shakl yoki mazmun xunuklikka aylanib
qolishi shubhasiz. Zotan, bu kabi holatlar hayotimizda koʻplab uchraydi;
koʻrinishi chiroyli boʻlgan insonlarning hammasini ham ma‘naviyati boy
boʻlmaganidek, yuksak fazilat sohiblarining barchasi ham husn va chiroyda
barkamol emaslar.
Shu ma‘noda aytishimiz mumkinki, xunuklik bir paytning oʻzida ham
goʻzallikning, ham nafosatdan lazzatlanishning ziddidir. Chunki xunuklik
lazzatlanish tuygʻusi mavjud boʻlgan jarayondan uzoqroq joyda vujudga
keladi; u insonga hayrat baxsh etishdan, uning vujudini forigʻlashdan
mahrum.
Olmon faylasufi K.Rozenkrans oʻzining «Xunuklik estetikasi» nomli
asarida xunuklikni goʻzallik bilan munosabati masalasini koʻrib chiqadi.
Qizigʻi shundaki, muallif asarda hayotning ogʻriqli qusurlarini emas, balki
xunuklikka toʻgʻridan-toʻgʻri goʻzallikning murosasiz inkori sifatida
yondashadi. Bu borada ta‘kidlaydiki, «Bizga xunuklik emas, aksincha,
oʻzidagilarni bardosh bilan engib, ulardan ajralib chiqqan goʻzallikkina zavq
bagʻishlaydi. San‘at bizga xunuklikning barcha ikr-chikirlarini ochiq-oydin
tasvirlamogʻi lozim».
Shuni alohida ta‘kidlash oʻrinliki, estetika kategoriyalari orasida
xunuklik singari kishilarda salbiy his-tuygʻu paydo qiladigan boshqa
tushunchalar ham mavjud. Tubanlik ana shunday tushuncha, uni xunuklik
bilan aynanlashtirib boʻlmaydi. Chunki xunuklik kishilarda engil noxushlik
tuygʻusini paydo qilsa, tubanlik esa kuchli nafratlanish hissini uygʻotadi.
Tabiat, hayvonot va nabotot olamidagi xunuklik engil noxushliklar
koʻrinishida namoyon boʻladi, biroq, tubanlikka aylanmaydi. Insondagi
xunuklik esa tubanlik darajasiga borib etadi. Daryoning suvi loyqalangani,
531
koʻkalamzorlarga toʻkilgan axlat, qurbaqa, ilon xunuk koʻringani bilan undan
odamlar nafratlanmaydilar. Inson tomonidan qilinadigan ayrim hatti-
harakatlardan esa nafratlanish va hatto jirkanish mumkin. Mamlakat boshiga
ogʻir kulfat tushganda undan oʻz moddiy manfaatlari yoʻlida foydalanuvchi
tuban odamga misol boʻladi.
Koʻrinib turibdiki, goʻzallikning oʻzi murakkab masala boʻlishi
barobarida uning ziddi hisoblangan xunuklik ham murakkablikda
qolishmaydi. Shunga qaramay, goʻzallik oʻz mukamalligiga xunuklikni
bartaraf etish orqali erishadi. Zotan, ongli mavjudot hech qachon xunuklikka
e‘tiqod qoʻygan emas, aksincha, goʻzallikning qudratini tan olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |