Estetika kategoriyalarining anʻanaviy va zamonaviy tasnifi
Har bir fan oʻz maqomiga koʻra muayyan faoliyatning tadqiqot sohasi
boʻlib, bu faoliyat tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil
qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga
523
qaratilgan boʻladi. Ma‘lumki, falsafaning biror-bir kategoriyasini voqelikdan
ayri holda tasavvur etib boʻlmaydi. Chunki bu kategoriyalar (olam, harakat,
makon, me‘yor, ziddiyat, yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va
h.k) insonni oʻrab turgan olamda sodir boʻladigan voqea-hodisalar haqida
aniq xulosalar chiqarishga, ularni toʻgʻri tahlil etishga koʻmak beradi.
Shuningdek, kategoriyalar insonga oʻz tevarak-atrofidagi olamni, voqea-
hodisalarning mohiyatini chuqur bilishga imkon beradi. Biroq ―Falsafada
oʻrganiladigan kategoriya‘ning boshqa aniq fanlar kategoriyalaridan farqi
shundaki? - deyiladi ―Falsafa qomusiy lugʻat‖ida,- ular voqelikdagi narsa va
hodisalarning ayrim, alohida munosabat va aloqalarinigina ifodalamasdan,
balki butun olam, inson hayoti va tafakkur olamiga xos umumiy belgilar,
aloqalar, xususiyatlar va munosabatlarni aks ettiradi. ... Falsafiy kategoriya
voqelikni chuqur va mmukammal aks ettirishi, olamning barcha sohalarida
amal qilishi bilan oddiy tushunchalardan farqlanadi. Shu tufayli har bir
konkret fan oʻzi oʻrganayotgan sohaning xususiyati va belgilarini ochishda
falsafiy kategoriyaga murojaat etadi.‖ Aytish mumkinki, kategoriyalar
qandaydir oʻzgarmas tushuncha emas, aksincha ular doimo jamiyat va inson
taraqqiyoti natijasida oʻzgaradi, takomillashadi. Shu bois zamon falsafasi
katoriyalarni oʻrganish va ularga tizimli yondoshishni talab etadi. Estetika
ham falsafiy fan sifatida oʻzining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika
kategoriyalari (goʻzallik, xunuklik, ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik,
kulgililik va h.k.) inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq
bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi. Biroq estetika kategoriyalari
nafaqat bilimning oshishiga xizmat qiladi, balki ayni paytda bilimni
baholaydi ham. Shu jihati bilan estetika kategoriyalari boshqa falsafiy
fanlarning kategoriyalaridan farq qiladi. Bu – birinchidan. Ikkinchidan,
estetika kategoriyalari nafaqat gnoseologik va ontologik mohiyat kasb etadi,
balki ular qadriyatlilik mazmuniga ham ega. ayniiqsa, bu jihat goʻzallik va
ulugʻvorlik kategoriyalarida koʻproq aks etadi. Zero, narsalar goʻzal va
chiroyli, ulugʻvor va maftunkor boʻlgani uchun ham insonga qadrlidir.
Uchinchidan, estetik kategoriyalarning oʻziga xos xususiyati shundaki, ular
mohiyat-mazmuniga koʻra umumiy va qamrovlidir. Bu xususiyatlar ayniqsa,
estetik faoliyat va san‘at sohasida yaqqol koʻzga tashlanadi.
Falsafiy fanlar tizimida estetika kategoriyalarining nazariy taxlili va
ilmiy oʻrganilishi yuqorida koʻrsatib oʻtilgan uch tamoyilga asoslanadi.
Shuning uchun estetika kategoriyalarining oʻrganilish doirasi kengqamrovli
boʻlib, bu masalaga estetika fanining qator bilimdonlari murojaat qilishgan.
Bu borada rus nafosatshunoslari N.A.Dmitriev, V.V.Vanslov, L.N.Stolovich,
O.Butkevich, Yu.B.Borev, D.D.Sredneg, A.F.Losev, V.P.SHestakovlar
tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni alohida qayd etish mumkin.
Shuningdek, estetika kategoriyalarini tizimlashtirish masalasi gʻarb olimlari
tomonidan ilgari surilgan nazariyalarda ham kuzatish mumkin. Jumladan,
524
nemis psixologiya estetikasining vakili Ernst Meyman oʻzaro munosabatlar
jarayonida kategoriyalarning sababiy bogʻlanishini estetik tasavvurlarning
ikki jihatiga koʻra ajratadi. Birinchisi – obyektiv sharoitdan kelib chiqadigan
dastlabki jarayonlar. Bular - goʻzallik, ulugʻvorlik, chiroylilik hamda
ularning ziddi boʻlmish – xunuklik, tubanlik, pastkashlikdir. Ikkinchisi – turli
xil obyektiv sharoitlarda yuzaga keladigan hamda bevosita psixologik
jarayonlarga tegishli boʻlgan sharoitlardir. Bular – fojeaviylik va kulgililikdir.
Italyan estetigi Morpurgo-Talyabue esa estetik kategoriyalarning ikkita turini
ajratib koʻrsatadi: ontologik va ta‘sirchanlik (ekspressivnыy)/
Estetik kategoriyalarning tasnifi, tizimlari, turlari va xususiyatlari rus
nafosatshunos olimlarning qator tadqiqotlarida oʻrganilgan. ayniiqsa,
E.G.YAkovlev tomonidan estetika kategoriyalarining tizimlashtirilishi bir
qadar qiziqarli va kengqamrovliligi bilan muhim ahamiyatga ega. U oʻzi
ishlab chiqqan tizimda kategoriyalarni uchta guruhga ajratadi. Bular: 1)
obyektiv, 2) obyektiv-subyektiv, 3) subyektiv. Bu tizim ushbu jadvalda
quyidagicha aks etgan:
Nafosat
Universal kategoriyalar
Goʻzallik
Estetik ideal
San‘at
Ulugʻvorlik
Estetik did
Badiiy obraz
Fojeaviylik
Estetik tuygʻu
Ijod
Ob‘ektiv
kategoriyalar
Ob‘ektiv-
subyektiv kategoriyalar
Sub‘ektiv
kategoriyalar
E.G.YAkovlevning fikriga koʻra, mazkur tizim shu turda yaratilgan
boshqa tizimlardan oʻzining universal-kengqamrovli mazmun va falsafiy-
estetik
mohiyat
kasb
etib,
moslashuvchanlik
(subordinatsiya)
va
muvofiqlashtiruvchilik (koordinatsiya) tamoyilini mujassam etgani holda
―ontologik-fenomenologik va ijtimoiy-gnoseologik jihatlar‖ga ega. ayniiqsa,
V.P.SHestakovning estetika kategoriyalari tarixi, ularni tizimlashtirish
muammolari, kategoriyalarga oʻziga xos yondashuvning zamonaviy talqinlari
hamda estetik kategoriyalar tasnifiga doir salmoqli tadqiqotlari bugungi
kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Faylasuf bu borada yuqorida
nomlari
tilga
olingan
estetika
nazariyotchilaridan
farqli
oʻlaroq,
kategoriyalarni uch turkumga ajratadi: dastlabki kategoriyalar, umumestetik
kategoriyalar, estetik kategoriyalar koʻrinishlari. Tadqiqot davomida mazkur
turkumning har biri alohida taxlil qilinadi. Jumladan, dastlabki
kategoriyalarni faylasuf nafosatga tegishli, deb biladi va uni beshta
umumestetik kategoriyaga ajratadi: goʻzallik, fojeaaviylik, kulgulilik,
ulugʻvorlik va xunuklik.
525
Mazkur
jadvalda
V.P.SHestakov
tomonidan
tizimlashtirilgan
kategoriyalarning umumiy koʻrinishi aks etgan:
DASTLABKI KATEGORIYA
Nafosat
Goʻzallik
Fojeaaviylik
UMUMESTETIK KATEGORIYALAR
Kulgulilik
Ulugʻvorlik
Xunuklik
ESTETIK
KATEGORIYALARNING
KOʻRINISHLARI
Disgarmoniya
Dahshatlilik
Mubolagʻa
Garmoniya
Hazil
Forigʻlanish
Qahramonlik
Ideal
Latofat
Biroq ta‘kidlash lozimki, aksariyat adabiyotlarda estetika kategoriyalari
asosan goʻzallik – fojeaviylik – kulgulilikdan iborat uchlik sifatida taqdim
etilgan.Ammo, davrlar oʻtishi bilan bu anʻanaga oʻzgartirishlar va
qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, bu tizimga Yu.B.Borev - ulugʻvorlikni,
L.N.Stolovich - xunuklikni, M.S.Kagan - garmoniya va dramatiklikni,
N.I.Kiyaщenko – qahramonlikni, oʻzbek olimlari T.Mahmudov uygʻunlikni,
Abdulla She‘r qiziqarlilikni kiritdi.
Shu oʻrinda Abdulla She‘r taklif etgan estetika kategoriyalari (mezoniy
tushunchalari) tasnifi oʻziga xos ahamiyatga ega. Tasnifga koʻra, barcha
estetik tushunchalar uch guruhga boʻlinadi. Birinchisi, – mezoniy
tushunchalar. Ular subyekt-obyekt munosabatlarida estetik obyektning
xususiyatlarini subyektga ochib beruvchi, tashqi nafosat bilan bogʻliq eng
qamrovli, eng mushtarak tushunchalardir. Masalan, goʻzallik ulugʻvorlik,
fojeaviylik v.h. Ikkinchisi – subyekt – obyekt munosabatlarida subyektdagi
estetik anglash muruvatlarini tushuntirib beradigan, ichki nafosat bilan
bogʻliq estetikaning xususiy tushunchalari. Masalan, estetik hissiyot, estetik
mushohada, estetik did, v.h. Uchinchisi – san‘atning mohiyati, san‘at turlari,
umuman, badiiy ijod biln bogʻliq estetikaning muayyan tadqiqot obyektlariga
qaratilgan tushunchalar. Masalan, san‘at, ijodkor, dizayn janr, uslub v.h. Bu
oʻrinda tushunchalar guruhlarining nomlari shartli ekanini alohida oʻqtirib
oʻtish joiz.
526
Biz yuqorida faylasuflarning estetika kategoriyalarining tarixi, uni
tizimlashtirish muammolari, koʻrinishlari va oʻziga xos jihatlari bilan bogʻliq
qarashlar va nazariyalarga bejiz murojaat etmadik. Agar e‘tibor bergan
boʻlsangiz, kategoriyalar tizimi qanday koʻrinishda boʻlmasin, ularning har
birida goʻzallik markaziy kategoriya sifatida ishtirok etmoqda. Biz mana shu
jihatga koʻra goʻzallik falsafasini tushuntirishdan avval goʻzallikning muhim
mezoniy tushuncha - kategoriya sifatidagi mohiyatini koʻrib oʻtishni
maqsadga muvofiq, deb bildik. Zero, estetika kategoriyalarining yaxlit
tizimini ishlab chiqish muammosi koʻp yillardan buyon olimlar e‘tiborini jalb
etib kelayotganligidan maqsad ham goʻzallikning falsafiy, axloqiy, hatto
siyosiy mohiyatini atroflicha oʻrganishga qaratilganligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |