Mavzuni oʻzlashtirish uchun savollar
1.
Muomala madaniyati haqidagi fikringiz.
2.
Muomala madaniyatining axloqiy madaniyatning tarkibiy qismi va
uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati sifatida qanday tushunasiz?
3.
Asosiy axloqiy qadriyatlar haqida nimalarni bilasiz?
4.
Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uygʻunligi haqidagi
fikringiz.
5.
Tibbiy va ekologik tarbiya‘ning axloqiy asoslari haqida nimalarni
bilasiz?
6.
Sogʻlom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi
ahamiyati deganda nimalarni tushunasiz?
7.
San‘atning shaxs axloqiy tarbiyasiga ta‘siri haqidagi fikringiz.
8.
Zamonaviy axloqiy tarbiya‘ning yutuqlari va kamchiliklari haqida
nimalarni bilasiz?
9.
―Ommaviy madaniyat‖ning yoshlar dunyoqarashiga ta‘siri haqidagi
fikringiz.
10.
Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga moyillik haqida
nimalarni bilasiz?
11.
Bioetika haqidagi fikringiz.
16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari
―Estetika‖ fanining obyekti va falsafiy mohiyati
Falsafa va uning fan sifatidagi umumnazariy masalalari doimo tafakkur
ahlining e‘tiborini jalb etib kelgan. Inson olamni his-tuygʻulari, aql - idroki
va iroda-ixtiyori yordamida oʻzlashtirar ekan, falsafaga ehtiyoj sezib yashash
tabiiydir. Zero, tabiat, jamiyat va insonning rivojlanish muammolari bilan
bogʻliq jarayonlarda tafakkurga murojaat qilish - falsafaga murojaat qilish,
haqiqatni anglash – falsafani anglash demakdir. Bir soʻz bilan aytganda,
518
falsafada bosh maqsad – haqiqat va uni yuzaga keltirishdir. Falsafa esa
haqiqatga tafakur orqali boradi.
Oʻzining qadimiy tarixiga ega boʻlgan estetika shu ma‘noda falsafiy fan
hisoblanadiki, u ham tabiat, jamiyat va inson muammolariga falsafaning bosh
maqsadi boʻlgan haqiqat tamoyillaridan kelib chiqqan holda yondashadi.
Biroq, estetikada haqiqatga goʻzallik orqali erisxiladi. Shuning uchun ham
estetika haqida gapirilgan joyda, albatta goʻzallik tushunchasi ishtirok etadi.
Zero, insonga oddiy qilib ―estetikasi zoʻr inson‖ deb baho berish bilan oʻsha
insonning goʻzallikka munosabatini ham baholagan boʻlamiz.
―Estetika‖ (yunon. aisthetikos – his qilinadigan) iborasi dastlab
Germaniyadagi Volf maktabining faylasufi Aleksandr Baumgartenning 1750-
1758 yillarda yozgan ―Estetika («Aesthetica»)‖ nomli ikki tomlik asarida
muomalaga kiritgan.
Baumgarten estetikani bilishning yuksak darajasi hisoblangan
mantiqdan farqli oʻlaroq, hissiy bilishning quyi darajasidagi fan sohasiga
tegishli deydi. Uning fikricha, mantiqiy mushohada aniq tasavvurlarga,
estetik mushohada esa noaniq va mavhum tasavvurlarga asoslanadi. Buning
birinchisi – aql muhokamasiga, ikkinchisi – did muhokamasiga tegishlidir.
Biroq insonning universum bilan munosabati avval estetik mushohada orqali
roʻy beradi, soʻngra mantiqiy mushohada orqali amalga oshadi. Shunga
koʻra, estetikaning predmeti – goʻzallik, mantiqniki – haqiqatdir.
Baumgartenning estetikaga kiritgan ushbu nazariyasi keyinchalik san‘at
falsafasiga nisbatan keng qoʻllanildi. Bu nazariya Immanuil Kant, Fridrix
Gegel va boshqa faylasuflar tomonidan rivojlantirildi, hatto fanning
predmetini aniqlashda goʻzallik masalasi bilan boshlangan mulohazalar to
gʻoyalar olamining falsafiy mohiyatiga tegishli mulohazalar bilan bogʻlanib
ketdi. Shuning uchun ham koʻpchilik nazarida Baumgarten ―estetikaning
asoschisi‖ sifatida tilga olinadi. Ammo nemis faylasufi Teodor Lipps
estetikani mohiyatan ―nemislarga xos fan‖ ekanligini ta‘kidlagani holda
Germaniyada estetikaning asoschilari sifatida 4 nafar faylasuf - Gotxold
efraim Lessing, Iogann Gotfrid Gerder, Immanuil Kant, Fridrix Shillerni
koʻrsatib oʻtadi. U Immanuil Kant ―estetikaning asoschisi‖ sifatida birinchi
boʻlib estetik qadriyatlarni shakllanadigan va rivojlanadigan ―hudud‖ning
chegarasini belgilab berdi. Shundan keyingina estetika masalalari Kantning
idealistik falsafasi bilan birlashdi va rivojlandi, - degan xulosaga keladi.
Estetika fan emas, uning mazmuni fanning ilmiy talablariga javob
bermaydi, degan fikrlar estetikaning mohiyatini tushunmaslik natijasida kelib
chiqqan fikrlardir. Odatda, fan - dunyo haqidagi obyektiv bilimlar tizimi; uni
ma‘lum maqsadlar yoʻlida oʻzgartirishga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat
hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli hisoblanadi. Estetika ham fan
sifatida oʻzining qonuniyatiga, kategoriyalariga va tushunchalar tizimiga ega.
Biroq, ―Estetika – goʻzallik haqidagi fan‖ deyish asl mohiyatni anglatmaydi.
519
Aksincha, estetika keng qamrovli fan sifatida: a) u yoki bu voqelikka daxldor
goʻzallik tuygʻularining mohiyatini bilishga intiladigan hodisalar majmui; b)
borliqni hissiy idrok etishga asoslangan ong shakli; v) haqiqatni anglash va
his qilish, qadriyatlarni bilish va tahlil etishga qaratilgan inson faoliyatining
turidir.
Estetika ilmiy-nazariy masalalar va fan talablari doirasidan tashqa‘rida
qoʻllanilganda koʻplab ma‘nolarni anglatishiga sabab ham ana shunda.
Qolaversa, boshqa fanlar kabi estetika ham odamlarga umumiy zaruriyat
yuzasidan kundalik faoliyatda kerak boʻladigan narsa-hodisalarni (chiroyli
boʻlish, orasta kiyinish, ozoda yurish, nafis harakat qilish kabi masalalar
bilan estetikaning muayyan sohasi shugʻullanadi) emas, balki estetika fan
sifatida estetik tarbiya‘ni takomillashtirish, badiiy tafakkurni rivojlantirish,
odam tuygʻusini tarbiyalash, uning did-fahm-farosatni yuksaltirishga
qaratilgan fundamental masalalarning ilmiy-nazariy asoslarini oʻrganish va
yechimini topishga e‘tibor beradi. Zero, estetikaning mavjudlik shartini
nafosatshunos O.A.Krivsun ‖Qaerdaki inson tafakkuri va tabiat hodisasi
tufayli yaratilgan predmetlar olamini his etish yoki undan zavqlanish tuygʻusi
sodir boʻlar ekan oʻsha erda ―estetik jarayon‖, ―estetik hodisa‖ roʻy beradi‖ –
deb izohlaydi. SHu ma‘noda, qaerdaki, yashashga ishonch, yashash umidi,
yashashdan maqsad yoki voqelikni hissiy idrok etishga, tabiat hodisalarini
anglashga ehtiyoj sezilsa, oʻsha erda estetika mavjuddir, desak notoʻgʻri
boʻlmaydi.
Estetika predmeti, obyekti va tadqiqot doirasiga ega fan. Ma‘lumki,
barcha fanlar oʻz predmetiga ega boʻlib, olamning mohiyatini bilish,
borliqning mazmunini tushunish, voqelikni tasavvur qilishga qarab har bir
fan oʻz predmetini belgilaydi. Olaylik, sa‘lomatlik tibbiyotning maqsadi
boʻlsa, uning predmeti - inson sa‘lomatligini asrash, mustahkamlash, himoya
qiluvchi vositalar, hodisalar, omillar hisoblanadi. Biroq, estetikaning
predmetini tibbiyotnikidek bir soʻz bilan ifodalash qiyin. Mohiyatan insonni
paydo boʻlishi va voqelikni idrok qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha
qadriyatlar estetikaning predmeti boʻla oladi. Jumladan, tabiat va uning
estetik xususiyatlari, san‘at va uning badiiy obrazlardagi ifodasi, ijod jarayoni
va uning qonuniyatlari, jamiyat va uning rivojlanish prinsiplari estetikaning
predmeti boʻlib xizmat qiladi. Chunonchi, Immanuil Kantning nazarida
estetikaning predmeti – bu san‘atdagi goʻzallik boʻlib, u estetik muhokama
qobiliyatini tanqid sifatida namoyon boʻladi. Fridrix Gegel esa estetikaning
predmetini umuman san‘at, xususan tasviriy san‘at bilan cheklab qoʻyadi.
SHu ma‘noda estetikaning predmeti – olam va uning umuminsoniy
ahamiyatiga koʻra oʻrganiladigan estetik hodisalar hisoblanadi. Biroq
estetikaning predmeti estetik tajribaning inson va jamiyat hayotidagi oʻrni va
ahamiyatini har tomonlama tadqiq etishni, shuningdek, insonning biroz
boʻlsa-da oʻzining ma‘naviy olamga tegishli ekanligini, global ijtimoiy-
520
utilitar tobelikdan xalos boʻlish yoʻllarini anglashni, shaxsiy erkinligi va
mutloq va uygʻun toʻlaqonli hayotning bir qismi ekanligini his qilishga
qaratilgan masalalar bilan belgilanadi.
Estetika fan sifatida ilmiy, ma‘rifiy, badiiy taraqqiyotning oʻziga xos
muammolari doirasida bahs yuritadi, tahlil qiladi, oʻrganadi va oʻrgatadi.
Quyidagi mazkur funksiyalarning ayrimlari haqida fikr yurita‘miz.
Dunyoqarashni shakllantirish funksiyasi. Ushbu funksiya badiiy ijod bilan
shugʻullanuvchilar va ijodiy faoliyat uchun juda zarur. ayniiqsa, ranglar
jilosini his qilish, musiqa sehrini anglash, asardan xulosa chiqarish aynan
ushbu funksiya‘ning ta‘sirida roʻy beradi. Zero, dunyoqarash ijodkorni
boshqaradi, ijod jarayoni rivojiga koʻmak beradi. Bilish funksiyasi - san‘at
asarini bilish va baholash faoliyati natijalarini, semantik va pragmatik
axborotni etkazib berish, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay
bilishlari, «ommaviychilik san‘ati»ni rad qila olishda muhim ahamiyatga ega.
Yaratuvchanlik funksiyasi - yangi koʻrinishdagi iqtisodiyotning estetik
asoslariga, tadbirkorlik faoliyatiga estetik tus berishga, bunyodkorlikni
namoyon etishga imkon beradi ayniiqsa, goʻzal qadriyatlarni dunyoga
tanitish, xalqning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan
personajlarni yaratish orqali insonni ma‘naviy jihatdan yuksaltirishga xizmat
qiladi.
Metodologik funksiyasi. Mazkur funksiya badiiy asarda aks ettirilgan
voqea-hodisaning mohiyatini oʻquvchiga toʻlaqonli etkazish imkonini beradi,
asarni bilish va uni xuddi hayotdagidek idrok qilinishini osonlashtiradi.
Bundan tashqari, bu funksiya estetik masofani taqozo etadi: masofa tufayli
badiiy reallik idrok etiladi. Masalan, teatr asarini tomosha qilish jarayonida
tomoshabin bir paytning oʻzida ham sahna bezaklariga, ham aktyorlarning
kiyimlariga, ularning hatti-harakatlariga sinchkovlik bilan nazar tashlaydi, va
bu holatlarning barchasini estetik tasavvuri orqali mutanosib holga olib
kelishga intiladi. Asar rejissyori, operator, rassom, chiroq ustasigacha barcha
ijodkorlar estetik masofaning ahamiyatini hisobga olishi shartdir. Chunki
badiiy idrok etish uchun estetik masofa zarur. Shu bois badiiy asar inson
tomonidan qandaydir qalbga yaqin, tanish hodisa sifatida idrok etiladi va
masofa tufayli idrok etuvchida mushohada qilish erki saqlanib qoladi. U
hayajonlanadi, qalbi ravsha‘n tortadi. Ushbu masalalarni oʻrganish, tahlil
qilish estetikaning metodologik funksiyasiga kiradi.
Estetika fan sifatida oʻzining qator prinsiplariga (tamoyillariga) ega.
―Falsafa. Qomusiy lugʻati‖da ―prinsip‖ tushunchasining ma‘nosi ―turli
ahamiyatga ega boʻlgan faktlar va bilimlar majmuining asosi, poydevori; har
qanday hatti-harakat, xulq-atvor va faoliyatning boshlangʻich qoidalari‖ deb
izohlangan. Ushbu izoh estetika fanining prinsiplariga xos mazmunni ham
anglatadi. Odatda, estetikaning quyidagi anʻanaviy prinsiplari mavjud. Bular:
1. Uygʻunlik (garmoniya) tamoyili; 2. Yaxlitlik (butunlik) prinsipi; 3.
521
Ifodalilik (obrazlilik) prinsipi; 4. Maqsadga muvofiqlik prinsipi. Ushbu
prinsiplar orasida estetik munosabatlarda koʻproq koʻzga tashlanadigan
uygʻunlik va maqsadga muvofiqlikning mohiyati haqida quyidagi fikrlarni
aytish mumkin.
Uygʻunlikning
falsafiy-estetik
mazmuni
ilmiy
adabiyotlarda
―garmoniya‖ tushunchasi bilan ham izohlanadi. Milliy estetikamizda mazkur
tushunchaning estetik mohiyati koʻpchilik olimlar tomonidan ilmiy tahlil
qilingan. Bular orasida faylasuf Tilab Mahmudovning mulohazalari bir qadar
diqqatga sa‘zovor. Faylasuf uygʻunlikda nomutanosiblik xususiyati,
garmoniyada disgarmoniya a‘lomatlari borligini uqtiradi. Shunday narsa-
hodisalar borki, uning tarkibiy qismlari uygʻun boʻlmasa ham goʻzal tasvirni
bera oladi. Bundan tashqari, uygʻunlik buzilishi, nomutanosiblikka
asoslangan garmoniyalar boʻlishi mumkin. Gap ana shu hayotiy predmetning
mutanosibligi inson hayotining yoʻnalishi bilan qanday munosabat va
aloqadorligidadir. Agar faylasufning narsa va hodisalar tashqi koʻrinishidan
bizga uygʻun koʻrinmasligi mumkin, lekin oʻz ichki uzviy birligi va
mutanosibligi bilan ma‘lum garmoniyaga ega boʻlishi aniq, degan xulosasini
e‘tiborga olsak, fikrda jon bor. Zero, tabiatda shunday hodisalar borki, u oʻz
goʻzalligini disgarmoniyada ham aks ettiradi. Qolaversa, tabiat va jamiyatda
bir-biri bilan oʻzaro bogʻlanmagan, ma‘lum aloqadorlikda boʻlmagan,
muallaq predmet va hodisaning oʻzi yoʻq: har bir narsa oʻzining aloqadorlik
doirasiga ham ega.
Nemis faylasufi Georg Gegel maqsadga muvofiqlik prinsipini goʻzallik
va san‘atning oʻzaro aloqadorligida koʻradi. U goʻzallikni maqsadga
muvofiqlik bilan bogʻliqligini tahlil qilib, bu bogʻliqlikning asosida tashqi va
ichki qarama-qarsxiliklar markaziy oʻrin egallashini uqtiradi. Garchand
predmetlarning shaqliy goʻzalligida mutanosiblikni muhim element deb
hisoblasada, Gegel uning xususiyati faqat geometrik asosdangina iborat
emasligini ta‘kidlaydi.
Odatda, fanga tegishli qonunlar hodisalarning hamma xususiyatlarini
emas, balki hodisalardagi umumiylikni aks ettiradi va undagi mustahkam
barqarorlikni ifodalaydi. Biroq hodisalar ayni bir vaqtda bir-biriga oʻxshaydi
va bir-biridan farq qiladi. Xususan, voqelikni estetik oʻzlashtirshning oliy
shakli boʻlgan san‘atga umumiy va xususiy qonunlar tegishli boʻlib, ularga
badiiy ijod jarayoni ham, san‘atning ijtimoiy olami ham taaluqlidir. Ular
san‘atning antropologik, genetik va gnoseologik mazmunini ochib berishga
xizmat qiladi. Shunga asosan ―Estetik faoliyat qonuni‖, ―Badiiy ijod qonuni‖,
―Badiiy jarayon qonuni‖, ―Badiiy idrok qonuni‖, ―Estetik idrok qonuni‖ kabi
qonuniyatlar tizimi shakllangan. Ushbu qonunlar olamni estetik oʻzlashtirish
jarayonining mohiyatini izohlaydi va quyidagi natijalarga olib keladi:1)
voqelikning estetik xususiyatlari inson tomonidan olam hodisalarini tasavvur
qilish, anglash hamda tajribaga tayangan holda insoniyat oldiga qadriyatlarni
522
oʻrganishni vazifa qilib qoʻyadi. 2) estetik faoliyat predmetlar olami va
insoniy idealni botiniy tuygʻular asosida oʻzlashtirish natijasida yuzaga
keladi, u umuminsoniy qadriyatlarga oqilona munosabatni shakllantiradi
hamda erkin ijodkorlik muhitini yaratishga koʻmak beradi. Estetika fanida
koʻp amal qiladigan qonunlardan yana biri ―Badiiy ijod qonuni‖ hisoblanadi.
Ushbu qonunning mazmuni haqida faylasuf Abdulla She‘rning fikrlari
ahamiyatlidir. Faylasuf badiiy ijod jarayoni boshqa barcha aqliy mehnat
turlaridan katta farq qiladigan mehnat turi boʻlib, unda mehnat qandaydir sirli
ruh bilan amalga oshadi, deydi. Chunonchi, badiiy ijod jarayonining ibtidosi
san‘atkorning muayyan gʻoya‘ni yoki gʻoyalar tizimini badiiyat orqali
boshqalarga etkazish istagi bilan bogʻliq boʻlib, bu gʻoyaviy niyatda aks
etadi. Gʻoyaviy niyat koʻzga ilgʻamaydigan darajada nozik va koʻz
ilgʻamaydigan darajada miqyoslikka ega. Chunki gʻoyaviy niyat oʻz nomi
bilan gʻoyaga taalluqli, u ijodkorning dunyoqarashining mevasi, butun
asarning poydevori. U badiiy asarning mavzui, shakli, mazmuni, ―tili‖, badiiy
vositalari qanday boʻlishi kerakligini belgilab berish uchun ular bilan ―kurash
olib boradi‖. Ba‘zan ularni oʻziga boʻysundiradi, ba‘zan esa ularga bir oz yon
berib, ma‘lum nuqtalarda oʻzgaradi, ―sharoitga moslashadi‖. Gʻoyaviy
niyatni shu bois hech qachon toʻliq amalga oshgan estetik hodisa sifatida
tasavvur qilish mumkin emas.
Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda ―Badiiy ijod qonuni‖ning asosiy
kamponenti hisoblangan ―ijod‖ni inson taraqqiyoti uchun ahamiyatini
quyidagicha izohlash mumkin. Ya‘ni ijod: a) muayyan badiiy uslub
yordamida shaxs va jamiyatning madaniyatini yuksaltiradi; b) obrazli
tafakkur yordamida badiiy olamning asl va betakror mohiyatini anglash
imkonini beradi; v) olam goʻzalligidan zavqlanish, iztiroblardan forigʻ
boʻlish
va
yaratuvchanlikka
ragʻbatni paydo qiladi.
Estetikaning
qonuniyatlari narsa-hodisalar va voqelikdagi jarayonlarning estetik
mazmunini turli rakursda oʻrgansa-da, estetika uchun umumiy boʻlgan
metaqonun - ―Insonning voqelikka estetik munosabati qonuni‖ga amal qiladi.
Bu qonun yordamida estetika oʻz tadqiqot obyektining predmetini
konkretlashtiradi, funksiyalarini belgilaydi.
―Estetika‖ iborasini ilmiy muomalaga kiritilganiga ham uch yarim
asrdan ortiq vaqt oʻtdi. Bu vaqt oraligʻida estetika dunyo faniga aylandi,
jahonda bu fanni rivojlantirish, uning ilmiy-nazariy muammolarini
oʻrganishga qaratilgan yirik tadqiqotlar amalga oshirildi. ayniiqsa,
mamlakatimizda estetika ilmi, ta‘limii va tarbiyasini rivojlantirish, estetik
dunyoqarashni boyitish masalalari doimiy e‘tiborda boʻlib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |