Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet292/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Maishiy turmush estetikasi 
Turmush azaldan madaniy qadriyatlarni vujudga keltiradigan va 
asraydigan muhim makon boʻlib kelgan. Turmush madaniyati inson hayoti va 
ijtimoiy muhitda iqtisodiy, ijtimoiy, estetik mezonlarni koʻratish bilan birga 
estetik madaniyatni ham shakllantiruvchi hodisadir. 
―Turmush‖ tushunchasi, ―Oʻzbek tilining izohli lugʻati‖da ―inson, 
millat va xalqning yashash tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmui, obyektiv 
reallik, moddiy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sogʻliqni saqlash, 
shuningdek, ma‘naviy qadriyatlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat 
ijtimoiy hayotning noishlab chiqarish sohasi‖ deb talqin etiladi. Moddiy 
ne‘matlar ishlab chiqarish va ijtimoiy-siyosiy amaliyot bilan bir qatorda 
shaxs tarbiyasida turmushning ta‘siri ham muhim omil sanaladi. Turmush 
madaniyatining oʻziga xosligi mehnat, oila, Vatan, kattalarga hurmat, oʻzini 


544 
tutish me‘yorlari kabi tabiiy, sodda ammo, asosiy qadriyatlarni singdirishida 
namoyon boʻladi. Aynan turmush tarixiy xotira madaniyatini asrovchi hodisa 
sifatida ham namoyon boʻladi, chunonchi u san‘at, dinga nisbatan 
barqarorligi bilan farqlanadi. Turmushga singgan qadriyatlar nisbatan mutlaq 
boʻladi, juda kam oʻzgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs oʻzi 
bilan oilasiga olib oʻtadi va uning abadiyligini ta‘minlaydi. Turmush 
estetikasi dizayn, ekoestetika, atrof-muhit estetikasi, estetik tarbiya bilan 
bevosita bogʻliq boʻlib, moddiy va badiiy madaniyatni integratsiyalashning 
eng ta‘sirchan vositalaridan biridir. 
Turmush estetikasi estetikaning insonning voqelikka munosabatini 
namoyon etadigan sohalaridan biri. Bunda tashqi koʻrinish, kiyinish, 
muomala madaniyati, narsa-buyumlarga, turar joylarga munosabat aks etadi. 
Turmush estetikasi insonning barcha sohalarda goʻzallikka boʻlgan 
intilishining ifodasidir.Insonni oʻrab turgan narsa va buyumlar olamining 
goʻzalligi bir tomondan inson hayotining uygʻunligini ta‘minlasa, ikkinchi 
tomondan estetik tarbiyalaydi. Turmush tarzi, tashqi koʻrinishi, kiyim 
koʻrkamligi orqali inson yashayotgan, mansub boʻlgan jamiyat haqida estetik 
tasavvur shakllanadi. Aksincha turmushda tartibsizlik, palapartishlik estetik 
madaniyat pastligidan da‘lolat beradi. 
Maishiy turmush estetikasi insonni oʻrab turgan narsa va buyumlar 
olami, atrof-muhit, yashash tarziga munosabati masalalarini oʻz ichiga oladi. 
Insonning dizaynerlik, ijodkorlik qobiliyatlari dastavval turmushda 
shakllanadi. Bunda ma‘lum bir xalqning tarixi, mentaliteti, avvaldan 
shakllanib kelgan turmush tarzi muhim oʻrin tutadi. Turli xalq, ijtimoiy guruh 
va boshqalar turmush madaniyatining moddiy koʻrinishlari kishilarning narsa 
va buyumlar olami, estetik didi va ijtimoiy ideallari haqidagi tasavvurlari 
umumiyligi va rang-barangligi bilan uzviy bogʻlangan. 
Inson yashash va ijtimoiy muhiti iqtisodiy, ijtimoiy, funksional, estetik 
me‘yor va shart- sharoitlarini gavdalantiradigan turmush madaniyati olamni 
estetik idrok etish, uning estetik madaniyati asosini tashkil qiladi. Bu jihat esa 
insonning atrof-olamga keng qamrovli estetik munosabatini shakllantiradi. 
Kiyinishidan tortib, oilaviy anʻanalar, oilaviy makongacha boʻlgan 
hodisalarda odamlarning narsalar dunyosiga, goʻzallik va ulugʻvorlik orqali 
qarashlari, estetik didga, ijtimoiy ideallarga oʻziga xos munosabatlari 
namoyon boʻladi va bu pirovard natijada turmush madaniyatining 
yuksalishiga xizmat qiladi. 
Maishiy turmush estetikasi turli madaniyatlar ta‘siri, turmush tarzi va 
usuli, anʻanaviylik va yangilik, milliylik va umuminsoniylik masalalari bilan 
bogʻlangan boʻlib, texnika, ekologiya, predmetli muhitni jihozlash, tarbiya 
sohasidagi estetik jihatlarni ifodalaydi, moddiy va badiiy madaniyat 
integratsiyalashuvining 
samarali 
vositalaridan 
hisoblanadi. 
Turmush 
estetikasining oʻziga xosligi ham shu jarayonda takomillashib boradi. 


545 
Estetik did turmush estetikasining shakllanishida muhim oʻrin tutadi, 
ayni paytda, turmush estetikasi ham insonda badiiy-estetik didning 
shakllanishiga ta‘sir koʻrsatadi. Chunki chiroyli narsa va buyumlar muhiti 
inson his-tuygʻulari, kayfiyatiga estetik ta‘sir koʻrsatadi. 
Odamlarning turmush tarzini oʻzgartirish, estetik dunyoqarashini 
boyitish orqali bir xillikdan – rang-baranglikka, qoʻpollikdan – ixchamlikka, 
noqulaylikdan - qulaylikka qarab yoʻnalish maishiy turmush estetikasining 
asosiy maqsadi va prinsipi hisoblanadi. Ayniiqsa, estetik madaniyat 
infratuzilmasi, madaniy hordiq maskanlari maishiy turmush estetikasi 
rivojiga ijobiy ta‘sir koʻrsatuvchi omillardir. 
Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyati uchta omil bilan belgilanadi: 1) 
inson hayot kechiradigan rang-barang predmetlar olami; 2) insonning 
boshqalar bilan muloqotda oʻzligini namoyon qilish holatlari; 3) insoniy 
munosabatlarning odob-axloqda aks etish imkoniyati va xususiyatlari. 
Bundan tashqari, yaratuvchanlik va bunyodkorlik turmush estetikasining 
muhim mezonlari hisoblanadi. Chunki inson turmush tarzini qay tarzda 
yoʻlga qoʻyishi uning badiiy tafakkuri va ruhiyatini ham aks ettiradi. Zero, 
Hegelning ―Agar san‘atni uning butun maftunkorligi bilan yaxlit idrok etish 
zaruriyati tugʻilsa, uni hamma joyda - varvarlarning zebu ziynat, liboslaridan 
tortib, to bagʻoyat goʻzal qilib bezatilgan ibodatxona anjomlarigacha - jami 
narsalar olamida uchratish mumkin‖- degan fikri bejiz emas. 
Zamonaviy maishiy turmush estetikasi farovon hayot va uning uchun 
zarur 
boʻladigan 
kamponentlarning 
oʻzaro maqsadga muvofiqligi, 
mutanosibligi va mosligini taqozo etadi. Bu moddiy ne‘matlar (orgtexnika, 
tele va mobil kommunikatsiya vositalari) va ma‘naviy ne‘matlar (kitob, 
sa‘yohat, qadriyat)ning boy zahirasini taqozo etadi. 
Hozirgi globallashuv va axborotlashgan jamiyatda inson haqidagi 
dastlabki ma‘lumot uning tashqi koʻrinishi orqali olinadi. Bunda insonning 
kiyinish madaniyati muhim omil hisoblanadi. Chunki kiyim-libos insonni 
nafaqat goʻzallashtiradi, balki uning madaniyatlilik darajasini ham belgilaydi. 
Shuning uchun kiyinish ham ijtimoiy-ma‘naviy, ham axloqiy-estetik 
hodisadir. 
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, kiyinish dastlab tabiiy zaruriyat - 
ya‘ni tashqi omillar ta‘siridan badanni himoya etish vositasi sifatida vujudga 
kelgan boʻlsa, zamonlar oʻtishi bilan u inson madaniyati namunasiga aylandi. 
Shu bois, yuksak madaniylikka asoslangan kiyinishni ham axloqiy qadriyat, 
ham estetik qadriyat deb aytish mumkin. Axloqiy qadriyat ekanligi shundaki, 
kiyim oʻzida uyat, hayo, ibo kabi fazilatlarni mujassam etadi. Kiyimning 
estetik qadriyat ekanligi esa u insonga goʻzallik va chiroy baxsh etadi. 
Bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyatida zamonaviylik bilan 
anʻanaviylikning uygʻunligini ta‘minlash milliy-madaniy taraqqiyotda 
muhim oʻrin tutadi. Buning uchun quyidagi omillarga e‘tibor qaratish zarur: 


546 
Birinchi omil - did bilan kiyinish. Bu kiyinish madaniyatining nozik 
jihatlariga e‘tibor qaratish demakdir. Chunki inson oʻz chiroyini egnidagi 
libosni toʻgʻri tanlay olganligi bilan ham boyitishi mumkin. Ikkinchi omil - 
zamonaviy kiyinish. Bu yoshlarning didini, qiyofasini aks ettirishi bilan bir 
moda - maishiy turmush estetikasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 
Moda – bu tashqi madaniyat shakllarining vaqti-vaqti bilan qisman oʻzgarish 
va takrorlanib turishidir. Bunday takrorlanishlar va oʻzgarishlar iqtisodiy, 
ma‘naviy, axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega boʻladi. 
Modani asosiy koʻpchilik e‘tirof etadi, u oʻzini faqat kiyinishda emas, 
ishlab chiqarishda ham, siyosat, san‘at, fanda ham, hatto mafkurada ham 
namoyon qila oladi. U ijtimoiy-estetik mezon sifatida baholash xususiyatiga 
ega va shu bilan odamlarga nima kerakligini belgilab beradigan hukmron 
didga aylanadi. Moda odamlarning yashash tarzidan (uslubidan) kelib chiqib, 
doimiy ravishda oʻzgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni taklif 
etadi. Zotan u ommaviy estetik didning darajasi va oʻziga xosliklarini zamon 
koʻzgusida aks ettirish xususiyatiga ega. Shu jihatdan u, yuqorida aytib 
oʻtganimizdek, oʻzgaruvchanlik tabiatiga ega. 
Shuni alohida ta‘kidlash zarurki, kiyinish insoniylikni taqa‘zo etadi. 
Chunki kishilar jinsi, yoshi, gavda tuzilishi, ruhiy holatiga qarab kiyim 
tanlaydi va kiyadi. Shu bois, bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyati 
quyidagi jihatlar asosida shakllanayotganligini kuzatish mumkin: 
1. Badanni tabiiy omillar ta‘siridan himoyalash; 
2. Qulaylikka erishish. 
3. Zamonaviy axloq va etnik xususiyatga mos odobni namoyon etish. 
4. Atrofdagilarning e‘tiborini qozonish. 
Yoshlar tomonidan yuqoridagi jihatlarning amalga oshish mexanizmi 
modani taqa‘zo etadi. Chunki moda kiyinishning oʻziga xos me‘yori. Biroq 
bu me‘yor insonning goʻzalligini ta‘minlashishi shart. Aks holda me‘yorning 
buzilishi natijasida bachkanalik vujudga keladi. Qolaversa, ijtimoiy madaniy 
taraqqiyot muayyan moda umrining qisqarishiga olib keladi. Taraqqiyot 
natijasida yangi modalar eskisini muomala jarayonidan siqib chiqaradi. 
Bugungi kunda yoshlarning kiyinish madaniyatiga e‘tibor qaratishning 
ijtimoiy ehtiyojga aylanish sababi shundaki, har bir xalqning tarixiy-madaniy 
rivojlanish bosqichlari ularning ajdodlari tomonidan kiyilgan kiyimlarda oʻz 
aksini topgan. Bu esa milliy gʻurur, vatanparvarlik va oʻzlikni anglash kabi 
buyuk hodisalar bilan chambarchas bogʻliq. Shunday ekan, bugungi kunda 
kiyinish madaniyatiga joʻn va oddiy maishiy hol sifatida munosabat bildirish 
mumkin emas.
Inson faoliyatining barcha koʻrinishlari estetik bilimni taqozo etadi. 
Estetik bilim esa insonda turmush tarzini tartibli, oqilona va maqsadli tashkil 
etish koʻnikmasini shakllantirishga koʻmak beradi. Bu boradi dizaynning 
turmush estetikasiga ta‘sirini alohida ta‘kidlash joiz. 


547 
Narsalar inson ehtiyojlarini qondirishi uchun oʻzgarib takomillashib 
boradi, bu inson faoliyatini erkin va qulay tashkillashtirish ijobiy, moʻtadil 
ruhiy muhit yaratishga imkon yaratadi. Estetik A.P.Marder rivojlangan 
hozirgi jamiyatda obyektiv olam faqat fizikaviy, kimyoviy va boshqa 
xossalar bilan emas, shu bilan birga, estetik xususiyatlar va unga 
munosabatlar yigʻindisi sifatida ham inson ma‘naviy va moddiy hayoti, 
axloq-odobiga emotsional tus beradigan estetik reallik boʻlib namoyon 
boʻladi, - degan fikrni bildiradi. Darhaqiqat,insonni qurshagan predmet va 
narsalar muhiti uygʻunlik, shinamlik va qulaylik xususiyatlari bilan insonda 
zavq, koʻtarinki kayfiyat, xotirjamlik kabi hissiyotlarni uygʻotishi; insonga 
oʻz hayotidan mamnunlik uygʻotishi, ruhiy muammolar yechimini hal etishda 
yordam berishi mumkin. Binobarin, me‘morlar, amaliy san‘at namoyandalari, 
dizaynerlar, umuman ijodkorlar bu estetik qulayliklarni nafaqat moddiy balki 
insonning ma‘naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida yaratadi. 
Soʻnggi besh yilda mamlakatimiz shaharlari va qishloqlari qiyofasi 
tubdan oʻzgardi. Buning natijasida odamlarning estetik dunyoqarashi va 
tafakkurida ham oʻzgarish paydo boʻldi. Chunki barpo etilayotgan ijtimoiy 
obyektlar – muassasa, maydon, markaz, xiyobon, maskan, ziyoratgoh 
odamlarda turmush estetikasi haqidagi tasavvurini boyitadi, yuksaltiradi. 
Atrof-muhitning goʻzalligi kayfiyatga ta‘sir koʻrsatish, faollikka undash, 
hatti-harakatlariga tetiklik baxsh etishi asosida baholanadi. 
Estetik muhitda tarbiya topgan inson narsalar olamining estetik shakli 
va mazmunini qadrlaydi, anglaydi, oqilona munosabatda boʻladi. Ayniqsa, 
badiiy konstruktorlik badiiy loyihalash unsurlarini ham oʻz ichiga oladi. 
Konstruktorlikni rivojlantirish bolalar va oʻsmirlarda badiiy loyihalash 
qobiliyatini shakllantirish imkonini beradi, konstruktorlik ishlarini amalga 
oshirishi ijodiy tasavvur va badiiy qobiliyatning rivojlanishiga olib keladi. Bu 
esa estetik xarakter kasb etadi. 
Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari, narsalar olami, intererning 
tarkibiy qismlari, uning shakllanish qonuniyatlari, ish joylar muhitini 
shakllantirish kabi masalalarni hal etishda yangi texnik va texnologik 
ishlanmalar va dizaynga asoslanadi. Narsa-buyumlarni qulay, shinam 
joylashtirish va ulardan toʻgʻri foydalanish hayotimizning kun tartibidan 
muhimi 
oʻrin egallagan. Chunki kishilarning turmushi jamiyat 
taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma‘naviy-madaniy jihatlarini 
oʻzida aks ettiradi va bu oiladagi sogʻlom muhitni belgilaydi. Insonni oʻrab 
turgan predmet-narsalar insonning moddiy ehtiyojlarini qondirish bilan 
cheklanmaydi, tashqi muhit, shu bilan birga, insonning oʻz qiyofasini shu 
muhitga moslashtirishga ham ma‘naviy-ruhiy ta‘sir koʻrsatadi, dizayn inson 
bilan narsalar olami oʻrtasidagi uygʻunlikni qaror toptirish vazifasini 
bajaradi. 


548 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish