Xalq amaliy san’ati
Amaliy san‘at turlarining estetik xususiyati shundaki, ular bir vaqtning
oʻzida ham badiiy, ham amaliy vazifani bajaradi. Shu bois, xalq madaniyati
tarixini uning amaliy san‘atisiz tasavvur qilish qiyin. Oʻzbek xalqining koʻp
asrlik tarixida xalq amaliy san‘ati turlari boy va rang-barang madaniy
merosining eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. Oʻzbek xalq amaliy
san‘ati yodgorliklari oʻtmish ajdodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas
va tarixan bebaho asarlarning namunalari boʻlib, jahon madaniyatining
durdonalaridan boʻlgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi.
Xalq amaliy san‘ati kishilarning ma‘naviy olamini boyitadi, badiiy-
estetik didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham ham
oʻzbek xalqi amaliy san‘ati kishilarning badiiy, axloqiy, umuminsoniy
jihatdan tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ham
madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manba‘lardan hisoblanadi. Bu
manba‘lardan bugungi kunda ham usta va hunarmandlar samarali foydalanib
keladi.
Xalq amaliy san‘atining milliy estetik mazmuni naqqoshlik san‘atida
yaqqol koʻzga tashlanadi. Naqqoshlik san‘ati gʻoyat boy va mazmundor
boʻlib maishiy turmushimizda ishlatiladigan oddiy qoshiq, lagan, sandiq,
cholgʻu asboblaridan tortib turar joy va jamoat binolarining devor hamda
shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, zavqlantiradi. Bino yoki
xonadon devoridagi naqshlar turli xil boʻlib ulardan ―girix‖ arabcha
―tuguncha‖ degan ma‘noni anglatgan xandasaviy naqshlar ya‘ni toʻgʻri
toʻrtburchak, romb, kavadrat kabi yaxlit kompozitsiya‘ni tashkil qilgan
naqshlar va ―islim‖ (arabcha) yuguruvchi ma‘nosini anglatib toʻgʻri yoʻl
ichiga ilon izi shaklida chizilgan oʻsimliksimon naqshlardan iborat boʻlgan.
Ular faqat foydali-amaliy ahamiyatga ega boʻlib qolmay, balki xonadon
egalarining orzu-umidlari, badiiy-estetik didi va estetik idealining
koʻrsatkichi sifatida ham namoyon boʻlgan. Bugun ham zamonaviy turar
joylar va binolarni bu naqshlarsiz tasavvur etib boʻlmaydi.
Bugungi zamonaviy inshootlar kabi turar joylarda amaliy san‘atning bir
qancha turlarini koʻrish mumkin. Turar-joy binolarining turli-tuman badiiy-
texnologik usullarda namoyon etilgan badiiy bezak turlari Oʻzbekiston
me‘morchiligida muhim oʻrin tutadi. Chunonchi, turar-joy dizayni bu milliy
anʻanalarga tayangan noyob ijodiy faoliyat boʻlib, ularning mahorati va
badiiy bezatilishning koʻpgina qirralarini ifodalaydi. Turar joylar
intererlaridagi umumiy devorlarning sathi anʻanaviy kompozitsion boʻlinish
usullari, intererlarni badiiy-bezakli pardozlashning asoslariga tayanadi va
553
koʻplab estetik xususiyat kasb etadi. Masalan, binoning tashqi koʻrinishi -
tarz (fasad)ga qaraganda uyning intereri koʻp hollarda koʻrkam bezakli
boʻladi. Devorlarning tokchalarga boʻlinishi turgʻunlik va sokinlik taasurotini
yaratsa, devorning barcha sathi naqshinkor bezatiladi, bezakni bajarishda
simmetriya, ritm, mutanosiblik qonunlariga rioya qilinishi unga tartiblilik,
uygʻunlikni namoyon qiladi. Oʻyma bezaklar bilan oro berilgan yogʻoch
eshiklar, ustunlar, shift bolorlari, gohida shift ustidan koʻprangli naqshlar,
shuningdek naqqoshlik bilan devor sathining barcha qismlari tokchalar,
shiftlar karniz va bolorlar ham bezatilishi, deraza darchalari va eshik
tabaqalari, ustunlari devor va intererga berilgan naqshu bezaklar imoratga
badiiy tantanvorlik va estetik qiyofa baxsh etadi.
Intererlarning
badiiy
bezatilishda
asosiy
ahamiyat
devoriy
naqqoshlikka qaratilgan boʻlib bu oʻzbek xonadonini bezatishda muhim
jihatlardan hisoblanadi. Devorda ketma-ket joylashgan naqshinkor va
pardozlangan naqshlar yordamida juda ham rang-barang, jozibador
kompozitsiyalar yaratiladi. Interer dizaynida devoriy naqqoshlikning bir
necha kompozitsion yechimlarini kuzatish mumkin. Bu tokchalarga
boʻlingan, yalpi naqqoshlik bilan bezatilgan devor sathi va naqshinkor va
oʻymali naqshlar ketma-ket joylashgan, rang-barang naqshinkor
kompozitsiya. Shift naqqoshligi ham Toshkent intererlarida muhim oʻrin
tutadi. Ular oʻzida konstruktiv va badiiy yechimning sintezini namoyon etadi.
Ular turar-joylari ayvon va dahlizlarda ham keng qoʻllaniladi. Bu amaliy
san‘at turining gullashi va rivojlanishi, hozirgi davrda shaharda shakllangan
qulay iqtisodiy sharoit, innovatsion ta‘sir va amaliy-bezak san‘atining koʻp
asrlik anʻanalari bilan bogʻliqdir.
Yogʻoch oʻymakorligi faqat intererning sirtida namoyon boʻlib qolmay
turli shakl va kompozitsiyalarda ham aks etadi. Bu interer uchun ishlangan
stol, stullar, xontaxtaning nafaqat shaklining bejirimligi balki yogʻoch
fakturasining goʻzalligi va ularga berilgan ishlov hamda naqshlarning
betakror va engilligi kishiga zavq bagʻishlaydi. Toshkent turar joy
me‘morchiligida Oʻrta Osiyo me‘morchiligi amaliyotida qoʻllanilgan badiiy
bezaklarning deyarli barcha turlari mavjud: suvalgan devor ganch
naqqoshligi avva oʻymakorligi shular jumlasidandir. Intererning badiiy
bezalishida asosiy ahamiyat devoriy naqqoshlikka qaratilgan boʻlib, bu
oʻzbek xonadonini bezatishda muhim jihatlardan hisoblanadi. Koʻpincha
naqqoshlik ganch oʻymakorligi bilan muvofiqlikda bajariladi. ayniiqsa,
Toshkentda keng tarqalgan oʻsimlik naqshlari- majnuntol, anor, xrizantema
butalarining yoyilgan shoxlarini koʻplab uchratish mumkin. Bu lavhalar
faqatgina bezak emas oʻz falsafiy ma‘nosiga egadir. Masalan, majnuntol -
sevgi sogʻinchi, anor - serhosillik, lola - bahor, gulsafsar - osoyishtalik va
uzoq umrni anglatgan. Oʻzbek xalq amaliy san‘atining eng rivojlangan
ganchkorlik, naqqoshlik, kandakorlik, zardoʻzlik, kigizchilik, kashtachilik
554
kabi bir qancha turlarining oʻziga xos bajarish texnologiyasi, haqiqiy milliy
nomlari, ularga xos ata‘malar, bu san‘atlarga xos maktablar yoʻqolib ketishi
xavfi bor edi. Ammo mustaqillikka erishgach milliy san‘atimizning bu
sohalariga boʻlgan e‘tibor kuchaydi. Ular tiklanib yangi anʻanalar paydo
boʻla boshladi. Bu esa hozirgi kunda san‘atkorlar, xalq ustalari, mualimlar
amaliy bezak sirlarini shogirdlariga oʻrgatib qolmay bu san‘at asarlarini keng
targʻib etib jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada
yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |