Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi oʻrni



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet290/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi oʻrni 
Globallashuv suratlarining ortishi, xalqaro raqobatning kuchayishi, 
axborot texnologiyalari jadal rivojlanishi hamda fanlar integratsiyalashib 
borayotgan hozirgi sharoitda jamiyat yangicha falsafiy tafakkurga zaruriyat 
sezmoqda. Endilikda, falsafa inson, jamiyat va davlatga har doimgidan ham 
koʻra koʻproq kerak ekanligi ayon boʻlib bormoqda. Chunki inson ma‘naviy 
kamol topib, jamiyat, fan va texnika rivojlanib borgani sari falsafiy 
tafakkurga boʻlgan ehtiyoj ham kengayadi, chuqurlashadi. Bu esa falsafiy 
fanlarga yangicha, ijodiy yondashish zaruriyatini keltirib chiqaradi. 
Globallashuv jarayonida yangicha mazmunga va zamonaviy koʻrinishga ega 
boʻlgan estetik qadriyatlar shakllanmoqda. Bu insonning tabiatga, jamiyatga, 
turmush tarziga, atrof-muhitga boʻlgan munosabatida tobora aks etmoqda. 
XXI asrda olamni bilish, voqelikni estetik oʻzlashtirish bilan bir 
qatorda uni qadriyat sifatida e‘zozlashga alohida e‘tibor berilmoqda. 
Endilikda odamlarning yaratuvchanlik faoliyati yuksalishi barobarida estetik 
qadriyatlarga nisbatan munosabati tubdan oʻzgarmoqda. Bu oʻz navbatida 
inson mohiyatan eng oliy qadriyat ekanligi, inson manfaatlarining 
ustuvorligini ta‘minlash barcha islohot va evrilishlarning bosh maqsadiga 
aylanganligi bilan belgilanadi. 
Ekologiya‘ning inson ekologiyasi boʻlimi odamning atrof-muhitga 
moslashishi, kasalliklarning kelib chiqishi va ularning oldini olish, 
sa‘lomatlikning tabiiy va ijtimoiy omillari, irsiyat, atrof-muhit, turmush tarzi, 
oilani rejalashtirish, sogʻliqni saqlash, sport bilan shugʻullanish va shaxsiy 
gigienalar haqida bilimlar beradi, shuningdek, sa‘lomatlikni baholash 
koʻnikmalarini shakllantiradi. Shubhasiz, ekologik ta‘limi dolzarb global 
muammo hisoblangan tabiat va inson oʻrtasidagi uygʻunlikni ta‘minlashda 
katta oʻrin egallaydi. Insoniyatni oʻrab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-
muhit, tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodlaydigan 
qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Bunday qadriyatlar jamiyat 
uchun hech qachon oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, abadiy, mutlaq va 
muqaddas qadriyatlardir. Darhaqiqat, tabiat goʻzalligini his qilish, undan 
zavqlanish, nafosat qonuniyatlari asosida tabiatni yanada goʻzallashtirish, 
inson estetik didini rivojlantirish va estetik ehtiyojini qondirish bilan estetik 
qadriyatlarning yangi koʻrinishlari shakllanib bormoqda. Tabiat va uning 
borligʻidagi estetik qadriyatlarga aylangan nabotot va hayvonot olami shular 
jumlasidandir. 


541 
Ekoestetika quyidagi prinsiplarga asoslanadi: 
- Dunyoni ekologik manzarasiga estetik munosabat. 
- Inson hayoti- Hayvonot dunyosi - Nabotot olami uygʻun rivojlanishi. 
- Atrof-muhitni muhofaza qilishning estetik asoslari. 
- Tabiatni estetik qadriyat sifatida baholash. 
- Tirik organizmlar bir butunliginini estetik anglash. 
- Tabiiy jarayonlar va hodisalarning antropotsentrikdan biotsentrik va 
politsentrikka oʻzgarishi usulini qoʻllash. 
- ekologik tanglikning estetik madaniyat tangligi sifatida his etish. 
- Ishlab chiqarish munosabatlarni estetik mezonlar asosida tartibga 
solish. 
- ekoestetika va etikosferaning axloqiy-estetik maqomini anglash. 
- Insoniyat barqaror rivojlanish konsepsiyasiga tabiat va jamiyat 
koevolyutsiyasi sifatida estetik baho berish. 
Insoniyat kech boʻlsa-da Yer sa‘yyorasidagi tabiatning yuksak qadriyat 
ekanligini anglab bormoqda. Endilikda tabiat goʻzalligini asrash, tabiatga 
oqilona munosabatda boʻlish va tabiatni goʻzallashtirish global masalalardan 
hisoblanadi. 
Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 
―Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy 
muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos 
boʻlib, sivilizatsiya‘ning hozirgi kuni va kelajagi koʻp jihatdan ana shu 
muammoning hal qilinishiga bogʻliqdir‖ - deb ta‘kidlagan edi. Darhaqiqat, 
insoniyat hozir oʻz tarixining maс‘uliyatli davrida yashamoqda, u ―Tabiat – 
Jamiyat - Inson‖ munosabatlari uygʻunligining yangi rivojlanish bosqichiga 
qadam qoʻydi. Bu tarixiy davr oʻz real imkoniyatlari, obyektiv taraqqiyot 
qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli muammolarni qoʻymoqda. Bu 
muammolar orasida eng muhimi - tabiatni asrash va oqilona munosabatdir. 
Tabiat alohida bir xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir dargoh, 
inson koʻz ochib koʻrgan dunyo, ona zamin, insoniyatning umumiy uyi. 
Shunday ekan, uni avaylab-asrash, atrof-muhitning ifloslanishiga yoʻl 
qoʻymaslik, umumdavlat, umuminsoniyat ishidir. Ekologik muammoni hal 
etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos boʻlib, sivilizatsiya‘ning yashab 
qolishi ham ushbu muammoni qay tariqa hal qiliinishiga bogʻliq. Bu oʻz 
navbatida, insonning tabiatga estetik munosabatini oʻzgartirishni taqozo 
etadi. Negaki, voqelikka estetik munosabat - tabiatga muhabbatdan 
boshlanadi. Chunki tabiat inson kamoloti, sa‘lohiyati, iqtidori, imkoniyati 
uchun betakror manba boʻlib xizmat qiladi. 
Inson bilimining ortishi, tabiatni 
oʻrganish va oʻzlashtirish 
imkoniyatlarining kengayishi texnik-texnologik taraqqiyotga va inson 
qudratini yuksalishiga olib keldi. Bu holat oʻz navbatida, insonni tabiat 


542 
ustidan hukmronlik qilishga undadi. Buning oqibati turli koʻrinishdagi 
ekologik ha‘lokat, tahdid, zarar va illatlarni yuzaga keltirdi. 
Endilikda tabiat va inson oʻrtasida yangicha muloqot vujudga 
kelmoqda. Inson tabiatning hukmroni emas, balki uning bir boʻlagi ekanligi 
tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik oqibat insonga qilingan 
yomonlik ekanligini anglab etdi. Har qancha ekologiyaga e‘tibor qilmaylik, 
uni fan sifatida zoʻr berib oʻqitmaylik, baribir tabiatni tushunishimiz qiyin, 
zotan ekologiya tabiatni asrashni, qutqarishni, boyitishni targʻib qiladi. Biroq 
ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning ekologiya bilan 
hamkorligida erishish mumkin. Chunki estetika insonga tabiatni sevishni, 
uning goʻzalligiga begʻaraz munosabatda boʻlishni oʻrgatadi, ya‘ni tabiatni 
faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqa‘ridagi 
umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi.
Ekologiya atrof-muhitning sifat holatini belgilovchi omil boʻlganligi uchun u 
iqtisodiyot, ijtimoiy hayot, davlatlarning ichki va tashqi siyosatiga ham kirib 
bordi. Bu bejiz emas, chunki dunyoda ekologik muammolarning jiddiylashib 
borayotganligi hech kimga sir emas. Ekologik xavfsizlik muammosi 
allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib butun insoniyatning 
umumiy muammosiga aylandi. ayniiqsa, Markaziy Osiyo davlatlarida 
tabiatni 
muhofaza 
qilishga 
oid 
qonunchilik 
rivojlanmoqda 
va 
takomillashmoqda, genofondni barqaror rivojlantirishni saqlab qolishni tabiiy 
resurslarda oqilona foydalanishni ta‘minlaydigan hamda fuqarolarning 
maqbul atrof - muhitga boʻlgan huquqni kafolatlaydigan xalqaro 
konvensiyalar, shartnoma va bitimlarga qoʻshilish jarayoni davom etmoqda. 
Atrof-muhitga bepisandlik, tabiat ne‘matlariga hurmatsizlik, oʻsimlik 
va nabotot olamiga e‘tiborsizlik bugungi kunga kelib pirovardida inson va 
uning genofondiga salbiy ta‘sirini oʻtkaza boshladi. Bundan tashqari, tabiatga 
gʻayriestetik munosabat biologik xilma-xillikning qisqarishiga, katta 
hajmdagi sanoat va boshqa xil chiqindilarning koʻpayishiga, choʻllanish, yer 
va suv resurslari degradatsiyasiga hamda mintaqaviy va global miqyosda 
echilishi zarur boʻlgan muammolarni keltirib chiqardi. Bu muammolar inson 
hamda uning manfaatlari himoyasi, avvalo, sogʻlom va musaffo atrof-
muhitga ega boʻlish huquqini ta‘minlash jarayoni amalga oshirilayotgan 
islohotlarning oʻzagini tashkil etgan Oʻzbekiston uchun atrof tabiiy muhitni 
asrab-avaylashni va uni sogʻlomlashtirishni yanada dolzarb qilib qoʻydi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish