Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Takrorlash uchun savollar: 
1. Estetikaning fan sifatidagi mohiyatini tushuntiring? 
2. Estetika nima uchun falsafiy fanlar turkumiga kiradi? 
3. Estetikaning asosiy qonuniyatlari haqida ma‘lumot bering? 
4. Qaysi funksiyalar estetikaning asosiy funksiyasi hisoblanadi? 
5. ―Goʻzallik falsafasi‖ degan iborani izohlang? 
6. Inson goʻzalligining asosiy mezonlarini sharhlang? 
7. Ulugʻvorlik nima uchun ham axloqiy ham estetik kategoriya 
hisoblanadi? 
8. Nima uchun xunuklik goʻzallikning teskarisi yoki ziddi hisoblanadi? 
9. Fojiaviylik ulugʻvorlikning davomi ekanligi izohlab bering? 
10. Kulgililikning demokratik xususiyati nimada? 
17-mavzu. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA 
ESTETIKASI 
 
Tabiatning estetik xususiyatlari 
Tabiat goʻzalligi va tarbiyaviy ahamiyati azaldan faylasuflarni 
qiziqtirib kelgan. Insoniyat ma‘naviy yuksalishidagi eng buyuk davrlar ham 
tabiat va odamzod hayotidagi oʻzaro uygʻunlik va mutanosiblikning 
mavjudligini idrok etish, tabiat va dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi 
oqilona munosabatlar bilan bogʻliq. Ma‘lumki, goʻzallik haqidagi ilk 
tasavvurlar ham tabiatga daxldor boʻlib, tabiatdagi organizmlarning har biri 
oʻz holicha emas, balki boshqa organizmlar bilan bogʻliq holda yashaydi. 
Masalan, nabotot olami ham, hayvonot olami ham quyosh, suv, havo, tuproq 
ta‘sirida yashaydi, rivojlanadi. Buni zardoʻshtiylikning kitobi boʻlgan 
―Avesto‖da ham koʻp bora ta‘kidlab oʻtiladi. Axura Mazda qiyofasidagi 
ezgulik hayot ramzi, erni hayvonot va nabotot bilan boyitadi, inson ularni 
sogʻlik, kuch-qudrat, baxt, shodlik, umid, ishonch, goʻzallik, farovonlik 
yordamida munavvar qiladi. Shuni ta‘kidlash joizki ―Avesto‖ da inson oliy 
jonzot sifatida talqin etiladi, ayni paytda eru-koʻkdagi barcha ne‘matlarni 


537 
sevish, ardoqlash, insonning muqaddas burchi hisoblagan. Ozodalik, tozalik 
tushunchalari axloqiy hamda ilohiy tushuncha darajasiga koʻtariladi. Suvni, 
atrof-muhitni toza tutish, jonivorlarga shafqatli munosabat, bularning bari 
―Avesto‖da eko-estetik tarbiya‘ning uzviy bogʻliq ifoda etilishini koʻrsatadi. 
Tabiatga estetik munosabat xususida Qadimgi Xitoy daochilik 
ta‘limotida ham oʻziga xos yondashuv mavjuddir. Daosizm ta‘limotida Inson 
mavjud olam kabi dao qonunlari asosida vujudga kelgan., u tabiatning bir 
qismi, uning vazifasi fazilat (de) yoʻlidan borish. Har qanday sun‘iy 
aralashuv, tabiatning muvofiqlik tartibini oʻzgartirishga intilish-odamlar 
uchun ha‘lokatli, barcha yovuzliklarning, son-sanoqsiz baxtsizliklarning 
manbai tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishdir. Shu sababli Lao-szi 
nazdida faoliyat-daoga qarshi qaratilgan va xalqqa zarar keltiradi., uning 
asosiy axloqiy tamoyili ―uvey‖-faoliyatsizlik, donishmand kishining ―dao‖si-
bu kurashsiz faoliyat. Lekin bu kurashsiz faoliyat aslida tabiatga qarshi 
boʻlmagan faol hatti-harakat, faqat daoga xos, tabiat qonunlariga mos 
faoliyatdir. Tabiat goʻzalligini asl holda saqlash va uni koʻrish, his qilish 
daochilikda muhim ahamiyat kasb etgan. 
Muqaddas Islom dinining muborak manba‘lari - Qur‘oni Karim va 
Hadisi sharifda atrof-muhitni toza saqlash, tabiat ne‘matlaridan oqilona 
foydalanishga da‘vat qilinadi. Tabiat ne‘matlarini isrof qilmaslik, insonning 
yashasha tarzi, shaxsiy gigienasi, zurriyotni tozaligiga, oʻsimlik-hayvonot 
dunyosini asrashga, umuman ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga katta 
ahamiyat berilgan. Chunonchi, Hadisda ―Kimki daraxt ekib uni muhofaza 
qilishga sabr qilsa, meva bergunicha parvarish qilsa, u odamga mevasidan 
kelgan har bir foyda uchun Olloh huzurida ajr savob boʻlgay‖ ―Dunyo yam-
yashil va goʻzaldir. Kimki undan haqli ravishda ha‘lollik bilan olsa, undan 
baraka topadi. Kimki nafs xohishi bilan dunyoni mukkasidan ketib egallasa, 
qiyomat kuni doʻzaxdan boshqa narsaga erishmaydi‖ – degan hikmatlar bir 
necha marta ta‘kidlanadi. 
Tabiatdagi eng oddiy narsa va hodisalar mazmuni va shakli uygʻunligi 
bilan goʻzaldir. Goʻzallik bu voqelik (tabiat, jamiyat, san‘at) hodisasi boʻlib, 
aniq hissiy ta‘sir oʻtkazish orqali insonda jismoniy va ma‘naviy kuchlar 
oqimining koʻpayishiga, shodlik, zavqlanish, toʻla ma‘naviy qoniqish holati 
vujudga kelishiga imkon yaratadi. Goʻzallik doimo foydalidir, lekin bu 
foydalilik jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qilishga moʻljallangan boʻladi. 
Tabiatdagi goʻzallik ijtimoiy hayot goʻzalligidan, foydali amaliy 
faoliyatidagi goʻzallik badiiy ijoddagi goʻzallikdan farq qiladi. Lekin 
goʻzallik qanchalik oʻzining rango-rangligi bilan ajralib turmasin, ularning 
barchasi qandaydir umumiy tub belgilarga ega boʻlib, mana shu umumiy tub 
belgilar tufayli ularning barchasini maxsus ilmiy-falsafiy istiloh-goʻzallik 
tushunchasi orqali talqin etish imkoniyati mavjud. 


538 
Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik 
bilan toʻqnashar ekan, u albatta tabiatning goʻzalligidan zavq-shavq oladi, 
ongli yoki anglamagan holda sevinadi, ma‘naviy boylik orttiradi. Inson 
tabiatdagi u yoki bu davr, u yoki bu ijtimoiy guruh ijtimoiy orzusiga muvofiq 
keladigan hodisalarni goʻzallik sifatida baholaydi. Hamma vaqt tabiatga 
estetik munosabat va tabiatni estetik oʻzlashtirish uni «insoniylashtirish», 
tabiat hodisalariga inson talab-ehtiyojlarini, maqsad-orzularini tadbiq etish 
bilan bogʻlanib ketgan. 
Insonda tabiatga qanday munosabatda boʻlish tuygʻusi birdaniga paydo 
boʻlmagan, albatta, u sekin-asta, inson zoti va tabiati rivojlanib borgani sari 
shakllanib borgan, ibtidoiy san‘at manzarali tasvirlarni bilmagan, tabiat 
hodisalarining goʻzal yoki xunuk ekanligini baholamagan, qadimgi ovchi-
musavvir oʻz diqqat e‘tiborini asosan tirikchilik manbai boʻlgan narsalar, 
voqea hodisalarga qaratgan edi. (Omonqoʻton, Sarmishsoy, Zarautsoy, 
Xojikent, Panjikent va boshqa qoya rasmlarini eslang). Oʻsha paytlarda inson 
faoliyatining asosiy turi boʻlgan ovchilik oʻrniga u yoki u bilan yonma-yon 
dehqonchilikning paydo boʻlishi bilan, ya‘ni inson atrofidagi tabiatni 
oʻzlashtira boshlashi bilan tabiat boshqacha ijtimoiy orzu mezonlari bilan 
baholanadi, oʻlchanadi, inson uchun tabiatning goʻzallik va xunuk tomonlari 
ayon boʻla boshlaydi. 
Goʻzallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida idrok etiladi. Biroq bu 
goʻzallikka munosabatning faqat bir jihati, xolos. Bizning asrimizda insoniyat 
ulkan vayron qilish qudratiga ega boʻlgan vositalarni qoʻlga kiritdi. SHu 
narsa aniq-ravsha‘n boʻlib bormoqdaki, tabiatga faqat moddiy manfaatdorlik 
nuqtayi nazaridan munosabatda boʻlish salbiy oqibatlarga ham olib keladi. 
Estetik xususiyatlar orasida tabiat goʻzalligi inson uchun hammadan 
koʻra yaqinroq va tushunarliroqdir. Tabiat bilan yaqin boʻlishga botiniy 
intilish, undagi goʻzallik va nafosat olamini oʻzlashtirish, idrok etish inson 
zotiga xosdir. 
Tabiat estetikasi insonni uygʻunlikka asoslangan goʻzallikni koʻrish, his 
qilish, zavqlanish va qadrlashga oʻrgatadi. Chunki tabiat goʻzalligi koʻz bilan 
koʻrish, qalb bilan his etish va harakat bilan barpo etish orqali idrok etiladi. 
Bu jarayon uchta jihatni toʻlaqonli anglash va munosabatda boʻlishni taqa‘zo 
etadi. Bu: a) tabiiy organizmning oʻziga xos tuzilishi va oʻzaro 
mutanosibligini; b) doimiy harakatda, rivojlanishda boʻlgan jonli 
organizmning oʻziga xos xususiyatlarni; v) tabiiy obyektlarga xos boʻlgan 
dekorativ nafosatni. Bunday hodisa odatda san‘at orqali etkazib beriladi. 
Tabiatning estetik xususiyatlari insonni, tabiatni sevishga, uning 
goʻzalligiga begʻaraz munosabatda boʻlishga oʻrgatadi, ya‘ni tabiatni faqat 
odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqa‘ridagi 
umumolamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi. ayniiqsa, 
tabiat estetikasining zamonaviy koʻrinishi boʻlgan landshaft dizayni 


539 
masalalariga zamonaviy yondashuv, atrof-muhitni goʻzallashtirishda muhim 
ahamiyatga ega boʻlib bormoqda. SHu bois mamlakatimizda landshaft 
dizaynini yanada rivojlantirish, aholi punktlari va qishloqlararo hududlarning 
arxitekturaviy-badiiy 
qiyofasini 
yaxshilash, 
landshaft 
dizayni 
mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish 
maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 
avgustda ―Oʻzbekiston Respublikasida landshaft dizaynini rivojlantirish 
dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida‖ gi Qarori qabul qilindi. Qaror asosida ishlab 
chiqilgan dasturda Toshkent shahar hokimligi obodonlashtirish bosh 
boshqarmasi, Nukus shahri va viloyat markazlari boʻlgan shaharlar 
obodonlashtirish boshqarmalarining landshaft dizayni guruhlarini, loyihalash 
tashkilotlarini malakali kadrlar, mutaxassislar bilan ta‘minlash, zarur texnika, 
asbob-uskunalar va materiallar sotib olish uchun mablagʻlar ajratish koʻzda 
tutilgan. ayniiqsa, landshaft, me‘moriy dizayn bevosita inson turmush 
tarzining farovonlashuvi va sogʻlom turmush tarzining vujudga kelishida 
muhim ahamiyat kasb etayotganini alohida ta‘kidlash lozim. 
Olmon faylasufi Immanuil Kant tabiatni axloqiylik bilan bogʻlaydi: 
―Kimniki bevosita tabiat goʻzalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yoʻq 
deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyat mavjudligidan da‘lolat beradi‖, – 
deydi. Biroq yana bir olmon faylasufi Hegelning ―Tabiatda ideal yoʻq, shu 
sababli u ikkinchi darajali goʻzallikdir!‖ – degan fikri estetikada uzoq davrlar 
hukmronlik qildi. Bu ayniqsa, ―tabiatdan in‘om - ehson kutmaymiz, balki uni 
boʻysindirish vazifamizdir‖ - degan gʻoya tarafdorlari uchun juda qoʻl keldi. 
Natijada uzoq yillar tabiat, atrof-muhit va ekologiya estetikasi muammolari 
nazarda chetda qolib keldi. Me‘moriy obidalarni asrash, tiklash haqida 
qaygʻurdik, ularni estetik qadriyatlar deb e‘lon qildik, lekin landshaft 
estetikasini chetga chiqarib qoʻydik. 
Oʻzbekistonda tabiatga estetik munosabatni takomillashtirish borasida 
muayyan tajriba orttirildi. Sohadagi vazifalarning koʻlami mamlakatimiz 
hamda mintaqada ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirish bilan bogʻliq 
muammolarni kompleks hal etishni, bu borada davlat organlari, jamoat 
birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va fuqarolarning sa‘y-
harakatlarini muvofiqlashtirishni taqa‘zo etadi. Zero, sogʻlom va goʻzal atrof-
muhit muhofazasi davlatning, jamiyatning va har bir fuqaroning eng muhim 
vazifasidir. 
Inson hayotining farovonligi bevosita tabiat bilan bogʻliq, shu bois 
ekologiya va inson sa‘lomatligi, tabiatga estetik munosabatni shakllantirish 
masalalari bugun ijtimoiy zaruriyatga va ma‘naviy ehtiyojga aylanib 
bormoqda. Bu jamiyat, davlat va har bir fuqaro manfaatiga birdek daxldor 
masalalar 
sirasiga 
kiradi. 
Tabiatni 
muhofaza 
qilish, 
hududlarni 
obodonlashtirish, koʻchat-daraxtlar oʻtkazish va ularni parvarishlash, foydali 
qushlar va hayvonlarga zarar etkazmaslik, koʻl va ariqlarni ifloslantirmaslik, 


540 
ularni doim tozalab turish tabiatni goʻzallashtirish muammolari bilan bevosita 
bogʻliq. 
Hozirgi kunda tobora oydinlashib borayotgan haqiqat shuki, tabiatni 
estetik qadriyat deb bilmaslik estetik savodsizlik, aniqrogʻi, bugun tabiatsiz 
estetikani tasavvur qilish mumkin emas. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish