Transplantatsiya
–odam va hayvonlarda potologik jarayon natijasida
shikastlangan yoki olib tashlangan toʻqimalar va organlar oʻrniga sogʻlomini
koʻchirib oʻtkazish. Xirurgiya usuli sifatida qadimdan ma‘lum. Teri, muskul,
nervlar, koʻzning muguz pardasi yogʻ va suyak toʻqimasi, yurak, buyrak va
boshqa organlar koʻchirib oʻtkaziladi. Qon quyish-transplantatsiya‘ning
alohida turidir. Koʻchirib oʻtkaziladigan toʻqima yoki organ kimdan
olinganiga qarab quyidagicha farqlanadi. Transplanta‘logiya – deyarli chorak
million ogʻir kasalliklarga duchor boʻlgan insonlarga hayotlarini davom
ettirish imkoniyatini berdi, lekin Shuning bilan bir qatorda bir qator axloqiy,
huquqiy va ijtimoiy muammolarni ham keltirib chiqardi. Ushbu masalada
muammo donorlik organlarining etishmasligidadir. Transpanta‘logiya-
yashashga umid qolmagan, dori - darmonlar foyda bermagan insonlarning
soʻngi chorasi va yashash uchun soʻnggi umidi boʻlib qolmoqda. Lekin ushbu
muammo bugungi kunda koʻpgina jinoiy holatlarga ya‘ni, inson organlarini
sotish jarayonlariga olib kelmoqda. Ushbu muammolarni yechimining
bugungi kundagi yangi yoʻllardan biri hisoblangan, insonga xayvonning
organi yoki toʻqimasini koʻchirib oʻtish– ya‘ni ksenotransplantatsiyadir
.
Lekin, yaqin-yaqingaga u faqat nazariy jihatdan mavjud edi, chunki
organlarning insondan –insonga koʻchirib oʻtilganda bir qancha muammolar
mavjudki, hayvondan insonga koʻchirilganda ushbu muammolar bir necha
515
marta koʻpayadi. Afsuski, ushbu organlarning insonda qancha vaqt faoliyat
koʻrsatishi mumkinligini hali hech kim bilmaydi. Ta‘kidlash kerakki, ushbu
sohada ba‘zi muvaffaqiyatli tajribalar oʻtkazilgan. 1963 yil K.Rimstma
insonga shimponzening buyragini oʻtkazgan va u 9 oy mobaynida faoliyat
koʻrsatgan.
Gʻarb tibbiy bioetikasida diniy va dunyoviy qarashlarida keskin farq
mavjud, chunki dunyoviy qarashlarda diniy qarashlarning ayrim jihatlari
keskin tanqid qilinadi. Islom falsafasida esa tibbiy amaliy etika alohida
yoʻnalish sifatida shakllanmagan, ammo axloqiy qarashlarning tibbiyotdagi
ahamiyati, ilmiy izlanishlarda va amaliyotda uning ijobiy tomonlari tahlil
etiladi. Musulmon sharqi mutafakkirlari insonning ruhiyati, qalbi va axloqiy
–ma‘naviy tomonlarini tibbiyotdagi ahamiyatini alohida ta‘kidlaganlar va
axloqiylikni tibbiyot ilmining bir boʻlagi sifatida qaraganlar. Al-Gʻazzoli
tabiblarni insonning tanasini va ruhiyatini da‘volovchi ikki guruhga ajratadi.
Ikkinchi toifadagi tabiblar insonning yuragini da‘volaydi, yurak bu erda
nafaqat inson organi shuning bilan bir qatorda insonning oʻzligini anglashi
va vijdoni deb ham tushuniladi. Al-Roziy esa ―tibbiyot‖ termini inson
organizmini da‘volash va profilaktikasini anglanishini ta‘kidlaydi, ―tibbi
ruhoni‖ ata‘masi esa insonning ma‘naviyati, axloqi va xulqini
takomillashtiruvchi tushuncha sifatida tahlil qilinadi.
Hozirgi zamon amaliy etikasining muhim yoʻnalishlaridan biri-inson
hayotining eng oliy axloqiy qadriyat sifatida qaraydi. Shu bilan birga, inson
hayotini saqlab qolish muammosini yaxshilik va yomonlikni farqlashning
muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon fanida bioetika – etika tirik
mavjudotlar, shu bilan birga, insonga ham boʻlgan munosabatlarning axloqiy
regulyativi, deb qaraladi. Insonning tabiat bilan uzluksiz aloqasini ma‘naviy
tahlil asosida, tabiatni muhofaza etishda axloqiy javobgarlik bioetika –
etikaning madaniy negizini tashkil etadi. Bioetika, sotsial masalalar bilan
birgalikda, qadriyatlar muammosini
ham qamrab
oladi. Bioetika
maqsadlaridan biri – shaxsni turli holatlarga solish imkoniyatlarini
yaratuvchi, inson hatti-harakati, ruhiyatini oʻzgartirish mumkin boʻlgan,
uning ustidan oʻtkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini
ishlab chiqadi. Bioetika muammolarini ishlab chiqishda faylasuflar,
huquqshunoslar sotsiologlar, tibbiyot xodimlari va sotsial axloqshunoslar
qatnashmoqda. Bioetik muammoning dolzarbla shuvi, ilmiy texnik
taraqqiyot, biotexnologiya, irsiyat texnologiyasini rivojlanishi bilan bogʻliq
boʻlib, tabiiy muhitni maqsadga muvofiq va tez oʻzgartirishda, insonga katta
quvvat berdi. Tabiiy evolyusion jarayonlari uchun ilgari millionlab yillar
kerak boʻlsa,endi inson bu jarayonlarni Qisqa vaqt ichida amalga oshirishi
mumkin boʻldi. Irsiyat texnologiyasi va biotexnologiya inson taqdiriga
bevosita aralashib, irsiyatni dasturlashtirish, turli tirik organizmlar, irsiyat
asosida yangi organizmlar, biologik robotlar yaratish masalalarini koʻtarib
516
chiqdi. Natijada, insoniyatning rivojlanishi, fiziologik jihatdan qayta oʻqish
imkoniyatlarini, diniy tahlil etish muammolarini keltirib chiqardi. Irsiyatga
qanday ma‘naviy mezonlarga koʻra, qaysi ideallarga, qaysi qadriyatlarga
asoslanib, aralashish muammolari Bioetika etikaning tadqiqot obyekti boʻlib
xizmat qiladi.
Mazkur hodisa soʻnggi bir necha oʻn yillik ichida sof tabobat
muammosidan axloqiy muammoga aylandi: endilikda, birovning muayyan
a‘zosini boshqa bemorga jarrohlik operatsiyasi yoʻli bilan oʻtkazish orqali
kishi hayotini saqlab qolish axloqiy nuqtayi nazardan qanday baholanadi,
degan savol kun tartibida dolzarb boʻlib turibdi.
Biologik axloq deganda, odatda, bizda ham, jahon axloqshunosligida
ham asosan tibbiy axloq, tabobat muammolariga doir axloqiy yondashuvlar
tushuniladi, xolos. Bu unchalik toʻgʻri emas. Bizningcha, biologik axloq
muammolari ikki yoʻnalishdan iborat: biri - insonlarning kichik biologik
olam sifatidagi katta biologik olamga boʻlgan munosabatlari bilan bogʻliq
«tashqi», ikkinchisi - insonlarning «oʻz-oʻziga va oʻzaro munosabatlaridagi
tibbiyot bilan bogʻliq ichki» axloqiy masalalar.
Biz odatda «ekologik etika» deganimizda aynan birinchi hodisani
nazarda tuta‘miz. Ikki biologik olamning munosabatlarini, ya‘ni ekologik
axloqiy muammolarni biologik axloq doirasida oʻrganish maqsadga
muvofiqdir.
Hozirgi paytda ekologik axloqning insoniyat uchun naqadar
muhimligini hamma biladi, lekin oʻz bilganidan qolmaydi – muammoning
murakkabligi shunda. Biz yuqorida noosfera, tafakkur borasidagi
mulohazalarimizda ekologik buhrohlarning ba‘zi koʻrinishlariga toʻxtalib
oʻtdik. Biroq yana undan tashqari soʻnggi paytlarda jahon boʻylab sintetik
jismlar ishlab chiqarishning keng yoʻlga qoʻyilganligi, hayvonot va ayniqsa
oʻsimliklarning gabrid usulida yangi turlarining vujudga keltirilishi singari
hodislar ham ekologik ahamiyatga ega. Xoʻsh, ular tabiat bilan silngishib,
uygʻunlashib keta oladimi, tabiat ularni oʻziniki qila biladimi? Bunga hozir
javob topish qiyin, ehtimol kashfiyotlarimizning oqibatlari, yuqori da aytib
oʻtganimiz - muayyan tafakkur bilan inson orasidagi «masofaning
uzoqlashib» borishi natijasida ayon boʻlar?...
Abort.
Amaliy etikaning anchadan buyon koʻpchilikka ma‘lum
muammosi, bu – abort. Ma‘lumki, toʻrtinchi haftaning oxirida homilada
dastlabki yurak urishi paydo boʻladi. Sakkizinchi haftaning oxirida esa miya
tanasining elektrofiziologik faolligini kuzatish mumkin. Demak, har qanday
abort, xalq ta‘biri bilan aytganda, jonlini jonsiz qilish, tirik organizmni
tiriklikka boʻlgan huquqdan mahrum etishdir. Xoʻsh, abortni axloqsizlik
tarzida baholash kerakmi yo yoʻqmi? Yoki AQSh olimlari tomonidan «inson
zotini yaxshilashga» qaratilgan tadqiqotlarni olib koʻraylik. Ularda
«yaxshilangan» - sogʻlom, kuchli intellekt egasi boʻlgan odamlar hujayrasini
517
ayol organizmidagi endi rivojlanishga kirishgan nisbatan «oddiy odam»
hujayrasi oʻrniga koʻchirib oʻtkazish tajribalarini olib borish moʻljallangan.
Ular
amalda
tatbiq
etilsa,
asta-sekinlik
bilan
insoniyat
irsiyat
jamgʻarmasining bir yoqlama oʻzgarishiga olib kelishi shubhasiz.
Homila tushirish (abort) – vrachlar, siyosatchilar, yuristlar, faylasuflar
va olimlarning bunday muhim qarorlar qabul qilish ma‘suliyati munosabati
bilan koʻriladigan masala. Shuni qayd etib oʻtish kerakki, ayol barcha
asrlarda ham oʻz farzandlarini oʻldirgan. Buning asosiy sababi – ayol oʻzi
tugʻishi mumkin boʻlgan barcha bolalarni boqib katta qilishga jismonan qodir
boʻlmagan. Qadimda yangi tugʻilgan chaqa‘loqlarga ancha shafqatsiz
munosabatda boʻlingan, natijada faqat kuchlilar yashab qolgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |