Takrorlash uchun savollar:
1. ”Jadid” so‘zining ma’nosi nima?
2. Jadidchilik harakatining paydo bo‘lish sabablarini tushuntiring.
3. Jadidchilik harakatining namoyandalaridan kimlarni va ularning qanday asarlarini
bilasiz?
4. Mahmudxo‘ja Behbudiy kim bo‘lgan?
5. Munavvarqori faoliyatini izohlab bering.
6. Abdulla Avloniy haqida nima bilasiz?
7. Ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan qanday shoir va yozuvchilarni hamda
ularning qaysi asarlarini bilasiz?
8. Jadidchilar harakatining milliy ma’naviyatimizni yangi pog‘onaga ko‘tarishdagi
o‘rni nimalarda namoyon bo‘ladi?
9. Jadidchilik harakati namoyandalarining tarixiy taqdirlari haqida nimalarni bilasiz?
10. Mustaqillik va jadidchilik harakatiga munosabatdagi o‘zgarishlarni tushuntirib
bering.
6-MAVZU:
MUSTAMLAKAChILIK
VA
QARAMLIK
ShAROITIDA
O‘ZBEK XALQINING MA’NAVIYaTIGA TAHDIDI
Reja:
1. Mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadi
2. Mustamlakachilik va qaramlik sharoitida o‘zbek xalqining boy ma’naviy-
madaniy merosni qayta tiklash uchun olib borgan kurashlari.
1. Mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadi
Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o‘ziga tobe qilishni istagan kuchlar avvalo uni
o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. Prezidentimiz Islom Karimov
ta’kidlaganidek: “...Insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki,
dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe
qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor uni
qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va
ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig‘ini uzoq va yaqin tarixdagi ko‘p-ko‘p
misollarda yaqqol ko‘rish mumkin. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati
uning bugungi hayoti va taqdirini, o‘sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda
shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”1
1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”,
2008, 11-bet.
2 Qarang. Guseynov A.A. Velikie moralistы. Moskva, 1995, s.36.
Bosib olingan mamlakat xalqlari madaniy-ma’naviy taraqqiyotini bo‘g‘ib qo‘yish
istilochi, bosqinchi mamlakatlar tomonidan mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va
mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o‘tgan an’anaviy yo‘llaridan biri bo‘lib
hisoblanadi. Istilochi mamlakat itoat qildirilgan xalqlarni bora-bora o‘ziga singdirib
yuborishni, buning uchun o‘z mafkurasi va g‘oyalarini ularga majburan joriy etish,
madaniyatiga shikast yetkazish, milliy tili, milliy urf-odatlari va milliy qadriyatlari
rivojiga yo‘l bermaslikni o‘z siyosatining asosiy maqsadi deb biladi. Xitoy donishmandi
Konfutsiy bundan 2700 yil avval o‘z imperatoriga shunday maslahat bergan ekan:
“Hoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u yerda uzoq hukmronlik qilmoqchi
bo‘lsangiz, dastavval o‘sha yerda yashayotgan xalqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum
eting, ma’naviy buhronni kuchaytiring. O‘z madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma’naviy
qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o‘raladi, sizga
qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin
bo‘lmaydi”.2 Madaniyat va ma’naviyatni barbod etish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga
yo‘l bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng qulay va nozik
yo‘llaridan biri ekanligini istilochi va bosqinchilar doimo juda yaxshi bilishgan. Shuning
uchun ham mustamlakachi va bosqinchilar Xitoy donishmandi aytgan gaplarni oldindan
rejalashtirib qo‘yishadi.
Madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat zarbaga uchrab, xalqning, mamlakatning
ma’naviyati va ma’rifati barbod bo‘laversa, odamlar o‘z-o‘zidan e’tiqodsiz bo‘lib ketadi.
Unday o‘lkada, mamlakatda ommaning olomonlashuvi, siyosiy manqurtlik, beparvolik
boshlanadi. Oxir-oqibatda milliy g‘urur, iftixor, milliy qadriyatlar asta-sekin zaiflasha
boshlaydi. Ana shunday o‘lkani, mamlakatni, uning xalqini mustamlakachilik kishanlarida
ushlab turish, itoatkor qulga aylantirish oson kechadi.
Chingizxon ham Markaziy Osiyo zaminini istilo qilayotganida o‘z sarkardalariga:
“Shaharlarga nodon, irodasiz, ahmoq kishilarni boshliq etib tayinlanglar, ularni qo‘llab-
quvvatlanglar va ko‘klarga ko‘tarib maqtay beringlar, mahalliy xalqlarning
aqlli, bilimli, obro‘-e’tiborli kishilarini yo‘q qilinglar” deb topshiriq berar ekan. Bu
siyosatning ham chuqur o‘ylangan sabablari bo‘lgan. O‘z madaniyatidan, obro‘-e’tiborli,
dono vakillaridan judo bo‘lgan xalq ma’naviy rahnamosiz qolib qovusha va uyusha
olmaydi.
Tarix shunday guvohlik beradiki, hamma vaqt, hamma yerda bosqinchi hukmdorlar
bosib olingan mamlakatlar hududlarida Xitoy donishmandi va Chingizxon aytgan tarzda
siyosat yurgizdilar. Bundan Markaziy Osiyo xalqlari ham mustasno emas. Ilm-fan va
madaniyat, ma’naviyatning yuksak rivojlangan markazlaridan bo‘lgan Turkistonni
zo‘ravonlik yo‘li bilan bosib olgan chor hukumati yerli aholini qaramlik va qullik, siyosiy
karaxtlik va ruhiy qashshoqlik holatida ushlab turishni, mustamlakachilik siyosatining
markaziy masalalaridan biri deb hisobladi. Ana shu yovuz va makkorona siyosatni amalga
oshirishning asosiy yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqish uchun ishni nimadan boshlash
kerakligi haqida taklif-mulohaza va xulosalar berish topshirig‘i bilan chor hukumati
ko‘pchilik olimlar va boshqa soha kishilarini Rossiyadan Turkistonga yubordi.
Bosib olingan mamlakatda ilm-fan, ma’naviyat, madaniyat istilochi mamlakatga
nisbatan bir necha bor ustun bo‘lsa, unday joylarda mustamlakachilik tartibini saqlab
turish oson kechmaydi. Bizning o‘lka esa bosqinchi chor Rossiyasiga nisbatan ma’naviy-
ma’rifiy va madaniy taraqqiyot jihatidan ancha ustun turadi. Chor hukumati olimlar
maslahatiga amal qilib, bizning o‘lkada qanday qilib bo‘lmasin, o‘zlarini yerli xalqdan
ustunliklarini isbotlashga va shu tariqa “uzil-kesil” g‘alabaga erishishga astoydil
kirishdilar.
O‘tmishdagi bosqinchilar singari chor bosqinchilari ham bu sohadagi amaliy ishni
Turkiston xalqini bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-odatlaridan mahrum qilish,
ruhan, ma’nan mayib-majruh qilishdan boshladilar. Bu chuqur o‘ylab, uzoqni ko‘zlab va
rejalashtirib qo‘yilgan mash’um siyosat edi. Bu siyosatning zamirida chor hukumatining
manfaatini har tomonlama himoya qilish va Turkiston xalqlarini, shu jumladan o‘zbek
xalqini milliy o‘zligini anglashdan butkul mahrum qilib o‘tmishini unutgan,
vatanparvarlik tuyg‘usidan judo bo‘lgan, istiqbolini ko‘rolmaydigan odamlar guruhiga
aylantirish muddaosi turgan.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek”Inson uchun tarixidan judo bo‘lish – hayotidan judo
bo‘lish demakdir”;1 boshqa so‘z bilan aytganda: “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi
kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini
topgan.”2
1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent, “Sharq”, 1998, 10-bet.
2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 4-bet.
3 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 24-bet.
Ma’naviyat va ma’rifat xalqning o‘z o‘tmishini bilishi va istiqbolini tushunib
yetishiga yordam beradi. Vatanni sevish va u bilan faxrlanishga da’vat etadi,
dushmanlarga, bosqinchi va mustamlakachilarga qarshi murosasiz kurash olib borishga,
erk va adolat uchun jasorat ko‘rsatishga undaydi.
Ma’naviyat va ma’rifatdan mahrum xalq milliy jihatdan o‘zini anglab ololmaydi,
taqdirga tan berib yashashni o‘ziga ep ko‘radi. Chor amaldorlari buni yaxshi anglagan
holda o‘z mustamlaka asoratiga solgan Turkiston xalqlarini ma’naviyat, ma’rifat va
madaniyatdan bebahra qoldirish masalasiga alohida ahamiyat berdilar, bu yo‘lda hech tap
tortmay insofu diyonatni, rahm-shafqatni butunlay unutdilar.
Chor Rossiyasining Turkistondagi siyosati milliy tuyg‘uni poymol etishga, milliy
qadriyatlarni toptashga, butkul yo‘qotib yuborishga qaratilgan edi.
Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan
generallardan biri M.D.Skobelev: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning
madaniyatini, tilini, san’atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi”, - deb
“bashorat” qilgan edi.3 Uning ana shu “dono” ko‘rsatmasi Turkistondagi
ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan jaholat va
yovuzliklar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Chorizm Turkiston xalqlarini
savodsizlik, bilimsizlik holatida ushlab turishdan manfaatdor edi. Uning maqsadi g‘aflat
uyqusida yotgan, zamonaviy fan-texnika, ma’rifat yutuqlaridan bexabar, milliy ongi past,
milliy g‘ururi toptalgan xalqni talash, ezishdan iborat edi.Chor hukumatining mustamlaka
o‘lkalardagi gumashtalari “yarim podsho” Kaufman, general-gubernator Kuropatkin,
jallod Golovanovga o‘xshaganlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qondagi buyuk
osori-atiqalarni, masjidu madrasalarni, arklaru tarixiy-madaniy yodgorliklarni to‘pga tutib
yer bilan yakson qildilar.Axir qanday qilib qo‘l ostidagi mazlum xalqlar madaniyati,
ma’naviyati, ma’rifati, tarixi bosqinchi-jallodlarnikidan baland bo‘lishi kerak?! Bunga
ular toqat qila olmas edi, albatta. Ularning usuli yo‘q qilish, madaniyatni, til va tarixni,
Turkiston xalqlari, shu jumladan o‘zbek xalqi g‘ururlanadigan, iftixor qiladigan nimaiki
bo‘lsa, hamma-hammasini, tag-tugi bilan ayamay yakson qilish edi. Prezident
ta’kidlaganidek: “Tarix – xalq ma’naviyatining asosidir”.1
1 O‘sha joyda, 21-bet.
Chor hukumatining Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatida
qanday maqsad va muddao yotganligini xalqimizning bilimli, madaniyatli, ziyrak, oqilu
dono farzandlari allaqachon tushunib yetgan edilar. Chor hukumati mustamlakachilik
siyosatini fosh etgan, xalqni erk va ozodlikka, bilim va madaniyatga chorlagan, milliy
qadriyatlarimizni qo‘llab-quvvatlagan, shu yo‘lda jafo chekib halok bo‘lgan buyuk qalb
egasi Abdurauf Fitrat o‘zining “Turkistonda ruslar” risolasida: “Ko‘rdim, kezdim,
eshitdim, o‘qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat
yo‘qdir... Rus kapitalistlari bilan rus poplarining sodiq ishonchli qorovullari bo‘lg‘on eski
Rusiya hukumati ellik yil orasida Turkistondagi turk bolalarining foydalariga biror ish
ko‘rdimi, ko‘rmoqchi bo‘ldimi? Mana shu savolga –“Yo‘q!”dan boshqa javobimiz
yo‘qdir. Yurtimiz ellik bir yil idorai askariy ostida turdig‘i uchun biz Ovruponing
madaniy millatlari bilan ko‘risholmadik, ularning ijtimoiy va iqtisodiy fikrlaridan istifoda
qilolmadik. Bizning ko‘zlarimizni ochirmaslik fikri ochiq tatar qarindoshlarimizning dahi
Turkistondan yer olmoq va Turkistonda maktab ochmoqlari man etildi.
Bizning diniy va milliy hissiyatlarimizni o‘ldirmoq tilagi bilan Ustroutov kabi
mutaassib poplarning idorasinda gazeta chiqarildi, maktab ochildi, lekin o‘z millatimiz va
diyonatimizni anglamoq uchun o‘z tarafimizdan ochilgan maktablar va g‘azitalar
bog‘landi, sha’riy mahkamalarimizning huquq va salohiyatlaridan buyuk bir qisti g‘asb
etildi. Mahkamalarda, uylarda, yo‘llarda, tijoriy ishlarda, hatto vag‘on arbalarinda
Turkiston yerlisining huquqi Turkiston musofiri bo‘lg‘on rus va armanidan tubanda
tutildi”, - deb yozgan edi. Abdurauf Fitratning qalb nidosi bo‘lgan ushbu so‘zlarda
mustamlakachilik siyosatining barcha tomonlari fosh etilgandi.
Shunday qilib, chor hukumatining Turkiston xalqlariga nisbatan tutgan
mustamlakachilik siyosati bu xalqlar o‘rtasidagi har qanday davlat kurtaklarini yo‘q
qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy taraqqiyotini bo‘g‘ish, ularga erkinlik
bermaslik, milliy qadriyatlarini yerga urish, kamsitish, milliy g‘ururlarini, ma’naviyatini
poymol etish, qo‘rquvda ushlashdan iborat edi. Bu siyosatni amalga oshirish orqali
mustamlakachilar o‘lkada o‘zining hukmronligini abadiylashtirishni maqsad qilgan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |