1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51
Takrorlash uchun savollar: 
1. ”Jadid” so‘zining ma’nosi nima?
2. Jadidchilik harakatining paydo bo‘lish sabablarini tushuntiring.
3. Jadidchilik harakatining namoyandalaridan kimlarni va ularning qanday asarlarini 
bilasiz?
4. Mahmudxo‘ja Behbudiy kim bo‘lgan?
5. Munavvarqori faoliyatini izohlab bering.
6. Abdulla Avloniy haqida nima bilasiz?
7. Ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surgan qanday shoir va yozuvchilarni hamda 
ularning qaysi asarlarini bilasiz?
8. Jadidchilar harakatining milliy ma’naviyatimizni yangi pog‘onaga ko‘tarishdagi 
o‘rni nimalarda namoyon bo‘ladi?
9. Jadidchilik harakati namoyandalarining tarixiy taqdirlari haqida nimalarni bilasiz?
10. Mustaqillik va jadidchilik harakatiga munosabatdagi o‘zgarishlarni tushuntirib 
bering.


6-MAVZU: 
MUSTAMLAKAChILIK 
VA 
QARAMLIK 
ShAROITIDA 
O‘ZBEK XALQINING MA’NAVIYaTIGA TAHDIDI 
Reja: 
1. Mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadi 
2. Mustamlakachilik va qaramlik sharoitida o‘zbek xalqining boy ma’naviy-
madaniy merosni qayta tiklash uchun olib borgan kurashlari. 
1. Mustamlakachilik siyosatining asosiy maqsadi 
Tarixdan ma’lumki, bir xalqni o‘ziga tobe qilishni istagan kuchlar avvalo uni 
o‘zligidan, tarixidan, madaniyatidan judo qilishga intiladi. Prezidentimiz Islom Karimov 
ta’kidlaganidek: “...Insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, 
dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe 
qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor uni 
qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va 
ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig‘ini uzoq va yaqin tarixdagi ko‘p-ko‘p 
misollarda yaqqol ko‘rish mumkin. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati 
uning bugungi hayoti va taqdirini, o‘sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda 
shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”1
1 Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”, 
2008, 11-bet.
2 Qarang. Guseynov A.A. Velikie moralistы. Moskva, 1995, s.36.
Bosib olingan mamlakat xalqlari madaniy-ma’naviy taraqqiyotini bo‘g‘ib qo‘yish 
istilochi, bosqinchi mamlakatlar tomonidan mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va 
mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o‘tgan an’anaviy yo‘llaridan biri bo‘lib 
hisoblanadi. Istilochi mamlakat itoat qildirilgan xalqlarni bora-bora o‘ziga singdirib 
yuborishni, buning uchun o‘z mafkurasi va g‘oyalarini ularga majburan joriy etish, 
madaniyatiga shikast yetkazish, milliy tili, milliy urf-odatlari va milliy qadriyatlari 
rivojiga yo‘l bermaslikni o‘z siyosatining asosiy maqsadi deb biladi. Xitoy donishmandi 
Konfutsiy bundan 2700 yil avval o‘z imperatoriga shunday maslahat bergan ekan: 
“Hoqonim, agar biror mamlakatni bosib olib, u yerda uzoq hukmronlik qilmoqchi 
bo‘lsangiz, dastavval o‘sha yerda yashayotgan xalqni o‘z tarixiy madaniyatidan mahrum 
eting, ma’naviy buhronni kuchaytiring. O‘z madaniyatidan bebahra bo‘lib, ma’naviy 
qashshoqlik holatiga uchragan xalq uyushmaydi, ichki nizolar girdobiga o‘raladi, sizga 
qarshilik ko‘rsata olmaydi. Bunday holga kelgan xalqni, mamlakatni idora qilish qiyin 
bo‘lmaydi”.2 Madaniyat va ma’naviyatni barbod etish, milliy til, urf-odatlar kamolotiga 
yo‘l bermaslik itoat ettirilgan xalqni jilovda ushlab turishning eng qulay va nozik 
yo‘llaridan biri ekanligini istilochi va bosqinchilar doimo juda yaxshi bilishgan. Shuning 
uchun ham mustamlakachi va bosqinchilar Xitoy donishmandi aytgan gaplarni oldindan 
rejalashtirib qo‘yishadi.
Madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat zarbaga uchrab, xalqning, mamlakatning 
ma’naviyati va ma’rifati barbod bo‘laversa, odamlar o‘z-o‘zidan e’tiqodsiz bo‘lib ketadi. 
Unday o‘lkada, mamlakatda ommaning olomonlashuvi, siyosiy manqurtlik, beparvolik 
boshlanadi. Oxir-oqibatda milliy g‘urur, iftixor, milliy qadriyatlar asta-sekin zaiflasha 
boshlaydi. Ana shunday o‘lkani, mamlakatni, uning xalqini mustamlakachilik kishanlarida 
ushlab turish, itoatkor qulga aylantirish oson kechadi.


Chingizxon ham Markaziy Osiyo zaminini istilo qilayotganida o‘z sarkardalariga: 
“Shaharlarga nodon, irodasiz, ahmoq kishilarni boshliq etib tayinlanglar, ularni qo‘llab-
quvvatlanglar va ko‘klarga ko‘tarib maqtay beringlar, mahalliy xalqlarning


aqlli, bilimli, obro‘-e’tiborli kishilarini yo‘q qilinglar” deb topshiriq berar ekan. Bu 
siyosatning ham chuqur o‘ylangan sabablari bo‘lgan. O‘z madaniyatidan, obro‘-e’tiborli, 
dono vakillaridan judo bo‘lgan xalq ma’naviy rahnamosiz qolib qovusha va uyusha 
olmaydi.
Tarix shunday guvohlik beradiki, hamma vaqt, hamma yerda bosqinchi hukmdorlar 
bosib olingan mamlakatlar hududlarida Xitoy donishmandi va Chingizxon aytgan tarzda 
siyosat yurgizdilar. Bundan Markaziy Osiyo xalqlari ham mustasno emas. Ilm-fan va 
madaniyat, ma’naviyatning yuksak rivojlangan markazlaridan bo‘lgan Turkistonni 
zo‘ravonlik yo‘li bilan bosib olgan chor hukumati yerli aholini qaramlik va qullik, siyosiy 
karaxtlik va ruhiy qashshoqlik holatida ushlab turishni, mustamlakachilik siyosatining 
markaziy masalalaridan biri deb hisobladi. Ana shu yovuz va makkorona siyosatni amalga 
oshirishning asosiy yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqish uchun ishni nimadan boshlash 
kerakligi haqida taklif-mulohaza va xulosalar berish topshirig‘i bilan chor hukumati 
ko‘pchilik olimlar va boshqa soha kishilarini Rossiyadan Turkistonga yubordi.
Bosib olingan mamlakatda ilm-fan, ma’naviyat, madaniyat istilochi mamlakatga 
nisbatan bir necha bor ustun bo‘lsa, unday joylarda mustamlakachilik tartibini saqlab 
turish oson kechmaydi. Bizning o‘lka esa bosqinchi chor Rossiyasiga nisbatan ma’naviy-
ma’rifiy va madaniy taraqqiyot jihatidan ancha ustun turadi. Chor hukumati olimlar 
maslahatiga amal qilib, bizning o‘lkada qanday qilib bo‘lmasin, o‘zlarini yerli xalqdan 
ustunliklarini isbotlashga va shu tariqa “uzil-kesil” g‘alabaga erishishga astoydil 
kirishdilar.
O‘tmishdagi bosqinchilar singari chor bosqinchilari ham bu sohadagi amaliy ishni 
Turkiston xalqini bir necha ming yillik tarixi, madaniyati, urf-odatlaridan mahrum qilish, 
ruhan, ma’nan mayib-majruh qilishdan boshladilar. Bu chuqur o‘ylab, uzoqni ko‘zlab va 
rejalashtirib qo‘yilgan mash’um siyosat edi. Bu siyosatning zamirida chor hukumatining 
manfaatini har tomonlama himoya qilish va Turkiston xalqlarini, shu jumladan o‘zbek 
xalqini milliy o‘zligini anglashdan butkul mahrum qilib o‘tmishini unutgan, 
vatanparvarlik tuyg‘usidan judo bo‘lgan, istiqbolini ko‘rolmaydigan odamlar guruhiga 
aylantirish muddaosi turgan.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek”Inson uchun tarixidan judo bo‘lish – hayotidan judo 
bo‘lish demakdir”;1 boshqa so‘z bilan aytganda: “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi 
kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini 
topgan.”2
1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent, “Sharq”, 1998, 10-bet.
2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 4-bet.
3 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 24-bet.
Ma’naviyat va ma’rifat xalqning o‘z o‘tmishini bilishi va istiqbolini tushunib 
yetishiga yordam beradi. Vatanni sevish va u bilan faxrlanishga da’vat etadi, 
dushmanlarga, bosqinchi va mustamlakachilarga qarshi murosasiz kurash olib borishga, 
erk va adolat uchun jasorat ko‘rsatishga undaydi.
Ma’naviyat va ma’rifatdan mahrum xalq milliy jihatdan o‘zini anglab ololmaydi, 
taqdirga tan berib yashashni o‘ziga ep ko‘radi. Chor amaldorlari buni yaxshi anglagan 
holda o‘z mustamlaka asoratiga solgan Turkiston xalqlarini ma’naviyat, ma’rifat va 
madaniyatdan bebahra qoldirish masalasiga alohida ahamiyat berdilar, bu yo‘lda hech tap 
tortmay insofu diyonatni, rahm-shafqatni butunlay unutdilar.


Chor Rossiyasining Turkistondagi siyosati milliy tuyg‘uni poymol etishga, milliy 
qadriyatlarni toptashga, butkul yo‘qotib yuborishga qaratilgan edi.
Chorizm mustamlakachilik siyosatini Sharqda qon va qilich bilan joriy qilgan 
generallardan biri M.D.Skobelev: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning 
madaniyatini, tilini, san’atini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi”, - deb 
“bashorat” qilgan edi.3 Uning ana shu “dono” ko‘rsatmasi Turkistondagi


ma’naviyat, ma’rifat va madaniyatga nisbatan amalga oshirilgan jaholat va 
yovuzliklar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qildi. Chorizm Turkiston xalqlarini 
savodsizlik, bilimsizlik holatida ushlab turishdan manfaatdor edi. Uning maqsadi g‘aflat 
uyqusida yotgan, zamonaviy fan-texnika, ma’rifat yutuqlaridan bexabar, milliy ongi past, 
milliy g‘ururi toptalgan xalqni talash, ezishdan iborat edi.Chor hukumatining mustamlaka 
o‘lkalardagi gumashtalari “yarim podsho” Kaufman, general-gubernator Kuropatkin, 
jallod Golovanovga o‘xshaganlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo‘qondagi buyuk 
osori-atiqalarni, masjidu madrasalarni, arklaru tarixiy-madaniy yodgorliklarni to‘pga tutib 
yer bilan yakson qildilar.Axir qanday qilib qo‘l ostidagi mazlum xalqlar madaniyati, 
ma’naviyati, ma’rifati, tarixi bosqinchi-jallodlarnikidan baland bo‘lishi kerak?! Bunga 
ular toqat qila olmas edi, albatta. Ularning usuli yo‘q qilish, madaniyatni, til va tarixni, 
Turkiston xalqlari, shu jumladan o‘zbek xalqi g‘ururlanadigan, iftixor qiladigan nimaiki 
bo‘lsa, hamma-hammasini, tag-tugi bilan ayamay yakson qilish edi. Prezident 
ta’kidlaganidek: “Tarix – xalq ma’naviyatining asosidir”.1


1 O‘sha joyda, 21-bet.
Chor hukumatining Turkistondagi mustamlakachilik siyosatining tub mohiyatida 
qanday maqsad va muddao yotganligini xalqimizning bilimli, madaniyatli, ziyrak, oqilu 
dono farzandlari allaqachon tushunib yetgan edilar. Chor hukumati mustamlakachilik 
siyosatini fosh etgan, xalqni erk va ozodlikka, bilim va madaniyatga chorlagan, milliy 
qadriyatlarimizni qo‘llab-quvvatlagan, shu yo‘lda jafo chekib halok bo‘lgan buyuk qalb 
egasi Abdurauf Fitrat o‘zining “Turkistonda ruslar” risolasida: “Ko‘rdim, kezdim, 
eshitdim, o‘qidim. Mamlakatlar orasida Turkistonimiz kabi baxtsiz bir mamlakat 
yo‘qdir... Rus kapitalistlari bilan rus poplarining sodiq ishonchli qorovullari bo‘lg‘on eski 
Rusiya hukumati ellik yil orasida Turkistondagi turk bolalarining foydalariga biror ish 
ko‘rdimi, ko‘rmoqchi bo‘ldimi? Mana shu savolga –“Yo‘q!”dan boshqa javobimiz 
yo‘qdir. Yurtimiz ellik bir yil idorai askariy ostida turdig‘i uchun biz Ovruponing 
madaniy millatlari bilan ko‘risholmadik, ularning ijtimoiy va iqtisodiy fikrlaridan istifoda 
qilolmadik. Bizning ko‘zlarimizni ochirmaslik fikri ochiq tatar qarindoshlarimizning dahi 
Turkistondan yer olmoq va Turkistonda maktab ochmoqlari man etildi.
Bizning diniy va milliy hissiyatlarimizni o‘ldirmoq tilagi bilan Ustroutov kabi 
mutaassib poplarning idorasinda gazeta chiqarildi, maktab ochildi, lekin o‘z millatimiz va 
diyonatimizni anglamoq uchun o‘z tarafimizdan ochilgan maktablar va g‘azitalar 
bog‘landi, sha’riy mahkamalarimizning huquq va salohiyatlaridan buyuk bir qisti g‘asb 
etildi. Mahkamalarda, uylarda, yo‘llarda, tijoriy ishlarda, hatto vag‘on arbalarinda 
Turkiston yerlisining huquqi Turkiston musofiri bo‘lg‘on rus va armanidan tubanda 
tutildi”, - deb yozgan edi. Abdurauf Fitratning qalb nidosi bo‘lgan ushbu so‘zlarda 
mustamlakachilik siyosatining barcha tomonlari fosh etilgandi.
Shunday qilib, chor hukumatining Turkiston xalqlariga nisbatan tutgan 
mustamlakachilik siyosati bu xalqlar o‘rtasidagi har qanday davlat kurtaklarini yo‘q 
qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy taraqqiyotini bo‘g‘ish, ularga erkinlik 
bermaslik, milliy qadriyatlarini yerga urish, kamsitish, milliy g‘ururlarini, ma’naviyatini 
poymol etish, qo‘rquvda ushlashdan iborat edi. Bu siyosatni amalga oshirish orqali 
mustamlakachilar o‘lkada o‘zining hukmronligini abadiylashtirishni maqsad qilgan edilar.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish