Rossiyada Oktyabr to‘ntarishidan keyin, sovet hokimiyatining
dastlabki yillarida
boshqa jumhuriyatlarda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham, albatta madaniy, ma’rifiy
taraqqiyot bo‘ldi, tabiiy va ijtimoiy fanlar anchagina o‘sdi, milliy ziyolilar safi ancha
kengaydi, iqtisodda, ijtimoiy, siyosiy hayotda ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Bundan ko‘z
yumish mumkin emas. Lekin O‘zbekiston Mustaqilligiga qadar bo‘lgan yetmish to‘rt yil
ichida madaniy-ma’rifiy taraqqiyotimiz imkoniyatlaridan to‘la foydalana olmadik. Markaz
tomonidan yurgizilgan davlat siyosati tufayli milliy ongimiz, milliy tilimiz, tariximiz, urf-
odatlarimiz rivojlanishiga yo‘l bermaydigan g‘ovlar paydo bo‘ldi. Agar chor Rossiyasi
bizning ma’naviyatimizni turg‘unlikda, qoloqlikda tutishga uringan bo‘lsa, bolshevik-
shovinistlar mahalliy xalqlarni o‘z milliy madaniyatidan butkul begonalashtirish siyosatini
tutdilar. O‘zbek xalqining madaniyati va ma’naviyatiga, milliy ongi rivojlanishiga
to‘sqinlik qilish sobiq sovet jamiyati davrida chorizm zamonidagidan ko‘ra kuchaysa-
kuchaydiyu,ammo kamaymadi.
Milliy ma’naviyat va madaniyatga nisbatan Chor Rossiyasi yurgizgan siyosat salkam
74 yil hukmronlik qilgan sobiq sho‘ro davridagi tobelik va qaramlik yillarida niqoblangan
holda izchil davom ettirildi. Noinsoniy kommunistik g‘oya hukmron bo‘lgan
mustabid
tuzum o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif
tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlab keldi. Xalqimizning milliy va
diniy tuyg‘ulari qo‘pol ravishda kamsitildi, tarixiy haqiqat buzib ko‘rsatib kelindi.
Natijada bu davrda o‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z ajdodlarining buyuk
tarixini bilmaslik ko‘p odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi.
Tobelik va qaramlik yillari milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan har qanday tabiiy
intilish johilona inkor etib kelindi. Navro‘z, Ramazon, Qurbon Hayitlari kabi ko‘plab
muqaddas milliy bayramlar ta’qiqlandi. Amir Temur, Imom al-Buxoriy, Imom at-
Termiziy,
Abu Mansur Moturudiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Ahmad al-Farg‘oniy,
Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Najmidin Kubro, Mahmud az-
Zamaxshariy, Xoja Ahrori Valiy, Abduholiq G‘ijduvoniy kabi buyuk ajdodlarimizning,
Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Mahmudxo‘ja Behbudiy,
Usmon Nosir kabi milliy ozodlik harakati fidoyilarining nomlarini
xalqimiz xotirasidan
butunlay o‘chirib tashlashga harakat qilinar edi.
Sho‘ro zamonida xalqimizning ming yillik tarixi, e’tiqodi rad etildi, o‘rniga “shaxsga
sig‘inish” balosi ro‘baro‘ bo‘ldi.
Prezidentimiz Islom Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” risolasida
ta’kidlaganidek:
“...Sho‘rolar
zamonida
tarixiy
haqiqatni
bilishga
intilish
rag‘batlantirilmas edi, hukmron mafkura manfaatlariga xizmat qilmaydigan manbalar xalq
ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanardi”.1
1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 4-bet.
2 Qarang: Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 149-bet.
Mustabid tuzum mafkurasi hukmron bo‘lgan zamonlarda tariximiz, boy ma’naviy
merosimiz namoyondalari, Vatan, millat mustaqilligi uchun kurashgan ajdodlarimiz
xaqida, umumiy tarzda ifodalaydigan bo‘lsak, ko‘hna va boy tariximizni o‘rganish u
haqda fikr yuritish, uni anglash, bayon etish “tarixni ideallashtirish” deb tanqid qilinib,
tazyiq o‘tkazib kelindi. Bu masalada tariximiz silsilasidan birgina Amir Temur va
Temuriylarning
madaniyatimiz, ma’naviyatimiz, ma’rifatimiz rivojiga ko‘rsatgan ta’siri
yuzasidan g‘arazli siyosat olib borilganligini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Asossiz
ravishda bobomiz jaholat va yovuzlik timsoli sifatida ko‘rsatib kelindi. Nega deganda,
Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, Al-Buxoriy, At-Termiziy, Shayx Najmiddin Kubro,
Az-Zamaxshariy, Bahouddin Naqshband singari ulamoyu fuzalolarning mo‘tabar asarlari
xalqdan yashirildi, ularga o‘t qo‘yildi, suvlarga oqizildi. Qaramlik
va mutelik yillarida
sodir bo‘lgan bu dahshatli voqea va hodisalar o‘zbek xalqining milliy ma’naviyati
muayyan darajada tanazzulga uchrashiga sabab bo‘ldi. Sho‘ro hukumati va tuzumi qurila
boshlagan dastlabki yillardayoq, avvalo butun ziyolilar va hatto eski o‘zbek yozuvini
biladigan (mulla deb nom olgan) kishilar ham qamoqlarga jo‘natildi. Keyinchalik esa
uyda arab alifbosi yozuvidagi kitob va qo‘lyozmalarni saqlagan odamlar qattiq ta’qib
ostiga olindi. Xullas, o‘zbek xalqining ilg‘or qismi – ziyolilarga, ma’rifat homiylariga
juda katta zarba berildi. Bu qatag‘onlik hatti-harakati o‘tgan yetmish yil davomida u yoki
bu darajada doimiy va uzviy ravishda davom etdi.
Milliy ma’naviy qadriyatlardan biri milliy urf-odatlar, an’analar, diniy-tarbiyaviy
marosimlar, xalq bayram va sayllari kabilarga qilingan hujum o‘zbek xalqi boshiga
tushgan og‘ir dard bo‘ldi.
Umuman olganda, sho‘roning hukmronlik yillari davomida o‘zbek
xalqi erkin
fikrlash huquqidan mahrum etildi. Bu esa, o‘z navbatida, xalqning ma’naviyatiga salbiy
ta’sir qildi.
Yuqorida qayd etganimizdek, 30-yillarning o‘rtalariga borib milliy ma’naviyatimizni
to‘liq sindirib, yanchib tashlashga qaratilgan siyosat izchil amalga oshirila boshlandi. Asl
ziyo egalari otib, bukib tashlandi. Bular qatoriga Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy,
Abdurauf Fitrat, Usmon Nosir kabi xalqimizning, millatimizning, ulkan ma’naviyatining
o‘nlab, yuzlab asl o‘g‘lonlarini kiritishimiz mumkin.
Qaramlik va mutelik yillari o‘zlarini ilmning hamma sohasini yakkayu yagona
bilag‘oni deb atagan kommunistik mafkura targ‘ibotchilari hech bir uyalmay o‘z
faoliyatlarida o‘tmishdan qolgan barcha ma’naviy merosni butunlay inkor etish yo‘liga
o‘tib oldilar. Bobur, Ulug‘bek, Yassaviy, Mashrab, Nodirabegim singari ijodkorlar
feodalizm davri namoyandalari, deb e’lon qilinib, ularning meroslarini o‘rganish qat’iyan
ta’qiqlandi. Buyuk allomalarning yubileylarini o‘tkazish esa millatchilik kayfiyatlarini
kuchaytiruvchi omil sifatida baholandi.
Markaziy Osiyo xalqlarining o‘rta
asrlarda jahon fani, madaniyati taraqqiyotiga
qo‘shgan hissasi haqida gapirish tarixni ideallashtirish deb ko‘rsatildi. O‘tmishning ulkan
merosi, bebaho milliy ma’naviy qadriyati bo‘lgan qo‘lyozmalarni o‘rganish, nashr qilish
imkoniyati chegaralab qo‘yildi.
“Bolsheviklar hokimiyatni egallashi bilanoq ko‘p variantli ta’lim tizimini uslubiy
jihatdan buzishga va yakka variantli sovet ta’lim tizimini qaror toptirishga qaratilgan yo‘l
aniq ko‘zga tashlandi. Yangi hukmdorlar davlatning iqtisodiy va harbiy kuch-qudratidan
foydalanib, xalq maorifi sohasida qattiq nazorat o‘rnatishga kirishdilar. Bir xil tipdagi
sovet maktablarini zo‘rlik bilan ko‘paytirishga intildilar, bu maktablar yoshlarda
kommunistik dunyoqarashni shakllantiruvchi tayanch vosita bo‘lib qolishi lozim edi. 1920
yildayoq TASSRda “sotsialistik” tipdagi 2080 ta maktab ishlab turardi. Ularda ta’lim
olayotganlar soni 174820 o‘quvchini tashkil etardi. Biroq hokimiyat organlarini “Yangi
ta’lim tizimining chinakam xalqchillik xususiyati” haqidagi dabdabali so‘zlariga
qaramasdan, keng mahalliy aholi ijtimoiy norozilik bildirib an’anaviy-milliy maktablarni
barcha vositalar bilan qo‘llab-quvvatladi.
2 Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. 5-6-betlar.
O‘zbekistonda barcha dinlarning, birinchi navbatda, islom dinining ko‘zga ko‘ringan
yirik vakillari birin-ketin qamaldi, surgun qilindi, imi-jimida otib tashlandi. Chorakam bir
asr davomida diniy-ma’naviy tarbiyaga o‘rin berilmadi. Diniy ahloq va madaniyatning
zarari haqida aytilmagan gap qolmadi.
Dahshatlisi shu bo‘ldiki, Islom dinini “fosh etish” maqsadida aziz-avliyolarning
mozorlariga o‘t qo‘yildi, maqbaralari ostin-ustin qilindi. Kommunistlar, rahbar xodimlar
ota-onalari, yaqin kishilari janozasiga borishdan qo‘rqib qolishdi. Yurak yutib borganlar
Do'stlaringiz bilan baham: