1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari


insonning ruhiyatini, uning o‘z-o‘zini anglashi, didi



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
insonning ruhiyatini, uning o‘z-o‘zini anglashi, didi, 
farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, go‘zallik bilan 
xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish qobliyatini, aql-zakovatini, 
yuksak maqsad va g‘oyalarni qo‘ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat 
qilish va intilish salohiyatidir, 
- deb ta’rif berish o‘rinli deb hisoblaymiz. Albatta, bu 
ta’rifni eng oxirgi, qiyomiga yetgan, mukammal deb, aytishimiz mumkin emas.
I.A. Karimov aytganidek, ma’naviyat – taqdirining ehsoni emas. Ma’naviyat inson 
qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo‘l bilan mehnat qilishi kerak.1
1 Qarang : Karimov I. A. O‘zbekiston: Milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 
Toshkent, O‘zbekiston,1993, 74- bet
Ma’naviyat inson tug‘ilishida ona suti, uning allasi, mehri, ajdodlar o‘giti, Vatan 
tuyg‘usi, bu hayotning ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan qatra-qatra 
bo‘lib shakllanadi. Uning qaror topishida oiladagi muhit, jamiyatdagi hamjihatlik, davlat 
olib boradigan siyosatdagi adolatparvarlik va insonparvarlikning qay darajada amal 
qilinishi asosiy o‘rinni egallaydi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini 
shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng 
sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida 
shakllanadi. Hayotga qadam tashlayotgan bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini 
belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va mehr-
oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida 
qadr topadi.
Har bir oila farzandining ongi asosan 5-7 yoshda shakllanishini inobatga oladigan 
bo‘lsak, aynan ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit ta’sirida ma’naviyatning ilk 
kurtaklari namoyon bo‘la boshlaydi. Mana shu davrda bola hamma yaxshi-yomon 
narsalarni tushunib, anglay boshlaydi. Ota-onasiga, bobo va momolariga mehr va hurmati, 
o‘zini o‘rab turgan muhitga nisbatan munosabati kundan-kunga takomillashib boradi. 
Agar ota-ona, katta o‘g‘il-qizlar o‘zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida kichiklarga 
o‘rnak bo‘lish o‘rniga qo‘pol muomila qiladigan bo‘lsa, bu holat bola ma’naviy olamining 
shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vaqti- soati kelib, uning xarakterida inson degan 
nomga noloyiq, xunuk odat sifatida namoyon bo‘ladi. Oiladagi ma’naviy muhit va tarbiya 
tufayli bola yo mehribon va rahmdil, yoki xudbin va bag‘ritosh bo‘lib voyaga yetishi 


mumkin. Oilaviy tarbiya masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo har qaysi 
xonadondagi ma’naviy iqlimni o‘zaro hurmat, axloq-odob, insoniy


munosabatlar asosiga qurish maqsadga muvofiqdir.
Farzandga mehr qo‘yish, ularning qornini to‘q, ustini but qilish o‘z yo‘li bilan, lekin 
farzandlarimizni yoshlik chog‘idan boshlab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat 
asosida voyaga yetkazish nafaqat oila uchun, balki jamiyat uchun ham dolzarb ahamiyat 
kasb etib kelgan. Farzand tarbiyasiga e’tibor bermaslik nafaqat ota-onalar, butun bir oila, 
butun jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ko‘pgina hayotiy misollarda ko‘rish 
mumkin.
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha bunyodkorlik 
ishlarimiz farzandlarimizning baxtu-saodati ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga 
oshirilmoqda. Lekin baxtu-saodat faqat boylik, molu-mulk bilan belgilanmaydi. Odobli, 
bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, oilaning, 
balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.1
1 Qarang. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”, 
2008, 52-56 betlar
2Qarang: Karimov I.A. O‘zbekistonning siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy istiqbolining 
asosiy tamoyillari. T., O‘zbekiston,1995, 46-bet
3. I.Karimov. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008, 
28-29 betlar
Barcha fanlarda bo‘lganidek, ma’naviyatning ham mustaqil predmeti mavjuddir. 
Uning predmeti inson va jamiyat ma’naviy hayoti, maqsadi esa komil inson – iymon 
etiqodi butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro ma’naviyatini shakllantirish va jamiyat 
ma’naviy salohiyatini rivojlantirishdir.
Ana shu keng qamrovli vazifalardan ko‘rinib turibdiki,inson kamoloti va jamiyatning 
yuksak darajaga ko‘tarilishi ma’naviyatni rivojlantirishga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’naviyatning moddiy kuchga aylanishi har bir insonning xatti-harakatlarida, o‘z 
oilasi, millati va Vataniga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Yuqorida 
aytganimizdek, uning shakllanishida ota-ona, inson yashayotgan atrof – muhit, milliy, 
diniy qadriyatlar, jamiyatdagi insonparvarlik va adolatparvarlik siyosati muhim 
ahamiyatga ega.
Odam ota – onadan tug‘iladi, ammo uning axloqi, odob borasidagi fazilatlari, ya’ni 
ma’naviy dunyosi jamiyatda, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta’sirida 
shakllanadi. Insonning ma’naviy olami asosan ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli bo‘lsa 
ham, u o‘z navbatida, jamiyat taraqqiyotiga nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi, uni belgilab 
beradigan omillardan biri sanaladi. Odamlarda axloq, odob, iymon, vijdon, xalollik, 
mehnatsevarlik, milliy va insoniy g‘urur tuyg‘usi, burch va mas’uliyatni his qilishi 
qanchalik kuchli va yuqori bo‘lsa, jamiyat taraqqiyotining zaminlari ham kengayishiga, 
tinchlik, osoyishtalik, hamjihatlik barqaror bo‘lishiga olib keladi.
Xuddi shuning uchun ham Islom Karimov Oliy Majlisning Birinchi chaqiriq, 
Birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqida: «Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk 
odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murakkab texnologiyani egallash qobiliyati 
ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va 
ruhiy-ma’naviy salohiyat – ma’rifatli insonning ikki qanotidir»,2 - deb ko‘rsatgan edi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqichi kishilarning ma’naviy kamolotida ham 
yangi davrning yuzaga kelishidir. Ma’naviyatsiz adolatli, yuksalish imkoniyatiga ega 
bo‘lgan jamiyat bo‘lmaganidek, jamiyatsiz ma’naviyat ham rivojlanishi mumkin emas.


Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek: “Jahon 
xalqlari tajribasi, ularning bosib o‘tgan murakkab rivojlanish yo‘llari, bu boradagi saboq 
va xulosalar shundan dalolat beradiki, qaerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, xalqning 
tinch-osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo‘yib yashashi 
uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lsa, o‘sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu 
asosda ma’naviya yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug‘iladi.” 3Ma’naviyat insonning, 
xalqning, jamiyat va davlatning buyuk boyligi va kuch-qudrat manbai sanaladi.


Ma’naviyatsiz hech qachon jamiyatda odamiylik va mehr-oqibat, baxt va saodat 
bo‘lmaydi.
Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy – siyosiy sohalarida mavjud bo‘lgan muammolarni 
ma’naviyatni rivojlantirish, unga tayanish orqali hal etish mumkin. Ma’naviyat millatni 
taraqqiyotga yetaklovchi, davlatning qudratini oshiruvchi muhim omil sanaladi. Chunki 
qaerda, qaysi mamlakatda ma’naviyat yuksak darajada bo‘lsa, o‘sha joyda, o‘sha 
mamlakatda johillik, hasadgo‘ylik, beparvolik, xudbinlik, yalqovlik, manmanlik, 
tekinxo‘rlik, g‘iybat qilishlik, ko‘rolmaslik, yovuzlik, qo‘paruvchilik, o‘z vatani va 
xalqiga nisbatan sotqinlik tuhmat qilish kabi salbiy illatlar, ma’naviyatsizlik 
ko‘rinishlariga o‘rin qolmaydi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish