Ko‘rinib turibdiki, yuqoridagi keltirilgan ma’naviyatning barcha tushunchalari
shaxsning ichki ruhiyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular shaxsning ma’naviy darajasi, millat va
jamiyat vakili sifatidagi maqomlarini qamrab olgan.
Real hayotda ma’naviyat
har bir insoning millat, jamiyat, davlat hayoti, insonlararo
bo‘ladigan va ijtimoiy hayotga nisbatan bo‘ladigan munosabatlarida namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagilardan tashqari, ma’naviyatning boshqa bir qator tushunchalari ham
mavjud. Bu yerda gap ularning hammasi ustida to‘xtash haqida emas, balki
ma’naviyatning ko‘p qirrali, keng qamrovli ekanligi,
u inson ongi, ruhiyati, ichki
dunyosining salohiyati, xatti – harakatlari kabi bir qator masalalarni o‘z ichiga olishini
tushinib yetish haqida bormoqda. Ma’naviyatni chuqur tahlil qilish va tushunishda ana shu
qayd etilgan tushunchalarni har birining ma’no-mohiyatini keng ochib bergan holda va
ayni paytda ularni uyg‘un holda tahlil qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ma’naviyat rivojlanishi ham ma’lum qonuniyatlarga tayanadi. Garchand bunday
qonuniyatlar bir necha yo‘nalish va jarayonlarni o‘z ichiga olsa ham,
ularni asosan ikki
yirik guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruhga shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati bilan bog‘liq bo‘lgan
qonuniyatlar kiradi. Ya’ni shaxs, millat yoki jamiyatning ichki salohiyati mustahkam,
zaminlari chuqur bo‘lishi ma’naviyat rivojlanishining asosini tashkil qiladi. Agar ichki
salohiyat nochor bo‘lsa, shaxs barkamollik darajasiga, millatning o‘z bir butunligini
saqlashga va ayni paytda jamiyatning yuksak taraqqiyot pog‘onasiga erishishiga salbiy
ta’sir qiladi. Yana ham aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, ichki salohiyat tayanch va
ob’ektiv zaruriyatdir. Ichki salohiyatning darajalari esa ob’ektiv va sub’ektiv omillar bilan
bog‘liq bo‘ladi. Uning rivojlanishi ularning uyg‘un holatda bo‘lishini taqazo etadi.
Ichki salohiyatning mustahkam bo‘lishi, tarixiy taraqqiyot bosqichi yoki shaxs
shakllanish jarayoni qanday murakkab bo‘lmasin, baribir zaruriy sharoitlar yuzaga kelgan
payitda shaxs ma’naviy kamoloti va millatning yuksalishini ta’minlashga
xizmat
qilaveradi.
Ikkinchi guruh qonuniyatlariga shaxslar va millatlarning o‘zaro munosabatlari
jarayonida sodir bo‘ladigan «o‘zaro ta’sir» va «o‘zaro boyitish» orqali bo‘ladigan
jarayonlar kiradi. Ya’ni shaxs ma’naviy kamoloti onadan tug‘ilishi bilan yuzaga kelmaydi.
Xuddi shuningdek millat ham tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichlarida boshqa xalqlar,
millatlar bilan hamkorlik natijasida shakllanadi. Hech qachon shaxs, inson o‘zgalarsiz
yashay olmaganidek, millat ham boshqa millatlar, xalqlar bilan aloqa munosabatlarsiz
taraqqiy qila olmaydi, boz ustiga bugungi kunda dunyoda «sof» millat borligiga hech kim
guvohlik yoki kafolat bera olmaydi. Jamiyat xuddi ana shu qonuniyat asosida rivojlanadi.
Ma’naviyat ana shu o‘zaro munosabatlar va «ta’sirlar» asosida rivojlanib boradi. Bu
jarayonda bir tomon ikkinchisiga nimanidir «beradi» va nimanidir «qabul» qiladi.
Shunday qilib, ma’naviyat rivojlanishida «ta’sir» va «aks ta’sir» qonuniyati mavjud
bo‘lib, u ma’naviyatning rivojlanib borishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Bu qonuniyatlarning amal qilish jarayoni ob’ektiv va sub’ektiv shart – sharoitlar
bilan bog‘liq bo‘ladi. Shaxs kamoloti va ma’naviyatning erkin rivojlanishi, kamol topishi
uchun sharoit mavjud bo‘lsa qonuniyatlarning amal qilishi umum ma’naviy
taraqqiyotga
xizmat qilishga o‘zinig ijobiy ta’sirini o‘tkazadi.
Aksincha, shaxsni itoatda bo‘lishga qaratilgan va ma’naviyatni zo‘ravonlik siyosatini
qo‘llab – quvvatlash vositasiga aylantirish harakati ustivor bo‘lgan shariatda «ta’sir» va
«aks ta’sir» umum ma’naviy tushkunlikka olib kelishi mumkin. Bu jarayonda davlatning
shaxs va ma’naviyatga bo‘lgan munosabati hal qiluvchi ahamiyat kasb e’tadi.
Keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki «Ma’naviyat asoslari» ning ham boshqa ijtimoiy
– gumanitar fanlar kabi, o‘ziga xos kategoriyalari (tushunchalari) va rivojlanishi
qonuniyatlari
mavjud.Ularni
o‘rganishni takomillashtirib borish yo‘li bilan