Hokimiyat boshqaruv tizimiga ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish -
huquqiy demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning muhim
sharti
Hokimiyat o‘z mohiyati va maqomiga ko‘ra rahbarlik va xukumronlik qilish
munosabatlarini ifoda etuvchi tushunchadir. Hokimiyat alohida shaxs, guruh, odamlar,
tashkilot, siyosiy partiya, davlatning ijtimoiy hamkorlikning boshqa ishtirokchilariga kuch
ishlatish yoki kuch ishlatmaslik vositalari va uslublari yordamida o‘z irodasini o‘tkazish
va ularning harakatlarini boshqarishni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, davlat hokimiyati va boshqaruv
idoralarini yangitdan tashkil etdi. Natijada yangi davlat organi-viloyat, shahar va tuman
hokimligi boshqaruvi vujudga keltirildi. Hokimlar o‘z faoliyat doirasida O‘zbekiston
Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining
huquqiy hujjatlarini amalga oshiradilar, respublika va mahalliy ahamiyatiga molik
masalalarni muhokama etish, hayotga joriy etishda bevosita ishtirok etadilar. Shu
jumladan, hokimliklar davlatning ma’naviyat va ma’rifat sohasidagi
siyosatini amalga oshirishga ham mas’uldir.
Ma’naviyat hokimiyat tizimida turli tabaqa, turli toifadagi aholining umumiy
manfaatlarini o‘zida mujassam etib, ularning bir mamlakat fuqarosi sifatida umumiy
ehtiyojlarini qondirishning muhim omili sanaladi.
Mustaqil O‘zbekiston xalqi o‘z oldiga huquqiy demokratik davlatni qurishni maqsad
qilib qo‘ygan. Bu maqsadning samarali amalga oshishi davlat boshlig‘i va joylardagi
hokimlarning dunyoqarashi, og‘ir vaqtlarda eng maqbul va eng to‘g‘ri yo‘nalishni tez
anglab olish qobiliyati bilan bog‘liq. Darhaqiqat, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida
shaxsning roli benihoya katta. Rahbar shaxsning ma’naviy, ijtimoiy – siyosiy
barkamolligi, qanday maqsad va g‘oyalar bilan yashayotganligi muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun ham Sharq donishmandlari hokimiyat tepasida turgan kishi qanchalik
dono, aqlli va sezgir bo‘lsa, bu o‘sha davlat, uning xalqi uchun ham shunchalik katta baxt
deyishgan. Ya’ni Sharq mutafakkirlari davlat va jamiyat, podsho va raiyat haqida
yozganda, nufuzli insonning ma’naviy yetukligiga, pokligiga, halolligi va to‘g‘riligiga
asosiy e’tiborini qaratib, adolat, rostlik, mehr-shafqat, saxovat va qanoat kabi sifatlarni
himoya qilganlar.
Biz bu o‘rinda buyuk mutafakkir va davlat arboblarining rahbar kishilar,
mansabdorlarning hokimiyatni boshqarishda o‘zlari amal qilgan ma’naviy – axloqiy
me’yorlari va bu borada qoldirgan ba’zi meroslari haqida batafsilroq so‘z yuritishni lozim
topdik. Zero, bu bugungi kunimiz uchun nechog‘li muhim ahamiyatga ega ekanligini
anglab olishimizga hech bir shubhasiz yaqindan yordam beradi.
Amir Temur ham o‘zi barpo etgan buyuk davlatni milliy, islomiy, axloqiy
qadriyatlariga tayanib idora qildi. Bu esa jamiyatni adolat, insonparvarlik mezonlari
asosida boshqarishga, mamlakatda osoyishtalik, tinchlik, totuvlik saqlanib turishiga olib
keldi. Temurning yuksak axloqiy fazilatlari ham ulkan imperiyani yaratish, uni
rivojlantirish, jahondagi eng qudratli davlatlardan biriga aylanishiga asos bo‘lgan
ma’naviy omildir. Temur o‘z qo‘li ostidagi rahbarlardan, sarkardalardan ham axloqli,
odobli, adolatli bo‘lishni talab qildi. U o‘zining «Tuzik»larida rahbarlarning axloqli,
adolatli bo‘lishi jamiyat, davlat va millat uchun qanday katta ahamiyatga ega ekanini
ko‘rsatib, amaldor-mansabdorlarning quyidagi vazifalarini belgilagan: «Sulton har
narsada adolatpesha bo‘lsin, qoshida insofli, adolatli vazirlarni saqlasin, toki podsho zulm
qilgudek bo‘lsa, odil vazir uning chorasini topsin. Agarda vazir zolim bo‘lsa, ko‘p vaqt
o‘tmay saltanat uyi qulaydi».1
1 Temur tuzuklari. Toshkent, «Navro‘z» nashiriyoti, 1992, 23-bet.
Buyuk saltanat sohibi bo‘lgan Amir Temurning davlat ishini to‘g‘ri odilona
boshqarishiga asos bo‘lgan ma’naviy – ahloqiy fazilatlari quydagilardan iborat bo‘lgan:
aqli raso, xushyor kishilar bilan bamaslahat ish yuritishi; ishbilarmon, tadbirkor, mard,
shijoatli, xushyor kishilarni qadrlash; odamlarga rahm – shafqatli bo‘lish; odamlarni rozi
qilish; yomonlik qilib, keyin tavba qilganlarni kechirish;gina va adovat saqlamaslik; jasur,
shijoatli kishilarni do‘st tutish; hech kimga g‘azab bilan qattiq muomala qilmaslik;
ulug‘larni og‘a qatorida, kichiklarni farzand qatorida ko‘rish; xalqqa zulm qilgan
kishilarni kechirmay jazolash; olim-u fozillar ijodiga yo‘l ochish; sarmoyasiz qolgan
savdogarlarga, dehqonchilik qilishga qurbi yetmay qolgan kishilarga yordam berish; har
kimning so‘ziga quloq solish va o‘z aqli bilan xulosa chiqarish; ig‘vogar va
tuxmatchilarning so‘zlariga quloq solmaslik; zarur bo‘lib qolsa, qat’iy choralar ko‘rish;
mehnatsevar, hayr – ehsonli kishilarni qo‘llab – quvvatlash va boshqalar. U hatto o‘z
farzandlariga qoldirgan vasiyatida ham xalqning, davlatning, jamiyatning ma’naviy –
axloqiy kamolotini davlat barqarorligi va rivojlanishining asosiy omillaridan biri deb
qaragan. Bu uning o‘z farzandlariga qarata aytgan quydagi so‘zlarida ko‘rinadi:
«Millatning dardlariga darmon bo‘lmoq vazifangizdir. Zaiflarni qo‘ring, yo‘qsillarni
boylar zulmiga tashlamang. Adolat va ozodlik dasturingiz, rahbaringiz o‘lsin».1
1 Yuqoridagi asar 34-bet.
2 Xondamir. «Makorimul-ahloq», Toshkent, O‘zFA nashiriyoti, 1948, 40-41 betlar.
3 Yuqoridagi asar, 40-41 betlarda
4 Qarang.Fozil odamlar shahri. Toshkent, 1993, 186 -187-betlar.
Temur tarixda qoldirgan yaxshi nom, u tayangan va targ‘ib etgan ma’naviy – axloqiy
qoidalar, odoblilik mezonlari biz avlodlarga qoldirgan buyuk merosdir. Donishmandlar
tarixda yaxshi nom qoldirishni ikkinchi umir deb bekorga aytmaganlar. Buyuk
bobomizning ma’naviy –axloqiy o‘gitlari hozir ham bizga dasturi amal bo‘lgani
sohibqironning ikkinchi umridir.
Alisher Navoiy ham butun umri davomida rahbarning ma’naviy tubanlashishi shaxs
uchun ham, jamiyat uchun ham nihoyatda hatarli ekanini ko‘rsatib o‘tgan. U
mansabdorning ma’naviy – axloqiy tubanlashishi qanday yomon oqibatlarga olib kelishi
mumkinligini tasvirlab quydagi hikmatli fikrlarni aytgan: «Inson mansab va kattalikni
sevishi tabiydir. Bu ishda nafs ixtiyorsiz va kishining sezgisini egallash bilan
shug‘ullanishini talab qiladi; mansabning xosiyati g‘aflatni orttiruvchi va podshohlikning
mast qiluvchi iltifoti xush oluvchi va shunday kishiga xalqning ishi ko‘p tushadi. Bunday
kishining xushyor bo‘lishi juda og‘ir. Agar u goho aql madadi bilan o‘zini tuta olsa-da,
biroq mansab mastligi uni holiga qo‘ymaydi. Haqiqatdan, shu mastlik chog‘ida, falakning
intiqom oluvchiligi, g‘addorligi va falak Holiqning adolatli hokim ekanligi qachon uning
xotiriga keladi? Orttirilgan qudrat va martabaning bahosi yo‘q va umr foydasizdir. Uning
yomonliklaridan faqat dushmanlargina kulib qo‘ya qolmay, rasvoligidan do‘stlari ham
sharmandadir…Xulosa: nafsi pok va aqli sof kimsa bu mastliklardan o‘zini behush
qilmasin va o‘zini o‘zbilarmonlik va o‘zboshimchalikka solmasin. Zulm ko‘rgan
dardmanlarning holiga boqsin».2
Podshoh va mansabdorlarning xalq bilan munosabatiga asos bo‘ladigan ma’naviy –
axloqiy omillar, odob qoidalari ustida to‘xtab, yana quydagi fikrlarni aytgan: «Kuchsizlar
va bo‘ysunuvchilarga shafqat va mehribonlik ko‘rsatsinlar. Yomon holga tushgan va
tuban kimsalarning ishlarini marhamat va yumshoq so‘zlar bilan to‘g‘irlasinlar. Qattiq
so‘zlar bilan darveshlarning dillarini ranjitmasinlar. Dili yaralarning jarohatiga muloyim
so‘zlar bilan malham bo‘lsinlar. Nafs va shayton firibidan xotirjam o‘tirmasinlar. O‘lim
farishtasi qasdini o‘zlaridan uzoq ko‘rmasinlar, har bir ishda ixlos va rostlikni kasb
etsinlar. Podsho davlati, xalq va sipoh ishlarini tuzatish borasidagi to‘g‘ri so‘zdan
qo‘rqmasinlar va aytabersinlar. Xudoy saqlasin, g‘ururlik mayi bilan mast va behush
qilmasinlar. Dunyo ishlari uchun bir-biriga xusumat qilmasinlar.Boshga biror mashaqqat
ish tushsa, sabr va chidam panohiga sig‘insinlar. Yoshlarga shafqat, tengqurlarga
muvaffaqiyat va madora, kattalarga izzat va hurmat ko‘rsatish yo‘llariga rioya qilsinlar»3
Buyuk mutafakkir Abu Nasr Farobiy «Fozil kishilar shahri» nomli asarida davlatni
boshqaruvchi rahbar shaxsning o‘n ikki fazilatini sanab o‘tadi. Uning fikriga ko‘ra, rahbar
avvalo sog‘lom, aqlli, xushyor, zakovatli odam bo‘lishi, qalbida adolat tuyg‘usi jo‘sh urib
turishi, do‘stu dushmanni, rost va yolg‘onni ajratadigan bo‘lishi kerak. Davlatni fozil
kishilar boshqarishi lozim. Fozil kishilar ko‘paygan shaharlarda osoyishtalik, farovonlik
ham bo‘ladi, deb ko‘rsatadi.4
Buyuk bobokalonlarimizning yuqorida keltirilgan fikrlarida mansabdor inson
faoliyatiga asos bo‘ladigan mukammal ma’naviy – ahloqiy qadriyatlar tizimi bayon
etilgandir.
Yuqoridagilardan kelib chiqadigan bo‘lsak, hozirgi mustaqillik davrida davlat
rahbaridan, hokimiyat tizimida ishlayotganlardan juda katta mas’uliyat va fidoyilik hamda
ma’naviylik talab etiladi. Hokimiyat tizimidagi har bir rahbar shaxs butun hayot zavqini
mashaqqatga almashtirgan, o‘z hayoti va jonini mamlakat va xalq hayoti yo‘liga
tikkan vatanparvar, xalqparvar, halol, pok, to‘g‘ri, adolatli – qo‘yingchi har
tomonlama yuksak ma’naviyatli, barkamol inson bo‘lishi kerak.
Prezidentimiz Islom Karimov xalq deputatlari Samarqand va Navoiy viloyatlari
Kengashlarining navbatdan tashqari sessiyalarida so‘zlagan nutqlarida ta’kidlaganidek,
lavozim kishiga kibru havo, boylik to‘plash va kayfu safo uchun berilmaydi. Aksincha, u
yuksak mas’uliyatni, hayotning butun rohat-farog‘atidan kechishini, kerak bo‘lib qolganda
o‘zidan kechishni talab qiladi. Bunday qarash har birimiz uchun, shu jumladan, ayniqsa
hokimiyat tizimida ishlayotganlar uchun odatga aylanishi, hayotimizga singib ketishi
kerak.
Rahbar xodimlar o‘z hayot faoliyatlarida davlatchilik, el-ulusni boshqarishda adolat,
vatan, xalq manfaatini har narsadan ustun qo‘yish tamoyillariga amal qilishlari yuksak
ma’naviylik mezonlariga mos tushadi. Agar rahbar xodim ayshu-ishratga berilib, o‘zining
talabchanlik, tashkilotchilik va rahbarlik burchini unutib qo‘ysa, o‘sha joyda qonunga
rioya qilish, tartib-intizom masalalari qolipdan chiqib ketishi tabiiy hol. Rahbar o‘z
faoliyatida mahalliychilik, oshna-og‘aynigarchilik, qarindosh-urug‘chilik kabilarga yo‘l
qo‘ysa, bu taraqqiyotimiz va tinch-farovon hayotimizga xavf soladigan tahdidga aylanadi.
Hokimiyat tizimidagi rahbar xodimlarning ma’naviy qiyofasidagi bunday salbiy illatlar
jamiyatimiz, mustaqilligimiz uchun katta xavf ekanligi Islom Karimovning «O‘zbekist on
XXIasr bo‘sag‘asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»
asarida keng, atroflicha bayon qilib berilgan. Gap shundaki, hokimiyatning boshqaruv
tizimida ishlayotgan rahbar xodimlar amaldan mag‘rurlanib, boshi aylanib, o‘z faoliyatida
mahalliychilik, oshna og‘aynichilik, urug‘-aymoqchilik illatiga yo‘l qo‘ysa, bunday rahbar
xudbinlik kasaliga duchor bo‘lib, oyog‘i yerdan uziladi. El-ulus nazaridan qoladi.
Prezidentimiz aytganidek, rahbarlar kelib ketadi, el, xalq qoladi. Lekin ana shu rahbar
xalq ko‘nglidan o‘ziga joy topa oladimi? Esda qoladigan biror hayrli ish qila oldimi?
Kimdan bog‘ qoldiyu, yaxshi nom, yaxshi xotira qolayaptiyu, kimdan yomon nom,
dog‘, isnod qolyapti, buni odamlarning o‘zlari ajratib oladi.1
1 Qarang. Karimov I.A. Adolat, vatan va xalq mafaati har narsadan ulug‘. «Xalq
so‘zi» gazetasi, 1998yil 11 noyabr’.
Xulosa shuki, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalq ishonchini qozonish uchun
hokimiyatni
boshqaruv
tizimiga
ma’naviy barkamol shaxslarni jalb qilish
taraqqiyotimizning muhim sharti hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |