1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari


 Ma’naviyat va siyosat, ularning o‘zaro bog‘liqligi



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51
3. Ma’naviyat va siyosat, ularning o‘zaro bog‘liqligi 
Siyosat – yunoncha so‘z bo‘lib, mazmuni davlat yoki jamoat ishlarini bildiradi. 
Siyosat katta ijtimoiy guruhlar, millatlar, davlatlar ichki va tashqi munosabatlari 
sohasidagi faoliyatini anglatadi.
Keng ma’noda siyosat muayyan davlatlar, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy 
harakatlar, jamoat tashkilotlarining jamiyat hayotining turli jabhalarida paydo bo‘ladigan 
ziddiyatlarni bartaraf etish, murakkab vazifalarni hal etishga, aniq maqsadlarga erishishga 
qaratilgan mamlakat ichki hayotida va tashqi xalqaro maydonda, millatlar, ijtimoiy 
guruhlarning maqsad va manfaatlarini amalga oshirish va himoya qilishga qaratilgan 
faoliyatidir.
Siyosat har qanday jamiyatda ham davlat faoliyatini ifoda etadi. Chunki jamiyatdagi 
barcha jarayonlar va muammolarning qo‘yilishi hamda ularning qanday hal etilishi davlat 
olib boradigan siyosat bilan bog‘liq bo‘ladi. Siyosatni olib borish, hayotga tatbiq etish o‘ta 
murakkab jarayondir. U yuksak ma’naviyatni talab etadi. Siyosatning mazmun va 
mohiyatida jamiyatning, davlatning, jamoatning madaniy, ma’naviy faoliyati, intilishi aks 
etsagina, bu siyosat xalq tomonidan qo‘llab quvvatlanadi. Chunki unda umumxalq ehtiyoj 
va manfaatlari mujassamlashgan bo‘ladi. Siyosat ma’naviyatni yuksalishiga ta’sir etsa, u 
barqaror bo‘ladi. Bu haqda Prezidentimiz Islom Karimov mustaqilligimizning dastlabki 
yillaridayoq: «Davlatimiz olib borayotgan siyosatning mazmuni shuki, yurtimizda 
yashayotgan barcha millat vakillarining manfaatlari va huquqlarini himoya qilib, ularning 
madaniyati, tili, milliy urf-odatlari va an’analarini saqlash hamda rivojlantirishga, ularning 
davlat tuzilmalari ishida va jamoat turmushida faol qatnashishiga kafolat beriladi»,2 - deb 
ta’kidlagan edi. Davlatimizning oqilona siyosati tufayli mamlakatimizda barqaro 
rivojlanish va tinchlik, millatlararo totuvlik hukm surayotganligi Prezidentimiz 
fikrlarining yaqqol tasdig‘idir.
Demak, ma’naviyat taraqqiyotida davlat tomonidan olib boriladigan siyosatning roli 
nihoyatda kattadir. Qaysi mamlakatda ma’naviyat va ma’rifatni yuksak darajaga ko‘tarish, 
u haqida g‘amxo‘rlik qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, o‘sha


mamlakatda tinchlik, barqarorlik vujudga keladi, ilm-fan, ma’naviyat, ma’rifat va 
madaniyat rivojlanadi. Bu o‘z navbatida mamlakat oldida turgan turli eng murakkab 
muammolarni ham hal etish imkonini yaratadi. Davlat o‘z siyosiy faoliyatida ma’naviyat 
va ma’rifatni rivojlantirishga ustivor vazifa sifatida qaragandagina uning barqaror taraqqiy 
etishi uchun imkoniyatlar kengayib boradi. Bu holatni to‘g‘ri anglagan mamlakatimiz 
rahbariyati, xususan Prezidentimiz Islom Karimov mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq 
ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirishga alohida ahamiyat berib, unga rahnamolik qilib 
kelayotirlar. Yurtboshimizning biror nutqi, asari yo‘qki ularda u yoki bu jihatdan 
ma’naviyat va ma’rifat masalalariga yondoshmagan bo‘lsinlar.
Ma’naviyat va ma’rifatni rivojlantirish davlat siyosat darajasiga ko‘tarilganligining 
yaqqol misoli qilib oldingi mavzularda ko‘rib o‘tganimizdek, 1994 yil 23 aprelda 
«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risidagi; 1996 yil 9 
sentyabrdagi «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada 
takomillashtirish va samaradorligini oshirish to‘g‘risidagi Prezidentimiz farmonlarini; 
O‘zbekiston Respubliekasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 25 iyuldagi «Ma’naviy – 
ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora 
tadbirlari to‘g‘risida» qarori; Respublika Oliy Majlisi birinchi chaqiriq to‘qqizinchi 
sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi va umumiy o‘rta 
ta’limni isloh qilish to‘g‘risida» qabul qilingan qonunni va boshqalarni ko‘rsatishimiz 
mumkin. Keyingi o‘tgan davr mobaynida yuqorida qabul qilingan farmon va qarorlarni, 
jumladan qonunlarni bajarish yuzasidan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Bunga misol qilib milliy-ma’naviy merosimizning tiklanishi borasidagi yutuqlarni 
ko‘rsatishimiz mumkin. Mustaqillik yillari tom ma’noda iqtisodiy o‘nglanish, iqtisodiy 
tiklanish, iqtisodiy rivojlanish ma’naviy o‘nglanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy 
yuksalish harakatlari bilan tamomila uyg‘un holda borganligi tarixiy haqiqat.
Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami «Navro‘z» 1991 yildan boshlab 
Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra, 21-mart umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan 
bo‘ladi. 1993 yil buyuk mutasavvuf Baxouddin Naqshband xazratlari tavalludining 675 
yilligi nishonlandi. 1994yil Ulug‘bek yili deb e’lon qilinib tavalludining 600 yilligi 
nishonlandi, asarlari nashr etilib, u barpo etgan rasadxona ta’mirlandi. 1996 yil 
mamlakatimizda va jahon miqyosida Amir Temur yili sifatida nishonlandi. Muxtasham 
“Temuriylar tarixi davlat muzeyi” tashkil etildi. 1997 yil esa musulmon dunyosida «Islom 
dining gumbazi»deb tan olingan qadimiy Buxoro; ochiq osmon ostidagi muzey shahar 
bo‘lmish Xiva shaharlarining 2500 yilligi; 1998 yil buyuk muxaddis Imom al-Buxoriy 
tavalludining 1225; ulug‘ astranom Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilliklari tantana 
qilindi. 1999 yilda esa «Alpomish» xalq eposining 1000; buyuk sarkarda Jaloliddin 
Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlangan bo‘lsa, 2000 yilda Abu Mansur 
Moturudiyning 1130; islom huquqshunosligining peshvosi Burxoniddin Marig‘iloniyning 
910 yilligi nishonlandi. 2001 yilda esa o‘lkamizda buyuk davlat, buyuk madaniyat, buyuk 
ma’naviyat bo‘lganidan guvohlik beruvchi, ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan 
ma’naviy-tarixiy merosi «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlandi. 2003 yilda Naqshbandiya 
tariqatining asoschisi Aduxoliq G‘ijduvoniyning 900 yilligiga, 2004 yilda Xo‘ja Axror 
Valiyning 600 yilligi nishonlandi. Mustaqillik yillari ulug‘ ajdodlarimiz abadiy qo‘nim 
topgan joylar obodonlashtirilib, maqbaralar ta’mirlanib xalqimizning ziyoratgohiga 
aylantirildi. Bunday ezgu ishlarga davlatimiz rahbari Islom Karimov boshchilik qilib 
kelmoqda.


Yuqorida keltirilgan misollar mustaqil O‘zbekiston davlatimiz ma’naviyatimizni 
tiklash va rivojlantirish borasida olib borayotgan siyosati borasidagi yutuqlarimizdan bir 
nishona xalos.


Ma’naviyat, ma’rifat va siyosatning o‘zaro bog‘liqligini bayon etishdan avval siyosat 
va uning ma’naviylik jihatlarini bilib olishimiz maqsadga muvofiq.
Siyosat eng yirik ikki yo‘nalishga – tashqi va ichki siyosatga bo‘linadi. O‘z 
navbatida ular ham o‘zining bir necha tarmoqlariga bo‘linadilar. Bu yerda gap uning 
tarmoqlari haqida emas, balki siyosatning ma’naviyat bilan munosabatlari haqida 
bormoqda.
Siyosat mamlakat ichki hayotida ikki yo‘nalishda olib borilishi mumkin. Ularning 
biri taraqqiyparvar, insonparvar, adolatli siyosat bo‘lsa, ikkinchisi adolatsiz, reaksion 
siyosatdir.
Mamlakatda faqat ayrim guruhlar va harakatlar hukmronligini ta’minlashga, 
mehnatkashlar, xalq ommoasi manfaatlariga zid bo‘lgan, ularni bir-biriga qarama-qarshi 
quyishga va shu asosida tor doiradagi guruhlar manfaatlarining himoya qiluvchi tuzumni 
saqlab qolishga qaratilgan siyosat adolatsiz, reaksion siyosatdir. Bu siyosatning jamiyat va 
mamlakat miqiyosida hukumronligi inson huquqlarining poymol etilishiga, mamlakat 
moddiy va ma’naviy boyliklarining talon-taroj qilinishiga, mamlakatda zo‘ravonlik, 
johillik, tekinxo‘rlik, ma’naviy va moddiy qashshoqlikning vujudga kelishiga olib keladi.
Yaqin o‘tmishda sobiq sho‘ro davlatining mahalliy xalqlarga, jumladan o‘zbek 
xalqining milliy ma’naviyatiga nisbatan olib borgan adolatsiz siyosati uning 
ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada ma’naviy merosimiz butunlay kamsitildi. 
«Proletar madaniyati», «madaniyat va ma’naviyatga partiya rahbarligi», «shaklan milliy, 
mazmunan sotsialistik madaniyat», «milliy madaniyatlarning bir-biriga yaqinlashuvi va 
kelajakda qo‘shilib ketishi» kabi kelajagi yo‘q, sohta g‘oyalar xalqlar ongiga majburlab 
singdira boshlandi. Bu xalqlar, millatlar ma’naviyatiga nisbatan yuritilgan adolatsizlikka 
asoslangan zo‘ravonlik, siyosatidir. Bu siyosat milliy urf-odatlarga qarshi qaratilgan 
bo‘lib, u mahalliy xalqlar ma’naviyati va ma’naviy merosini, milliyligini kamsitish va 
yo‘q qilishga qaratilgan edi. Siyosatni ma’naviyat bilan bog‘lanishi to‘g‘risida hatto so‘z 
yuritilmasdi.
Mamlakatda olib boriladigan bunday adolatsiz, reaksion siyosat nafaqat uning ichdan 
yemirilishiga, balki xalqaro munosabatlarda ham obro‘-e’tiborning tushishiga olib keladi. 
Xullas, bunday siyosatning olib borilishi mamlakatni tanazzuli va halokatiga olib keladi.
Adolatsiz, reaksion siyosatga qarama-qarshi o‘laroq taraqqiyparvar, insonparvar, 
ma’rifatparvar siyosat mamlakat va uning xalqi manfaatlariga xizmat qiladi. Bunday 
siyosat eng avvalo inson zotini ulug‘lashni, uning moddiy va ma’naviy manfaatlarini 
himoya qilishni, mamlaktda tinchlik, barqarorlikni ta’minlashni maqsad qilib oladi. Ilm, 
ma’rifat, madaniyatni, texnika, texnologiyani rivojlantirish, fuqarolarning zamonaviy 
bilimni egallashlariga keng yo‘l ochish va g‘amxo‘rlik qilish taraqqiyparvar, insonparvar, 
ma’rifatparvar siyosatning muhim yo‘nalishini tashkil etadi.
Bunday siyosatning ustivorligi va ma’naviyatli tomoni shundaki, u mamlakatda 
yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda vazminlik vaziyatini vujudga keltiradi, har 
qanday to‘palon va beboshlikning oldini olishga, eng murakkab munozarali muammolarni 
ham muzokoralar, bahslar ya’ni ma’naviy-ma’rifiy yo‘l bilan hal qilishga yordam beradi.
Davlat taraqqiyotparvar, insonparvar, ma’rifatparvar siyosat olib borishni maqsad 
qilib olgan va unga amal qilgan bo‘lsa, u albatta tashqi siyosatda ham o‘zga xalqlarning 
yerlarini tortib olish, ularni asoratga solish, talonchilik qilish kabi tajovuzkor siyosatni 
emas, balki barcha davlatlar bilan tinch-totuv yashash, o‘zaro hamkorlik qilish siyosatni 
olib boradi. Tashqi siyosatda bunday yo‘lni tutgan davlatlar qurollanish uchun ketadigan 


xarajatlarni mamlakatning ma’naviy va ma’rifiy rivojlanishiga sarflaydi. Mustaqil 
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahnamoligida ham ichki ham tashqi 
siyosatda taraqqiyotparvar, insonparvar va


ma’rifatparvar siyosat olib borilmoqda. Buning natijasida O‘zbekistonning xalqaro 
maydonda obro‘-e’tibori tobora oshib bormoqda. U tanlagan yo‘l jahondagi mamlakatlar 
tomonidan tan olinmoqda. 1997 yil mamlakatimizda «Inson manfaatlari» yili, 1998 -
«Oila» yili, 1999- «Ayollar yili», 2000 - «Sog‘lom avlod» yili, 2001-“Onalar va bolalar 
yili”, 2002- “Qariyalarni qadrlash” yili, 2003-“Obod mahalla” yili, 2004- “Mehr-
muruvvat” yili, 2005-“Sihat-salomatlik” yili, 2006-“Xomiylar va shifokorlar” yili, 2007-
“Ijtimoiy himoya” yillari sifatida iz qoldirdi. 2008-yil esa “Yoshlar yili” sifatida 
o‘tmoqda.
Mamlakatimizda insonga eng oliy qadriyat sifatida qarab, ichki va tashqi siyosatda 
uning tinch yashash huquqini ta’minlashga katta ahamiyat berib kelmoqda. Bu xaqda 
yurtboshimiz Islom Karimov quyidagilarni ta’kidlagan edi: “... insonning eng ustivor 
muqaddas huquqlaridan biri – bu tinch yashash huquqidir. Davlat va jamiyatning burchi 
ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdan iborat. Bu huquqni 
amalga oshirish – davlat va jamiyatni demokratlashtirishning eng muhim shartidir. 
Demokratiyaning insonparvarligi ham birinchi galda ana shu mezon bilan o‘lchanadi”.1 
Bular davlatimizning «Hamma narsa inson uchun, uning kelajagi uchun» degan ezgu 
tamoyilni to‘liq amalga oshirish borasidagi siyosatning amaliy jihatlaridir. Siyosatning 
ma’naviy hayotga real ta’siri mamlakatda ma’rifatni, ilm-fan, adabiyot va san’atni 
rivojlantirish to‘g‘risida ko‘rsatadigan amaliy ishlarda namoyon bo‘ladi.
1 Qarang: Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, 
“Ma’naviyat”, 2008, 73- bet
O‘z navbatida fuqarolarning yuksak ma’naviyatga va ma’rifatga ega bo‘lishlari 
mamlakatning har tomonlama rivojlanishiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi.
Ma’naviyat va ma’rifatga tayangan mamlakatda tinchlik, barqarorlik xukmron 
bo‘ladi va u taraqqiy qilib boraveradi. Ma’naviyat o‘zining salohiyati bilan xalq va 
mamlakat hayotida siyosatni to‘g‘ri, adolatli, insonparvarlik yo‘nalishida olib borishda 
katta ahamiyatga egadir. Davlatning kuch-qudrati, uning yuksakligini ta’minlashning 
muhim omillaridan biri siyosatni ana shu yo‘nalishda olib borish sanaladi. Ayni vaqtda 
ma’naviyat va ma’naviy tadbirlar davlat siyosatini ommaga yetkazib turishga yaqindan 
yordam beradi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish