1. Ma’naviyat tushunchasi, predmeti, maqsad va vazifalari. «Ma’naviyat»ning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/51
Sana20.04.2022
Hajmi1,72 Mb.
#567381
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51
Takrorlash uchun savollar: 
1. Ma’naviyat tushunchasining mohiyatini izohlab bering?
2. Ma’naviyatning asosiy tushunchalariga nimalar kiradi?
3. Ma’naviyat taraqqiyotining qanday asosiy qonunlarini bilasiz?
4. Ma’naviyatni rivojlantirish hozirgi davrda davlat siyosatining ustivor yo‘nalishi 
darajasiga ko‘tarilish sabablari nimada deb bilasiz?
5. Islom Karimov tomonidan «ma’naviyat» tushunchasiga berilgan ta’rifning 
mohiyati nimadan iborat?
6. Islom Karimov ishlab chiqqan milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasining qanday 
nazariy va amaliy ahamiyati bor?
7. Mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy tiklanishimizda Islom Karimovning 
xizmatlari nimalardan iborat?
9. 
Islom 
Karimov 
tomonidan 
O‘zbekistonda XXI asrda ma’naviyatni 
rivojlantirishning qanday vazifalari belgilab berildi?
10. Milliy – ma’naviy tiklanish va manaviyatni rivojlantirishning mukammal 
g‘oyalari Islom Karimovning qaysi asarlarida asoslab berilgan?


2-MAVZU: 
MA’NAVIYaT, 
IQTISOD 
VA 
ULARNING 
O‘ZARO 
BOG‘LIQLIGI. MA’NAVIYaTNING SIYoSAT, HUQUQ VA HOKIMIYaTDAGI 
O‘RNI. 
REJA: 
1. 
Ma’naviyat, iqtisod va ularning o‘zaro bog‘liqligi 
2. Bozor iqtisodiyoti va tadbirkor ma’naviyati 
3. Ma’naviyat va siyosat, ularning o‘zaro bog‘liqligi 
4. Ma’naviyat va huquq, ularning o‘zaro munosabati 
1. Ma’naviyat, iqtisod va ularning o‘zaro bog‘liqligi 
Iqtisodiyot 
va 
bozor 
iqtisodi 
tushunchalari. 
O‘zbekistonning bozor 
munosabatlariga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li va uning mohiyati 
«Iqtisodiyot» so‘zining lug‘aviy ma’nosi – sarf – harajatda ehtiyotkorlik, tejamkorlik 
mazmunini berib, mazkur tushunchaga adabiyotlarda turlicha ta’riflar berib kelinmoqda. 
Shulardan ba’zilarini havola etamiz: «Iqtisodiyot odamlar faoliyatining o‘zlari iste’mol 
qiladigan ne’matlarni ishlab chiqarish, uning natijalarini o‘zlashtirish, mavjud moddiy va 
mehnat imkoniyatlaridan foydalanish sohasidagi ijtimoiy munsabatlarning juda muhim 
tomonidir. Iqtisodiyot qiziq bir olam bo‘lib, turli kasbdagi, millat va jinsdagi, qarashlar va 
ruhiyatidagi, turli mintaqa va qit’alardagi odamlarning tirikchilik vositalarini yaratish va 
iste’mol qilish bo‘yicha amalga oshiradigan aloqalari va bog‘liqlarining ifodasidir,»-1 
deyiladi. Boshqa bir ta’rifda esa: «Iqtisodiyot deganda kishilar hayotini ta’minlaydigan 
moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va uning iste’moli bilan bog‘liq barcha sohalarning 
yig‘indisi va ayni jarayonda ishtirok etayotgan odamlarning faoliyati, ular o‘rtasidagi 
aloqa va bog‘lanishlar, munosabatlarning yaxlit birligini tushunmoq kerak,»-2 
deyilgan.Berilayotgan ta’riflarning turli-tumanligi mualliflarning fan o‘rganayotgan 
masalaning u yoki bu jihatiga ko‘proq e’tibor berilganligi bilan bog‘liq. Iqtisodiyotga 
berilgan ta’riflar qanchalik turli tuman bo‘lmasin, mazkur ta’riflarni birlashtiruvchi va 
umumlashtiruvchi tomonlar mavjud. Ya’ni berilgan ta’riflarning barchasida ham, insonlar 
faoliyati, insonning moddiy noz-ne’matga bo‘lgan talab va ehtiyoji, uni qondirish uchun 
mahsulotlarni ishlab chiqarishi, ularning taqsimoti masalalarini ifodalaydi. Iqtisodiyotga 
inson hayoti va moddiy ne’matlar ishlab chiqarish faoliyati bilan uyg‘un holda qarash 
to‘g‘ri bo‘ladi.
1 Yo‘ldoshev Q., Muftoydinov K. Iqtisod ilmiy asoslari. Andijon, 1995, 8-9-betlar.
2 Abdullaev A. Ma’naviyat va iqtisodiy tafakkur. Toshkent «Ma’naviyat», 1999, 7-
bet.
Kishilar hamisha va har doim oziq-ovqat, kiyim – kechak, turar joy, ishlab chiqarish 
qurollari va vositalariga muxtoj. Hayvonot dunyosi ham oziq-ovqatga muxtojlik sezadi. 
Inson ishlab chiqarish orqali o‘z ehti-yojlarini qondiradi, hayvonlar esa hech nima ishlab 
chiqarmaydilar. Insonlarning moddiy ishlab chiqarish jarayonlari va bu borada yuzaga 
keladigan munosabatlarni iqtisodiyot fani o‘rganadi.Abu Ali ibn Sino va Abu Abdulloh al 
Xorazimiylar fanlarni tasnif qilar ekanlar, iqtisodiyotni xo‘jalik yuritish sohasidagi fanlar 
qatoriga kiritganlar.
Ishlab chiqarishning o‘sishi va kishilar, mamlakatlar, xududlar o‘rtasidagi turli 
aloqalar, avvalo iqtisodiy aloqalar bozor munosabatlarini keltirib chiqargan. Markaziy 
Osiyoda bozor munosabatlari qadim zamonlardan boshlab shakllangan. Tarixiy 
manbalarning guvohlik berishicha, bundan ming yillar muqaddam Buxoro va Xiva 
savdogarlari odamlar ko‘zini quvnatib, hayron qoldirgan turli-tuman buyum va tovarlarni 


Hindiston va Xitoyga, Rossiya va g‘arbiy Ovro‘pa mamlakatlariga qadar yetkazib 
borganlar. Markaziy Osiyoda bozor munosabatlarining qadimdan rivoj topganiga «Buyuk 
Ipak yo‘li» yaqqol misol bo‘la oladi. Bozor bu insonlar, mamlakatlar,


xududlararo iqtisodiy aloqalar va ularni amalga oshirish maydonidir. Shunday ekan, 
hozirgi zamon tilida ishlatilayotgan bozor iqtisodi tushunchasi va uning mohiyati nima? 
Uni qisqacha ifodalaydigan bo‘lsak, u quydagilarni anglatadi:
Bozor iqtisodi degan so‘z birinchi navbatda muloqot, gaplashish, kelishish, 
savdolashish orqali ikki tomon manfaatlariga mos keladigan, qoniqtiradigan umumiy 
narxni, raqamni, xulosani topish demakdir. Bozor iqtisodi insonni, ishlab chiqaruvchini 
ya’ni tadbirkorni o‘ylashga, aql-zakovatini, farosatini ishlatishga majbur qilishi bilan 
qimmatlidir.
Bozor iqtisodining asosiy sharti va talabi-kishilar ehtiyojini qondiradigan mumkin 
qadar ko‘proq va mumkin qadar sifatliroq, arzonroq, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab 
chiqarishdir. Huddi shu talablarni amalga oshirishning eng qulay sharoitlarini kapitalizm 
davri yuzaga keltirdi. Natijada insoniyat keyingi besh asr ichida o‘zidan oldingi hamma 
jamiyatlardan ko‘ra ko‘proq moddiy va ma’naviy qadriyatlar yarata oldi. Bozor iqtisodi 
hukmron mamlakatlar moddiy va ma’naviy boyliklar ishlab chiqarishning haqiqiy qaynar 
bulog‘iga aylandi. Bu davrda insoniyatning haqiqiy aqliy salohiyati, yaratuvchilik 
imkoniyatlari to‘la namoyon bo‘ldi.
Jahon tajribasi, shu ju jumladan o‘zimizning mamlakatimiz tajribasi ham iqtisodiyot 
faqat uning o‘zigagina xos bo‘lgan qonunlar asosida rivojlanib borganligini ko‘rsatadi. 
Bozor munosabatlarining qonunlarini nazar – pisand qilmaslik, buzish iqtisodiyotni og‘ir 
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Chunonchi, sobiq Ittifoqda 70 yildan ortiqroq davr 
mobaynida bozor iqtisodiyotiga aloqasi bo‘lmagan iqtisodiyotni yaratishga urinib ko‘rildi. 
Bu sobiq mustabid tuzumga va uning xalqiga juda qimmatga tushdi. Oqibatda mazkur 
tuzum tanazzulga uchradi.
Iqtisodiyotning ham o‘z ob’ektiv qonun-qoidalari, sir-asrorlari borki, ular bilan 
hisoblashmaslikning hech bir iloji yo‘q. Har doim iqtisod o‘z yo‘lidan boraveradi, uni 
to‘xtatish mumkin emas. Qaysi bir mamlakat, davlat iqtisod qonunlarini nazar – pisand 
qilmasa, u boshi berk qo‘chaga kirib qolishi muqarardir.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, u qaysi yo‘ldan borishi kerak, degan 
masala oldimizda ko‘ndalang bo‘lib turdi. Yurtboshimiz Islom Karimov mustaqillikka 
erishishimizning birinchi kunlaridanoq jahondagi turli mamlakatlarning tajribalarini 
chuqur va har tomonlama o‘rganib, Mustaqil O‘zbekistonning bundan buyongi taraqqiyoti 
yo‘li bozor iqtisodiyoti munosabatlari yo‘lidan borish ekanligiga qat’iy ishonch hosil etdi. 
Bu xaqida “Biz,-deb aytgan edi Prezidentimiz, - o‘z mustaqilligimizni qo‘lga kiritib, yangi 
taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yganimizdan so‘ng xalqimizning hoxish-irodasi, asriy orzu-
intilishlariga tayangan holda, sho‘ro davridan og‘ir meros bo‘lib qolgan ma’muriy-
buyruqbozlik tizimini tubdan isloh qilish, uning o‘rnida mohiyat e’tibori bilan butunlay 
yangi-erkin bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy davlat, demokratik jamiyat barpo 
etishga azmu qaror qildik...
...bu maqsadga erishish uchun qanday strategik yo‘l, islohotlarning qanday shakl va 
usuli ma’qul ekani xaqida.... ko‘p o‘yladik.... taraqqiy topgan davlatlar misolida o‘zini 
oqlagan ilg‘or tajribalarni o‘rgandik.”1
1Qarang: Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, 
“Ma’naviyat”, 2008, 102- bet
2 Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent, “Ma’naviyat”, 2008, 
107-108- betlar.


Ammo bozor munosabatlarining qaysi yo‘li, qaysi shakli, qaysi andozasi biz uchun 
maqbul, qaysi birini o‘zimizning bundan buyongi taraqqiyotimiz uchun tanlab olishimiz 
kerakligi masalasi oldimizda turgan muammo edi. Ana shu muammoni hal etishda 
ma’naviyat va iqtisodiyot sohasining minglab hayotiy masalalar, ya’niki jonli rishtalar 
orqali o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketganini inobatga olib xalqimizning ruhiyati, 
turmush tarzi, qadimiy urf-odat va an’analarimiga har tomonlama mos bo‘lgan islohotlar 
yo‘lini tanladi,- deb ta’kidlagan edi Islom Karimov.2 Bozor


munosabatlariga o‘tish Angliyada 200 yil, boshqa mamlakatlarda 100-150 yil 
mobaynida, Yaponiya, Quriya va boshqa janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida 20-30 yil 
davomida shakllangan.
Ana shu jarayonda bozor munosabatlarining ma’lum xudud, mamlakat, uning xalqiga 
xos shakllari ya’ni andozalari shakllandi. Jumladan, «Amerikacha andoza»da erkin bozor 
munosabatlariga katta ahamiyat berilgan bo‘lsa, «Yapon», «Frasuz» andozalarida xo‘jalik 
faoliyatini tashkil qilishda davlatning ishtirok etishiga ko‘proq e’tibor qaratildi. «Nemis» 
va «Sheved» andozalarida ijtimoiy faoliyatga e’tibor ko‘proq qaratilganligini ko‘rishimiz 
mumkin. Lotin Amkrikasi va Afrika mamlakatlaridagi andozalarda asosiy e’tibor 
iqtisodiyotni barqarorlashtirish va byudjetni to‘ldirishga ko‘proq e’tibor qaratildi. Ba’zi 
mamlakatlarda «falaj» (shok) holatidan, ya’ni o‘z taraqqiyotining ilk bosqichlarida 
narxlarni erkin qo‘yib yuborib keyinchalik iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga 
oshirishga ahamiyat berildi.1
1 Qarang. Sharifxo‘jaev M; Davronov Z. Ma’naviyat asoslari. Toshkent, 2005, 99-
bet.
Bozor iqtisodiyoti va islohotlarning negizini tashkil qiluvchi yo‘llar, usullar va 
andozalarning xilma-xilligi, erkin bozor raqobatchiligi, iqtisodiyotning davlat tomonidan 
tartibga solinishi bilan qay daraja va yo‘sinda qo‘shib olib borilishi, ularning ijtimoiy 
yo‘naltirilganligi, hal qilinayotgan iqtisodiy muammolarning ustivorligi bilan bog‘liqdir.
Yuqorida aytganimizdek, boshqa mustaqillika erishgan respublikalar kabi 
O‘zbekistonning ham bozor munosabatlariga o‘tishi davr talabi. Biz uchun bundan boshqa 
yo‘l yo‘q. Buni respublikamiz rahbariyati va ahli to‘g‘ri anglab yetdi. Ammo kutib 
o‘tirishga vaqt yo‘q. Vaqt, davr nihoyatda tig‘iz. Tezkorlik bilan mustaqil 
Respublikamizning bozor munosabatlariga qanday qilib, qaysi usulda o‘tishini tanlab 
olish, bunda jahonning barcha ilg‘or tajribalarin umulashtirish va foydalanishni hal etish 
lozim edi. Buning uddasidan chiqdik. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimov katta 
shijoat ko‘rsatdi. Bozor munosabatlariga o‘tishning jahonda orttirilgan barcha ijobiy 
tajribalarni o‘rganib, ulardan to‘la foydalangan holda xalqimizning tarixiy taraqqiyotiga, 
ruhiyatiga, mentalitetiga, milliy xususiyati, iqlim shart-sharoitlariga, mamlakatimizning 
jug‘rofiy mavqeiga asoslangan o‘zimizga xos va mos yo‘lni belgilab oldik.
Ushbu yo‘lning, konsepsiyaning qoidalari Prezidentimiz kitoblarida, maqolalarida va 
nutqlarida, mamlakat parlamenti qabul qilgan qonunlarda, xususan Islom Karimovning 
«O‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li» asarida har 
tomonlama asoslanib, bayon qilib berilgan. Bu «O‘zbekiston yo‘li»-«Islom Karimov 
yo‘li» sifatida jahon bo‘yicha yuksak baholanib kelinmoqda. O‘zbekiston o‘zi uchun 
tanlab olingan maxsus yo‘l ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan, respublikaning manfaatlari, 
shart-sharoitlari va xususiyatlariga ko‘p darajada mos keladigan bozor iqtisodiyotini 
shakllantirishga qaratilgandir.
Ayni mana shu yo‘l ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, uning 
ma’naviyati, huquqlari va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an’analari va madaniyatining 
qayta tiklanishini, insonning shaxs sifatida ma’naviy – axloqiy kamol topishini 
ta’minlashi mumkin.Ushbu tanlangan yo‘lning mohiyati O‘zbekiston Respublikasining 
Prezidenti Islom Karimov ishlab chiqqan va ilgari surgan bozor munosabatlariga 
o‘tishning besh tamoyilida o‘z ifodasini topgan. Ularda Respublika aholisining turmush 
tarzi, faoliyati hisobga olindi. Bu tamoyillar faqat bizning mamlakatimizda emas, 
endilikda boshqa mamlakatlarda ham tan olinmoqda.


Mazkur tamoyillar quydagilar:
Birinchidan, iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, ishlab chiqarish va xo‘jalik 
yuritishda mafkuraviy manfaatlar nuqtai nazardan emas, balki taraqqiyot


manfaatlaridan qaralmog‘i zarur;
Ikkinchidan, mamlakatda o‘tkaziladigan islohotlarda davlat bosh islohotchi 
bo‘lmog‘i zarur. Islohotlarning boshida davlat turmasa parokandalik vujudga keladi. 
Davlat islohotlar vazifalarini bir tizimga solib, ularni amalga oshirishda yetakchilik qilib 
turadi;
Uchinchidan, islohotlarni amalga oshirishda qonun ustivorligiga qat’iyan amal 
qilinishi lozim . Mamlakat hayotida va islohotlarni amalga oshirishda qonun ustivorligiga 
amal qilinishi, turli to‘siqlarning yuzaga kelishining oldini olish imkonini beradi va 
taraqqiyot uchun keng yo‘l ochib beradi;
To‘rtinchidan, bozor munosabatlari bir kun yoki bir ikki yilda shakllanadigan jarayon 
emas, u ma’lum bir davr ichida vujudga keladi. Mana shu davr ichida aholini ijtimoiy 
jihatdan himoya qilish zarur bo‘ladi. Ijtimoiy himoya- aholini iqtisodiy qiyinchilikka 
tushib qolmasligining muhim sharti hisoblanadi. Shuning bilan birga ijtimoiy himoya 
iqtisodiy qiyinchilik sharoitida turli ziddiyatlar kelib chiqishining oldini oladi.
Beshinchidan, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishdir. Bu tamoyilga 
binoan islohotlarni bir «zarb» bilan emas, balki asta sekin, evalyusion yo‘l bilan amalga 
oshirish nazarda tutiladi. Bu bozor munosabatlarining barqarorligini ta’minlashga xizmat 
qiladi.
Yuqoridagi besh tamoyilni qisqa izohlaydigan bo‘lsak, ular quydagilarni anglatadi:
Birinchidan, iqtisodiyot siyosiy manfaatlarga bo‘ysundirilganda, u barbod bo‘ladi. 
Buni Sho‘rolar misolida ko‘rishimiz mumkun. Na siyosat, na mafkura iqtisodiyotni 
nazorat qilishi, unga taziyq o‘tkazish darajasiga ko‘tarilmasligi kerak. Ham ichki, ham 
tashqi iqtisodiy munosabatlar har qanday mafkuradan holi bo‘lishi lozim. Bozorning 
qoidasi shunday: kimning mahsuloti yaxshiroq va arzonroq bo‘lsa, o‘sha mahsulotga talab 
hammadan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi. Bu yerda hech qanday siyosat yoki mafkura o‘z ta’sirini 
o‘tkaza olmaydi.
Ikkinchidan, Islom Karimovning «Davlat asosiy islohotchi bo‘lishi zarur. U 
islohotlarning ustivor yo‘nalishlarni belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab 
chiqishi 
va 
uni 
izchil 
amalga 
oshirishi, 
jaholatparastlar 
(retrogradlar) 
va 
konservatorlarning qarshiligini bartaraf etishi shart»1- degan fikri o‘ta ahamiyatlidir. 
Mustaqil O‘zbekiston boshqariladigan ma’rifatli bozor iqtisodiyotiga o‘tayotir. Unga faqat 
davlatning boshqaruvchilik va islohotchilik kuchiga tayanib o‘tish mumkin. Chunki, yangi 
boshqaruv tizimlarining mustahkamlash, ishlab chiqarish tarmoqlarining rivojini 
ta’minlash, narx-navolarni tartibga solish, soliq tizimini mustahkamlash, bank-kredit 
muammolarini yechish, millatlararo totuvlikni kafolatlash davlatning muhim vazifasidir. 
O‘tish davrida davlatning bosh islohotchiligini saqlash va ta’minlash faqat yutuqlarga olib 
keladi, xolos.
1 I.Karimov. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. 102-bet.
Uchinchidan, Islom Karimov o‘zining «Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang» 
risolasida hammaning qonunga itoatkor bo‘lishi, qonunning hamma narsadan ustun 
turishini ta’kidlab o‘tgan. Biz demokratik jamiyat sari borar ekanmiz, u yerda qonun 
ustivorligini unutmasligimiz, qonun oldida hamma teng, uni buzishga hech kim haqli 
emasligini bilishimiz lozim.
Qonunning ustivorligi huquqiy davlat barpo etish zaruriyatidan ham kelib chiqadi.


Demokratik yo‘l bilan qabul qilingan Respublika Konstitutsiyasi va boshqa 
qonunlarga rioya qilish va ularni hurmat qilish har bir fuqaroning burchiga aylanishi 
lozim. Bozor munosabatlari sharoitida, bozor xo‘jaligining o‘zi ham huquqiy jihatdan


mustahkamlanmasa, tartibsizliklarning kelib chiqishiga olib keladi. U huquqiy norma 
va qoidalarga tayanishi kerak. Bozor munosabatlariga o‘tgan rivojlangan mamlakatlarda 
qonunchilikka rioya qilinishi taminlangan. Qonunchilik va unga rioya qilish bozor 
munosabatlari ishtirokchilarning ma’naviyatini aniqlabkina qolmay, ularning o‘rnatilgan 
tartib-intizom, qoidalarga amal qilishini ta’minlashi bilan ham ahamiyatlidir.
Ma’rifiy dunyodagi bozor – bu eng avvalo qonunga hurmat demakdir.
To‘rtinchidan, respublikamizda ko‘p sonli kishilar turmush darajasining pastligi 
totalitar iqtisodiy tuzumdan qolgan meros. Biz tanlagan yo‘lning o‘ziga xosligi shundaki, 
faqat aholi nochor qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish orqali bozor munosabatlariga 
o‘tilishidir.
Prezidentimiz 
Islom 
Karimovning 
«O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» 
ma’ruzalarida ham XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida aholining ijtimoiy 
himoyasini ta’minlash islohotlarning barcha bosqichida asosiy yo‘nalish bo‘lib xizmat 
qilishi alohida ta’kidlanganligi diqqatga molikdir. Unda kelgusida ham davlat tomonidan 
aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hajmi va miqdorini ko‘paytirish bilan bir vaqtda 
yordamga muhtoj bo‘lgan kishilar va oilalar ijtimoiy yordam olishlari lozimligi ko‘rsatib 
o‘tilgan.
Beshinchidan, davlatimiz rahbari Islom Karimov doimo islohot o‘tkazishda 
shoshqaloqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, uni ehtiyotkorlik bilan sekin-asta o‘tkazish 
zarurligini ta’kidlab kelmoqdalar. Shuni aytish kerakki, islohot biz uchun mutlaqo yangi 
iqtisodiy tizimni, bozor tizimini yaratishi kerak. Yangilik hech qachon birdaniga yuzaga 
kelmaydi, har doim iqtisodga bosqichma bosqich borilgan. O‘zbekistonning bozor 
iqtisodiga o‘tishi ham shu narsadan holi emas.
Prezidentimiz ishlab chiqqan mazkur tamoyillar zaminida iqtisodiy islohotlarni 
amalga oshirishda ma’naviy barkamollik zarurligi o‘z ifodasini topdi. Ya’ni islohotlar 
isloxatlar uchun emas, balki inson uchun, uning farovonligini ta’minlashga hizmat qilishi 
belgilangan. Insonlarda va jamiatda ma’naviyat taraqqiy qilsagina, islohotlarni amalga 
oshirish ham yengillashib boraveradi. Shuning uchun Prezidentimiz ma’naviyatni 
ko‘tarish masalasini islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshishining muhim sharti 
sifatida belgilab bergan. U «Bozor munosabatlariga o‘tish hayotiy yetuklik va sabr 
matonatni sinovdan o‘tkazuvchi o‘ziga xos imtihondir. Bunda ma’naviy bo‘shliqqa yoki 
ko‘ngilga kelgan ishni qilaberishga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi . Shu sababli biz 
ma’naviy- ruhiy tiklanish va poklanish muommolariga alohida ahamiyat beryapmiz»1, - 
deb ko‘rsatgan edi.
1Karimov I.A O‘zbekiston iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish yo‘lida.Toshkent, 
«O‘zbekiston»,1995, 141-bet.
Ma’naviy-ruhiy inqiroz mavjud bo‘lgan joyda, iqtisodiy taraqqiyotga erishib 
bo‘lmasligi bu haqiqatdir. Ma’naviyati yuksak inson, vaqtinchalik mavjud bo‘lgan 
iqtisodiy qiyinchiliklar oldida dovdirab qolmaydi, u istiqbol bilan harakat qiladi, 
farzandlari, millati va mamlakatning porloq kelajagi yo‘lida samarali mehnat qilishni 
o‘zining turmush tarzining asosiy tamoyiliga aylantira oladi.
Bu O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishda ma’naviy omilning iqtisodiy 
taraqqiyotga ta’siri borasida olib borilgan yo‘lning mazmunini tashkil qiladi.

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish