Сборник научных трудов Международной научно- практической конференции«цифровизация в обучении гуманитарных дисциплин в медицинском высшем образовании»тгси, 5 марта 2022 года



Download 3,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/240
Sana19.04.2022
Hajmi3,83 Mb.
#562946
TuriСборник
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   240
Bog'liq
27.марта ТГСИ .Цифровизация

 
 


288 
YOSH SPORTCHILAR SHAXSLARARO MUNOSABATLARINING 
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLILI 
(Suzish misolida) 
 
Mavlanov Donyor Ergash o‘g‘li, 
Tashkent shahri 
O’zMU magistranti 
donyor_21_02@mail.ru 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada suzish sporti bilan shug‘ullanuvchi yosh 
sportchilar shaxslararo munosabatlarining o’ziga xos ijtimoiy-psixologik xususiyatlari 
ochib berilgan
Kalit so‘zlar: 
shaxslararo munosabat, muloqot, jamoa, mashg’ulot, suzish. 
psixokorreksion dastur.
СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ 
МЕЖЛИЧНОСТНЫХ ОТНОШЕНИЙ С ЮНЫМИ СПОРТСМЕНАМИ 
(На примере плавания) 
 
Мавланов Донёр Эргаш ўғли 
Город Ташкент 
Маги НУУ 
donyor_21_02@mail.ru 
Аннотация:
В данной статье описаны специфические социально-
психологические особенности межличностных отношений юных пловцов. 
Ключевые слова:
межличностное, общение, команда, тренировка
плавание. программа психокоррекции. 
SOCIO-PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF INTERPERSONAL 
RELATIONSHIPS WITH YOUNG ATHLETES 
(On the example of swimming) 
Mavlanov Donyor Ergash o‘g‘li 
Tashkent city 
Master of NUU 
donyor_21_02@mail.ru 
Annotation:
This article describes the specific socio-psychological features of 
interpersonal relationships among young swimmers. 


289 
Key words:
interpersonal, communication, team, training, swimming. 
psychocorrection program. 
 
Muammmoning 
dolzarbligi:
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini 
shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport 
bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, 
sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan 
ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat 
tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni 
saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy 
sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari 
va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani
dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, 
respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo 
etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat «Umid 
nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport o‘yinlari ommalashib 
borayotgani ayniqsa e’tiborlidir. 
Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson 
va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi 
ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni 
zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish 
hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb 
vazifalar turibdi.
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar 
o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va 
infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok 
etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli 
muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali 
olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to‘liq foydalanishga 
to‘sqinlik qilmoqda.
Tadqiqotning maqsadi: 
Suzish sport turi bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilar 
o‘rtasidagi shaxslararo munosabatning ijtimoiy-psixologik omillarini o‘rganish va 
amaliyotga tadbiq etishdan iborat. 
Tadqiqotning vazifalari: 
Muallif tomonidan tanlangan psixodiagnostik 
metodikalar yordamida suzish sport turi bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda 


290 
shaxslararo munosabatga kirishishida ularning shaxsiy sifatlarini o‘zaro ta’sir 
darajalarini o‘rganish; 
Suzish sport turi bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda shaxslararo 
munosabatning ijtimoiy-psixologik jihatlarini tadqiq qilish; 
Suzish sport turi bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarda shaxslararo 
munosabatning ijtimoiy-psixologik jihatlariga qaratilgan psixologik-pedagogik 
tavsiyalar ishlab chiqish. 
Tadqiqotning ob’ekti:
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport 
universitetining “Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi”ga 
qarashli basseynda shug’ullanuvchi yosh suzuvchi sportchilar. 
Ushbu tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, biz O‘zbekiston davlat 
jismoniy tarbiya va sport universitetining “suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi 
va uslubiyati kafedrasi”ga qarashli basseynida mashg‘ulot olib boruvchi 60 nafar yosh 
sportchilarni kuzatib bordik hamda ular bilan suhbat o‘tkazdik. Suhbat davomida biz 
ularda shaxslararo munosabatga kirishishi va bu holatning kechish tarzi va darajasini 
bilishga harakat qildik. Olib borilgan kuzatishlar va o‘tkazilgan suhbatlar natijasiga 
asoslanib, bizda kommunikativ holati, jumladan muloqotga kirishish jarayoni yosh 
sportchilarning o‘z imkoniyatlari va qobiliyatlarini erkin namoyish etishlariga 
to‘sqinlik qiladi va bu holat ularning muloqotchilik darajasining umumiy holatiga 
hamda yosh sportchini guruh tomonidan idrok etilishiga xos xususiyatlari shuningdek, 
o‘z-o‘ziga baho berish darajasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, degan tahmin paydo 
bo‘ldi. Biz o‘z taxminimizni ushbu yosh sportchilarda shaxslararo munosabatni 
aniqlashga qaratilgan «O‘smir tomonidan sinfning idrok etilishiga xos xususiyatlarini 
o‘rganish» E.V.Zalyubovskaya, “Shaxsning o‘z-o‘ziga beradigan bahosini aniqlash” 
S.A.Budassi, “Muloqotchilikning umumiy darajasini aniqlash” V.F.Ryaxovskiy 
metodikalarini o‘tkazish va natijalarni solishtirish orqali tekshirib ko‘rishga qaror 
qildik. 
Quyida tadqiqotimizda qo‘llanilgan V.F. Ryaxovskiy tomonidan ishlab chiqilgan 
muloqatchanlikning umumiy darajasini aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan 
so‘rovnoma natijalarini ko’rib chiqamiz. 

Download 3,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish