284
Har qanday tilni o’rganish jarayonida, birinchi galda, o’sha tilning lug’at tarkibini
bosqichma-bosqich o’zlashtirib borishga e’tibor qaratiladi.
Leksikologiya tilning lug’at boyligi haqidagi fandir. Lug’at – so’zlar yoki boshqa
til birliklari (morfema, s’z birikmalari, frazeologik birliklar) ro’yxatini ma’lum bir
tartibda, ko’pincha, alifbo tartibida o’z ichiga olgan kitob. Lug’at yordamida biz
o’zimizga kerakli so’zni topa olamiz.
Boshqa tillarni o’rganish jarayonida shu til ustida lug’atlar va ma’lumotnomalar
yordamida mustaqil ishlamasdan bo’lmaydi. Leksik bilimlar nutq faoliyatining barcha
turlari asoslarini muvaffaqiyatli o’zlashtirishni ta’minlaydi.
O’zbek tili darslarida turli mashqlar bajarish o’qitishning yetakchi vositasi deb
qarash mumkin. Shuningdek, o’yinlar, kompyuter va internet dasturlaridan
foydalanish, she’r, qo’shiqlar yodlash va ulardagi qofiyalar ustida ish olib boorish ham
yaxshi natija beradigan usullardir. Mashqlar esa boshqa tilni o’zlashtirishning har
qanday bosqichida o’rganishning asosiy vositasi bo’lib qoladi.
Kompyuter dasturlari va internet imkoniyatlari, she’rlar
va ulardagi qofiyalar
ustida ishlash kabilarni o’zbek tili darslarida lug’at o’rgatish maqsadlariga muvofiq
keluvchi faol o’rganish usullari sifatida qarash lozim.
Dars mobaynida mashq bajarishda har doim ma’lum maqsad bo’ladi. O’qitishda
bu maqsadni to’g’ri qo’ya bilish va unumli foydalanish juda muhimdir. Ammo birgina
mashqning o’zi hech qachon kerakli yakuniy samarani bermaydi.
Odatda mashqlar materialni o’zlashtirish uchun alohida ishlab chiqilishi kerak.
Shu o’rinda leksik ko’nikmalarni shakllantirish uchun mashqlarni ko’rib chiqamiz.
Barcha leksik mashqlar ikkita toifaga bo’linadi:
1)so’zni, uning semantikasini talaffuzi va Grammatik shakli bilan yaxlit holda
eslab qolish;
2)ma’lum mazmunga ega so’z birikmalarini hosil qilish.
Mashq bajarishda shuni esda tutish kerakki, muvaffaqiyat ko’p jihatdan mashq
sifatining o’qitishdan ko’zlangan maqsad mazmuni va unga erishish shartlari bilan mos
kelishiga bog’liq.
Hozirgi vaqtda muomala layoqati quyidagi shaklda ifodalanadi: nutq faoliyatining
har bir turi aynan ushbu faoliyat turidagi mashqlar orqali o’zlashtiriladi.
Lingvistik leksik materialni o’zlashtirishda she’r va qofiyalarning rolini alohida
ko’rsatib o’tish mumkin. Tajriba shuni ko’rsatadiki, o’zbek tili darslarida o’qituvchilar
ko’pincha she’r va qofiyalarga e’tibor bermaydilar yoki ularni qo’llashda faqat
an’anaviy
asarlarga murojaat qilishadi, bu esa o’quvchilarning befarq munosabatini
keltirib chiqaradi. Kopchilik o’qituvchilar esa she’r bilan ishlashni “yodlash” va
“tinglash” orqaligina amalga oshirib qo’ya qolishadi. Natijada talabalar ko’pincha yod
olgan she’rining ma’nosini ham tushunmaydilar.
285
She’r va qofiyalardan foydalanish muammosi ta’limning barcha bosqichlarida
tegishli e’tiborga loyiqdir, chunki bunda til materialini o’zlashtirish samarasi
kuchayadi. Til o’rganuvchilar uchun o’rganilayotgan tilning butun jozibasi, o’ziga
xosliklari namoyon bo’ladi.
O’quvchilar, talabalar odatda tez chalg’ish xususiyatiga ega. Shuning uchun dars
rejasida diqatni jamlashni yengillashtiradigan, o’quvchilarning e’tiborini tortadigan va
ijobiy hissiy kayfiyatni uyg’otadigan ish turlarini ko’rsatish zarur.
She’rlarni va ulardagi qofiyalarni o’rganish mavzu materiallarini o’rganish, eslab
qolishni mustahkamlaydi. Ularni o’rganish oson, ritm va
tovushlarni takrorlash esa
o’qitishni qiziqarli amalga oshirishga yordam beradi. She’r o’qish asli qiziqarli
mashg’ulot. Shu bilan birga, hissiy jihatdan ijobiy ta’sirga ega bo’lgan narsa uzoq vaqt
davomida xotirada saqlanadi va inson ongida iz qoldiradi. O’qituvchi hammadan she’r
o’qishni so’raydi. O’qish jarayonida o’qituvchi har bir talabaga yaqinlashadi va
materialni to’g’ri talaffuz qilish-qilmasligini tinglaydi.
So’ng o’qituvchi talabalarni ushbu she’rni tarjima qilishda o’zlarini sinab
ko’rishga taklif etadi. Bu o’rinda eng yaxshi amalga oshirilgan ishlarni alohida
rag’batlantirish maqsadga muvofiq. Shunday qilib talabalarda raqobat prinsipi va
g’alaba qozonish istagi yuzaga keladi. Ishning bunday turi o’rganuvchilarda
ijodiy
qobiliyatlarni ochib beradi, tilni o’rganishga qiziqish uyg’otadi deb o’ylayman, chunki
ta’lim oluvchilar grammatiik, leksik ko’nikmalar va xotirani rivojlantiradigan she’rlar
bilan ishlashni yaxshi ko’radilar. Demak, hozirda she’r o’qish va ulardagi qofiyalar
bilan ishlashning ahamiyati bor. O’zbek tili darsidagi qofgiyalar o’quvchilarni jalb
etish va faollashtirish vositasidir, chunki ulardagi ohangdoshlik e’tiborni tortadi,
taranglik va siqilishni bartaraf etishga yordam beradi.
She’riyat o’quvchilar nutqini va uning nafas olish, diksiya, eshitish, temp, ovoz
kuchini tartibga solish kabi tarkibiy qismlarini rivojlantirish vositasi sifatida juda katta
rol o’ynaydi. She’rlar va qofiyalar xotirani yaxshilashga ham yordam beradi. Ayrim
she’r va qofiyalar o’quvchilarda axloqiy fazilatlarni, xulq-atvor madaniyatini, bir-
birini, atrofdagilarni hurmat qilishni, qiyinchiliklarni
yengishda matonatni
tarbiyalaydi. She’rlardagi ohangdosh so’zlar tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishni mashq
qilish uchun mo’ljallangan. Shuningdek, lug’at boyligini kengaytirish va
mustahkamlashga xizmat qiladi, chunki ularning har biri ma’lum miqdordagi leksik
birliklarni o’z ichiga oladi.
Grammatik qofiyalar oquv jarayonida juda yaxshi yordam beradi,
chunki ular
she’riy shaklda bo’lsa-da, tilning turli grammatik xususiyatlarini eslab qolishga
yordam beradi. Har qanday yoshdagi talaba uzoq vaqt davomida hech qanday
muammosiz xotirasida qoladigan o’ziga xos bilimni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: