293
me’yoridan ortiq, 10 nafar (16,7 %) ida me’yoridan ortiq muloqotchanlik holati)
aniqlandi.
Aniqlovchi va nazorat eksperiment natijalarining qiyosiy tahlili.
Metodika
Aniqlovchi
eksperiment
Nazorat
eksperimenti
Bog‘liqlik
darajasi
Ryaxovskiy
so‘rovnomasi
34,24
19,02
-9,14*
Jadvaldan ham shu narsa ma’lumki, aniqlovchi eksperiment va nazorat
eksperimenti natijalari o‘rtasida ahamiyatli farqlar mavjud bo‘lib, bu ko‘rsatkich
o‘tkazilgan trening mashg‘uloti samarali natija berganidan darak beradi.
O‘tkazilgan statistik tahlil asosida olingan natijalardan ko‘rinadiki, Ryaxovskiy
so‘rovnomasi bo‘yicha natijalar orasidagi tafovut 9,14 ga teng. Bu natija ahamiyatli
darajada bo‘lib, shakllantiruvchi eksperimentdan so‘ng sinaluvchilarda ijobiy tomonga
o‘zgarish bo‘lganidan, ya’ni shaxslararo munosabatning rivojlanganlik darajasidan
dalolat beradi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, o‘tkazilgan trening mashg‘ulotlaridan
so‘ng sinaluvchilarda ahamiyatli darajadagi ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Jumladan,
biz o‘z tadqiqotimizda olib borgan psixokorreksion
mashqlar natijasida
sinaluvchilarning o‘z-o‘ziga beradigan baholarini hamda shaxslararo munosabatga
kirishuvchanlik darajasini oshirishga muvaffaq bo‘ldik.
Nazariy va amaliy ma’lumotlar tahlili hamda talqiniga asoslangan holda quyidagi
mazmun-mohiyatli xulosalar chiqarishga qaror qildik.
•
yosh sportchilarning shaxslararo munosabatga kirishish jarayonida psixologik
bilimlar keng qamrovli ahamiyat kasb etganligi bois, ularda alohida bir yo‘nalish, ya’ni
ijtimoiy muhitda individualizatsiyani namoyon etish va shaxslararo munosabatga
kirishishning psixologik xususiyatlari ochib berildi;
•
yosh sportchilarning shaxslararo munosabatga
kirishish jarayoni psixologik,
fiziologik, pedagogik, xuquqiy hamda falsafiy jihatdan ilmiy yondoshilgandagina
ijobiy natija berishi mumkinligi aniqlandi;
•
yosh sportchilarni shaxslararo munosabatga kirishishi
va qolaversa har bir
sportchining bir o‘zi faoliyat olib borayotgan jamoaga moslashuv jarayoni sodir
bo‘ladiki, ularni tahlil qilishda muloqot psixologiyasiga oid bilimlardan foydalanish
o‘rinli ekanligi isbotlandi.
Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, mashg‘ulot va
musobaqa jarayonida yuqori
natijalarni qo‘lga kiritishida suzish sport turi bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilar
o‘rtasidagi shaxslararo munosabatlarni to’g’ri tashkil etishda murabbiylar va
psixologlar bir qator tavsiyalarga amal qilishlari zarur:
294
➢
yosh sportchilarning insoniy madaniyat dunyosiga qo‘shilish istagini doimiy
ta’minlab turish;
➢
har bir yosh sportchiga
mustaqilligini namoyon etish, yangi tajribalarni
egallashi uchun sharoitlar hamda imkoniyat yaratib berish;
➢
yosh sportchilarning faoliyatini muntazam qo‘llab
- quvvatlab turish uchun
kommunikativ, interaktiv hamda perseptiv sharoitla
➢
yosh sportchilarning “men” konsepsiyasini tashkil topishiga va faoliyati
davomida individualizatsiyani namoyon etishiga amaliy yordam ko‘rsatish;
➢
Shuningdek, yosh suzuvchilarning o‘quv-mashg‘ulot
jarayonini
jadallashtirish metodikasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqot natijalari
hamda zamonaviy qarashlar (yondoshuvlar) ni umumlashtirilgan holda amaliyotda
qo‘llash.
Do'stlaringiz bilan baham: