K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

 3. Interaktiv usul. 
Kompyuter yordamida mavzu bo´yicha video va avdio materiallari 
bilan tanishish. 
6.
 
O„quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi. 
1.
 
Immunogenetik tekshirish usullari. 
2.
 
Pirke reaksiyasi (teri ustiga tuberculin surtiladi) yoki Mantu 
reaksiyasi. 
3.
 
Byurne reaksiyasi.
7. Talabalarning o´z ustida ishlash uchun lozim bo´lgan 
metodik qo´llanmalar (Nazariy materiallar).
I. Allergiya ta‟limotiga tushuncha.
Organizmga tushadigan yoki 
kiritiladigan antigenga nisbatan rivojlanadigan sensibilizatsiya va 
ikkilamchi immun javob – immunitetning muhim mexanizmidir. 
Sensibilizatsiya ( lot. 
sensibilitas 
- sezuvchanlik) natijasida antitelo va 
effektor T- hujayralar ishlab chiqariladi. Immun javob faqat organizmni 
himoya qilmasdan, balki patologik jarayonlar rovojlanishiga ham sabab 
bo‗ladi. Organizmga ikkinchi marta antigen (allergen) kiritilganda 
yuzaga keladigan patologik reaksiya allergiya deb ataladi. Organizmda 
sensibilizatsiya payda qilib, allergik reaksiyalarni vujudga keltiruvchi 
antigenlar allergenlar deyiladi. Allergiya (yunon. 
allos
– o‗zga, 
ergon
– 
ta‘sir) terminini tibbiyotga K. Pirke kiritgan.
A. D. Ado va A. Polkerlar allergenlarni kelib chiqishiga ko‗ra 
infeksion va noinfeksion guruhlarga bo‗lishgan. Infeksion guruhga 
hamma mikroorganizmlarning allergenlari kiradi. Noinfeksion guruh 
allergenlari: o‗simliklar gulining changi, oziq-ovqat, maishiy, epialler-
gen, sanoat allergenlari va boshqalar. 
II. Allergik reaksiya turlari.
Allergik reaksiya ikki bosqichda 
kechadi. Birinchi bosqichda organizmga tushgan allergenga nisbatan 
sensibilizatsiya yuzaga keladi.
Bunda organizm shu antigenga nisbatan yuqori ta‘sirchan bo‗lib 
qoladi. Ikkinchi bosqichda, agar ma‘lum bir vaqt ichida shu allergen 


232 
qayta tushsa, organizmda kuchli allergik reaksiya rivojlanadi, shuning 
uchun bu bosqichni ―hal qiluvchi‖ deb yuritiladi. Allergik holatning 
rivojlanishida u yoki bu immunopatologik mexanizmlarning rivoj-
lanishiga qarab P. Jell va R. Kumbslar allergik reaksiyalar tasnifini 
tuzishgan. 
 III. Allergen haqida ma‟lumot.
Allergik reaksiyalarning I turi 
anafilaktik. Asosan o‗simliklar guli, oziq- ovqat allergenlari, dori va 
boshqa omillar ta‘sirida yuzaga keladi. Bunda allergen T – xelperlarning 
maxsus bir subpopulyatsiyasini faollashtiradi, ular o‗z navbatida B – 
limfositlarni IgE ni sintez qiluvchi plazmatik hujayralarga aylantiradi va 
bu hujayralar ko‗pretsipitatsiya reaksiyasi miqdorda shu sinf 
antitelolarini ishlab chiqaradi. Antitelolar allergenlar bilan birikma hosil 
qilganidan so‗ng semiz hujayralar retseptoriga birikadi. Buning natija-
sida semiz hujayralardan gistamin, serotonin, asetilxolin va bradikinin 
kabi biologik faol moddalar ajraladi. Mediatorlar silliq muskul, qon 
tomirlari, ichak sekretsiyasi bezlari va boshqa moyil hujayralarga ta‘sir 
qilib, kasallikning klinik belgilarini yuzaga keltiradi. Anafilaktik shok 
shu mexanizm asosida rivojlanadi. Anafilaksiya (lot. 
ana
–qarshi, 
filaxis 
- himoya) – organizmga qayta yot allergen kiritilganda rivojlanadigan 
o‗ta sezgirlik holati, buni tibbiyotga Sh. Rishe va P. Portelar kiritishgan.
Anafilaktik shokda odamlarda quyidagi belgilar kuzatiladi: nafas 
siqiladi, puls tezlashadi, arterial bosim tushib ketadi, gavda temperatura 
ko‗tariladi, so‗ng pasayadi, odam titraydi, bronxlar toradi, shish rivojla-
nadi, bo‗g‗imlar og‗riyda, badanga toshma toshadi va boshqalar. Agarda 
tezda yordam ko‗rsatilmasa, og‗ir hollarda o‗limga ham olib kelishi 
mumkin. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish