K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

 IV. Anafilaksiya ko„rinishlari. 
Anafilaksiyaning bir necha turlari 
tafovut qilinadi: mahalliy va sun‘iy anafilaksiya, desensibilizatsiya 
(antianafilaksiya). Mahalliy anafilaksiyada o‗zgarishlar , asosan, antigen 
kiritilgan joyda yuzaga keladi, bunda qizarish, yallig‗lanish, shish va o‗g‗ir 
hollarda o‗sha to‗qimaning nekrozi ham kuzatiladi. Yengil hollarda bir 
necha kundan so‗ng to‗qima o‗z holiga qaytadi. Bu jarayon tibbiyotda ― 
Artyus fenomeni‖ deb nom olgan. Alohida reaksiyalarni silliq muskulli 
a‘zolar (bachadon, ichak va boshqalar ) da ham kuzatish mumkin (Shul‘ts –
Deyl fenomeni). Shuni yodda tutish kerakki, mahalliy anafilaksiyadi ham 
butun organizm allergenga nisbatan sensibillangan bo‗ladi.
V. Sun‟iy anafilaksiya.
Oragnizm sezuvchanligini sun‘iy yo‗l bilan, 
ya‘ni normal hayvonlarga, ma‘lum bir allergenga sensibillangan hayvon-


233 
larning qoni yoki immune zardobini yuborib hosil qilish mumkin. 
Masalan, dengiz cho‗chqalariga immune zardob teri ostiga kiritilganda 
24 soatdan so‗ng, qorin bo‗shlig‗iga yuborilganda 12 soatdan keyin, 
venaga kiritilganda 4 soatdan keyin sun‘iy anafilaksiya rivojlanib, 2 
haftadan 2 oygacha saqlanib qoladi. Shu vaqt ichida kiritilgan limfosit 
va immunoglobulinlar parchalanadi. 
VI. Sensibilizatsiya ko„rinishlari.
Desensibilizatsiya (antianafi-
laksiya). Agar organizm sensibilizatsiya holatini yo‗qotsa, ― desensibili-
zatsiya‖ yuz beradi. Desensibilizatsiya hosil qilish uchun: 1) allergen-
ning hal qiluvchi miqdori shok qo‗zg‗atadigan miqdordan kamroq 
bo‗lishi; 2) allergiyaning yashirin davri (7-14 kun) tugagunga qadar 
organizmga allergen kiritilishi kerak. 
Atopik reaksiyalar ham shu reaksiya ko‗rinishida rivojlanadi. 
Atopiya (yun. atopos-qiziq, g‗alati) deganda, ma‘lum bir allergen 
ta‘sirida organizmning IgE ni ko‗pretsipitatsiya reaksiyasi ishlab chiqa-
rishga irsiy moyilligi tushuniladi. Polinozlar ( allergik tumov), atopik 
bronxial astma, angionevrotik Kbinka shishi, eshakem, chaqaloqlar 
ekzemasi atopiyaga yaqqol misol bo‗ladi. 
 VII. Allergik reaksiya bosqichlari.
Atopiya patoginezida H va h 
(HH-genotip sog‗ odam, hh-allergiyaga moyil odam) genlar orqali 
vujudga keladigan irsiy moyillik tushuniladi. Dunyoning 10% ortiq 
aholisida atopik kasaliklar uchraydi. Atopik reaksiyalarni desensibi-
lizatsiya qilish bilan oldini olish mumkin. 
Atopiyani maishiy va epidermal (yostiq parlari, teri epider-
miyasi,hayvon junlari), sanoat (chang, bo‗yoq, sovun, lak, va boshqalar), 
o‗simlik (o‗simlik guli) , ozir-ovqat va dori kabi ellergenlar qo‗zg‗atishi 
mumkin. 
Allergik reaksiyalarning II turi – sitotoksik. Bu jarayonda organi-
zmning hujayra antigenlariga qarshi IgG hosil bo‗ladi. Antitelolar 
allergenlar bilan birikib komplement tizimni faollashtiradi. Natijada 
―nishon‖ hujayralar komplementga bog‗liq sitolizga uchraydi. Aller-
giyaning bu turiga sitqi qon limfositopeniyasi misol bo‗ladi. Allergik 
reaksiyalarning III turi immune birikmalar reaksiyasi. Allergiya bu 
turning oldingi turidan farqi shundaki, allergen – antitelo birikmasi 
hujayra antigenlari bilan birikmay qonda aylanib yuradi. Immun birikma 
komplementni faollashtiradi. Natijada qon va to‗qimalarda anafilo-
toksinlar (komplementning C3a va C5a fraksiyalari) kabi biologik faol 
moddalar to‗planadi. Anafilotoksinlar tomirlarni kengaytirib, tomir 
devori o‗tkazuvchanligini buzadi. 


234 
Immun birikmalar yuzaga keltirgan yallig‗lanish jarayonlarida 
granulasit, trombositlar, ularning biogen aminlari, qon ivish sistemasi 
oqsillari va kininlar qatnashadi. Immun birikma kasalliklari tizimli 
tavsifga ega bo‗lib, zardob kasalligi, kollagenozlar kabi jarayonlarni 
yuzaga keltiradi. Zardob kasalligi bemorga ko‗pretsipitatsiya reaksiyasi 
miqdorda immune zardob quyilganidan keyin rivojlanadi. Bu jarayonda 
hosil bo‗lgan antigen –antitelo immune birikmalari qon tomirlari 
devorida qatlamlar hosil qilib, uni shikastlaydi. Zardob kasalligida 
quyidagi o‗zgarishlar kuzatiladi: teriga toshma toshib, o‗sha joy 
qichishadi, gavda temperaturasi ko‗tariladi, shish, bo‗g‗imlarda og‗riq, 
limfa tugunlari kattalashadi, yurak - qon tomir tizimining ish faoliyati 
buziladi, qon ko‗rsatkichlari o‗zgaradi (dastlab leykositoz, keyin 
leykopeniya va limfositoz ro‗y beradi).
Zardob kasalligi rivojlanmasligi uchun zardoblar mumkin qadar 
ortiqcha oqsillardan tozalanib, organizmga kiritilishidan 1-1,5 soat oldin 
56º C qizdirilgan bo‗lishi lozim. Yuqorida ko‗rsatilgan allergik 
reaksiyalarning uchta turi tezkor giperta‘sirchanlik reaksiyasiga hos, 
chunki bunda sensibillangan organizmga ikkinchi marta allergen 
tushganda antitelolar juda tez hosil bo‗lib, o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi.
Allergik 
reaksiyalarning 
IV 
turi 
– hujayraviy, sustkor 
giperta‘sirchanlik reaksiyasiga xos. Bu reaksiyaning asosini hujayraviy 
immune zardob tashkil qiladi. Hujayra turidagi allergiya ko‗pgina 
kasallik (sil, bruselloz, zahm, tulyaremiya, mikoz va boshqalar ) da 
rivojlanadi. Sensibillangan organizmda hosil bo‗lgan T-limfositlar uzoq 
vaqtgacha saqlanib qoladi. Organizmga antigen qayta tushganida T-
limfositlar faollashib, T- effektorlatga aylanadi va hujayra mediatorlari 
(limfokinlar)ni ishlab chiqaradi. Limfokinlar boshqa limfosit va 
makrofaglarni faollashtiradi. Bundan tashqari, limfositlar har xil 
―nishon‖ hujayralarni shikastlantiruvchi sitotoksinlar ham ishlab 
chiqaradi.
Shunday qilib, sustkor giperta‘sirchanlik reaksiyalarida limfokin 
sintez qiluvchi T-Effektorlar, monokin ishlab chiqaruvchi makrofaglar 
va ―nishon‖ hujayrani o‗ldiruvchi T- killerlar qatnashadi. Pirke va 
Mantu teri sinamalari hujayra turdagi allergik reaksiyalrga misol bo‗ladi. 
Allergen kiritilgan joyda sensibilizatsiya darajasiga qarab mononuklear 
infiltrat hosil bo‗ladi va 12-48 soat ichida belgilari (qizarish, shish, 
og‗riq) ko‗zga tashlanadi. Sustkor giperta‘sirchanlik reaksiyalri bir 
necha turga bo‗linadi:


235 
1) eruvchan oqsillarga qarshi rivojlanadigan allergiya; 2) tuberkulin 
yoki infeksiyaga qarshi allergiya; 3) aloqadan so‗ng rivojlanadigan teri 
allergiyasi; 4) autoallergik reaksiyalar; 5) to‗qima va Allergiy a‘zolarni 
ko‗chirib o‗tkazishda rivojlanadigan allergik reaksiyalar. 
Allergik reaksiyalarning organizmga salbiy ta‘siri bilan bir qatorda 
ijobiy tomonlari ham bor. Masalan, silga qarshi emlanganda, 
organizmning reaktivligi oshib, qo‗zg‗atuvchini ma‘lum bir o‗choqda 
ushlab turuvchi yallig‗lanish jarayoni rivojlanadi, natijada granulema 
hosil bo‗ladi. Bundan tashqari, allergik reaksiyalar yordamida organizm 
nafaqat patogen mikroorganizmlardan, balki ularning ekzotoksinlaridan 
ham himoyalanadi, bunda yallig‗langan to‗qima hujayralari zaharlarni 
o‗ziga biriktirib oladi. 
Allergik reaksiyalarning laboratoriya diagnostikasi ularning 
mexanizmlaridan kelib chiqqan holda olib boriladi. Anafilaktik turdagi 
reaksiyalarda standart allergenlar bilan teri – allergik sinamalari 
qo‗yiladi. Allergen kiritilgan joy 20-30 minut ichida qizarib, u yerda 
shish hosil bo‗ladi. I tur reaksiyalarda IgE lar, II tur allerdik reak-
siyalarda qon zardobida eritrosit, leykosit va trombositlarga qarshi 
antitelolar, III tur reaksiyalarda qonda aylanib yuradigan immune 
birikmalar aniqlanadi. IV tur reaksiyalarda taxmin qilingan allergen 
bilan teri- allergik sinamalari qo‗yiladi. 
Allergik kasalliklarni davolashda quyidagi usullar qo‗llaniladi: 1) 
ekzogen allergen bilan aloqada bo‗lmaslik yoki tanovul qilmaslik; 2) 
gistaminga qarshi dorilar (dimadrol, suprastin, tavegil, diazolin, 
ketotifen va boshqalarni) ni qo‗llash; 3) yallig‗lanishga qarshi dorilar 
(indometasin, ibuprofen, butadion va boshqalar); 4) immunomodulyator-
larni qo‗llash; 5) semiz hujayralarni barqaror qiluvchi dorilar (izopre-
nalin, geparin, salisilat, kortikosteroidlar va boshqalar)ni qo‗llash; 6) 
immun birikmalarni kamaytirish (immunosorbsiya, plazmaforez, kom-
plement faolligini susaytirish); 7) Bezredko usuli yordamida desen-
sibilizatsiya yoki giposensibilizatsiya o‗tkazish: bunda organizmga oz 
miqdorda bo‗lib-bo‗lib allergen ma‘lum bir vaqtgacha kiritib turiladi. Bu 
allergenlar qondagi antitelolarni o‗ziga biriktirib oladi yoki bir valentli 
antitelolar hosil qiladi, natijada ko‗pretsipitatsiya reaksiyasi miqdorda 
biologik faol moddalarni ishlab chiqarish mumkin bo‗lmay qoladi.

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish