K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

VIII. Organizmni immun tizimi holatini baholash.
Zamonaviy tibbiy 
immunologiya immun tizimning funksional faolligini aniqlaydigan 
usullar to‗plamiga ega. Immunologik ko‗rsatkichlarni tekshirish R. V. 


236 
Petrov tomonidan 1984-yili ishlab chiqilgan ―odam immun holatini 
baholash‖ nomli uslubiy tavsiyanomaga asosan o‗tkaziladi. Baholash 
usullari ikki darajaga bo‗lingan. Birinchi daraja usullarida immunitet 
holati taxminiy baholanadi. Agar bunda o‗zgarishlar topilsa, immune 
tizimdagi nuqsonni chuqur va to‗liq aniqlash uchun ikkinchi daraja 
usullari qo‗yiladi. 
 IX. Birinchi daraja immunologik usullar.
Taxminiy, birinchi daraja 
immunologik usullarga quyidagilar kiradi (natijalar 1-2 kunda olinadi); 
1)
sirtqi (kapillyar) qondagi leykosit va limfositlarning umumiy va 
nisbiy miqdorini aniqlash; 
2)
E-, EA- va EAC – rozetka hosil qilish usullari yordamida T- va 
B- limfositlarning umumiy va nisbiy miqdorini aniqlash; 
3)
zardobdagi asosiy immunoglobulinlar (IgM, IgG, IgA) 
miqdorini immunodiffuziya va immunoelektroforez usullari yordamida 
aniqlash (Ouxterloni va Manchini usullari); 
4)
leykositlarning fagositar faolligini opsonin – fagositar reaksiyasi 
yordamida o‗rganish. 
X. Ikkinchi daraja immunologik usullar.
Ikkinchi daraja 
immunologik usullarga quyidagilar kiradi (natijalar 3-7 kundan so‗ng 
bilinadi);
1)
T-limfositlarning immunitetni nazorat qiluvchi subpopulyat-
siyalari miqdorini aniqlash (T-xelper, T-supressorlar); 
2)
leykositlarning siljishini tormozlash usuli yordamida bu 
hujayralarning xemotoksik faolligini aniqlash; 
3)
mitogenlar yordamida immun nazorat hujayralarining funksio-
nal holatini aniqlash; 
4)
tuberkulin, zamburug‗ antigenlari va allergenlar yordamida, 
tezkor va sustkor giperta‘sirchanlik reaksiyalarini o‗rganish uchun terida 
allergik sinamalarni qo‗yish; 
5)
blasttransformatsiyasi reaksiyasi yordamida T- va B- limfosit-
larning mitogen, antigen va allogen hujayralarga qarshi proliferativ 
faolligini aniqlash; 
6)
tashqi membranasida har xil immunoglobulinlar tutuvchi B- 
limfositlarni aniqlash; 
7)
in vitro B-limfositlar kulturasida immunoglobulinlar sintezini 
baholash; 
8)
killer limfositlar (Komplement- va NK- hujayralar) faolligini 
o‗rganish; 


237 
9)
immun tizim hujayralarining asosiy mediatorlari sintez qilishini 
aniqalsh; 
10)
immune birikmalarni aniqlash; 
11)
komplementning har xil komponentlarini aniqlash; 
12)
fagositar bosqichlarini va fagositlarning reseptor apparatini 
o‗rganish; 
13)
bilvosita rozetka hosil qilish usuli yordamida antigen bog‗lovchi 
limfositlarni aniqlash; 
14)
boshqa mahsus reaksiyalar.
Jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan immun 
holatni baholashning tekshirish usullari (2000 yil). 
XI. Immunokimyoviy tekshirish usullari: 
1)
immunoglobulinlarning sifat va miqdorini baholash; 
2)
immune birikmalarni aniqlash; 
3)
sitokin va ularning uruvchan reseptorlarini aniqlash; 
4)
effektor hujayralar va yallig‗lanish reaksiyalarining mahsulot-
larini aniqlash; 
5)
komplement komponentlarini aniqlash; 
6)
o‗tkir bosqich oqsillarini aniqlash; 
7)
boshqa oqsillar, masalan, β- mikroglobulinni aniqlash. 
XII. Hujayraviy tekshirish usullari: 
1)
limfosit subpopulyatsiyalari va ularning funksional holatini 
belgilab beradigan fenotipik markerlarni aniqlash; 
2)
limfoid hujayralar klonlarini aniqlash; 
3)
in vitro
usulida limfositlarning proliferatsiya qilish va 
immunoglobulinlar ishlab chiqarish faolligini aniqlash; 
4)
limfosit va boshqa effektor hujayralarning sitotoksik ta‘sir 
ko‗rsata olish hususiyatini aniqlash; 
5)
makrofag va neytrofillarning funksional faolligini aniqlash; 
6)
semiz hujayralar, bazofil va eozinafillarning funksional faolligi-
ni aniqlash. 
Ko‗pgina usullar sezgirligi past, uzoq vaqt davom etadi, shuning 
uchun ularning ba‘zilari rivojlanib borayotgan tibbiy immunologiya 
talablariga javob bermaydi. Immun holatni baholashdagi rivojlanishni 5 
bosqichga bo‗lish mumkin (L. V. Kovalchuk bo‗yicha): 
XIII. Immun holatini baholashdagi rivojlanish bosqichlari. 
1.
Boshlang‗ich bosqich (1940–1970 yillar) –asosan yuqumli 
kasallik qo‗zg‗atuvchilariga qarshi immunitet to‗g‗risidagi ma‘lumotlar 


238 
yig‗ildi. Bu bosqichda fagositoz, maxsus antitelolar miqdori komp-
lement, lizotsim, teri va shilliq qavatlarining bakterisid faolligi, umumiy 
immunologik reaktivlik kabilarni aniqlash usullari amaliyotga kiritildi. 
2.
Emperik bosqich (1970-1990-yillar) – immune tizimi, uning 
asosiy komponentlarining tuzilishi va funksional faoliyati to‗g‗risidagi 
ta‘limot yaratildi. Immun holatni ikki bosqichda tekshirish usullari 
tibbiyotga tadbiq etildi. 
3.
Patogenetik bosqich (XX asrning 90-yillari) – immune 
omillarning antigenlarni tanishi, immunokompetent hujayralarning 
faollashishi, proliferatsiyasi, differensiatsiyasi va immune javob 
jarayonlarini nazorat qilish mexanizmlari o‗rganildi. 
4.
Etiologik bosqich (XXI asr, taxminan 2000 – 2010-yillar) – 
immune tizimdagi tanib oluvchi mexanizmlar buzilishlarini aniqlash va 
bu holatlarni miqdoriy jihatdan baholashga asoslangan usullar yaratish. 
Modomiki, immune tizimning asosiy vazifasi ―o‗zinikini‖ ―begonadan‖ 
ajratib tanib olish ekan, ko‗pgina yuqumli kasalliklar va o‗smalar 
diagnostikasi, ularni davolash masalalarini etiologik asosini to‗g‗ri 
baholash katta ahamiyatga ega. Buning uchun T-hujayra reseptorlarini 
kasalxona sharoitlarida aniqlash usullarini ishlab chiqish lozim. 
5.
Gen bosqichi (XXI asr, taxminan 2000 – 2010-yillar), bunda har 
qanday antigenga qarshi rivojlanadigan immune javobning kuchini 
nazorat qiluvchi genlar, immunoglobulinlar, limfosit reseptorlari va 
immune tizim mediatorlari sinteziga javob beruvchi genlarni aniqlash 
usullarini yaratish lozim. Bu immunoterapiya va immunoprafilaktikada 
odamning buzilgan immunologik genomi reparatsiyasiga qaratilgan 
miqdor mutlaqo yangi yondashishlarni ishlab chiqishga asos bo‗ladi.

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish