TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
insonning aql-idrok kuchiga ishonch ruhi ulug‘lanib, insoniyat naslini kamsituvchilarga qarshi
kurashchanlik keskin qoralanadi
1
.
Ayni paytda lirik qahramon o‘zining cheksiz vatanparvarligini ham namoyon eta olgan.
Shu tuproq, shu zamin vatani ekanligidan iftixor tuygan lirik
“men
” u dunyoviy pozitsiyadan
turib shu vatan bilan bog‘liqligidan faxrlanadi. Anglashiladiki, shoir har bir inson o‘zi tug‘ilib
o‘sgan, yashayotgan ona yurtiga millatdoshlariga, cheksiz
hurmat va muhabbat bilan
munosabatda bo‘lsagina, o‘zga millat vakillarini ham ehtirom bilan e’zozlaydi.
Umuminsoniylikka yo‘l milliylik orqali kechadi,– degan fikrlarni falsafiy-estetik jihatdan
umumlashtira
olgan.
Umuman,
mazkur
she’r
badiiy
mukammalligi,
falsafiy
umumlashmalarga boyligi, insonparvarlik pafosini yuksak darajada aks ettira olgani bilan
alohida e’tiborga molikdir
2
.
Darhaqiqat, G‘afur G‘ulomning she’riy tafakkur ufqlari
“millionlarning baxtiga
payvand”.
Shu bois uning lirik qahramoni jahonning “
bir qatra simobday qalqib, titrab”
turishi, dunyodagiqaysiki erksevarxalqning qadimiy madaniyatiga va tarixiga dahl qilinishi,
o‘zligi va milliyligining toptalishini eshitganida g‘azabini bosa olmaydi. O‘zini qondosh,
qarindosh,
“milliard sonli yengilmas muazzam Sharq”
o‘g‘loni deb bilib, tajovuzkorlarga
keskin qarshi turadi, nafratini ifoda etadi. Akademik B.Nazarov ta’kidlaganidek, “...
G‘afur
G‘ulom XX asrning eng muhim muammolarini aks ettirish deb, faqat ulkan ijtimoiy, tarixiy,
siyosiy hodisalarnigina badiiy muhrlashni tushunmadi. U eng avvalo, ana shu hodisalar
silsilasida yashayotgan inson qalbini, ularga munosabatdagi inson ruhini aks ettirishni
shoirning asosiy vazifasi deb bildi”
3
Demak, shoir ijodiy merosida ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning
inson ruhiyatiga, qalbiga ko‘rsatgan ta’sirini yoritishga alohida ahamiyat bilan qaralgan.
Shoirning
“Pol Robsonga”, “Ona qizim Jamilaga” “Tinchlik minbaridan”, “Biz tinchlik
istaymiz”, “Sharq tinchlik istaydi” “Anor”, “Livan omon bo‘ladi”
va boshqa qator she’rlari
fikrlarimizning nechog‘lik to‘g‘ri ekanligini tasdiqlaydi.Muhimi shundaki, bunday she’rlarda
G‘afur G‘ulom she’riyatiga xos bo‘lgan optimistik pafos ifodasiustuvorlik qiladi. Dunyoning
istagan burchagidagi g‘ayriinsoniy harakatlardan jabr chekayotgan
bani inson bolasining
dard-iztirobi, qayg‘u-hasrati hissiy idrok etiladi. Shoir ularga o‘zini darddosh va maslakdosh
deb biladi.
G‘afur G‘ulom “
Tinchlik nashidasi
” nomli she’rida shunday yozadi:
Kishilar istaydiki, yer yuzida barcha xalq
O‘z erki, huquqida, umr ko‘rsin poydor.
Har kimning o‘z mehnati, o‘z vatan,o‘z xohishi
Jahoniy orzularin davom etsin beozor
4
.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda dunyoda yangi urush xavfipaydo bo‘ladi vaXX
asrning 50-yillarida tinchlik masalasi asosiy muammolardan biriga aylanadi. O‘z davri
muammolariga sergaklik bilan munosabat bildirib borgan G‘afur G‘ulom tinchlik mavzusida
o‘nlab she’rlar yaratgan. Yuqoridagi she’r ham xalqaro tinchlik mavzusiga bag‘ishlangan
bo‘lib, shoir bu masala bilan bog‘liq holda milliy erk, ozodlik haqidagi qarashlarini ham
ifodalashga erishadi. Yer yuzidagi barcha xalqlarningorzu-istaklariga
quloq tutgan shoir
1
Mamajonov S. Shoir dunyosi.-T.: 1974. – B. 34
2
Matyoqubova T. G‘afur G‘ulom badiiyati. – T.: Fan va texnologiya, 2006. – B. 53
3
Nazarov B. G‘afur G‘ulom olami. - T.: Fan, 2004. – B.54
4
G‘afur G‘ulom. Mukammal asarlar to‘plami. 12 tomlik. T.3. -T.: Fan, 1984. – B.221
254
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5
ularning o‘z erki, o‘z huquqi, o‘z mehnati bilanvatanida poydor umr ko‘rish xohish-
istagi,orzu-tilagi mavjudligi, inson xohish-istagiga daxl qilmaslikka chorlar ekan,
jahoniy
mohiyatga ega bo‘lgan xalqlar istak-irodasiga ozor yetkazishni keskin qoralaydi. Bu fikrni
barcha xalqlar istagining ifodachisi tarzida talqin etadi.
Yunon faylasufi Aristotel “Poetika” asarida poeziya asosida hayot turishini ta’kidlab:
“... yo qanday bo‘lganligini va qandayligini, yo qanday aytilgan va qanday tuyulganligini, yo
qanday bo‘lishi kerakligini tasvirlash kerak bo‘ladi”
1
, - degan edi. Shu nuqtayi nazardan
yuqoridagi satrlarga yondashadigan bo‘lsak, shoirdunyo xalqlarining tinch-osuda yashashlari
dargumon bo‘lgan bir sharoitda har bir xalqning o‘z vatani, erki, huquqi bo‘lishini orzu qiladi.
Ularning xohish-istagi, orzu-niyatlari, jahoniy intilishlariga hech qanday to‘siq bo‘lmasligini
istaydi. Binobarin, G‘afur G‘ulom insoniyatning o‘z vatanida erkin, ozod yashashi bilan bog‘liq
poetik umumlashmalarida yurtdoshlari dardlarini ham teran tuygan, zamonlarni o‘zaro
mantiqiy hamda hissiy tutashtirish orqalishoirona romantika qanotlarida ifoda eta olgan edi.
Ko‘rinadiki, shoirning “gap tagida gap, kosa tagida nimkosa” qo‘yib so‘zlash uslubiga
diqqat qaratish uning qalbi va ruhiyatidagi psixik jarayonlarni kuzatish, ong osti qatlamida
pinhon fikr-qarashlari, tuyg‘u-kechinmalarini anglash imkonini beradi. Zero, Z.Freyd ta’biri
bilan aytganda: “Insonning qalbi uning faoliyatida o‘ziga xos senzor” vazifasini o‘taydi. Shu
ma’noda shoiro‘z davri aytishga imkon bermagan, lekin ichki “men”i anglab yetgan, millat
istiqboli uchun o‘ta muhim va zarur deb bilgan haqiqatlarini “yo‘lini topib” ong ostidan ong
sohasiga chiqarib ifodalay olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: