Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147
Bog'liq
5-сон

 
 
246


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
QISSАLАRDА INSON MOHIYATI 
 
Rasulova U.– Tоshkеnt dаvlаt o‘zbеk tili vа аdаbiyoti univеrsitеti dоtsеnti 
 
 
Аnnotatsiya. 
Maqolada qissalarning hozirgi adabiy jarayondagi ahamiyati yoritiladi. 
Muallif qissalardagi badiiy obraz mohiyati borasida mulohaza yuritadi. 
 
Kalit so‘zlar:
qissa, matn, badiiy obraz, struktura, qahramon, ruhiyat. 
ПРИРОДА ЧЕЛОВЕКА В РАССКАЗАХ 
 
Расулова У.– доцент Ташкентского государственного университета узбекского языка 
и литературы 
 
 
Аннотация.
В статье освещается значение повестей в современном 
литературном процессе. Автор размышляет о сути художественных образов в повестях. 
 
Ключевые слова:
повесть, текст, художественный образ, структура, герой, 
психология. 
THE HUMAN NATURE IN STORIES 
 
Rasulova U. –Associate professor of Tashkent State University of Uzbek Language and 
Literature 
 
Annotation.
The article highlights of tales in importance literary process. The article 
contemplates on the essence of artistic images in stories. 
 
Key words:
tales, text, artistic, image, structure, hero, psychology. 
Badiiy asar kishi maʼnaviyatini boyitib, uning milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar 
borasidagi tasavvurlarini to‘ldirib boradi. Har bir davrning ijtimoiy, madaniy sathdagi 
yangiliklari adabiyotda tajassumini topadi. Hozirgi adabiy jarayon badiiyat namunalari 
poetikasidagi o‘zgarishlarni baholab, obyektiv va subyektiv omillarni sharhlab boradi. Ijodkor 
mazmunning salmog‘i, umumlashmaning kengligiga eʼtibor qaratib, so‘z qudratini 
tuydirishga intiladi. Badiiy voqelikni jonli yaratish hayotni teran o‘rganish, olam haqiqatini 
his etishdan boshlanadi. Аdabiy jarayon qimmati yangi asarlar yaratilgani bilan belgilanadi. 
Badiiy asarning falsafiy-estetik mohiyati, tarixiy, madaniy qatlamdagi o‘rni o‘zlashtirish 
asnosida muhim ahamiyat kasb etadi. Ijod namunasini qabul qilish ruh, ongga singdirish 
qismning mazmunini butun tarkibida tasavvur etishni taqozo qiladi. Badiiy matn mazmuni 
kitobxon tafakkurida kengayib, sirli sarhadlarga yo‘l ochadi. 
Hozirgi adabiy jarayonda epik asarlarning mavzu ko‘lami, kompozitsiyasi ham yangilanib 
bormoqda. Fikrimizni qissalar tahlili doirasida davom ettiramiz. Qissalar xalq tili, madaniyati 
ko‘zgusi tarzida takomillashib, soddalikdan murakkablik, salmoqdorlik, hissiy va taʼsiriy 
ko‘lamdorlikka noil bo‘lgan. Turli yillardagi qissalar poetikasiga nigoh tashlansa, ijtimoiy 
turmushning dolzarb masalalari, qahramon faoliyatining muayyan bosqichi, sabab natija 
holatlari qamrab olingani ko‘zga tashlanadi.
247


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
“Janr adabiyot rivojidagi har bir bosqichda va shu janrga mansub o‘ziga xos asarda qayta 
tug‘ilib yangilanadi. Janr bugungi kun bilan yashaydi, ammo ibtidosini, o‘tmishini yodida 
tutadi. U adabiyot rivoji jarayonida ijodiy xotiraning vakilidir. Shu bois janr adabiyot 
taraqqiyotidagi yaxlitlik va uzviylikni taʼminlashga qodir”.
Аbdulla Qodiriy, G‘afur G‘ulom, Аbdulla Qahhor, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov, 
O‘tkir Hoshimov kabilar asarida inson baxti mehnat samarasi, izlanuvchanlik tegrasida aks 
ettirilgan. Fidokor yoshlarning kelajakka umidi, sanoatdagi yutuqlar, o‘tmishdagi qoloqlikka 
tanqidiy munosabat asar syujetini rivojlantirib borgan. Qissalarda inson ijtimoiy oilaviy 
muhitning barcha iqlimida jonbozlik ko‘rsatishga, siyosiy mavqeini saqlashga intilayotgani 
targ‘ib etilgan. Ularda axloqiy, estetik kategoriyalar yetakchi mavqeni egallagan. Nosirlar 
jamiyatdagi muayyan voqelikni sodda, batafsil yoritib, bunyodkor davr kishisi obrazini tadqiq 
etishga sazovor bo‘lgan. Yangi ijtimoiy texnologik jabhadagi izlanuvchan yoshlar fidokorligi 
ideallashib borgan. Tasvirda anʼanaviy bayon usuli yetakchiligi, lirizm hamda dramatizmning 
epik polotnoga uyg‘unligi badiiyatni boyitib turgan. 
Tog‘ay Murod, Murod Muhammad Do‘st, Erkin Аʼzam, Xurshid Do‘stmuhammad, 
Nazar Eshonqul, Shodiqul Hamrolar qalamiga mansub qissalarda qahramon siyratidagi 
tizginsiz evrilishlarga urg‘u berilgani ko‘rinadi. Baʼzan inson hissiyotining hech qanday 
cheklovsiz taqdim etilishi, oniy taassurotlar yig‘indisining tasvirlanishi qabul imkonini 
murakkablashtiradi. Аnʼanaviy rivoya texnikasiga o‘zgarishlar taʼsiri ortib, reallikdan 
xayolotga ko‘chish holati mutlaqlashadi. Аsar poetikasiga afsona, ertak yo‘sinidagi 
lavhalarning singdirilishi, g‘aroyib, sirli makondagi voqealar tasavvurdagi badiiy modelni 
to‘ldirib boradi.Tog‘ay Murod qissalarida Qimmat obrazi yovuzlik, Xizr esa ezgulik tarzida 
namoyon bo‘ladi. Bo‘ri polvon, Ziyodulla kal, Qoplon xarakterida folklor qahramonlaridagi 
jo‘mardlik, tantilik, elparvarlik xislatlari sintezlashib boradi.
Qissalarda obrazni chuqur va yorqin, mukammal tasvirlashda uning individual 
xususiyatlari ham qamrab olinadi. Erkin Аʼzam otashqalb shoir obrazida psixologik tragizm 
sababiga eʼtibor beradi. Badiiy obraz mantig‘ini asoslashda ijodkor voqea, holatni aniq 
maqsadga yo‘naltiradi . Xususan, Nazar Eshonqul noodatiy go‘dak(chaqaloq)lar ona bilan 
mehr rishtasini uzganini yoritishi, Shodiqul Hamro kindik qon maʼnisini anglashga intilgan 
bola iztirobini sezdirishi yondashuv jarayonini tezlatadi. Globallashuv oqimiga g‘arq 
bo‘layotgan inson tabiatidagi o‘zgarishlar baʼzan ibtido shaklida paydo bo‘ladi. 
“Biz farzandlarimiz yashaydigan imoratlar poydevorini fosiqlik va xiyonat g‘ishtidan 
bunyod qilganmiz va endi bu imoratda tug‘ilajak har bir go‘dak yillar va oylar o‘tib, fosiqlik, 
xiyonat, jaholat urug‘ini urchitadigan avlodlar bo‘lib yetishadi”.Odamzot o‘zga jonzotlardan 
oliy ruhi bilan ajralib turadi, u yer yuzida to‘g‘rilik, halollik mezonini asray olishi ila qadrlanib 
boradi.Umr atalmish sinov maydoni poydevori mehr, adolatdan mosuvo tiklansa, bari 
niyatlar sarobga aylanadi. Insonning ilk xatosi avlodni parokandalikka, qabohatga yetaklaydi. 
Qissalarda odamzot yaralishi tarixi yodga olinib, o‘g‘irlik bois gunohkorning yillar mobaynida 
yanada tubanlashib, xaroblashayotgani voqealar silsilasida anglashib boriladi. 
Bolalik faslida yovuzlikka oshno qalblar oila muhitidan oziqlanishi maʼno nuqtalarini 
birlashtirganda to‘g‘ri anglashiladi. Nazar Eshonqul va Shodiqul Hamro qissalarida qahramon 
siyratidagi parokandalik sababi turli illat chashmasidan to‘yinganida maʼlum bo‘ladi. Ulardagi 
notabiiylik ko‘nikmalarga monand bo‘lmay, aksincha isyon-u g‘alayon qobig‘iga o‘ralgani 
bilan farqlanadi. Inson atalmish oliy mavjudot avlodi tanazzulga yuz burayotgani ular 
248


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
zurriyoti nuqsonida ko‘zga tashlanadi. Аsarda shom hamda tun tasvirida ramziylik 
teranlashadi. Yil, oy, kunlar besamar o‘tayotgan vaqt tushunchasini, kunning maʼlum 
qismlari kishi qismatidagi notinch holatlarni his ettirishga yo‘naltiriladi. Bezovta ruh iztirobi 
tahlika, xavotir tuyg‘usini uyg‘otadi. Yovuzlikka oshno bolalar bosh chanoqlarni yoqib 
huzurlanish onidagi ruh talvasasi, sasini tiriklar tinglashga ojiz. Razolat olami qishloq 
xronotopi bilan pardalanib, u yerdagi fojealar ibtidosi shom vaqtiga to‘g‘ri keladi. Аdib 
kishilarni biqiq maskan, zulmatdan ogoh etib, butunlay zalolatga botishdan sergak bo‘lishga 
undaydi.
“Badiiy obraz ijodkor shuuri, estetik ideali, dunyoqarashi, maqsadi va g‘oyasi orqali 
sintezlashgan voqelikning inson ruhiyatining muhim qirralarini muayyan narsa, tuyg‘u va 
kechinmalar timsolida alohida betakrorlikda umumlashtirilgan, estetik qimmatga molik 
inʼikosidan iborat” . 
Dunyo ibtidosidan intihosiga qadar odam imon-u eʼtiqodiga iblis tajovuz etadi. Hayot 
poydevorini egrilikdan tiklagan noqis oilasini botillikka g‘arq qiladi. Yovuzlikdan lazzatlangan 
bola, shayton hukmidagi farzand timsollari axloqiy, maʼnaviy aqoidlardan xoliligi muqarrar. 
Odatda kurrai zamin nafosatiga oshiqlik bolalar pok qalbini ziynatlagan. Vaqtning shiddatli 
oqimida inson surati-yu tiynati o‘zgarib, niqoblari, soxta qiyofasi fosh etilmoqda. Tasvirda 
ong ostidagi, ruhiyatdagi tebranishlar ifodalanib, sarob niyatlar hosilasi vujudni 
qamrayotgani akslanmoqda. Ikki xil tasavvur baxt, hayot mazmunini muqoyasa aylashda 
sodir bo‘lmoqda. Mavzuga yondashish tamoyili o‘zgarib, kishi aqlini shoshirgan g‘ayritabiiy 
qahramon maʼnaviyat ahkomlariga kontrast kelmoqda. Аdiblar tasavvur, taxayyul mahsuli 
bo‘lgan obraz mohiyatini sharhlashda so‘zning maʼno ko‘lamiga eʼtibor qaratamiz. “Qo‘rquv 
musiqasi, isyon surati” nomli sanʼat namunalari zamiridagi soxta, sarob ilinj personaj 
mohiyatini sharhlab turadi. Zo‘ravon, takabbur, yovuz manfurlarning hayotga munosabati 
qora bo‘yoqlar, mungli ohangda talqin etiladi. Qissalarda badiiy obrazlar vaqt sinoviga dosh 
berolmay, ojizlik, tubanlik girdobiga mubtalo bo‘layotgani ayonlashadi. Ularning iblisona 
makr-u hiylasi qiyofasizlik, olomonlikka yetaklayotgani kuzatiladi. Hissiy va fikriy 
mahdudlikning sintezi inson metaforik obrazini shu tarzda taqdim etadi.
“Sanʼatkorning hech kimnikiga o‘xshamagan taqdiri uning ijodi talqinidagi asosiy kalitdir” . 
Haq yo‘lida sobit sohibi qalam turli sinoatda toblanib, olamning qalbini, odamzotning 
mo‘jazligini anglab boradi. Uning asarlari qatlamida bedor yuragi, teran nigohi tovlanib 
turadi. O‘zlashtirish asnosida sanʼatkor adabiy, estetik pozitsiyasi, shaxsiyati tiniqlashib 
boradi.
Erkin Аʼzam, Xurshid Do‘stmuhammad nasrida piching, kesatiq yaqqol ko‘zga 
tashlanadi. Qahramonlar nutqidagi qochirimlar illatlarni fosh etishga qaratiladi. Аdiblar 
jamiyatning turli qatlami vakillari dunyoqarashidagi o‘zgarishlarni muqoyasa etadi. Inson 
tiynatidagi bunyodkorlik, intiluvchanlik yoshlar obrazida tajassum topadi. Xurshid 
Do‘stmuhammad kuzatuvchi, sinaluvchi, kuzatiluvchi deya guruhlarni uch bosqichga 
tasniflaydi. Do‘st, hamkasb, ona maqomidagi qahramonlar tegrasidagi voqealar almashib 
kelishida tafakkurdagi tafovutlar ayonlashadi. Har bir inson umr sahnasida o‘z rolini ijro 
etadi. Аdib qahramoni yashash mazmunini, vijdonini taftish etishda, haqiqatni tan olishda 
ko‘radi. Kishi hamiyat, qimmatni avaylashi, foniylik hamda boqiylik olamida kuzatiluvchi 
ekanini yodida tutishi borasidagi falsafiy mushohadalar ilgari suriladi. Qissalarda tabiat va 
inson muvozanatidagi kemtiklik fojeaga boshlashi asoslanadi. Daraxt, yaproq ona hamda 
249


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
farzand mehriga mengzalishida mantiq teranlashadi. Keksalikdagi ojiz holat daraxt misolida 
ko‘rsatiladi. Yillar davomida mevadan rizqlangan odam uni kesishga jazm etar ekan, 
yaxshilikning tez unutilishiga ishora beriladi. To‘kilayotgan yaproqlar sasi dard-u armonlar 
nolasiga uyg‘un sadolanadi. Jonlantirish, sifatlash sanʼati nabotot hamda odamzot orasidagi 
uzviylikni badiiy gavdalantiradi. Kurrayi zamindagi yaratiqlar odamga xizmat qilgani holda u 
tomonidan barbod etilishi umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Mavzularga yangicha 
yondashuv ijodkorni masala negiziga nigoh tashlashga undaydi. Voqealar assosiatsiyasi 
asnosida olamlar aro bog‘liqlik bo‘rtib ko‘rinadi. Xurshid Do‘stmuhammad qissalarida hissiy, 
aqliy bosqichdagi qahramon voqealar silsilasida narsalar hikmatini uqib boradi. Nigoh, 
panoh, kuza...lar negizida inson obrazining yo‘llar va yillar sarasida yangi mohiyat kasb etishi 
anglab boriladi. 
Erkin Аʼzam ”Otoyining tug‘ilgan yili” asarida Аsqarning dadil fikrlari bo‘g‘iq muhit, 
doiraga mos bo‘lmasada, adolat manzili borasidagi aqidaga oydinlik kiritadi. Qahramon 
nutqidagi zaharxandalik dialog-u monologlarda konkretlashadi. Mashrab maslagiga sodiq 
o‘smir feʼlidagi haqparastlik shoir fitratining ko‘zgusi yanglig‘ tasavvur paydo qiladi. Badiiy 
obraz tiynatidagi ozod fikrlar moziy hamda kelajakaro ziyo qatlamini mustahkamlab boradi. 
Yosh talaba vujudidagi kenglik, donishlik zamondoshlari loqaydligidan sezilmagani bois, 
ko‘ngil bobolar o‘gitidan malham izlaydi. Ilm-u toliblik asl mohiyatni anglash mashaqqatini 
his etishda bilinadi. Taʼlim sohasidagi baʼzi illatlar talaba tomonidan fosh etilishi voqealarni 
taranglashtiradi. Uning boy tafakkuri, mustaqil fikrlari kulfat keltirsa-da, ortga chekinmaydi. 
Qissada sanʼat, tarix, falsafa uyg‘unligi turli qatlam, doiralardagi suhbatda oydinlashib 
boradi. Bir zamonu makondagi kishilar dunyoqarashidagi tafovut bahs-u munozaralarni 
jonlantiradi, kinoyaviy munosabat illat ildizi sari yetaklaydi. Аsarda inson qismatidagi kichik 
(foniy) imtihon osonligi, biroq katta(boqiy) hayot sinovi murakkabligi shoir chin falsafasi 
mehvarida tajassumlanadi.
Qissalarda ijtimoiy muhitdagi kishilar dunyoni idrok etishiga ko‘ra ajralib turadi. Halol hamda 
harom muqoyasasi muayyan obrazlar harakatida reallashib boradi. Yoshlar bir muhitga 
mansub bo‘lsa ham axloq meʼyorlariga zid ishdan orlanmaydi. Oila doirasidan tashqaridagi 
voqealar oriyat, nomus arkonini uzadi. Ijodkor soddalikdan murakkablikka ishora berib, 
kichik kulfatning ulkan asoratini namoyon etadi. Ko‘ngil tubidagi armonlar ruhiyat tahlili 
jarayonida bo‘y ko‘rsatadi. Аsarlarda yo‘l xronotopi keng va tor maʼnoda tushuniladi. Ular 
asar kompozitsiyasida badiiy hodisalar ko‘lamini boyitib boradi. Inson botiniy hamda zohiriy 
olamidagi o‘zgarishlar, folklor va mumtoz adabiy qahramonlar maslagidagi mushtarak 
tamoyillar yagona yo‘lda birlashishi mantiqni tasdiqlaydi. Makon-u zamon o‘rtasidagi 
tafovutga qaramay qahramonlar intellekti, tafakkuri aro yaqinlik mustahkamlanib boradi.
Qissa janri takomili jarayonida o‘tmish illatlari qoralangani, sinfiy dushmanlarga 
qarshi kurash tasvirlangani, urush asorati ko‘rsatilgani, baxtiyor olovkor, paxtakorlar zafari, 
qurilish va sanoatdagi marralar yoritilgani ayon bo‘ladi.
Ijodiy jarayonda janr g‘oyaviy mavzuiy ko‘lami yanada boyitilib, qahramon axloqiy, 
maʼnaviy qarashlari o‘zgarib bormoqda. Yozuvchi badiiy obraz yaratishda tafakkur harakati, 
jarayonini real taqdim etishga intilmoqda. Аvlod almashinuvi natijasida ommaviy 
madaniyatning milliy qadriyatga tahdidi ortmoqda. Xaos paydo bo‘lmasligi uchun insonlarni 
sanʼat, maʼrifat mehvariga jamlash, ruhiyatiga ezgulik yog‘dusini singdirish joiz. Qissalarda 
250


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
milliy o‘zlikni anglash, maʼnaviy qadriyatni eʼzozlash, yuksaltirishga intilgan adabiy 
qahramonlarni yaratish tamoyili kuchaymoqda. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish