Issn 2181-9580 toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/147
Sana14.04.2022
Hajmi7,25 Mb.
#549576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Bog'liq
5-сон

Key words:
artwork, reading, national pedagogy, teacher-student relationship, 
education. 
Pedagog olimlarning kuzatishlari maʼnaviy inqirozning bosh sababi tarbiyaga kelib 
taqalishini ko‘rsatdi. Tarbiya bola tug‘ilgandan boshlab oilada, taʼlim maskanlarida amalga 
oshiriladi. Shaxsning shakllanishi ham oiladan boshlanadi. Bolaning xayoli cheksiz, tuyg‘ulari 
nozik va beg‘ubor. Ular kattalardan, o‘z dunyosiga yaqin kishilardan, mehrini qozongan 
odamlardan ibrat olishadi. Farzandlarimizning jamiyatda faol, yaratuvchi shaxs sifatida 
shakllanishlarida badiiy adabiyotning o‘rni va taʼsir qudrati beqiyos. Аdabiyotni anglash – 
hayratdan boshlanadi. Badiiy asarlar o‘quvchini hayratga solsa, adabiy qahramonlar ularning 
ong-u tafakkurini, ko‘nglini zabt etolsa, hayrat, zavq-u shavq uyg‘onadi. Badiiy asarni qo‘liga 
olgan kitobxon notanish orolga tushgan sayyohlardek asar voqealari, qahramonlar taqdiriga 
daxldor barcha tafsilotlar bilan qiziqib, tanisha boradi, yaʼni u ham mashaqqqat chekadi. 
Notanish orol sayyohlari yashash uchun kurashsalar, kitobxonlar badiiy asarni o‘qish 
davomida hayot jumboqlari ichida yashab, asardagi obrazlar bilan birga o‘ylab, fikrlab, ularga 
tuyg‘udoshga aylanadilar. Hayot hodisalari mohiyatini chuqurroq anglab boradilar, hayot 
jumboqlarini yechishga, o‘z hukm-xulosalarini chiqarishga intiladilar.
2


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Boshlang‘ich taʼlim bosqichidagi o‘quvchilarni sarguzasht xarakteridagi ertak, hikoya, 
masal, doston va qissalar zavqlantirsa, o‘smir bolalarni fantastik asarlar yoki hayotiy 
ziddiyatlarga boy, serhayajon manzaralar, muhabbat tuyg‘ulariga hamohang holatlarni 
boshidan kechirgan qahramonlar qiziqtiradi. Keyingi davrlarda esa ularga xos yoshlik 
g‘aroyibotlari o‘rnini hayotga, odamlarga jiddiy munosabat egallab boradi. Аdabiyotga 
bo‘lgan qiziqishlari ham yangi mazmun kasb etadi. O‘qiladigan asarlar mundarijasi o‘zgarib 
boradi. Kitobxonlik madaniyatiga erishgan yoshlar qo‘liga tushgan asarni pala-partish 
o‘qimasdan, o‘z qiziqishiga ko‘ra tanlashni o‘rganadi. Tanlab o‘qishga o‘rgangan o‘quvchida 
kitobxonlik didi shakllanib borayotganligini kuzatamiz.
Kitobxonlikni har kim har xil tushunadi. Birovlar vaqt o‘tkazish uchun kitob o‘qisa, 
boshqa toifa odamlar muayyan mavzudagi asarlarnigina o‘qiydilar. Yana bir toifa odamlar 
o‘zlari alohida mehr qo‘ygan yozuvchi yoki shoirlar asarlarinigina o‘qiydilar. Baʼzilar faqat 
sheʼriy asarlarni tushunib, his qilib o‘qisalar, boshqalarni nasrda bitilgan asarlar ko‘ngliga 
yaqinday. Har qanday holatda ham, kitob mutolaasi orqali insonlar ruhiyatidagi kemtiklarni 
to‘ldirish, maʼnaviy oziqlanishga bo‘lgan ehtiyoj tufayli kitob o‘qiydi. Quddus Muhammadiy 
taʼbiri bilan aytganda, “odam va olam” sirlari bilan yaqindan tanishish, ruhiy “tozarish” 
(Аristotel) kitob mutolaasi orqali yuz beradi. 
“Yangi adabiyot, – degan edi Cho‘lpon “Аdabiyot nadur?” nomli maqolasida, – chin 
maʼnosi ila o‘lgan, so‘ngan, qoralangan, o‘chgan, majruh, yarador ko‘ngilga ruh bermak 
uchun faqat vujudimizga emas, qonlarimizga qadar singishgan qora balchiqlarni 
tozalaydurg‘on, o‘tkur yurak kirlarini yuvadurg‘on toza maʼrifat suvi, xiralashgan 
oynalarimizni yorug‘ va ravshan qiladurg‘on, chang va tuprog‘lar to‘lgan ko‘zlarimizni artub 
tozalaydurg‘on buloq suvi”.
Аdabiyotning “maʼrifat suvi”, “buloq suvi” vazifasini bajarishi badiiy asarlarning ilmiy 
yoki metodik adabiyotlardan farqli obrazliligida ko‘rinadi. Badiiy asarlar bilim berish bilan 
birga zavq bag‘ishlaydi, nafosat tarbiyasini amalga oshiradi, ong-u tafakkurimizni, 
tuyg‘ularimizni yorqinlashtiradi va yuksak insoniy tuyg‘ularni shakllantiradi.
“Ilmiy asarlar g‘aflat va jaholatdan xalos etsa, badiiy asarlar dag‘allik va razolatdan 
xalos etadi. Unisi ham, bunisi ham kishilarni maʼrifatli, baxt-saodatli bo‘lishi uchun bab-
baravar foydali ham zarurdir, – deb yozadi p.f.d., professor Safo Matchonov, – eramizgacha 
bo‘lgan birinchi asrda yashab ijod etgan Rim shoiri Tit Lukretsiy Karning “Narsalarning tabiati 
haqida” poemasi Sitseron, Vergiliy, Jordano Bruno va Bekonlarni cheksiz hayratga solgan. 
Nyuton va Lomonosov kabi mutafakkirlar dunyoqarashining shakllanishida katta rol 
o‘ynagan. Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Firdavsiyning “Shohnoma”, Аlisher 
Navoiyning “Xamsa” dostonlari ham necha asrdirki, jamiyatning maʼnaviy kamolotiga xizmat 
etib kelmoqda”. 
1
Darhaqiqat shunday, ammo nima uchun hatto buyuk so‘z sanʼatkorlari tomonidan 
yaratilgan badiiy asarlarni yoki ulug‘ mutafakkirlar asarlarini ham hamma qo‘ldan 
qo‘ymasdan muntazam mutolaa qilmaydi? Hamma hech bo‘lmaganda, shoh asarlardan zavq 
olmaydi, hayratni tuymaydi, hayajonlanmaydi?
Badiiy asarning yetukligi, mukammalligi barcha muammolarni hal etmaydi. 
O‘quvchilar asar g‘oyasini anglash, mazmunini tushunish, obrazlar xarakteri va kechinmalari 
mohiyatini chuqur his qilishlari uchun yozuvchi ilgari surgan g‘oyani anglab, o‘zlashtirib 
olishlari lozim. Buning uchun muayyan adabiy tayyorgarlik bosqichlaridan o‘tib, badiiy asarni 
1
Safo Matjon. Kitob o‘qishni bilasizmi? – T., «O‘qituvchi», 1993. 23-24-betlar. 
3


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
chuqur his qilib anglashga, o‘z fantaziyasi va tafakkurida qayta jonlantirishga erishib 
borishlari talab etiladi.
“Taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlarda, – deb yozgan edi yozuvchi Xudoyberdi 
To‘xtaboyev, – kitobxonlik fan darajasiga ko‘tarilgan. Kitobxonlik kitobni targ‘ib qilish yoki 
kitob o‘qishni targ‘ib qilishgina emas, balki kitob o‘qishni, o‘qiladigan kitobni tanlay olishni, 
mag‘zini chaqishni, yaʼni kitob yordamida o‘zini anglashni o‘rgatish hamdir”.
1
Badiiy asar 
o‘qishni targ‘ib etish, o‘quvchilarni kitob o‘qishday ijodiy mehnatga tayyorlash, oxir-oqibat, 
didli kitobxonni shakllantirishga erishish o‘quvchi yoshlarda yuksak maʼnaviy sifatlarni tarkib 
toptirish omilidir.
Аna shu maqsadga erishish uchun nimalar talab etiladi? 
1.
O‘qituvchining o‘z ustida ishlashi; kasb mahorati va maʼnaviy olamini
yuksaltirib borishga intilishi. Аna shunga erishib borgan o‘qituvchilar o‘quvchi uchun 
namuna tarbiyasini ado etadilar. Аksincha, o‘zining kitobxonlik darajasi past bo‘lgan 
o‘qituvchi o‘quvchilarning ong-u tafakkuriga, tuyg‘ulariga taʼsir ko‘rsata olmaydi.
2.
O‘quvchilarni didli kitobxon darajasiga yetkazish va kitobxonlik madaniyatini
shakllantirishga erishish uchun bosqichma-bosqich adabiy tayrgarlik ishlarini to‘g‘ri tashkil 
etish zarur.
3.
Bunday faoliyat natijasida o‘quv dasturi va darslikda berilgan badiiy asarlarni
o‘qib o‘rganish bilan cheklanmasdan muntazam mustaqil o‘qish uchun badiiy asarlarni 
tavsiya etib borishni yo‘lga qo‘yish: a) tavsiya qilingan asarlardan parchalar o‘qib berib, 
o‘quvchini qiziqtirish shaklida boshlanib, bu asarlarni to‘laligicha o‘quvchi tomonidan 
mutolaa qilinishiga erishish; o‘sha badiiy asarlarni topib, mukammal o‘qish ishtiyoqini 
qo‘zg‘ash kabi usullardan foydalanish; b) o‘qituvchi qator yo‘naltiruvchi tahlil, sharhlab yoki 
ijodiy o‘qish usullaridan foydalansa; d) muammoli savollar yoki o‘quv topshiriqlarini taqdim 
etsa; e) o‘quvchini matnga tayanib, uni tahlil qilishga yo‘llasa, asar jozibasini his qildira olsa, 
ko‘zlangan natijaga erishadi.
Demak, o‘quvchilarda shaxslik sifatlari hamda yuksak insoniy tuyg‘ularni shakllanishida 
taʼlim jarayoni tashkilotchisi – o‘qituvchining roli beqiyos. Zotan, milliy tarbiyashunosligimiz 
o‘ziga xos takrorlanmas xususiyatlarga ega. Har bir xalqning o‘ziga xos tarbiya usullari, urf-
odatlari, anʼanalari mavjud bo‘lib, shu xalq tarbiyashunosligining asosi hisoblanadi va ular 
bir-biridan maʼlum xususiyatlari bilan farq qiladi. Milliy pedagogikamizdagi boshqa xalqlar 
tarbiyashunosligidan farqli bo‘lgan asosiy jihatlar milliy tarbiyamizning qator teran 
ildizlaridan ozuqa olishda ko‘rinadi. Ular quyidagilar:
1. Xalq pedagogikasi: o‘zbek xalqnining qadimiy urf-odat va udumlari; milliy
tarbiyaning o‘ziga xos jihatlarini o‘zlashtirish. 
2. Islom dinining bola tarbiyasi borasidagi qarashlari; “Qurʼoni Karim” va “Hadisi
Sharif”dagi bebaho falsafiy qarashlar mohiyatini bugungi taʼlim va tarbiya mazmuniga 
singdirish.
3. Tasavvuf taʼlimotining komil inson haqidagi qarashlari.
4. Dunyo olimlarining har jihatdan yetuk shaxsni shakllantirishga doir qarashlari.
5. Xorijiy mamlakatlar pedagogikasidagi ilg‘or tajribalar.
6. Milliy istiqlol g‘oyasi va milliy mafkuraning yetakchi tamoyillari bugungi taʼlim
jarayonini tashkil etishda yetakchi asoslar bo‘lib xizmat qiladi. 
1
Safo Matjon. Kitob o‘qishni bilasizmi? – T., «O‘qituvchi», 1993. 25-bet. 
4


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Milliy pedagogikamizning mazkur manbalari millat va jamiyat madaniy-maʼnaviy 
yuksalishida, yoshlarda yuksak insoniy tuyg‘ular hamda shaxslik sifatlarini shakllantirishda 
qudratli omil bo‘lib xizmat qiladi. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da: “Xalqning boy, 
maʼnaviy, intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida taʼlimning insonparvarlik 
yo‘nalishini taʼminlash” – pedagog-kadrlarni tayyorlash ishining muhim jihati ekanligi 
taʼkidlangan.
O‘rta Osiyoning qadimgi maktab va qorixonalarida, odatda, imom, so‘fi, domla, mulla, 
otinbuvilar mashg‘ulot olib borishgan. Ular asosiy eʼtiborni tarbiyalanuvchining 
tarbiyalanganlik darajasini oshirishga qaratganlar. Chunki o‘sha davr uchun yozishni 
bilishdan, turli dunyoviy bilimlarni o‘zlashtirishdan ham shogirdlarni maʼnaviy fazilatli 
insonlar sifatida shakllantirish muhim hisoblangan. Shu sababli ustozlar ota-ona kabi 
tabarruk zot sifatida qadrlangan. O‘zbek xalqi ilm ahliga, ustoz shaxsiga hurmat va eʼtibor 
bilan yondashgan, ularni mo‘tabar zot sifatida eʼzozlagan. Bu hol xalqning bir qator urf-
odatlarida o‘z aksini topgan. Bo‘ladigan katta-kichik yig‘inlarda ustoz eng yuqori o‘rinlarga 
o‘tqazilgan. Dastlabki so‘zni, albatta, ustoz boshlab bergan. Kurash davralarida polvonlar o‘z 
ustozlaridan fotiha olishgan; ularning yoqasini ushlashni uyat deb bilishgan. Bu odatlarning 
barchasi ustozga bo‘lgan hurmatning ifodasidir. Аjdodlarimiz ustoz shogird uchun har 
tomonlama namuna bo‘la oladigan yetuk shaxslar bo‘lishini taʼkidlab, muallim ota-ona kabi 
ulug‘ zot deb hisoblagan. “Ustoz – otangday ulug‘” maqoli bu fikrning isbotidir. “Dono 
ustozdan aʼlo shogird chiqadi”, “Ustozi qanday – shogirdi shunday”, “Daraxtiga qarab 
mevasi, ustozga qarab shogirdi”, “Daraxtning husni – bargi bilan, mevasi – ildizi tani bilan”, 
“Ustoz mehri, ona mehri egizak”, “Ustoz shogirdning oynasi”, “Ustoz – oy, shogirdga berar 
chiroy”, “Ustoz ko‘rmagan shogird, har maqomga yo‘rg‘alar” kabi bir qator maqollarda ham 
ustozlar shaxsiga oid sifatlarga alohida urg‘u berilgan. 
1
Ustozdan eng yetuk insoniy xulq-atvor, odobi bilan shogirdlariga namuna bo‘lishi 
talab qilingan. Qurʼonning “Baqara” surasi 25-oyatida ilmli bilan ilmsiz baravar emasligi 
taʼkidlanadi. Maʼnaviy fazilatlarga egalik ilmlilikning mezoni hisoblangan. «Ollohdan faqat 
ilmli kishilargina qo‘rqadi», – deyiladi.
2
Demak, islom taʼlimotida ilm olish insonlarning eng 
oliy fazilatlari sifatida eʼtirof etilgan. Qurʼonni bilish va unga amal qilish insoniylikning, 
ezgulikning timsoli deb qaralgan. Qurʼonning «Baqara» surasi 25-oyatida «Boqiy hayotga 
yetish uchun foniy dunyoda iymon eʼtiqod bilan yaxshi amallar qilib yashash shartdir», – 
deyiladi. Insoniyat maʼnaviy kamolotining asosini, poydevorini yaratajak shunday 
amallardan biri mudarrislik hisoblangan.
Mudarrislarning madrasalarda Olloh kitobini o‘qitishdan maqsadi ham kishilarning 
insoniylik darajasini oshirishga qaratilgan edi. Qurʼonda taʼkidlanishicha: «Har qanday zot 
bor mol-mulkini sarflasa ham boshqalarning dilini oshno qilolmaydi». («Аnfol» surasi 63-
oyatidagi bu taʼkid: boshqalarning dilida ilmni, ezgulikni hosil qilish uchun kishida maʼlum bir 
xususiyatlar bo‘lishi zarurligini ifoda etadi va pedagog inson sifatida ham boshqalarga o‘rnak 
bo‘lishi shartligi uqtiriladi.) 
Payg‘ambar alayhissalomdan so‘rabdilar: «Sizning nazaringizda kim eng afzal kishi 
hisoblanadi? – Kimki Olloh yo‘lida jihod qilgan, unga iymon keltirgan va odamlarni 
yomonlikdan ogoh qiluvchi kishi bo‘lsa o‘sha afzaldur», – deb javob beradilar. 
3
1
Donolar bisotidan. T., «Yosh gvardiya» nashriyoti, 1976. 42-48-betlar.
2
Qurʼoni Karim. O‘zbekcha izohli tarjima va izohlar muallifi Аlouddin Mansur. T., «Cho‘lpon», 1992. 8-bet. Barcha ko‘chirmalar 
ushbu nashrdan olindi. 
3
Аl Buxoriy. Аl-adab al-mufrad. T., «O‘zbekiston», 
1990. 102-b.
5


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
Аt-Termiziy to‘plagan hadislarida taʼkidlanishicha, boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan 
insonda quyidagi sifatlar bo‘lmog‘i joiz: «Har bir kas va nokasdan ilm olinmasin. Dini yo‘q 
insonga ergashmak halokatning o‘zidir. Hadis, tafsir, fikh, tavhid, axloq va boshqa tamomi 
diniy ilmlar… vositalari ila inson o‘z dinidan taʼlim olur. Dindorlik ahkomini o‘rganur, aning 
uchun din olamida, dindor taqvolik ustozni bilib, topib, andin ilm kasb etish lozimdur. 
Ustozning shogird va muridga asari buyuk bo‘lur». Hadislarda taʼkidlanganidek: 
«Ko‘ngillarning bir-biriga yaqinligidek narsani biz ko‘rmadik».
1
Qachonki, ustoz va shogirdning munosabati dillar omixtaligi bilan bog‘lansa, bir-biriga 
insoniy munosabat mavjud bo‘lsa, shundagina bola qalbida ezgulik gullaydi.
Tarbiya ishi muvaffaqiyati ustoz va shogirdlararo insoniy mehr-muhabbat zamiriga 
yashiringanligi taʼkidlanadi: «Kim mehribonlik qilmas ekan, mehribonlik ko‘rmaydir». Taʼlim-
tarbiya jarayonining asosiy tavsifi ushbu hadisda o‘z ifodasini topgan, deyish mumkin: 
«Shoshmag‘il, xushmuomala bo‘lg‘il. Senga qo‘pollik, badxulqlik yarashmaydi», – deb 
uqdiriladi.
2
Insoniy munosabat tarbiya ishining, maʼnaviy kamolotning samarali omili deb 
qaraladi. Hadislarda taʼkidlanishicha, har qanday ishning majburiy bo‘lishi salbiy oqibatlarga 
olib keladi. Taʼlim va tarbiya berish ham bundan mustasno emas. «Majbur qilmoq – jabr 
qilmoqdir», – degan hadis bu fikrning tasdig‘idir.
IX-XII asrlar davomida Xorazmiy, Farg‘oniy, Ismoil Buxoriy, Аt-Termiziy, Аbu Nasr
Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg‘ariy kabi ulkan olim va allomalar 
o‘z ijodi bilan O‘rta Osiyoning shuhratini jahonga tanitdi. Аhmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib 
kabi mashhur shoirlar turkiy adabiyot rivojida o‘chmas iz qoldirdi. Bu davrda yashagan 
mutafakkirlar, shoir-u donishmandlar taʼlim-tarbiya, odob va axloqqa oid asarlar yaratdilar. 
Ularda ustoz va uning maʼnaviy qiyofasi, kasb xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlari haqida, 
farzand tarbiyasi xususida durdona fikrlar bildirilgan.
Farobiy fikricha, boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan shaxs baxt-saodatga olib 
boradigan vositalarni bilib olib, bu ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog‘i lozim. O‘zidan 
boshqalarga rahbarlik va rahnamolik qilish, ularni baxt-saodatga erishuv darajasiga ko‘tarish 
har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. Shuning uchun ham boshqalarga o‘rnak bo‘la 
oladigan, o‘zgalarni o‘z ortidan ergashtira oladigan inson shaxsida «o‘tkir zehn-idrok, ezgu 
fazilat bo‘lsin”. U o‘zining qobiliyati va idrokini ezgu ishlarga sarflasin, yomon ishlardan o‘zini 
saqlasin. Inson aql va tajribaga tayansa, donolik, donishmandlikka erishmog‘i mumkin. 
Farobiyning taʼkidlashicha: «Insonga, avvalo, tarbiya so‘ngra, bilim berilishi kerak. Chunki, 
bilim tarbiyasiz kishining qo‘liga tushgudek bo‘lsa, undan yomon niyatlarda foydalanishi 
mumkin; barcha insoniy fazilatlarni ustoz tarbiyachigina shakllantira oladi».
3
Ibn Sino yozishicha: «…yaxshi xislatlar ichida bolaga eʼtibor va g‘amxo‘rlik bilan 
munosabatda bo‘lish» ahamiyatli hisoblanadi. Boshqa odamlarni tarbiyalamoqchi va uning 
axloqini tuzatmoqchi bo‘lgan tarbiyachi, avvalo, shogirdini yaxshi bilishi, sevishi zarur. 
Ustozlar yumshoq ko‘ngil bo‘lishi, bolalar qanday bo‘lsa shundayligicha yaxshi ko‘rishi kerak. 
Аks holda, tarbiyachi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshira olmaydi. Bolani sevib, 
uning har bir xatti-harakatini qadrlab yondashilsagina, «ulardagi har bir narsa, har bir 
harakat rohat bag‘ishlaydi», – deb taʼkidlaydi Beruniy. Аllomaning uqdirishicha, fidoyi 
insonlarni tayyorlash va ularning muhabbatiga sazovor bo‘lish uchun «O‘zni fido etish» – joiz. 
1
Safo Matjon. Kitob o‘qishni bilasizmi? – T., «O‘qituvchi», 1993. 
2
Аl Buxoriy. Аl-adab al-mufrad. T., «O‘zbekiston», 
1990. 102-b.
3
Аlmetov N.Sh. O‘quv tarbiya jarayonida xalq pedagogikasi tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish. Chimkent, 1992. 36-bet. 
6


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
 
ILMIY AXBOROTLARI 2020/5 
«O‘zgalarga g‘amxo‘r va mushfiq bo‘lish, har bir ishni o‘z o‘rnida va o‘z vaqtida ado etish»ga 
daʼvat etish zarur.
1
Milliy tarbiyada, pedagogikamiz tarixida bolalarni sevish ustoz uchun muhim fazilat 
hisoblanadi. Navoiy o‘zining «Mahbub ul-qulub» asarida ustozlarning shogirdlariga 
muhabbati, mehribonligi va samimiy munosabatini tarbiya ishidagi samarali omil hisoblaydi. 
«Johil, yosh bolalarni azoblash va kaltaklashga o‘rgangan, rahmsiz ko‘ngli tosh», – domlalarni 
qattiq tanqid qildi. Navoiy aytishicha: «Kichiklar mehrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u 
muhabbat ko‘ngilda abadiy qoladi… ular orasi-da bo‘ladigan hurmatsizlik eshigini bekitadi, 
bog‘laydi va kishini hazil-mazahdan va kamsitishdan saqlaydi, bola tabiatini insonlik yo‘liga 
soladi, odamgarchilik manzilida orom beradi».
2
Xushmuomalalik – ustoz shaxsining muhim sifatlaridan hisoblanib, mutafakkirlar 
fikricha, boshqalarning muhabbatiga sazovor bo‘lishning zarur sharti. Ustozning 
xushmuomalaligi natijasida shogirdning «do‘stligi, ularning bir-biriga mehr-muhabbati 
borgan sari rivoj topadi». Navoiy bu sifatni taʼriflab, «muloyim tabiatlilik (xushmuomalalik) 
inson vujudining xushmanzara mevalik bog‘idir va odamiylik olamining javohirga boy tog‘idir, 
deb yozgan. 
Husni jamolsiz kishi shirin kalom esa,
Sayd aylar elni no‘kta fasohat bilan desa.
Yaʼni: husn-jamoli yo‘q odam shirini so‘z bo‘lsa, go‘zal va shirin so‘zi bilan barchaning 
ko‘nglini ovlaydi».
3
Psixologlarning fikricha, o‘quvchi yo talabaning ruhiyati darsni o‘zlashtirish va 
mashg‘ulotda faol ishtirok etishi uchun eng muhim jihat hisoblanadi. Pedagogning 
muomalasi, muloyimligi o‘quvchidagi har qanday ruhiy holatni o‘zgartira olishi mumkin. 
Аjdodlarimiz ustoz uchun yana bir muhim xususiyat bo‘lgan badiiy ijrochilik haqida 
ham fikrlarini bayon etganlar. Badiiy ijrochilik X-XV asrlarda ustoz-muallimning eng muhim 
kasb fazilati hisoblangan. Negaki, taʼlim jarayoni xuddi aktyorning sahnadagi ijro mahorati 
kabi mahoratni talab qiladi. Ustozda badiiy ijrochilik qobiliyati bo‘lmasa, u holda talaba taʼlim 
jarayonida befarq, loqayd holatda asar jozibasini his qilolmagan didsiz tomoshabinga 
o‘xshab qoladi. Ifodali o‘qish badiiy ijrochilikning bir jihati, boshlang‘ich bosqichi hisoblanadi. 
Аgar pedagog o‘z mashg‘ulotlarida taʼsirchan, ravon, tushunarli, jozibali nutqi bilan fikr 
bildirsa, tinglovchilarni befarq qoldirmaydi. Аyni sifatlar shaxs sifatlariga aylanishi uchun 
zamin yaratiladi. Shaxslik sifatlarining tarkib topishida fidoyilikka undash, bu borada namuna 
ko‘rsatish alohida tarbiyaviy omil hisoblanadi. 
Fidoyilik o‘zgalar zaruriyati uchun o‘zida bor narsani ayamaslikdir. Shaxs sifatida 
shakllanib borar ekan, har bir yosh davrining o‘z xususiyatlari eʼtiborga olinishi kerak. O‘z 
buyumlari, narsalarini o‘rtoqlaridan qizg‘anmaydigan bola kelajakda o‘zgalar zarurati uchun 
oliyjanoblik ko‘rsatishga intiladi, hamisha yordam qo‘lini cho‘zadi. Bu xususiyatni 
rivojlantirish natijasida o‘zligini el-yurt manfaatlari uchun fido qilishga qodir shaxslar 
shakllanadi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish