yuz nomutanosib ravishda kattalashadi. Shu bilan birga,
splanxnomegaliya yani
ichki organlarida kattalashish kuzatiladi (jigar, taloq, yurak va boshqalar).
Bemorning tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlar periosteal o‘sishni kuchayishi va
yumshoq to‘qimalarning ko‘payishi bilan bog‘liq. Akromegaliliyal bemor qonida
somatotropin konsentratsiyasi normal darajadan 100 baravar yoki undan ko‘proq
ko‘tarilishi mumkin. Somatotropinning ortiqcha miqdorining organizmga
patologik
ta’siri,
aminokislotalar
uchun
hujayra
membranalarining
o‘tkazuvchanligini oshirish, ularning sintezlanayotgan oqsil tarkibiga kirishini
tezlashtirish va oqsillarning parchalanishini oldini olish bilan bog‘liqdir.
Organizmda kuchli lipoliz va uglevodlardan yog hosil bo‘lishining ingibitsiyasi
natijasida
depodan
yog‘ning
chiqarilishi
faollashadi,
qondagi
esterifikatsiyalanmagan yog‘ kislotalari miqdori
ortadi va ularning jigarda
oksidlanishi va keton tanalarining hosil bo‘lishi kuchayadi. Somatotropinning
akromegaliyada uglevod metabolizmini boshqarishda turli bo‘g‘inlarga ta’siri
tufayli giperglikemiya va to‘qimalarda insulinga sezgirlikning pasayishi kuzatiladi.
Somatotropinning akromegaliyada biriktiruvchi, suyak va tog‘ay to‘qimalariga
patologik ta’siri, gormonning oksiprolin (kollagenning eng muhim tarkibiy qismi)
va xondroitin sulfat ishlab chiqarilishini rag‘batlantirish hususiyatiga bog‘liq.
O‘sish gormonining bu va boshqa bir qator ta’siriga somatotropin ta’sirida jigarda
hosil bo‘lgan protein omil somatomedin (insulinga o‘xshash o‘sish omili) maxsus
vositachilik qiladi.
Adenogipofizning giperfunksiyasining yana bir keng tarqalgan patologiyasi
bu Itsenko-Qushinga kasalligidir. Kasallikda gipofiz bezining kortikotropin hosil
qiluvchi qismining, bazofil o‘smasi tufayli kortikotropin
sekresiyasining
kuchayishi va natijada buyrak usti bezlari tomonidan glyukokortikoidlarning
ortiqcha sekresiyasi kuzatiladi.
Ko‘pincha adenogipofizning laktotropotsitlaridan yaxshi sifatli o‘sma
o‘sishidan giperprolaktinemiya kuzatiladi, bu esa ayollarda galaktoamenoreya
sindromini keltirib chiqaradi. Kasallikda og‘iz suti shakllanishi va sekresiyasi,
shuningdek
tuxumdonlardagi
follikullarning
yetilishining
buzilishi
va
ovulyatsiyani ingibitsiyasi kuzatiladi. Erkaklarda prolaktin sekresiyasining
ko‘payishi spermatogenez pasayishi va bepushtlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Prolaktin sekresiyasini ingibitsiya qiluvchi asosiy tabiiy omil dofamin bo‘lgani
uchun uning preparatlari giperprolaktinemiyani
davolashda muvaffaqiyatli
qo‘llanilmoqda.
Kortikotropin, tirotropin va gonadotropinlar sekresiyasini ko‘payishi asosan
buyrak usti bezlari, qalqonsimon bez va jinsiy bezlarning giperfunksiyasiga olib
keladi (tegishli bo‘limlarga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: