Endokrin tizimi patofiziologiyasi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/22
Sana03.04.2022
Hajmi0,74 Mb.
#526569
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
Endokrin tizimi patofiziologiyasi

Metabolizm
va gormonlarning organizmdan chiqarilishi gormonal 
muvozanatni saqlashning muhim mexanizmidir. Odatda, bu jarayonlarning tezligi 
gormon sekresiyasining intensivligiga qarab o‘zgaradi. Qon tomirlarida 
gormonlarning aylanish vaqti bir necha daqiqadan (masalan, gipotalamus 
ajratuvchi gormonlar uchun) bir necha kungacha va hatto haftalargacha 
(qalqonsimon bez gormonlari uchun) o‘zgarib turadi. Gormonlarning metabolizmi 
jigar, buyrak, ichak va boshqa organlarda sodir bo‘ladi. Protein-peptid gormonlari 
proteinazalar, tireoid deyodinazlari bilan parchalanadi. Steroid gormonlar gidroksil 
va boshqa guruhlarning qo‘shilishi bilan inaktivlanadi. Gormonlarning 
metabolizmi ularning faolligini yo‘qotilishi siydik, safro, va so‘lakda osonlikcha 
ajraladigan suvda eruvchan birikmalar hosil bo‘lishi bilan kechadi. Shunga 
qaramay, gormonlarning metabolizmi natijasida yangi moddalar sintez qilinishi 
mumkin, ular hatto gormonal ta’sir kuchi jihatidan ba’zan avvalgisidan ham 
ustunroq bo‘ladi. Gormonlar almashinuvi jarayonlari buzilganda (sirroz, gepatit, 
metabolik fermentlarning past yoki yuqori faolligi) gormonal kasalliklar ham 
paydo bo‘ladi. Gormonlarning biologik ta’sirini amalga ortishi ularning tegishli 
xujayra reseptorlari, ba’zi gormonlar uchun muhim bo‘lgan va ular bilan o‘zaro 
brikgan holda ta’sir qiluvchi oqsil molekulalari bilan boglanishdan boshlanadi. 
Hujayraning gormonga fiziologik munosabati ko‘p jihatdan gormon reseptorlari 
soniga bog‘liq. Joylashuviga ko‘ra, hujayra membranasidagi membrana 
reseptorlari, sitoplazma va yadroda joylashgan hujayra ichidagi reseptorlar 
farqlanadi. Katexolaminlar (adrenalin, dofamin), oqsil-peptid gormonlari (insulin, 
gipofiz gormonlari) membrana reseptorlari bilan o‘zaro ta’sir qiladi. Membrana 
reseptorlaridan gormonal signallar hujayra ichidagi biokimyoviy tizimlar va 
genlarga kiradi.
Steroid va qalqonsimon gormonlar ta’sirining mexanizmlari tubdan farq 
qiladi. Molekulalarining kichik o‘lchamlari tufayli ular hujayraga osongina kirib, 
tegishli sitoplazmatik va yadro reseptorlari bilan bog‘lanadi. Ushbu reseptorlar 
genlar faoliyatini tartibga soluvchi sifatida ishlaydi va reseptorlar tegishli genlarga 
gormonlarning molekulalari rolini maqsadli etkazib berishni ta’minlashdan iborat. 
Yaqinda steroid gormonlari uchun membrana reseptorlari borligi aniqlandi, 
ularning signallari hujayraning yadrosiga ham kiradi. Shu bilan birga, steroid va 
tiroid gormonlari keltirib chiqaradigan ba’zi hujayradagi o‘zgarishlar yadro 
genomining ishtirokini talab qilmaydi. Xususan, ular fermentlar faoliyatiga 
bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Hujayralardagi gormonal resepsiyani buzilishi bir qator patologik 
anormalliklarni keltirib chiqaradi. Masalan, hujayra androgen reseptorlarini tug‘ma 
yo‘qligi sababli, erkaklarda testikulyar feminizatsiya sindromi rivojlanadi. Bu 
moyaklarda etarli miqdordagi testosteron ishlab chiqarilgan taqdirda ham, 
ayollarning ikkilamchi jinsiy belgilarining paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. 
Girsutizm (ayollarda tuklarni erkakcha tipida) soch follikulalarining endogen 
androgenlarga sezgirligi ortishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Gonadotropik 
gormonlarga (tuxumdonlar rezistentligi sindromi) tuxumdonlar inertligi tufayli 
ayol gipogonadizmi holatlari fanga ma’lum. Semizlikda insulinga nisbatan 
to‘qimalarning befarqligi rivojlangani uchun insulin reseptorlari ishlamaydi, bu esa 


qandli diabet kasalligiga olib keladi. Giperglikemiyaga javoban qonda insulin 
miqdorining ko‘payadi, uglevodlarni ko‘p iste’mol qilish natijasida, insulin 
reseptorlari soni kamayishi kelib chiqadi. Natijada to‘qimalarning insulinga 
sezgirligi pasayadi, bu esa insulin reseptorlari sonining yanada kamayishi bilan 
qonda glyukoza konsentratsiyasining ortishiga yordam beradi. 
Shunday qilib, endokrin patologiyaning namoyon bo‘lishining (gipo va 
giperfunksiya) tabiati asosiy gormonlarning sekresiyasidan tortib, ularning 
biologik ta’sirini amalga oshirishga qadar barcha tartibga solish darajalarida 
funktsional o‘zgarishlar yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. 

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish