Xromosoma yoki gen anomaliyalari,
Klaynfelter sindromi, erkaklarda yolg‘on
germafroditizm, gipogonadizm, ayollarda adrenogenital sindrom va boshqalar.
Endokrin buzilishlarning asosiy patogenetik formalari.
Patogeneziga qarab endokrinopatiyalar bezga bog‘liq, periferik yoki
disregulyator bo‘lishi mumkin. Ichki sekresiya bezining birlamchi shikastlanishi
bilan birlamchi endokrin patologiya rivojlanadi, ikkilamchi shikastlanishda organik
yoki funksional buzilishlar birinchi bo‘lib bezning tashqarisida paydo bo‘ladi
(masalan, miyaning gipotalamus mintaqasida). Ko‘pincha birlamchi endokrin
patologiya autoimmun jarayon (masalan, autoimmun tiroidit), yoki o‘smalar
(gipofiz adenomasi, kortikosteroma), nekroz, qon quyilishi,
gormonlar
biosintezidagi tug‘ma nuqsonlar (buyrak usti korteksining tug‘ma giperplaziyasi)
sifatida rivojlanadi. Ikkilamchi endokrin patologiyaning paydo bo‘lishida
gormonlar sekresiyasining neyrogormonal regulyatsiyasi buzilishi yotadi (masalan,
bolalarda gipotalamus somatoliberini etishmasligi nanizm bilan kechadi).
Ikkilamchi gormonal kasalliklar guruhiga periferik buzilishlar ham kiradi, ya’ni
gormonlarning qabul qilinishi, metabolizmi yoki qon plazmasi oqsillari bilan
bog‘lanishining buzilishi natijasida patologiya rivojlanadi. Ko‘pgina endokrin
kasalliklarning patogenezi ichki sekresiya bezlari va hujayralarning etarli
bo‘lmagan (gipofunksiya) yoki haddan tashqari (giperfunksiya)
faolligiga
asoslangan. Ushbu tushunchalar nafaqat ichki sekresiya bezlariga, balki aloxida
gormonlarga ham tegishli. Gap shundaki, har qanday bez ikkita yoki undan ko‘p
gormonlarning manbai hisoblanadi. Faqatgina gipofizda, hech bo‘lmaganda protein
tabiatining 10 xil gormon mavjud. Buyrak usti korteksidan taxminan 50 steroid
birikmalar ajratib olingan, ularning ko‘pchiligi gormonal aktivlikka ega. Qon
quyilishi yoki yallig‘lanish jarayoni tufayli bezning
total zararlanishi vujudga
keladi va barcha gormonlar ishlab chiqarilishi to‘xtaydi yoki zaiflashadi. Masalan,
oldingi gipofiz bezining nekrozi (adenogipofiz) umumiy adenogipofiz
etishmovchiligiga olib keladi. Shunga qaramasdan izolyatsiyalangan xarakterli
ko‘plab ma’lum endokrin kasalliklar mavjud, masalan giper- yoki gipofonksiya
sifatida harakterlanadigan gormon sekresiyasini buzilishi. Buni quyidagi misolda
ko‘rish mumkin Kortikotropinning (adrenokortikotrop gormon)
ortiqcha
sekresiyasi Itsenko- Kushing kasalligi yoki Kalman sindromi, ya’ni tug‘ma kelib
chiqqan ikkilamchi gipogonadizm, agar adenogipofizdan lyutropinning etarli
darajada sintezlanmasa jinsiy a’zolarning va ikkilamchi jinsiy belgilarning kuchsiz
rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Endokrin gipo- yoki
giperfunksiya tushunchasi
endokrinopatiyalarning barcha patologiyalarini ifodalay olmaydi, ularning
ba’zilarida buzilish disfunksiya tufayli sodir bo‘ladi. Masalan, tug‘ma
adrenogenital sindrom, buyrak usti po‘stlog‘idagi ba’zi steroidlar biosintezini
amalga oshiruvchi fermentlar blokadasi ayollarning yolg‘on germafroditizmi
rivojlanishiga olib keladi. Bunda buyrak usti bezi androgenlari ishlab
chiqarishining yanada ko‘payishi, kortizol (gidrokortizon) hosil bo‘lishining keskin
ingibitsiyasini yuzaga chiqaradi. Adenogipofiz tarkibi o‘zgargan
oqsil tabiatli
gormonlarini hosil qilishi mumkin, bu esa to‘liq yoki ularning o‘ziga xos biologik
faolligini qisman yo‘qotishiga olib keladi.
Ko‘pgina boshqa kasalliklar kabi, endokrin kasalliklar ham o‘tkir yoki
surunkali shaklda uchraydi.
Morfologik xarakteristikalariga ko‘ra – patologik zararlangan ichki sekresiya
bezlari soni bo‘yicha- endokrinopatiyalar monoglandular va kam hollarda
poliglandulyar bo‘ladi.
Endokrin kasalliklarning patogenezini eksperimental modellashtirishda
laboratoriya hayvonlari bezlarini olib tashlash, strukturasini buzish,
gormonal va
farmakologik moddalarni kiritish orqali gormonlar sintezi, tashilishi, nishon
hujayralariga ta’siri o‘rganiladi. So‘nggi paytlarda muqobil usullar deb atalaluvchi
usullar keng qo‘llanila boshlandi: in vitro tadqiqotlar ("shisha idishlar ichida")
odam va hayvonlarning endokrin hujayralaridan kulturalar xosil qilish, ko‘plab
hayvonlarning
hayotini
saqlab
qolishga
imkon
beradigan
kompyuter
modellashtirish va boshqalar. Endokrin kasalliklarning patogenezi bo‘yicha
ko‘plab ma’lumotlar bemorlarda olib borilgan tadqiqotlar davomida olingan, bu
juda sezgir gormonal metodlarning paydo bo‘lishi bilan osonlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: