ta’sir qiladi, rilizing gormolar yordamida trop gormonlar
sintezi va ajralishi
boshqaradi.
Endokrinopatiyaning boshlanishi ko‘pincha nerv regulyatsiyasining buzilishi bilan
bogliq va ruxiy travma, endokrin bepushtlik, qandli diabet, tireotoksikoz
rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Psixogen endokrinopatiyalar mavjudligi,
endokrin bezlar faoliyatidagi buzilishlar patogenezida
markaziy nerv tizimining
ahamiyatini katta ekanligini tasdiqlaydi. Limbik tizimning ayrim sohalarini
zararlash yoki stimullash, miya stvoli, retikulyar formatsiya yoki oraliq miyani
zararlash, gormonlar sekresiyasini buzilishiga olib keladi. Neyroendokrin
regulyatsiyasi
buzilishi, gipotalamus yoki miyaning yuqori qismidagi faoliyat
buzilishidan kelib chiqadi. Gipotalamusda gipofiz va bir qator unga bo‘ysunuvchi
ichki sekresiya bezlari gormonlari sekresiyasini boshqarishning asosiy markazlari
joylashgan. Shundan tartibga solishning markaziy mexanizmlari buzilgan bo‘lsa,
endokrin tizimning plyuriglandulyar (ko‘plab) kasalliklari kelib chiqadi.
Neyroendokrin regulyatsiyasi asab va gormonal signallarning integratsiyasini
amalga oshiradi va re entery prinsipiga muvofiq gormonal muvozanatni saqlaydi.
Uning anatomik substrati gipotalamo-gipofizar kompleks va ba’zi gipotalamusdan
tashqari tuzilmalar: gipokampus, bodomsimon yadro va boshqalardir. Qoida
tariqasida, biz manfiy qaytar bog‘lanish mexanizmi orqali gipofizga bo‘ysunadigan
bezlar faoliyatini o‘z-o‘zini boshqarishini ko‘rib chiqamiz. Bunda, "bo‘ysunuvchi"
bezining gormoni kotsentratsiyasining aylanib yuruvchi qonda ko‘payishi gipofiz
bezining tegishli trop gormoni sekresiyasini ingibitsiya qiladi va shu bilan periferik
bezning ishi normallashadi.
Boshqa tomondan, gormonlar sekresiyasining
zaiflashishi gipofiz stimulyatsiyasining avtomatik o‘sishiga olib keladi, natijada
yana gormonal muvozanat tiklanadi. Manfiy qaytar bog‘lanish mexanizmi
mavjudligining ko‘plab eksperimental dalillaridan biri - bu bitta buyrak usti bezini
kalamush yoki itlarda olib tashlash, ikkinchi bezning kompensator gipertrofiyasi
natijasida kortikotropin sekresiyasini kuchayishiga olib keladi.
Uzoq muddat
testosteron yuqori dozalarda organizmga kiritilishi moyaklar atrofiyasi va shunga
o‘xshash tajribalarda kortizol kiritilishi buyrak usti po‘stlogining atrofiyasini
keltirib chiqaradi. Ikkala holatda ham atrofiya, gipofiz bezining tegishli trop
gormonlarini ishlab chiqarilishini tormozlanishi bilan bog‘liq. Ba’zi hollarda
periferik gormon gipofiz bezidagi tegishli trop gormonning sekresiyasini
stimullashi mumkin (musbat qaytar bog‘lanish). Masalan, tuxumdonda ovulyatsiya
(tuxum hujayrani follikuladan chiqish) uchun zaruriy sharoit qondagi gonadotropik
gormonlar konsentratsiyasining ko‘payishi bo‘lib,
bu gonadotrop gormonlar
tuxumdonlarda estrogen gormonlarini sekresiyasini stimulyatsiya qiluvchi ta’siri
tufayli yuzaga keladi. Gipotalamusning neyrosekretor hujayralarida rilizing
gormonlar ishlab chiqariladi (peptid tuzilishidagi neyrogormonlar), ular
adenogipofiz gormonlarining qonga tushishini rag‘batlantiradi (liberinlar) yoki
ingibitsiya qiladi (statinlar). Liberinlarga kortikoliberin, tireoliberin, somatoliberin,
gonadoliberin,
prolaktoliberin,
melanoliberin,
statinlarga
somatostatin,
melanostatin kiradi. Ular neyrosekretor hujayralar aksonlari ohiridan qonga chiqadi
va gipofiz oyoqchasi orqali uning oldingi va oraliq bo‘laklariga tasir qiladi.
Gipofiz bezining orqa qismida ajralib chiqadigan vazopressin va oksitotsin
gormonlari (neyrogipofiz), oldingi gipotalamus mintaqasining katta hujayrali
yadrolarida hosil bo‘ladi. Bu erdan ular neyrosekretor hujayralar aksonlari bo‘ylab
neyrogipofizga kirib, u erda to‘planadi. Vazopressin va oksitotsinning
tashuvchilari neyrofizinlar deb ataladigan maxsus oqsillardir. Rilizing gormonlar
sekresiyasi ko‘plab neyromediatorlar, neyropeptidlar
va boshqa regulyatorlar
tomonidan boshqariladi va modulyatsiya qilinadi. Bularga noradrenalin, serotonin,
dofamin, kisspeptinlar, opioidlar, NO, galanin, neyropeptid U va boshqalar kiradi.
Masalan, gonadoliberin sekresiyasini boshqarishda miyaning kamida 25 fiziologik
faol moddasi ishtirok etishi isbotlangan.
Ularning gormonal muvozanatni saqlashdan tashqari, neyroendokrin
regulyatsiya tizimining biologik maqsadga muvofiqligini, u organizmning barcha
to‘qimalariga gormonal signallarni yuborish orqali asab signallarining kaskadli
kuchayishini va ularni umumlashtirishni amalga oshiradi.
Neyroendokrin tuzilmalarining zararlanishi gormonal muvozanatni buzadi.
Masalan, gipotalamus supraoptik va paraventrikulyar
yadrolari zararlanishida
vazopressin va oksitotsinni sintezi, tashilishi buziladi. Gipofiz gormonlari
sekresiyasining buzilishi, endogen opioidlar, katexolaminlar va boshqa
neyromediatorlarning regulyator funksiyalarining
buzilishi natijasida yuzaga
kelishi mumkin. Gipotalamo-gipofizar sistema va uning nazorati ostidagi bezlar
qaytar boglanish mexanizmining normal ishlashining buzilishi ba’zi endokrin
kasalliklarda muhim patogenetik bo‘g‘indir.
Do'stlaringiz bilan baham: