O'tkir nafas yetishmovchiligi- bu polietiologik patologik sindrom bb,o'pkada gazlar almashinuvi buzilishi natijasida qonda gipoksemiya va giperkapniya bn kechadi. KLASSIFIKATSIYA: 1.Etiologiyasi bo’yicha: -Obstruktiv nafas yetishmovchiligi ( yot jism o’smalar hisobiga nafas yo’llaridagi yallig’lanish va spazm hisobiga yuzaga keladi) -Restriktiv nafas yetishmovchiligi ( Bunda o’pka to’qimasining harakati cheklangan bo’ladi.Ekssudativ plevrit,pnevmotoraks, pnevmoskleroz, kifoskoliozda kuzatiladi) -Aralash ( obstruktiv va restriktiv birga kuzatiladi.O’pka yurak kasalliklarida ) -Diffuz nafas yetishmovchiligi ( Bunda havoning alveolalardagi kapillar membrana orqali o’tishi qiyinlashadi ) -Gemodinamik ( qon aylanish buzilishi -tromboemboliyalar hisobiga yuzaga keladi ) 2.Patogenezi bo’yicha : Gipoksemik ( parenximatoz ) va giperkapnik ( ventilatsion) 3.Qonning gaz tarkibi bo’yicha : Kompensatsiya ( gaz tarkibi normada ) dekompensatsiya (gipoksemiya , giperkapniya)
Hayot uchun xavf soluvchi holat qonda kislorodning parsial bosimi – 60 mm sim.ustunidan pasayganda va karbonat angidrid 45 mm.sim.ustunidan oshganda yuzaga keladi.( Normada kislorod parsial bosimi 80 mm.sim.ustunidan baland bo’ladi)
Nafas yetishmovchiligi darajalari : 1-daraja: Og’ir jismoniy yuklamadan keyin nafas siqishi kuzatiladi. 2-daraja: Yengil jismoniy harakatdan keyin klinika yuzaga chiqadi, tinch holatda kompensator mexanizmlar ishga tushadi 3-daraja:Tinch holatda ham hansirash , sianoz gipoksemiya va giperkapniya kuzatiladi.
KLINIKA: Asosiy simptomlari:Hansirash,sianoz gipoksemiya,giperkapniya,nafas mushaklari holsizligi ( Nafas tezlashib, keyin sekinlashadi) Hansirash 2 xil ko’rinishda: Inspirator( yuqori nafas yo’llari obstruksiyasi) Ekspirator ( pastki nafas yo’llari obstruksiyasi ) Gipoksemiya belgilari: Eritrotsitoz, sianoz , AB pasayishi , Taxikardiya, Kislorod parsial bosimi 55 mm.sim.ustunidan pasayganda xotira buzilishi, 30 dan pasayganda hushdan ketish kuzatiladi. Giperkapniya belgilari: Taxikardiya ,tremor, uyqu buzilishi , ko’ngil aynishi, bosh og’rig’I, bosh miya ichki bosimi oshishi va miya shishi belgilari kuzatiladi.Nafas mushaklari zo’riqib ishlashi natijasida taxipnoe keyinchalik nafas mushaklari charchashi hisobiga bradipnoe va apnoe kuzatiladi.
1-darajali nafas yetishmovchiligida kislorod parsial bosimi 60-80 mm.sim ustunigacha saturatsiya 90 foizgacha bo’ladi. 2-darajada bosim 40-60, saturatsiya 75-89 3-darajada bosim 40 dan kam saturatsiya esa 75 foizdan kamligi kuzatiladi
DIAGNOSTIKA: КШС ( кислотно-щелечного состояния ) -PaO2 -PaCO2 -PH - Arterial qonda bikarbonat ko’rsatkichlari
Tashqi nafas funksiyasini baholash ( spirometriya)
Nafas yetishmovchiligi ko’rsatkichlari : Nafas soni 1 minutda 35 tadan ko’p yoki 8 tadan kamligi PaO2 70 mm.sim.ustunidan kamligi PaCO2 50 mm.sim ustunidan yuqori bo’lishi Saturatsiyaning 90 % dan pastligi
DAVOLASH : -Nafas yo’llari o’tkazuvchanligini tiklash -Oksigenoterapiya -Bemorni intubatsiya qilish -O’pka sun’iy ventilatsiyasi
Nafas yetishmovchiligini keltirib chiqargan faktorga qarab konservativ davo olib boriladi: -Antibakterial -Bronxolitik -Mukolitik -Miya shishida diuretik -Bronxoskopiya
Bolalarda nafas olish sistemasining o’ziga xos xususiyatlari : -Burun yo’llari tor -Tili katta -Nafas yo’llari kalta va tor ( traxeya 4-5 sm ) - Hiqildoq va traxeya tog’aylari yumshoq -Nafas mushaklari tonusi past -Tishlari yumshoq - Hiqildoq usti qopqog’i yaxshi rivojlanmagan -O’ng bosh bronx chapiga nisbatan kalta va keng bb, yot jism ko’proq o’ng tomonda b-i. -Mukotsiliar klirens yaxshi rivojlanmagan b-i.