turlarining buzilishi, trofik kasalliklar kuzatiladi. Oksidlanish jarayonlari pasayishi
natijasida asosiy almashinuv 25-40% ga pasayadi,
tana harorati tushadi va
gipoglikemiyaga moyillik kuzatiladi. Xolesterinnini parchalanishi va undan
foydalanishni sekinlashishi natijasida qonda xolesterin konsentratsiyasi 2-3
martagacha oshadi. Giperxolesterinemiya fonida aterogen omillarning ta’siri
kuchayadi. Radioizotop tadqiqotlar natijalari oqsillar sintezini ingibitsiyasini
ko‘rsatadi. To‘qimalarda suvni ushlab qolinishi kuzatiladi (shish).
Tiroidektomiyadan so‘ng hayvonlar xarakati sekinlashib qolishi, shartli
reflekslar yetarli darajada shakllanmasligi, MNS yuqori qismlarida disfunksiya va
tormozlanish jarayonlarining ustunligi kuzatiladi.
Odamlarda gipotireoz rivojlanishidagi etiologik omillarga quyidagilar kiradi:
qalqonsimon bez gormonlari biosintezidagi tug‘ma nuqsonlar;
qalqonsimon
bezning tug‘ma gipoplaziyasi yoki aplaziyasi; bezdagi autoimmun va yuqumli
jarayonlar; operatsiya vaqtida qalqonsimon bez parenximasining ko‘p qismini olib
tashlash; tireostatik dorilar dozalarini oshirish, yoki organizmga radionukleotidlar
yuborish vaqtida radioaktiv yod bilan bezni zararlanishi,
texnogen falokat tufayli
mahalliy tashqi nurlanish ta’sirida zararlanish (masalan, Chyernobil atom elektr
stansiyasidagi avariya natijasida). Shu bilan birga, gipotireozning eng keng
tarqalgan sabablaridan biri yodning oziq-ovqat va ichimlik suvida yetishmasligidan
organizmga tushmasligi. Qalqonsimon bezning og‘ir yetishmovchiligi, kasallik
bolalikda paydo bo‘lgan, yoki tug‘ma bo‘lsa kretinizm, kattalarda esa miksedema
rivojlanadi. (teri, shilliq qavatlar shishi).
Psixik faoliyat, trofika, suv-minerallar
tuzlar, oqsil, lipid almashinuvi, o‘sishi va jinsiy rivojlanishi, termoregulyatsiyai va
organizmning boshqa funksiyalarining gipotireozga xos buzilishi kretinizmda
yuqori darajaga yetadi. Homiladorlik paytida ona organizmiga yodning oz
miqdorda yetishmasligi ham homila miyasining rivijlanishi buzilishiga olib kelishi
mumkin, chunki tiroid gormonlari asab tizimining shakllanishida asosiy rol
o‘ynaydi. Natijada, bolalik
davridayoq aqliy salohiyatning, o‘rganish
qobiliyatining pasayishi, va boshqa buzilishlar vujudga keladi.
Miksedema uchun metabolizmning sekinlashishi, semirish, harakatsizlik va
tana haroratining pasayishi xarakterlidir. Terining, teri osti yog klechatkasida
gidratatsiyaning kuchayishi va ularda gidrofil shilliq moddalarning haddan tashqari
ko‘p to‘planishi tufayli bemorning yuzi, burun va lablar shishgan bo‘lib, mimikalar
ifodalanishi kam seziladi. Tirnoqlar mo‘rtligi, soch to‘kilishi
va boshqa trofik
o‘zgarishlar kuzatiladi. Jinsiy funksiyalar asta-sekin yo‘q bo‘lib ketadi, aql-idrok
pasayadi, xotira yomonlashadi, bu befarqlik, uyquchanlik va kasallikning oxirgi
davrida aqli pastlikni vujudga keltiradi.
Yod yetishmovchiligi natijasida qalqonsimon bez hajmining ko‘payishi
endemik bo‘qoq deb nomlanadi. Ushbu kasallik Alp va Karpat, Ximolay, And va
dunyoning boshqa tog‘li mintaqalarida keng tarqalgan bo‘lib, bu erlarda tuproq va
suvda yod kam uchraydi. Yod tanqisligi tiroksin va
triyodotironin sintezining
kamayishiga olib keladi, natijada gipofizda tireotropin ishlab chiqarish ko‘payadi.
Bu o‘z navbatida, qalqonsimon bezning giperplaziyasini keltirib chiqaradi, ba’zan
uning massasi bir necha kilogrammga etadi. Yod tanqisligining endemik bo‘qoq
rivojlanishidagi etiologik roli tajribada tasdiqlangan. Agar, itga bir yarim yil
davomida yod bo‘lmagan suv berilsa, normada 1 g tashkil etgan qalqonsimon
bezning massasi 100 gramga etib boradi. Buning eng ishonchli isboti - kasallikning
tarqalish markazlarida yod bilan endemik bo‘qoqning muvaffaqiyatli oldini
olishdir. Ko‘pgina endokrinologlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yodli
tuzlarning ichimlik suvi yoki osh tuziga qo‘shilishi
kasallikning rivojlanishiga
to‘sqinlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: