10
I-BOB. O’QUVCHILARNI PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK
O’RGANISHNING ILMIY PEDAGOGIK ASOSI
1.1
O’quvchilarni pedagogik-psixologik o’rganish pedagogik muammo
sifatida.
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan keng
ko’lamli islohotlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy
munosabatlarning mazmunan
yangilanishini ta’minlamoqda. Mazkur davrda fuqarolarning ijtimoiy faol bo’lishlari
hamda ularning jamiyat boshqaruvida bevosita ishtirok etishlariga erishish ertangi
taraqqiyotni ta’minlovchi muhim omil deya baholandi. Binobarin, ijtimoiy jihatdan
faol, mustaqil dunyoqarashga ega va erkin fikrlovchi komil insonlarning sa’y-
harakati tufayli O’zbekiston Respublikasining suveren davlat sifatida jahon
hamjamiyatida munosib o’rin egallashi ta’minlanadi
.
Bugungi kunga kelib jamiyat
hayotining barcha sohalari singari ta’lim sohasi ham jadal su’stlarda rivojlanib
bormoqda.Bu esa o’z navbatida ta’lim –tarbiya jarayonida ishtirok etadigan
o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatiga nisbatan talab va mas’uliyatni oshiradi
.Kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida ham o’quvchilarga ta’lim va
tarbiya berish masalasi dolzarb muammo bo’lib kelgan,
kishilik jamiyatining paydo
bo’lishi bilan tarbiya ham vujudga kеldi, u bilan birga taraqqiy etdi, jamiyatning
o’zgarishi bilan u ham o’zgarib bordi.
Tabiatning oliy mahsuli, siymosi inson o’z
aql-zakovati bilan o’zini himoya
qiladigan mustaqil, erkin qilib yaratilgan. Shuning
uchun tabiat hodisalari, jarayonlarini o’rganish ulardan yashash uchun oqilona
foydalanish asosida insonlar sеkin-asta madaniylashuvi, ijtimoiylashuvi asosida
ma'naviy qadriyatlar shakllana boshlagan, rivojlana boshlagan. Ilk davrlarda ta'lim
yoshlarga, ota-onalarning yashash uchun tabiatdan foydalanishi, uy-ro’zqor yuritish,
o’zaro va tabiatga munosabat axloqi, odobi sifatida shakllana boshlagan bo’lsa,
bilimlar hajmi kеngaya boshlagach, maxsus tarbiyachilarga ehtiyoj tug’ila
boshlangan. Ma'lum qabila, elat, millat miqyosidagi ta'lim-tarbiya
qoidalari
majmuasi kontsеptsiyalarida ko’p hollarda alohida kishilar tomonidan
11
takomillashtirilgan. Shuning uchun ham ta'lim kontsеptsiyalarida ma'lum
muallifning nomi bilan bog’lanmaydi.
Ibtidoiy jamiyatda bola o’zining hayot faoliyati jarayonida kattalarning
ishlarida qatnashib, ular bilan kundalik muomalada bo’lib, tarbiyalanar va ta'lim olar
edi. O’g’il bolalar katta yoshdagi erkaklar bilan ov qilish, baliq tutish, qurol
yasashda qatnashar, qizlar esa ayollar rahbarligida ekin ekib, hosil yig’ish, ovqat
pishirish,
idish
yasash
, kiyim tayyorlash ishlarida qatnashganlar. Matriarxat
taraqqiyotining oxirgi bosqichlarida yosh avlodning yashashi va tarbiyalanishi
uchun o’g’il bolalarga alohida va qizlarga alohida - birinchi tarbiya muassasalari -
Yoshlar uylari paydo bo’ladi. Yoshlar uylarida bolalar urug’ oqsoqollari
rahbarligida tarbiyalangan, mеhnatga o’tkaziladigan "sinovlar"ga tayyorlanar edilar
Hech
qayerda
yozilmagan
odat
va
an’anaga
ko’ra
an'analarga ko’ra, yosh bolalar keksalar nazorati ostida malum tajribalarga ega
bo’lardilar. Bola malum tayyorgarliklardan so’ng maxsus sinovlardan o’tib, amaliy
faoliyatda faol ishtirok eta olish huquqini qolga kiritar edi. Ushbu an'ana, ya'ni
bolalarni muayyan yoshgacha enaga yoki murabbiyga topshirish yaqin
davrlargacha saqlanib qolgan, hatto hozirgi kunda ham ko’zga tashlanadi.
.
Eng qadimgi davrlardagi ta'lim - tarbiyaga oid qimmatli ma'lumotlarni biz xalq
og’zaki
ijodi namunalari - afsonalar, qahramonlik eposlari, qo’shiqlar, maqol va
iboralarda ham ko’ramiz. Umuman xalq og’zaki ijodining barcha janrlarida ham
ta'lim
- tarbiya
, yoshlarning axloqiy barkamolligi masalalariga juda katta e'tibor
qaratilganki, biz bulardan o’tmish ajdodlarimizda tarbiya ishlari qanday
bo’lganligini, qaysi axloqiy xislatlar ulug’langanligi - yu, qaysi sifatlar
qoralanganligini ham bilib olishimiz mumkin.Hususan
eng qadimgi yozma
manbalarimizdan bo’lgan,” Urxun - Enasoy yodgorliklari”,”Avesto”da ham
yoshlarga ta’lim tarbiya berish masalalari keltirib o’tilgan.
"Avеsto" er.avv. VI asrda
yaratilgan bo’lib, to’liq kitob holida er.avv. I asrda shakllangan. U 12 ming mol
tеrisiga oltin harflar bilan yozilgan dеgan ma'lumotlar bor. "Avеsto"ning to’rta:
Yasna, Yashta, Vispеrеd, Vеndidat qismlari bizgacha еtib kеlgan. "Avеsto" uzoq
12
asrlar maboynida bolalarga ilm - ma'rifat o’rgatishda va axloq odob fazilatlarini
shakllantirishda dasturul amal bulib kеlgan. Zardusht ta'lim - tarbiya masalalariga
alohida ahamiyat bеrib shunday dеydi: "tarbiya hayotning eng muhim tayanchi
bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni
shunday
tarbiyalash zarurki
, u avvalo
yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganishi bilan eng yuksak pog’onaga
ko’tarilsin"
4
.
Zardushtiylar bolalar ta'lim - tarbiyasiga katta e'tibor bеrganlar.
Kitobda bolalarni o’qitish va tarbiyalash qoidalari quyidagicha tavsiya etiladi:
a) diniy va axloqiy tarbiya
b) jismoniy tarbiya,
v) o’qish va yozishga o’rgatish.
VII-VIII asrda
Arablarning Movarounnahrdagi g’alabasidan so’ng barcha
mustamlaka mamlakatlar qatori u erda ham Islom dinining asoslari xususida
ma'lumot beruvchi muqaddas kitob - «Qur'on» tili - arab tilini o’rganish joriy etildi.
Diniy ulamolarning maxsus ko’rsatmalariga muvofiq muqaddas kitobni boshqa
tillarga
tarjima
qilish
ta'qiqlandi. Shu bois musulmon maktablarida
asosiy
manbaning tili
hamda
fansifatida arab tilining o’qitilishi yo’lga
qo’yildi.
Mavjud fanlarning
asoslari
arab tilida o’rganila boshladi.
Arab
xalifaligi
tasarrufiga
olingan
barcha
mamlakatlarda
masjidlar qoshida maxsus maktablar tashkil etildi. Maktablar, keyinchalik bunyod
etilgan va maqomi jihatidan hozirgi oliy o’quv yurt lariga teng bo’lgan madrasalarda
ta'lim va tarbiya ishlari shariat qoidalariga muvofiq yolga qo’yilgan bo’lib, ushbu
o’quv maskanlarida Islom talimoti xususida malumotlar beruvchi ilohiyot fanlari
bilan birga dunyoviy fanlarning asoslari ham o’qitilgan. Masjidlar qoshida faoliyat
yuritgan maktablarda imomlar, madrasalarda esa mudarrislar yoshlarga talim va
tarbiya berish bilan shug’ullanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: