6
sinfidagi o’quvchilarning bеvosita ta'lim-tarbiya jarayoni, ya'ni darslar davomida
hamda darsdan kеyingi faoliyatini nazorat qilishga mas'uldirlar.Shu sababli
maktablarda o’quvchilarni pedagogik va psixologik jihatdan o’rganishda sinf
rahbari faoliyatini to’g’ri tashkil etish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga
qaratilgan islohotlar
jadal suratlarda olib borilmoqda. Shu jumladan; O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining ta’lim-tarbiya
samaradorligini oshirishda doir fikrlari, O’zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-
sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, Xalq ta’lim vazirligining
2020-yil 30-iyuldagi 180-buyrug’iga ilova qilib ko’rsatilgan “Umumiy o‘rta ta’lim
muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil etish to’g’risidagi” Nizomi Sh.
Mirziyoyevning 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada
takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi” Qarori, “Xalq
ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi 2017-yil 30-sentabrdagi
PQ-3304-son
Qarorlari, Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi, 2019-yil 31-dekabrda tasdiqlangan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya”
konsepsiyasi, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil,29-apreldagi PF-
5712-sonli farmoni bilan tasdiqlangan ”Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi” Xalq ta’limi vazirligining sinf rahbarlari faoloyatiga
qaratilgan 2021-yil,22-fevraldagi 41-sonli buyrug’i,O’rta maxsus , kasb-hunar
ta’limi vazirligning ta’limni rivolantirish to’g’risidagi qarorlari, O’zbekiston
Respublikasi Sh.M.Mirziyoevning
nutq va ma’ruzalaridagi ta’lim-tarbiya va
pedagogika sohasini takomillashtirish
sohasidagi fikrlari, farmon, qaror,
konsepsiyalariva asarlari, mavzuga oid dissertatsiyalar, monografiyalar, uslubiy
qo’llanmalar, falsafa,
sotsiologiya, pedagogika, psixologiya kabi kitoblarda
muayyan darajada tadqiq qilingan. O’quvchilarni pedagogik-psixologik jihatdan
o’rganish masalasi jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida pedagog va
psixologik olimlar diqqat markazida bo’lgan.
Qomusiy
olimlarimiz Abu Nasr Farobiy,Muhammad al Xorazimiy,Abu
Rayxon Beruniy,Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Yusuf Xos Hojib,Abdurahmon
7
Jomiy, Alisher Navoiy,Abdulla Avloniy, va boshqa allomalarimizning asarlarida
muallim va uning o’quvchilar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiya jarayonlariga doir
pedagogik qarashlari o’z ifodasini topgan.
Xususan jaxon nazariyasi va amaliyotida pedagog olimlardan A.S Makarenko
“Bolalar tarbiyasi”, N.I.Boldireyev “Sinf rahbari”,
.
Aloeva V.A., Beisova
V.E. “Sinf rahbarining qo'llanmasi”
:(2004),
. Demakova I. D. “Zamonaviy sharoitda
o'qituvchining ta'lim faoliyati” (2007),
Kupriyanov B.V. “Sinf
rahbari faoliyatini
nazorat qilish dasturi” (2007),
Savchenko M.Yu. “5-6, 7-9 sinflar uchun sinf
rahbarining qo'llanmasi.”(2009),
Rojkov M.I., Bayborodova L.V. ‘Maktabda o'quv
jarayonini tashkil etish”: 2000 yil, V. P. Sergeeva” Zamonaviy maktabda sinf
rahbari”. - M.: TsGL, 2003 yil , V. Fatyanov, M.G.Davletshin, A,K.Bikov,
V.Kaploni, I.Kozlov, A,Libin, V.A Slastenin, va boshqalarning tadqiqotlarida sinf
rahbari va o’quvchi faoliyati o’z ifodasini topgan.
Sinf rahbari faoliyatini o’rganishga doir Respublikamizda ham nir qancha
pedagog olimlar faoliyat olib borgan. S. Temurova “Sinf rahbari faoliyati”
,A.Xayitov ”Sinf rahbari” (2008), S.Muhammadiyeva ”Sinf rahbari olib boradigan
tarbiyaviy ishlar”(2009), Z.Qo’ziyev ”Sinf rahbari
ishini tashlik etish va
rejalashtirish” (1997), R.Movlonova “Tarbiyaviy ishlar metodikasi”(2010)
G.Mo’minova
“Sinf
rahbari-
sinf
tarbiyaviy
soatlari
tashkilotchisi”(2012),N.Saidaxmedov, G.A.Sultonova, , O’.Tolipov, M.Qurbonov,
X.Ibragimov, M.S.Zaxarina, H. Sonaqulov, Mirqosimov, O Musurmonova ,
A.K.Munavvarov va boshqalar o’quvchilarni pedagogik –psixologik jihatdan
o’rganishda sinf rahbari faoliyatiga e’tibor qaratgan.Yuqoridagi
tilga olingan
olimlarning ilmiy izlanishlarida sinf rahbari faoliyati keng yoritilgan bo’lsa-
da,ammo sinf rahbari tomonidan o’quvchilarni pedagogik va psixologik
o’rganilganlik darajasi keng o’rganilmagan. Shunga ko’ra mazkur ilmiy tadqiqot
ishi mavzusini biz “O’quvchilarni pedagogik-psixologik o’rganishda sinf rahbari
faoliyatini tizimli takomillashtirish” deb tanlashimizga asos bo’ldi
Hozirgi kunda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish chora tadbirlariga muvofiq
hamda bugungi tub islohatlar amalga oshayotgan tezkor va globallashuv davrida
8
o’quvchilar faoliyatini ham psixologik ham pedagogik jihatdan o’rgana
oladigan
sinf rahbari faoliyatini tizimli takomillashtirish biznig muhim vazifamizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: