4
jamiyatda yoshlarning ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash milliy qadriyatning
yuksalishida muhim omil bo’la olishini anglashi zarur.
2
Ta’lim-tarbiya
jarayonini
boshqarish,
sinfda
ahil
jamoani
shakllantirish, qobilyatini to‘liq namoyon etishi uchun o‘quvchilarga
zarur
sharoit yaratishda sinf rahbarining o‘rni katta. Chunki u yoshlar taqdiriga
daxldor xalqlar, ota-onalar, fan o‘qituvchilari, maktab psixologi, umuman,
har bir mas’ul odamning ta’lim-tarbiya maqsadlarini
birlashtiruvchi asosiy
vositachidir. Yoshlarda borliqni anglash, fan sirlarini egallash,
kelajakda
yetuk shaxs bo‘lish ishtiyoqi kuchli. Ammo maqsadga qay yo‘l bilan erishish
lozimligi xususida yetarli tajribaga ega bo‘lmaganlari bois ularni to‘g‘ri
yo‘lga boshlash lozim. Buning uchun, avvalo, sinf rahbari o‘quvchilarga
shaxsiy namuna bo‘lsin. Chunki bola muallimning xatti-harakatlarini doimo
kuzatib yuradi, shaxsiy hayotiga qiziqadi. Kiyinish va muomala madaniyati
bilan, mahalla-ko‘yda, oilada o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lgan, shaxsiy fazilatlari
bilan
ajralib turgan pedagog, o‘quvchilar ishonchi
va
hurmatini
qozonadi.Bugungi kunda maktablarda
sinf rahbarlari o’z
faoliyatini tashkil
etishda Xalq ta’lim vazirligining 2020-yil 30-iyuldagi 180-buyrug’iga ilova qilib
ko’rsatilgan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining sinf rahbarlari faoliyatini tashkil
etish to’g’risidagi” Nizomi asosida olib boradi.
Sinfda tarbiyaviy ishlarni asosiy yo’lga qo’yuvchi, o’quvchilarning birinchi
tarbiyachisi va murabbiysi sinf rahbaridir. Maktab direktori tajribali va bilimli
o’qituvchilardan sinf rahbari tayinlaydi. Unga bolalar hayotini yo’lga qo’yish,
jamoni uyushtirish va uni tarbiyalash mas`uliyati, sinfdagi o’quv-tarbiya ishlariga
javobgarlik yuklanadi. U tarbiyachi sifatida o’quvchilarni
har tomonlama kamol
topishi to’g’risida, ularni mehnatsevarlik, ahl jamoa,
milliy mafkuraviy ruhida
tarbiyalash to’g’risida, o’quvchilar bilimini oshirish va sinfda tartib-intizomni
2
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent:
“O’zbekiston” NMIU, 2017.
5
mustaxkamlash to’g’risida g’amxo’rlik qiladi. Sinf rahbari bu ishlarning hammasini
havaskor kishi sifatida emas, balki rasmiy, mas`ul shaxs sifatida bajaradi. U maktab
rahbarlari oldida, xalq maorifi organlari oldida o’ziga topshirilgan sinfda g’oyaviy-
siyosiy ishlarning ahvoli uchun, tarbiyaviy ishlarning mazmuni va yo’lga qo’yilishi
uchun javobgardir.
Bugungi kunda ta’lim tizimini rivojlantirish borasida O’zbekiston
Respublikasi prezidenti Sh. Mirziyoyevning 2020-yil 6-noyabrdagi”Ta’lim-tarbiya
tizimini yanada takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi”
Qarori,
2020-yil
23-sentabrda
qabul
qilinga
“Ta’lim
to’g’risidagi”qonuni,O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil,
31-dekabrdagi “Uzliksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”,Ozbekiston Respublikasi
Prezidentining 2019-yil,29-apreldagi PF-5712-sonli farmoni bilan ”Xalq ta’limi
tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”
qabul qilinib jamiyatimizda
ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Shu o’rinda
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev quyidagilarni qayd etadi: «Bizni hamisha o‘ylantirib
keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi,
bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan
o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar.
Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin.
Lekin ayni paytda
o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz,
degan
da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin.
Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”.
3
Yuqorida o’rganilgan manbalar, amaliyotga tadbiq etilgan me’yoriy hujjatlardagi
vazifalar mazkur mavzuda magistrlik tadqiqot ishini olib borilishiga asos bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: