“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


 Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, 
Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, 
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish; 
o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga 
joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish; 
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va 
ro’yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini 
shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish; 
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy va 
ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish; 
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning 
samarali faoliyatini tashkil etish
.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda yashayotgan 
yoshlarning har biri, ertaga ularning mamlakati dunyo bilan tenglashayotganda, 
kimgadir emas, faqat o’zlarining harakatlari va mehnatlariga bog’liq ekanini 
anglab yetsagina, hayotimizning chinakam hal qiluvchi kuchigaaylanadi. O’ziga 
ishongan odam kelajakka ishonch bilan yashaydi va Vatan, Yurt ravnaqi uchun 
o’zining yuksak hissalarini albatta, qo’shadi. 
4.Tinchliksevar mustaqil tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi. 


256 
O’zbekistonning mustaqil rivojlanishidagi o’tgan qisqa tarixiy davrda 
respublikaning suveren davlat sifatida qaror toptirish yuzasidan o’lkan ishlar 
amalga oshirildi. Hozir O’zbekistonni 180 davlat tan olgan. Dunyodagi 130 dan 
ortiq mamlakat bilan rasmiy diplamatik munosabatlarni o’rnatilgan. 
Toshkentda 43 mamlakat o’z elchixonasini ochgan. 
Biz jahon hamjamiyati bilan keng ko’lamda integratsiyalashgan 
zamonaviy demokratik davlatni qurishdan iborat strategik vazifani hal qilar 
ekanmiz, jahon hamjamiyatining o’zi bugo’ngi kunda serqirra bo’lib 
borayotganligini juda yaxshi tushunamiz. XX asr ohirida dunyoda jo’g’rofiy-
siyosiy ahamiyatini va ko’lami jihatidan noyob o’zgarishlar ro’y bermoqda. 
Bu o’zgarishlar betakrordir. 
Integratsiya xaqda gapirar ekanmiz, manfatlar birikuvining xilma-xil 
mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligigaasoslanamiz. 
Bo’nga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning 
boshlangan, shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning 
o’zida turli darajada dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida integratsiya 
jarayonlarida qatnashsada, ammo bir muhim qoidaga: bir davlat bilan 
yaqinlashish hisobiga boshqasidan o’zoqlashmaslikkaamal qiladi. Biz bir 
sub’ekt bilan sherikchilikning mustaxkamlashimiz boshqalar bilan sherikchilik 
munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli 
O’zbekistoning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir. 
Jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida gapirganimizda eng avvalo 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida ishtirok etishimizni nazarda tutamiz. 
1994 yil 2 martda O’zbekiston BMTgaa’zo bo’lganligiga 14 yil to’ldi. Biz 
o’zimizning bunday obro’li xalqaro tashkilot ishidagi ishtirokimizni Markaziy 
Osiyo mintaqasida xavfsizlik tinchlik va totuvlikda ta’minlashning keskin 
muammolariga jahon jamoatchiligi deb bilamiz. 
XX asrning ohirgi o’n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o’zgarishlar davri 
bo’lib kiradi, chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o’zgarib, bir-
biriga qarama-qarshi bo’lgan SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-
siyosiy to’zum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Lekin endilikda sovuq 
urushlar munosabatlarini tuqdiradigan kuchlarning yangi o’choqlari vujudga 
kelmoqda. SSSRning parchalanishi va sotsialistik sistema haloqati natijasida 
dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi. 
Mustaqil O’zbekiston xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yishi va o’z taraqqiyot 
istiqbollari uchun qulay geografik-strategik imkoniyatlarga ega. O’rta Osiyoda 
geografik-siyosiy jihatdan markaziy o’rin tutgan O’zbekistonning ushbu 
mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash, 
hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari bor. 
Mustaqillikning 
dastlabki 
kunlaridayoq 
O’zbekistonning 
milliy 
manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo’lni belgilash; jahon 
hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik, 
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o’rnatish masalalari dolzarb 


257 
vazifalar deb belgilandi. Chunki ittifoq davrida O’zbekiston to’g’ridan-to’g’ri 
aloqa qila olmaydigan mamlakat bo’lib, tashqi siyosat yuritish tajribasiga 
hamda bu sohadagi kadrlarga ega emas edi. 
I. Karimov o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» 
kitobida mustaqil tashqi siyosatini nazariy vaamaliy jihatdan asoslab berdi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida mamlakatimiz 
tashqi siyosatining qoidalari qonunlashtirildi. Bu qoidalar «O’zbekiston 
Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to’qrisida»gi, 
«CHet el investitsiyalari to’g’risida»gi, «Xorijiy investorlar va investitsiyalarga 
kafolat berish to’g’risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi 
hujjatlarda o’z ifodasini topdi. I. Karimovning Birlashgan Millatlar Tashkiloti 
Bosh Assambleyasini 48 (1993) va 50-yubiley (1995) sessiyalaridagi nutqlarida 
mustaqil O’zbekiston tashqi siyosatining bosh yo’nalishlari belgilab berildi. 
O’zbekiston hukumati respublika tashqi siyosatining asosiy tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 

mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik, 
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 

davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; 

boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 

nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish; 

kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik; 

ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning 
umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; 

davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini 
ta’minlash maqsadida ittifoqlar to’zish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan 
ajralib chiqish; 

tajovo’zkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; 

davlatlararo aloqalarda teng huquqlik va o’zaro manfaatdorlik, davlat 
milliy manfaatlarining ustunligi; 

tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar 
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan 
o’zoqlashmaslik. 
Tashqi 
siyosatdagi 
ochiq-oydinlik, 
teng 
huquqlik, 
demokratik 
printsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug’lash, respublika 
ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish bilan birga O’zbekiston 
Respublikasining jahon hamjamiyatida mavqeini ham oshirib bormoqda. 

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish