256
O’zbekistonning mustaqil rivojlanishidagi o’tgan qisqa tarixiy davrda
respublikaning suveren davlat sifatida qaror toptirish yuzasidan o’lkan ishlar
amalga oshirildi. Hozir O’zbekistonni 180 davlat tan olgan. Dunyodagi 130 dan
ortiq mamlakat bilan rasmiy diplamatik munosabatlarni o’rnatilgan.
Toshkentda 43 mamlakat o’z elchixonasini ochgan.
Biz jahon hamjamiyati bilan keng ko’lamda integratsiyalashgan
zamonaviy demokratik davlatni qurishdan iborat strategik vazifani hal qilar
ekanmiz, jahon hamjamiyatining o’zi bugo’ngi kunda serqirra bo’lib
borayotganligini juda yaxshi tushunamiz. XX asr ohirida dunyoda jo’g’rofiy-
siyosiy ahamiyatini va ko’lami jihatidan noyob o’zgarishlar ro’y bermoqda.
Bu o’zgarishlar betakrordir.
Integratsiya
xaqda gapirar ekanmiz, manfatlar birikuvining xilma-xil
mexanizmlari va shakllari hamda integratsiya turlari mavjudligigaasoslanamiz.
Bo’nga sherikchilik va hamkorlik qilishga intilayotgan mamlakatlarning
boshlangan, shart-sharoitlari turlichaligi sababdir. O’zbekiston bir vaqtning
o’zida turli darajada dunyo miqyosida va mintaqa ko’lamida integratsiya
jarayonlarida qatnashsada, ammo bir muhim qoidaga:
bir davlat bilan
yaqinlashish hisobiga boshqasidan o’zoqlashmaslikkaamal qiladi. Biz bir
sub’ekt bilan sherikchilikning mustaxkamlashimiz boshqalar bilan sherikchilik
munosabatlarining zaiflashuviga olib kelishiga qarshimiz. Shu sababli
O’zbekistoning jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvi serqirra jarayondir.
Jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida gapirganimizda eng avvalo
Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida ishtirok etishimizni nazarda tutamiz.
1994 yil 2 martda O’zbekiston BMTgaa’zo bo’lganligiga 14 yil to’ldi. Biz
o’zimizning bunday obro’li xalqaro tashkilot ishidagi ishtirokimizni Markaziy
Osiyo mintaqasida xavfsizlik tinchlik va totuvlikda ta’minlashning keskin
muammolariga jahon jamoatchiligi deb bilamiz.
XX asrning ohirgi o’n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o’zgarishlar davri
bo’lib kiradi,
chunki yer yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o’zgarib, bir-
biriga qarama-qarshi bo’lgan SSSR va AQSH yetakchilik qilgan ikki ijtimoiy-
siyosiy to’zum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi. Lekin endilikda sovuq
urushlar munosabatlarini tuqdiradigan kuchlarning yangi o’choqlari vujudga
kelmoqda. SSSRning parchalanishi va sotsialistik sistema haloqati natijasida
dunyoda yangi mustaqil davlatlar vujudga keldi.
Mustaqil O’zbekiston xalqaro aloqalarni yo’lga qo’yishi va o’z taraqqiyot
istiqbollari uchun qulay geografik-strategik imkoniyatlarga ega. O’rta Osiyoda
geografik-siyosiy jihatdan markaziy o’rin tutgan O’zbekistonning ushbu
mintaqada kuchlar nisbati va muvozanatini saqlash, barqarorlikni ta’minlash,
hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari bor.
Mustaqillikning
dastlabki
kunlaridayoq
O’zbekistonning
milliy
manfaatlariga mos keladigan puxta tashqi siyosiy yo’lni
belgilash; jahon
hamjamiyatiga qo’shilish, xorijiy mamlakatlar bilan siyosiy, diplomatik,
iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar o’rnatish masalalari dolzarb
257
vazifalar deb belgilandi. Chunki ittifoq davrida O’zbekiston to’g’ridan-to’g’ri
aloqa qila olmaydigan mamlakat bo’lib, tashqi siyosat
yuritish tajribasiga
hamda bu sohadagi kadrlarga ega emas edi.
I. Karimov o’zining «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li»
kitobida mustaqil tashqi siyosatini nazariy vaamaliy jihatdan asoslab berdi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida mamlakatimiz
tashqi siyosatining qoidalari qonunlashtirildi. Bu qoidalar «O’zbekiston
Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy tamoyillari to’qrisida»gi,
«CHet el investitsiyalari to’g’risida»gi, «Xorijiy investorlar va investitsiyalarga
kafolat berish to’g’risida»gi, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi
hujjatlarda o’z ifodasini topdi. I. Karimovning Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Bosh Assambleyasini 48 (1993) va 50-yubiley (1995) sessiyalaridagi nutqlarida
mustaqil O’zbekiston tashqi siyosatining bosh yo’nalishlari belgilab berildi.
O’zbekiston hukumati respublika tashqi siyosatining asosiy tamoyillari
quyidagilardan iborat:
mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik uchun ochiqlik,
umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;
davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;
boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;
nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish;
kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;
ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan
xalqaro huquqning
umum e’tirof etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi;
davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini
ta’minlash maqsadida ittifoqlar to’zish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan
ajralib chiqish;
tajovo’zkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;
davlatlararo aloqalarda teng huquqlik va o’zaro manfaatdorlik, davlat
milliy manfaatlarining ustunligi;
tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar
asosida
rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan
o’zoqlashmaslik.
Tashqi
siyosatdagi
ochiq-oydinlik,
teng
huquqlik,
demokratik
printsiplariga sodiqlik, umuminsoniy qadriyatlarini ulug’lash, respublika
ijtimoiy hayotidagi demokratik jarayonga ta’sir qilish bilan birga O’zbekiston
Respublikasining jahon hamjamiyatida mavqeini ham oshirib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: