“O’zbekiston tarixi” fanidan ma’ruzalar kursi


Ilm-fanning rivojlanishi. Madaniyat va sport



Download 3,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/104
Sana27.03.2022
Hajmi3,17 Mb.
#512729
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
ozbekiston tarixi

 
3.Ilm-fanning rivojlanishi. Madaniyat va sport. 
Mustaqillik yillarida vatanimiz tarixini yoritish va o’rganish masalalari 
partiyaviylik, sinifiylik yondashuvlaridan, xukmron komunistik mafkuraga 
xizmatkor bo’lishdan holos etildi. Necha 10 yillar davomida bo’zib
ko’rsatilgan yoki bilmay kelgan tarixiy voqealarni holislik, tarixiylik, 
xaqqoniylik tamoyillari asosida tadqiq qilishga kirishildi va dastlabki ilmiy-
tarixiy asarlar yaratildi. 
SHuni yurtboshimiz ta’kidlagandek "Tarix xotirasi, xalqning, jonojon 
o’lkaning, davlatimiz xududining holis va xaqqoniy tarixini tiklash milliy 
o’zligi anglash, ta’bir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va ustirish jarayonida 
muhim o’rin tutadi. O’zbek olimlarini kuch-g’ayratlari bilan tariximizning 
qo’ldan-qo’l sahifalari, eng avvolo temuriylar davri, Buxoro va Xiva 
shaharlarini 2100 yillik yubileylari munosabati bilan bir necha ming yillik 
tarix XIX-asr ohiri XX-asr boshlari tarixi shunday kashf etildi. 
Vatanimiz tarixida xali o’rganilmagan dolzarb muommolar ko’p. 
O’zbek xalqi va o’zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sohalarini 


250 
holisona ilmiy asosida yoritish vazifalari prezident I.Karimovning bir gurux 
tarixchilar bilan 1998 yil iyun oyida bo’lgan suxbatida, Vazirlar 
Mahkamasining 1998 yil 27 iyulda qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi 
fanlar akademiyasi tarix inistituti faoliyatini takomillashtirish to’g’risida"gi 
qarorida belgilab berildi. 
Ma’naviy xayotdagi eng muhim voqealardan biri 1998 yil 23 aprelda 
O’zbekiston Respublikasi Prizidentining farmoni bilan "Respublika Ma’naviyat 
va Ma’rifat" jamoatchilik markazi tashkil etilishi bo’ldi. Ma’naviyat va 
Ma’rifat jamoat markazining viloyat, shahar va tuman bo’limlari faoliyat 
ko’rsatmoqda, taboro ko’proq mahallalar, mehnat jamoalari, o’quv yurtlari, 
shahar va qishloqlarning aholisini ma’naviy-ma’rifiy ishlarga jalb etmoqda, 
aholi o’rtasidaaql-zakovat, ilm, ziyo, ma’rifatni tarqatmoqda. 
Markaz qoshida "Oltin me’ros" xalqaro jamg’armasi, "Ma’naviyat" 
nashriyoti tashkil qilingan. "Tafakkur" jurnali aholi orasida keng tarqalmoqda, 
xalqning milliy uyg’onishida, yoshlarni tarbiyalashda muhim rol’ uynamoqda. 
Mamlakatimizda o’zbek tilining xalq va davlat turmishidagi asosiy 
ahamiyati va o’rni tiklandi. 1995 yil 21 dekabrda Respublika Oliy Majlisi 
yangi taxrirdagi "Davlat tili haqida"gi qonun qabul qildi. Qonunda o’zbek tili 
o’zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo’llanishi va 
muxofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo’yilgan. O’zbekistonda 
Oliy Davlat hokimligi, mahalliy xokimiyat va boshqaruv organlari faoliyati 
korxona, muasasalar va tashkilotlarning hisob-kitob statistika va moliya ishlari 
o’zbek tilida yuritilmoqda. Respublikaning ma’muriyat xududiy birliklari, 
maydonlari, ko’chalari, geografik o’rinlarining nomlariga yagona milliy shakl
berildi va o’zbek tilida yozib qo’yildi. SHuningdek, O’zbekistonda istiqomat 
qilayotgan barcha millatlarning tillari, qadr-qimmati ham o’z fo’rniga qo’yildi. 
1993 
yil 
sentiyabrda 
O’zbekiston 
Respublikasining 
"Lotin 
yozuvigaasoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida" qonun qabul 
qilindi. 1995 yil may oyida ushbu qono’nga qo’shimcha va o’zgarishlar 
kiritildi. Bu qonunlar o’zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeining yanada 
mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Lotin yozuvigaasoslangan o’zbek 
alifbosini to’la joriy etilishi 2005 yilgacha bosqichma-bosqich amalga 
oshiriladi. Milliy davlatchiligimiz tajribasi, Amur Temir to’ziklari, Farobiy, 
Navoiy kabi allomalarning odil davlat qurish haqidagi dono fikr-muloxazalari 
mustaqillik davrida demokratik xuquqiy davlat qurilishida katta madad 
ma’naviy poydevor bo’lib xizmat qilmoqda.
Mustaqillik yillarida dinning eng avvalo islom dining ham milliy ham 
umuminsoniy qadriyat sifatidagi mavqei tiklandi. Qadim zamonlardayoq 
yurtimizda din erkinligi mavjud bo’lgan otashparastlar budiylar, moniylar, 
musulmonlar va boshqa diniy e’tiqoddagilar inoqlikda yashagan, tenglik, 
erkinlik g’oyalarigaamal qilingan. Buyuk ipak yo’lida joylashgan shaharlarda
hamma dindagilarni ibodatxonalari mavjud bo’lgan. 


251 
Xalqimiz ma’naviy jihatdan ko’pginaafzalliklarga ega bo’lgan islom 
dinidir. Buyuk vatandoshlarimiz Muhammad ibn-Ismoil al-Buxoriy islom dini 
ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba xisoblanuvchi "Saxiyx al-
Buxoriy" nomli asar yaratib islom tarixida misli ko’rilmagan ilmiy manbaa 
yaratdi. Imom-at-Termiziy, Boxovudin Naqshbandiy, Xoja Ahmad Yassaviylar 
insonni ma’naviy yetuklikka chorlovchi diniy, ahloqiy va xuquqiy xikmatlarni 
yaratdilar. Mustaqillik sharofati tufayli ana shu allomalarimizning nomi 
tiklandi, xalqimiz ularning ma’naviy me’rosidan bahramand bo’ldi. 
Boxovudin Naqshband tavalludining 675 yilligini nishonlanishi, uning 
nomi bilan bog’liq masjid majmuasining tiklanishi fikrimizning dalilidir. 
Navro’z bayrami, Ro’za va Qurbon xayitlarining tiklanishi faqat dindorlar 
uchun emas, bu bayramlarning tiklanishi aslida xalqimizning qadimiy rasm-
rusm, an’ana va udumlarimizning, kadriyatlarimizni tiklanishi, ajdodlar ruhini 
qayta uyg’onishidir. 
Respublika Vazirlar Mahkamasi qoshida din ishlari bo’yicha maxsus 
ko’mita to’zildi. O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasida "Vijdon erkinligi 
va diniy tashkilotlar haqida" qonunida davlatning din va dindorlar vakillariga 
munosabati o’zining aniq ifodasini topgan. 
Mustaqillika erishgandan so’ng, dinga, shu jumladan islom diniga 
munosabat tubdan o’zgardi. Bu o’zgarishlarni moxiyati yurtboshimiz 
I.Karimovni quyidagi so’zlarida o’z ifodasini topgan: "Islom dini ota-
bobolarimizning muqaddas e’tiqodi. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida 
ma’naviyatda, boy me’rosi va o’zligini saqlab qolgan". 
Mustaqillik tufayli Ramozon va Qurbon xayiti kunlari bayram va dam 
olish kunlari deb e’lon qilindi. Sho’rolar davrida har yili boryo’g’i 15-20 ta 
kishiga haj safariga borishga ruxsat berilgan bo’lsa, 1991 yildan boshlab har 
yili 3-3,5 ming o’zbekistonlik fuqarolar ana shu muqaddas ziyoratni amalga 
oshirmoqdalar, minglab fuqarolar Umra safariga, ya’ni Makka Madinaga 
xayit’dan boshqa kunlarda bormoqda. Keyingi yillarda respublikamizda 30 000 
dan oshiq fuqaro xaj va umra safarida bo’ldilar. 
Qur’oni Karim o’zbek tiliga tarjima qilinib, 100 ming nusxada nashr 
etildi. O’nlab va yuzlab diniy mavzudagi kitoblar chop etildi, ro’znoma va 
oynomalarda, radio va televideniya orqali islom tarixi, madaniyati, axloqi, 
buyuk muxaddislar, mufasrlar, fakixlar, mutasavvuflarga bag’ishlangan 
ma’lumotlar e’lon qilinmoqda, islom tarixiga oid ko’p qismli fil’mlar 
ko’rsatilmoqda. 
O’zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan kunidan boshlab milliy 
mafkura, O’zbekiston jamiyatining milliy istiqlol g’oyasini yaratish dolzarb 
vazifa bo’lib kelmoqda. Milliy istiqlol mafkurasi xalqning o’zgalarga tobe 
bo’lmay, erkin va ozod yashash, o’zini-o’zi idora etishga qaratilgan, uning 
istiqbolini belgilaydigan orzu-umidlari, qarashlari, g’oyalari majmuyi, jamiyat 
taraqqiyotining muhim omillaridan biri. 


252 
O’zbekiston mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan yuksak 
marralarga yetish jarayonida, ya’ni ozod, erkin va farovon hayot qurish, eng 
rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olish, mustahkam suyanch va tayanch 
bo’ladigan barkamol yosh avlodlarni tarbiyalab voyaga yetkazish va ularga 
sharoitlar yaratish borasida katta zalvorli islohotlarni amalga oshirmoqda. 
Ertangi kunimiz, degan edi Birinchi Prezident Islom Karimov, - hayotimizning 
farovonligi, zamondan orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlar va 
xalqlardan kam bo’lmaslik, ertangi istiqbolimiz, barcha ezgu niyatlarimizning 
amalga oshirilishi, bizning o’rnimizga kelayotgan yosh avlodni har tomonlama 
yetuk insonlar qilib tarbiyalashga, voyaga yetkazishga chambarchas bog’liqdir. 
1997 yil 29 avgust Oliy Majlisni IX sessiyasida O’zbekiston 
Respublikasining "Ta’lim tugrisida"gi Qonun i va "Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturi" qabul kilindi.Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida mamlakatimizda 
ta’lim isloxati o’tkazilishidan ko’zda tutilgan maqsad, ta’limni vazifalari 
dasto’rin i ro’yobga chiqarish boskichlari, kadrlar tayyorlashning milliy modeli 
asoslab berildi. Mazkur dasto’rning asosiy maqsadi ta’lim sohasini tubdan 
isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qoralashlardan va sarqitlardan 
to’la holos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy 
va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy 
tizimini yaratishdir. 
Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatdaamalga oshirilayotgan 
yangilanishi rivojlangan demokratik xuquqiy davlat kurilishi jarayonlaiga 
moslash. 
Milliy Dasturda ta’lim isloxatlari uch boskichda o’tkazilishi ko’zda 
tutiladi: 
1-bosqich 1997-2001 yillar. 
2-bosqich 2001-2005 yillar. 
3-bosqich 2005 yildan keyingi yillar.O’zbekiston davlatining buyuk 
kelajagi hozirgi kunda, asosan, maktablarda, oliy va o’rta maxsus o’quv 
yurtlarida ta’lim va tarbiya olayotgan iste’dodli ijodkor va tashabbuskor 
yoshlarga bog’liq. Chunki bu yoshlar mamlakatimiz iqtisodiyoti, madaniyati va 
ishlab chiqarish sohalarida ijod qiladigan, kelajagimiz poydevorini yaratadigan 
yoshlardir. Xalqimiz hayotimizni ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy yangilanish 
dasturini bajarishda yoshlarning imkoniyatlariga umid bilan qaramoqda. 
Negaki, biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb e’lon 
qilganmiz. Komil inson deganda biz avvalo, ongi mustaqil fikrlaydigan, xulq-
atvori bilan o’zgalarga ibrat bo’ladigan bilimli ma’rifatli kishilarni tushunamiz. 
Ongli, bilimli insonning doimo jamiyat, yurt, xalqga foydasi tegadi, boshqalarga 
ortiqcha yuk bo’lmaydi, hamma yutuqlarga o’z mehnati vaaqli bilan erishadi. 
O’z fikr o’yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi yetuk odam bo’ladi
47

47
I.A.Karimov. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. Asarlar, 7-jild. –Toshkent: O’zbekiston, 
1999. 134-bet.


253 
Barkamol avlod va yangi avlod kadrlari uyg’un tushuncha bo’lib, bunda 
milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan, hozirgi zamon ilm fan 
yutuqlari asosidagi yangi milliy ta’lim standartlari bo’yicha ilm olgan, 
izlanuvchan, mehnatkash kadrlar tushuniladi.
So’nggi paytlarda O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi eng muhim 
sifat ko’rsatkichlaridan biri bolalarga xorijiy tillarni o’rgatishgaalohida e’tibor 
qaratilgani bo’ldi. Jumladan, ingliz tilini o’rganish bog’chadan boshlab, barcha 
ta’lim turlari bosqichlarida o’qitilishi joriy etilgan. Bu esa, yoshlarimizga 
dunyodagi davlatlar tarixini, madaniyatini, ilm-fan yutuqlarini chuqur bilishiga 
zamin yaratadi. Shu bilan birga, mamlakatimizning jahon hamjamiyatiga kirish 
yo’lida tashlagan muhim qadamlaridan ham biridir. Birinchi Prezident Islom 
Karimovning 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Chet tillarni o’rganish 
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori
48
uzluksiz 
ta’lim-tarbiya tizimiga, mamlakatimiz umumta’lim, kasb-hunar, akademik 
litsey, oliy ta’lim muassasalari zimmasiga yangi vazifalarni yukladi. Qarorda 
chet tillarni o’qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg’un kamol topgan yuksak 
ma’rifatli, zamonaviy fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, O’zbekistonning 
jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuviga yo’naltirilgan tizimni yanada 
kuchaytirish nazarda tutilgan.
Shuni e’tiborga olib, o’tgan davr mobaynida mamlakatimizda xorijiy 
davlatlardagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarining Toshkent shahrida 6 ta 
filiallari ochildi. Xalqaro Vestminster universiteti, M.Lomonosov nomidagi 
Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali, Singapur 
menejmentni rivojlantirish instituti, G.Plexanov nomidagi Rossiya davlat 
iqtisodiyot universiteti, I.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining 
filialllarida talabalar jahon ta’lim standlartlari bo’yicha ta’lim olayotganligi 
e’tiborga molikdir. Ushbu oliy o’quv yurtlarida mashinasozlik, neft-gaz ishi, 
axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va biznes boshqaruvi, moliyaviy 
menejment, tijorat huquqi, kabi mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan 
mutaxassislar bo’yicha bakalavr va magistrlar tayyorlanmoqda va bularning 
bitiruvchilari butun dunyoda tan olinadigan diplomlarga ega bo’lmoqda
49

SHuningdek, ta’lim muassasalarining Yevropadagi ta’lim jamg’armasi, 
Germaniyadagi Texnikaviy hamkorlik tashkiloti, Yaponiyadagi JIGA xalqaro 
tashkiloti, Koreyaning KOICO agentligi, UNESCO, Jahon banki, TASIS-
TEM’US ochiq jamiyati instituti, AQSH, Angliya, Frantsiya, Yaponiya, Xitoy 
va boshqa daqvlatlar oliy ta’lim vazirliklari bilan hamkorlik tobora kengayib 
bormoqda
50

48
O’zbekistonRespublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “CHet tillarni o’rganish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori // Ma’rifat, 2012 yil 12 dekabrь, № 99 
(8540).
49
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Tarixiy xotira va inson omili-buyuk 
kelajagimizning garovidir” O’quv qo’llanma. Toshkent. O’qituvchi. 2012. 103-bet. 
50
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Mustaqillik-barcha ezgu reja va 
marralarimizning mustahkam mezonidir”. O’quv qo’llanma. Toshkent. 2013. 107-bet. 


254 
Har yili ta’lim sohasini rivojlantirish va isloh qilishga yalpi ichki 
mahsulotning 10-12 foizi, davlat byudjeti xarajatlarining 35 foizdan ortig’ini 
tashkil etmoqda. Mamalakatimizda savodxonlik darajasi jahonda eng 
yuqorilaridan biri bo’lib, bu boradagi ko’rsatkich 99,2 foizni tashkil etmoqda
51

Zero, “Farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur” degan ulug’vor g’oya bugungi 
kunda tobora hayotda o’z aksini topib borayotganligidan dalolat bermoqda. 
Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-maktablardan biri 
– “INSEAD” tomonidan 2012 yilda inson kapitalining taraqqiyot darajasi 
bo’yicha o’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra, O’zbekiston 141 mamlakat 
orasida 53-o’rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim 
maqsadlari uchun ajratiladigan mablag’lar bo’yicha esa dunyoda beshinchi 
o’rinni egallagani bejiz emas
52

Mustaqillik bergan imkoniyatlar tufayli yoshlar hal qiluvchi kuch bo’lib, 
hayotga kirmoqda. Mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sohasida xorijiy 
davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli aloqalar kundan-kunga 
rivojlanmoqda va hozirgi kunda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bo’yicha va 
ta’lim sohasidagi barcha sa’y-harakatlarimizning dastlabki quvonchli mevasi 
sifatida bir necha xorijiy tillarda erkin gaplasha oladigan va shu bilan birga, o’z 
fikrini ona tilida ravon, go’zal, aniq, lo’nda ifoda eta oladigan yangi 
mutaxassislar avlodini qo’rganda, hech shubhasiz har bir ezgu niyatli insonning 
qalbida g’urur va iftixor tuyg’ulari to’ladi.

Download 3,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish