Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Makro va mikro o’g’itlar ertmasi bilan tuganaklarga ishlov berish



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Makro va mikro o’g’itlar ertmasi bilan tuganaklarga ishlov berish. 
Tuganaklarga makro va mikro o’g’itlar eritmasi bilan ishlov berishda bir yo’la ikki 
vazifa bajariladi: o’simtalarga oziqa yetkaziladi va tuganak tarkibida biokimyoviy 
jarayonlar jadallashtiriladi. Mineral elementlar tuganak ichiga singib kirib, zahira oziq 
moddalarni parchalanishini tezlashtirib oson o’zlashadigan shaklga keltiradi. Bu 
o’simliklar hosil bo’lishini tezlatadi, o’simliklarni yoshlik davrida poyalari o’sishni 
kuchaytirib erta tuganak hosil qilishga hamda hosildorligini oshishiga yordam qiladi. 
Bunday tuganaklarni undirish va ularga ishlov berishni birga o’tkazish, har birini 
alohida o’tkazilganiga nisbatan samarali bo’ladi. Samarqand QXI tajribalarida urug’lik 
tuganaklarni mineral o’g’itlar bilan ishlash kartoshkani Belorusskiy ranniy navi 
hosildorligini uch yilda o’rtacha 6,9%ga, undirish bilan qo’shib o’tkazilganida esa 
14,1 foizga oshirgan. 
Tuganaklarga ishlov berish uchun ishchi aralashma 100 l suvda 4 kg ammiakli 
selitra va 4 kg superfosfat eritilib tayyorlanadi. Kartoshka ekiladigan kuni setka yoki 


148 
qoplarga solingan urug’liklar idishdagi eritma solinib bir soat saqlanadi, so’ng u bir oz 
selnitib ekiladi. Yoki tayyorlangan eritmadan 20-30 l bir tonna urug’likka purkalishi 
ham mumkin. 
Ekiladigan kartoshka tuganaklari ekish oldidan mikroelementlar eritmasi bilan 
ham ishlanishi mumkin. Bunday ishlov berish tuganak tarkibida fermentatsiyalanish 
jarayonini jadallashtirib, nihollarni kasalliklarga chidamliligini oshirishda qulay 
sharoit yaratadi, yer ustki qismi baquvvat bo’lib shakllanishini va tuganaklar tarkibida 
ko’p kraxmal va vitamin hosil bo’lishini ta’minlash bilan birga hosildorligini oshiradi. 
Mis, bor, marganets, molibden, rux va kobaltlardan tayyorlangan eritmalar 
tuganakka ishlov berishda eng samarali mikroelementlardan hisoblanadilar. 
Toshkent va Samarqand qishloq xo’jalik institutlari tajribalari bor kislotasi, mis 
sulfidi, rux sulfidi, kaliy marganetsli, kaliy permanganat, ammoniy molibden 
mikroelementlarining 0,01-0,05 foizli eritmalarida urug’lik tuganaklarni 6 soat 
mobaynida ivitish yoki ularga purkab so’ng birnecha soat mobaynida urug’liklar ustini 
biror material bilan yopib qo’yib keyin ekish mumkinligini isbotlagan. SHuningdek, 
bu mikroelementlar aralashmasini ham ishlatish mumkin. 
Ko’rsatilgan mikroelementlarning ko’pchiligi go’ng va boshqa organik 
o’g’itlarda, shuningdek daraxt hamda boshqa narsalar kuli tarkibida bo’ladi. SHuning 
uchun urug’lik tuganaklarni mikroelementlar eritmasi bilan ekish oldidan ishlashning 
samarasi tuproqqa organik o’g’itlar solinganida kamayadi. 
Tuprog’i tarkibida mikroelementlar yetishmaydigan regionlarda, urug’lik 
tuganaklarni ekish oldidan mikroelementlar eritmasi bilan ishlashning samarasi yuqori 
bo’ladi.

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish