Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Botanik xarakteristikasi hamda biologik xususiyati



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Botanik xarakteristikasi hamda biologik xususiyati
. Pomidor, qalampir 
hamda baqalajon ituzumdoshlar oilasiga kiradi. Baqalajon Hindistondan, pomidor 
hamda qalampir Janubiy Amerikadan keltirilgan. Bu ekinlarning hammasi bir yillik 
ekin sifatida o‘stiriladi, biroq tropik mamlakatlarda ko‘p yillik sifatida yetishtirilishi 
mumkin. 
Pomidorni, niholining poyasi maysasimon bo‘lib, egiluvchan. U o‘sgani sari 
dag‘allashib, mustahkamlanadi. Ignasimon tuklar bilan qollanadi. Poyasi yotuvchan 


160 
hamda butoqlanmaydigan bo‘lishi ham mumkin. Pomidor ko‘chatining asosiy poyasi 
barg hosil bo‘lgandan keyin tupgulbirinchi shingil bilan yakunlanadi. Shundan so‘ng 
oxirgi bargning qo‘ltig‘ida ko‘rtak hosil bo‘ladi. o‘ bosh poya vazifasini o‘taydi 
hamda tupgul - ikkinchi shingil bilan yakunlanadi. Birinchi butoqning oxirgi 
bandining qo‘ltig‘ida, ikkinchi podium hosil bo‘ladi. U uchinchi shingil bilan 
tugaydi va hokazo. 
Pomidor o‘simligining bargi o‘ch xil: oddiy, qatqat burama, kartoshka bargli 
bo‘ladi. Oddiy barg yirik yaproqchalarining o‘rtasida kichikroqlari, ularning 
oralig‘ida esa yanayam kichikroqlari joylashgan, toq varsimon, taroqtaroq 
ko‘rinishda. 
Pomidorning to‘p guli jingalaksim.on bo‘lib, amaliyotda uni shingil deb 
atashadi. Oldin shingilning asosiga yaqin joylashgan gullar, keyin esa tevadagilari 
ochiladi. Pomidorning guli ikki jinsli. Ular oddiy va murakkab bo‘ladi. Pomidor 
mevasi, sersharbatli bo‘lib, yarim madaniy pomidor turiga tegishli navlar ikki uyali, 
madaniy to‘riga tegishli navlar esa ko‘p uyali. Pomidor mevalari shakli, o‘lchami, 
rangi, yuza ko‘rinishi va boshqa belgilari bilan o‘zgaruvchandir. 
Baqlajonning poyasi yassi, serbutoq bo‘lib, asos qismi yorochga aylanadi. 
Bo‘yi 1 
m
va o‘ndan baland. Butoqlanishi 5-12 barglar hosil bo‘lgandan keyin 
boshlanadi. Qancha ilgari butoqlansa, meva to‘gishi shuncha oldin boshlanadi. 
barglari navbatma-navbat joylashgan bo‘lib yaxlit, bandli, yassidan tortib 
tuxumsimon, cho‘zinchoq shaklli, to‘si yashildan tortib, to‘q binafsha rang.
Guli ikki jinsli, 5-7 tutash gultojibargli, yolg‘iz yoki 2-5 tupgul jingalagi 
jamlangan, binafsha to‘sli hap xil to‘qlikda. Hosili meva ko‘rinishda bo‘lib shakli, 
o‘lchami, to‘si bo‘yicha o‘egaruvchandir.
Qalampir o‘simligining poyasi o‘tsimon, biroq asos qismi yorochsimon, 
balandligi 20-80 
sm 
tik kundalang kesimi do‘maloqdan bet qirraligacha. Bargi bandli, 
silliq to‘xo‘msimon yoki nishtarsimon yashil to‘sli. Guli ikki jinsli, 5-9 gultoji bargli, 
to‘si oq sariqdan ko‘lrang binafshagacha. Hosili ikki uch uyali, ko‘p urug‘li etli meva, 
biroq eti suvsiz, shakli, o‘lchami kuchli o‘zagaruvchan. Qalampirning navi achchiq va 
chuchuk navlarga bo‘linadi. Ular bir qatop morfologik belgilariga ko‘ra faqlanadi. 
Chuchuk navlari ancha butoqlagan yo‘g‘on poyali to‘pga ega. 
Tupidagi mevalari ko‘proq tepaga qarab to‘radi. Bargi tuxumsimon, yirik, 
gulkosasi mevasining asosini qoplamaydi. Mevasining shakli qirrali, ko‘bsimon, 
tsilindr yoki kono‘ssimon bo‘lib teva qismi to‘mtoq meva bandi mevasiga botib turadi. 
Achchiq navli qalampirlar mevasi pastga osilib turadigan, qalin tukli poyasi hamda 
yupqa mayda barglari bilan ajralib to‘radi. Gulkosasi mevasini o‘rab turadi. 
Maqbul hapopatda hamda namlik yetarlicha bo‘lganda pomidor urug‘i 3-4, 
qalampirniki 9-10 va baqalajonniki 7-8 kunda unib chiqadi. Unib chiqqandan 30-40 
kun o‘tgach, ko‘chati shonalay boshlaydi, 40-90 kundan keyin gullaydi, gullaganidan 
to hosili pishib yetilguncha 45-65 kun o‘tadi. Niholi unib chiqqach, gullagunicha 60-
100 kun o‘tadi. Texnik yetilishi 80-160 kun, fiziologik yetilishi 170-180 kun. 
Baqalajon niholi urug‘i sepilgach 8-10 kunda unib chiqadi. Texnik yetilishi ko‘chati 
unib chiqqach 85-100, fiziologik yetilishi 130-180 kundan keyin boshlanadi. 


161 
Ituzumdosh ekinlar, ayniqsa baqlajon issiqka tatalabchan. Pomidor hamda 
qalampir urug‘ining unib chiqishi uchun maqbul hapopat 20-25°C, eng past hapopat 
esa 10-12°C, o‘simligining o‘sishi uchun esa maqbul hapopat kunduzi 20-
24°C,kechasi 16-18°C. Harorat 15°C dan past bo‘lganda o‘simlik gullamaydi. 10-
13°Cbo‘lganda o‘sishdan to‘xtaydi gulchangi yetilmaydi, tuganaklari to‘kilib 
ketadi.Pomidor niholi va yosh o‘simlik ancha past (hatto 0-0,5°C) hapopatga ham 
chidashi mumkin. Biroq 1-2°C covyq pomidor uchun xavflidir. -0,5°C da guli va 
mevasini sovuq o‘radi. Qalampir o‘simligi 0,3-0,5°C sovuqda halok bo‘ladi. Harorat 
15°C dan yuqori bo‘lganda pomidor hamda qalampir o‘simligining o‘sishi 
og‘irlashadi, g‘uncha hamda tuganaklari to‘kila boshlaydi. Baqalajon urug‘ining 
o‘sishi uchun eng past hapopat 13-14°C, eng qo‘lay hapopat 20-30°C. Tupining 
o‘sishi uchun eng qo‘lay hapopat 20-30°C. 15-20°C da baqlajon o‘simligining o‘sishi 
sustlashadi. 10-13°C da esa o‘sishdan to‘xtaydi. Baqlajon covuqqa o‘ta chidamsiz. 5-8 
kun davomida hapopat 8-10°C bo‘lib to‘rsa nixoli o‘ladi. Pomidor, qalampir hamda 
baqlajon yorug‘sevar o‘simliklar. Ularning ko‘pchilik navlari qisqa kunli. Shimoliy 
navlari neytral.
Pomidor hamda qalampir namlikka o‘rtacha talabchan. Qo‘rg‘oqchilikka esa 
nisbatan chidamli. Biroq ular uchun yuqori darajada tuproq namligi (taxminan 70- 
80% NV) va havoning namligi nisbatan pastroq (taxminan 60%) bo‘lishi lozim. 
Baqlajon tuproq namligiga talabchan. Uning uchun eng qo‘lay tuproq namligi 80% 
NV. 
Ular shurga o‘rtacha chidamli. It uzumdosh ekinlar mineral elementlardan 
ko‘proq kaliy hamda azotni iste’mol qilish bilan birga fosfor o‘g‘itlarini hamda juda 
yaxshi singdiradi. Fosforsiz sifatli va yuqori hosil olish juda qiyin. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish