Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Ertagi kartoshkani ekish muddatlari va usullari



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

2. Ertagi kartoshkani ekish muddatlari va usullari. 
Kartoshkani tekis yerga 
yoki oldindan tayyorlab qo’yilgan pushta va egatlarga ekish mumkin. Egat tuprog’i 
tezroq quriydi va qiziydi. SHuning uchun shimoliy mamlakatlarda mexanik tarkibi 
og’ir yoki sernam tuproqli maydonlarga 1-1,5 m kenglikdagi egatlar olib unga 
ekadilar. Pushta va egatlar yerni haydalma qatlamini ko’paytirib, kartoshkani 
rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Namlik yetishmaydigan mamlakatlarda asosan tekis 
yerga va juda erta muddatda esa kuzda tayyorlab qo’yilgan egatlarga ekadilar. 
Tekis maydonga ekilganlari qator orasiga ishlov berilayotganida pushtasi sekin-
asta ko’tarilib egatga aylanadi. 
O’zbekiston sharoitida ertagi kartoshka tekis yerga yoki kuzda tayyorlab 
qo’yilgan egatlarga ekiladi. Tekis maydonga ekilganlari nihol hosil qilganidan so’ng 
sug’orish ariqlari olinadi va pushta shakllanadi. Kechki kartoshkani tekis maydonga 
ekish bilan bir vaqtda sug’orish egatlari va pushtalari olinadi. 
Kartoshkani ekish chuqurligi tuproq-iklim sharoiti va ekish muddatiga bogliq. 
Iqlimi juda nam va sovuq, tuprog’i og’ir bo’lsa, kartoshka yuza ekiladi va aksincha. 
Masalan, sharqiy Yevropa mamlakatlarida sog’tuproqli tekis maydonlarga kartoshka 
6-8 sm, egatlarga esa 8-10 sm, qumoq yengil tuproqlarda esa tegishlicha: 8-10 va 10-


152 
12 sm, janubiy rayonlarida xatto 10-14 sm chuqurlikka ekadilar. Kartoshkadan eng 
erta xosil olish uchun iloji boricha eng erta va yuza ekiladi. Ekish muddatidan kechga 
qolinsa tuganak chuqurroq ekiladi. 
Ekish chuqurligini tanlashda quyidagilarga amal qilinadi. Qator orasiga ishlov 
berish va hosilni yigishni mexanizatsiya yordamida bajarish uchun o’simlik bir xilda 
rivojlanishi kerak. Buni ta’minlash uchun nihollar bir vaqtda hosil bo’lishi; tuganaklar 
bir xil chuqurlikka ekilishi; tuganak ekilgan qatlamda gaz va havo almashishini 
ta’minlash, uni tagida mayin g’ovak tuproq bo’lishi kerak. Tuganak ekilgan maydon 
sogtuproqli bulsa, tuganak ostidagi qatlam zichligi – 1,1-1,2 g/sm
3
, qumoqlida – 1,3-
1,4 g/sm
3
bulishi kerak; egat tubidan pushta chuqqisigacha bulgan balandligi 12-14 sm 
dan oshmasligi kerak: chuqqi urta chizigi ekilgan tuganaklar chizigi ustida ± 2 sm 
farqi bilan joylashishi kerak .
Kartoshka erta muddatda yuzaroq ekilishi kerak, chunki tuproq sathi tez qizishi 
hisobiga nihollar erta hosil bo’ladi, ularni zamburg’ kasalligiga chidamliligi oshib xato 
miqdori kamayadi. 
Yirik tuganaklar chuqurroq, maydalari esa yuza ekilishi kerak. Ekish chuqurligi 
tuganak diametriga tugri kelib , uni yuqori qismi yer satxiga yaqin turishi kerak. 
Tuganak ekilgan uyachuqurligi meyorida bulsa xosilni kavlab olishni osonlashtiradi. 
Tuganaklar xosil buladigan uyani chopiq qilish davrida tuproq bilan kumish maqsadga 
muvofiq buladi. Tuproq bilan kumish balandligi 5-7 sm dan oshmasligi kerak 31- 
rasm). 
10 rasm. Me’yorida ekish va chopiq qilish sxemasi (QaLLHH , 1988). 
Me’yoridan chuqur ekish kartoshka xosildorligiga salbiy ta’sir etib, uni 
yuqotilishini kupaytiradi, kartoshka kovlagich mexanizmi ishini qiyinlashtirib, ish 
unumdorligini pasaytiradi va tuganaklar mexanik shikastlanish xavfini kupaytiradi. 
O’zbekistonda kartoshka ekish chuqurligini tanlash uni, ekish muddati bilan 
bog’liq bo’lib, o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu yerda ertagi kartoshkadan eng erta 
hosil olish vazifasi qo’yilsa, u 6-8 sm chuqurlikka ekiladi. Bunda urug’lik tuganaklar 
tuproqni tez va yaxshi qiziydigan qatlamiga joylashtiriladi va u nihol hosil bo’lishini 
tezlashtiradi. Erta bahorda ekilgan kartoshka nihollarini tabiiy namlik hisobiga hosil 
qiladi.


153 
O’zbekistonda yozgi ekish muddati davrida tuproq kuchli qizib va u tezda qurib 
qoladi. SHuning uchun urug’lik tuganak chuqur ekilsa, u tuproqning harorati past va 
namligi ko’p qatlamiga joylashadi. SHu sababli ekilgan tuganaklardan baquvvat nihol 
olish uchun yozgi muddatda u chuqur ekiladi. Yozgi muddatda o’rtacha yiriklikdagi 
urug’liklar 10-12 sm chuqurlikka, yiriklari esa 12-14 smga ekiladi. 
Yozgi muddatda ekish yuqori xaroratli kunlarda utkaziladi, urug’lik 
tuganaklardan tuliq kuchat olish uchun ular tuproqning namligi kup bulgan qatlamiga 
joylashtirilishi zarur. SHu sababli oldindan olingan egatlarni sugorib, yetilgan davrida 
ekish tavsiya etiladi. Kartoshka yozda tekis dalaga ekilsa, ekish bilan bir vaqtda egat 
olinib shu kuni sugorilishi kerak. Sugorish bir kunga kechiktirilsa, xata miqdori 
sezilarli darajada kupayib ketadi.

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish