Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Ko’chat qalinligi va ekish me’yori



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Ko’chat qalinligi va ekish me’yori. 
Yaxshi rivojlangan barg satxi va ildiz tizimi 
o’simlikni yuqori xosil tuplashi uchun sharoit yaragadi. Rivojlangan barg yuzasi va 
ildiz tizimini xosil qiladigan kechki navlar siyrak, ertagilari esa qalinroq ekiladi. Sust 
rivojlangan o’simlik xosil kiladigan mayda va kesilgan tuganaklar xam qalinroq 
ekilishi kerak. Olinadigan yalpi xosil xar tupdagi asosiy poyasining va shunga uxshash 
poyalarning maxsuldorligi xamda yuza birligidagi o’simliklar soniga bogliq buladi. 
Ko’pchilik Yevropa mamlakatlarida oziqbop kartoshka yetishtiriladigan 
maydonda 160-200 ming dona/ga, urug’lik uchun ekilgan maydonlarda esa 185-250 
ming dona/ga bo’lishini eng qulay va o’rtacha hisoblaydilar. Rossiya Federatsiyasi 
sharoitida tovar kartoshka yetishtiriladigan maydonlarda poyalar yerni 200-220 ming 
dona, urug’lik uchastkalarida esa 250-270 ming dona bo’lishini o’rtacha hisoblaydilar. 
Asosiy poyalar meyoridan kup bulsa bir-biriga soyasi tushishi xisobiga kup xosil 
tuplashiga salbiy ta’sir etadi. Bir xil vaznli urug’lik tuganaklarni gektarga sarfi turli 
navlarda turlicha buladi

Tuganaklar vazniga ega bulgani bilan ularni fiziologik xolati 
xar xil bulib turli sondagi poya xosil qiladilar. Bu tuganakdagi kuzlarini kukarish 
soniga bogliq buladi. Urug’lik tuganaklarni fiziologik xolatiga saqlash davridagi 
xarorat va uni ekishga tayyorlash usuli ta’sir etadi. Yuqori xaroratda saqlangan 
urug’liklarda asosiy poyasi soni kamayadi. 
Kartoshka gektardagi qalinligi u ekilgunicha aniqlanishi kerak. Xosil buladigan 
asosiy poya ( poyalar qalinligi ) xar bir tuganakka necha donadan tugri kelishi 
xisoblanib, sung tuganaklar soni aniqlanadi va u maydonga bir xil qalinlikda 
joylashtirilishi kerak.
Amalda har bir tuganakdan baquvvat va sog’lom o’simlik yetishtirib 
bo’lavermaydi. SHuni va o’suv davrida o’simliklarni nobud bo’lishini hamda 
kartoshka ekadigan mexanizmni ayrim uyalarga ekmay ketishini hisobga olgan holda 
va tajribalarga asoslanib ekuvchi mashinani qatorga bir xil masofada ekishga sozlab 
urug’ sarfi me’yorini bir oz oshirib so’ng ekish kerak. Urug’ sarfi xisoblanayotganda 
kartoshka ekadigan sajalkani 5-10 foiz, ekmay qoldirishligi chiqmay qoladiganlari – 5-
10 foiz va o’suv davrida nobud bo’ladigan o’simliklar miqdori –5-10 foiz bo’lishligini 
e’tiborga olgan holda uni me’yori shularga mos xolda ko’paytirilishi kerak. 
Kartoshka xosildorligiga oziqlanish maydoni shakli (konfiguratsiyasi ) ta’sir 
etmaydi va u birinchi navbatda egatlar orasini kengligi bilan aniqlanadi. Oraligi 60 sm 


154 
dan 90 sm gacha kenglikda bulgan egatlarga qatordagi o’simliklar oraligidagi 
masofani turlicha qilib bir xil vaznga ega bulgan urug’lik tuganak ekilganida uni 
xosildorligiga ta’sir etmasligi aniqlangan. O’rta Yevropa mamlkatalarining 
ko’pchiligida qator orasi 75, MDX mamlakatlarida – 70 va ayrim holda 90, Angliyada 
–80-90 sm oraliqdagi egatlarga kartoshka ekish qabul qilingan. 60 sm oraliqdagi 
qatorlarga ekilgan kartoshka qator orasiga ishlov berish davrida ildizlari zararlanadi va 
chopiq qilinayotganda tuproq yetishmasligi natijasida xosil bulgan tuganaklarning 
kupchillik qismi rangi kukarib qoladi. 
Qatordagi o’simliklar orasidagi masofa qator orasi kengligi va ekiladigan tuganak 
ulchamiga bogliq. Egatlar orasi qanchalik keng bulsa, qatorga ekilgan tuganaklar 
oraligi shuncha qisqa buladi. Ekiladigan urug’lik yirik bulsa, ekishda ular orasidagi 
masofa xam keng buladi, chunki ulardan xosil buladigan kup sondagi poya va ildizlar 
katta oziqlanish maydonini tuliq egallaydi. Qatordagi urug’lik tuganaklar orasidagi 
masofa va ular soni aniq belgilansa yuqori xosil olishni ta’minlaydi. 
Qatordagi o’simliklar orasidagi masofa ekiladigan urug’lik ulchami va qatorlar 
orasidagi masofaga boglik bulib, u 15 sm dan 40 sm oraligida buladi. Bunday 
masofaga ekilganida bir o’simlikning oziqlanish maydoni 0,14-0,28 m
2
bulib, 
gektardagi o’simliklar soni 35-70 ming tupni tashkil etadi.
Urug’lik tuganaklarni sarflanish miqdorini urtacha me’yori, birinchi navbatda 
o’simliklarni maydondagi qalinligi va ekiladigan urug’liklarni ulchami kabi omillar 
yordamida aniqlanadi. Ekiladigan urug’ tuganaklar sarfi gektarga 15 tsentnerdan 50 
tsentnergacha bulishi mumkin. 15 jadvalda ekish qalinligi va ona urug’likning urtacha 
vazniga kura gektarga ekiladigan kartoshka sarfi keltirilgan. 
Ushbu jadvalda kursatilgan urug’lik soniga kura, asosiy poyalar sonini yoki 
tupdagi poyalar qalinligini aniqlash mumkin. 
O’zbekiston iqlim sharoitida xo’jaliklar g’ildiraklari oralig’i (koleya) 140 va 180 
sm bo’lgan traktorlar va texnikalar bilan ta’minlangan, shuning uchun kartoshka qator 
orasi 70 va 90 sm bo’lgan egatlarda yetishtiriladi. Kartoshka ko’p yillar mobaynida 
70x30 va 90x25 sxemasida, gektarga 47,6 va 41,4 ming tup o’simlik joylashtirilib 
yetishtirildi. So’nggi yillarda esa 70x20-25 sm va 90x15-20 sm sxemada, gektarga 55-
74 ming o’simlik joylashtirib yetishtirilmoqda. 
Yirik urug’liklardan foydalanilsa qatordagi o’simliklar orasidagi masofa 
kupaytiriladi, mayda urug’liklar ekilsa kichraytiriladi. Barcha usullarda gektarga 
ekiladigan urug’lik sarfi 30-35 tsentnerni tashkil etishi kerak. 
Ertapishar navlar, serpalak o’rtagi va o’rtagi kechki navlarga nisbatan kechroq 
ekiladi. 
Samarqand QXI tajribalarda, Zarafshon vodiysi sharoitida kartoshkaning ertagi 
navlarini 70×15-20 sm sxemada va gektarga 71-94 ming o’simlik joylashtirib va 36-56 
tsentner urug’ sarflansa ijobiy natija berishi aniqlangan. U yerda kartoshkani 
qo’shqatorli 
90Q30 x 20-30 sm sm sxemada gektarga 55-84 ming o’simlik
2 joylashtirib etishtirish ham o’zini oqlagan. 
Har ikkala kartoshka ekish mashinasi osma. Bu mashinalar undirilmagan urug’lik 


155 
tuganaklarni tekis dala va oldindan olib qo’yilgan egatlarga 70 va 90 sm kenglikdagi 
egatlarga ekish bilan sug’orish ariqlarini ham ochib ketadi. Mashinada mexanik va 
ikki ishchi (bunkerlarni urug’lik bilan to’ldiruvchilar) xizmat qiladi. Har ikkala 
kartoshka ekadigan mashinaning ishchi tezligi 5 km/soat va trasport holatidagi tezligi 
esa 15 km/soat. Ular, vazni 30-60 g va 60-90 g bo’lgan urug’lik tuganaklarni qatordagi 
orasini 20, 25, 30 va 35 sm qilib, tekis dala yuzasidan yoki egat cho’qqisidan 
tuganakning ustki qismigacha 10-18 sm bo’lgan chuqurlikka ekadi. 
KS-2 kartoshka ekadigan mashina SA-2 avtomatik qo’shuvchisi bo’lgan 0,1-1,1 
toifali traktorga, KS-4 esa SA-1 va SA-2 qo’shuvchisi bo’lgan 1,4-2,0 toifali 
travtorlarga chirkab ishlatiladi. KS-2 og’irligi –600 kg, KS-4 esa 1100 kg bo’lib, 1 
soat ishlashi mobaynida KS-2 0,34-0,44 ga, KS-4 0,63-0,81 ga maydonga kartoshka 
ekadi, KS-2 bunkerlariga jami 400, Ks-4 ga esa 500 kg urug’lik kartoshka sig’adi. KS-
2 markali kartoshka ekadigan mashina uzunligi 220, yualandligi-175, eni –190-230 
sm, KS-4niki esa tegishlicha – 210, 218 va 413-422 sm. 
O’zbekistonda mavjud kartoshka ekadigan mashinalar bilan bir qatorda 
Rossiyaning SN-4B-2 va SKS-4 mashinalaridan ham foydalaniladilar. 
Urug’lik tuganaklarni ekish qalinligi va qatorga bir xilda joylashtirishni 
o’zgartirmaslik 60-7 foizdan kamaymasligiga, ekish chuqurligini 80 foizdan 
kamaytirmaslikka erishish uchun KS-2, KS-4 va SN-4B kartoshka ekish mashinalarini 
sinxron uzatgichli VOM traktoriga tirkab 5 va 6,5-7,5 km/soat tezlikda ishlatiladi. 
Kartoshka ekishni qisqa muddatda o’tkazish uchun urug’lik tuganaklarni maxsus 
bunkerlarga solib va maydonchalarga keltirib qo’yish hamda kartoshka ekadigan 
mashina bunkerlari to’g’ridan-to’g’ri samosvallardan to’ldirishlar amalga oshirilishi 
kerak. Kartoshka ekadigan mashinalar bunkerlarini mexanizmlar yordamida urug’lik 
bilan to’ldirish uchun maxsus moslamalar bilan jihozlash kerak. 
Agrotexnik talablarni, agregatlarni maksimal samara bilan ishlashini, shuningdek 
muvni egatlarda oqishni hisobga olgan holda maydonning qiyaligiga mos holda 
mexanizmlarning yurish yo’nalishi tanlanadi. Agregat birinchi yurishi oldindan 
belgilab qo’yilgan yo’nalish (chiziq) bo’yicha bo’lib maydonnning oxirida 
sirtmoqsimon buriladi. 
Ekish agregati ishlayotgan davrida ishining sifati, xususan ekish qalinligi 
bunkerlarni urug’lik bilan navbatdagi to’ldirishda, tuganaklar va o’g’itni bir me’yorda 
sarflanishini tekshirish orqali muntazam ravishda nazorat qilinadi. Ekish sifati 
aniqlanganida egat cho’qqisi o’rta yo’li tuganak ekilgan qator chizig’iga Q 2 sm, 
tutashganlariniki esa Q 10 smdan ko’p bo’lmasligi kerak. Kartoshka ekadigan mashina 
qismlari bilan o’simtalarga zarar yetkazishi urug’lik tuganakdagi o’simtalarning 
umumiy sonini 17 foizidan oshmasligi kerak. 
Qo’l mehnati talab etmaydigan avtomat kartoshka ekish mexanizmini va ishchi 
organlarini me’yorida ishlashini ta’minlash uchun yer o’simlik qoldiqlaridan 
tozalanib, sifatli tayyorlanishi kerak. Traktor va kartoshka ekish moslamasini yerga 
botib ishmasligi uchun tuproq yetarli darajada zichlikka ega bo’lishi kerak. 
CHet ellarda qo’llaniladigan zamonaviy kartoshka ekadigan mexanizm tuganakni 
yerga joylashtirish uchun asosan quyidagi uch: 1. ikki cho’michli transporterlar; 2. 


156 
ekish apparatni diskali-qoshiqchasi; 3.qoshiqchasimon va barmoqsimon tip – greyferli 
diska moslama bilan jihozlangan. Traktorist elektron – nazorat qurilmasi yordamida 
ekish sifatini kuzatish bilan birga xato ekishni bartaraf etadi. Zamonaviy kartoshka 
ekgichlarda tuganaklar uchun qo’shimcha idishlari bo’lib, ular silkitish va undirilgan 
tuganaklarni ekadigan maxsus moslamalar bilan jihozlangan. 
Ikki cho’michli – transporterli avtomatik kartoshka ekgich birminutda 500 
tuganakni tuproqqa qadash xususiyatiga ega. 
Oldindan tayyorlangan egatlarga kartoshka ekishda kartoshka ekadigan 
mexanizm tayanch g’ildiraklari shunday o’rnatilishi kerakka, tuganakni ekilish 
umumiy chuqurligi tekis yerga ekilganga nisbatan 2-3 sm ga ko’p bo’lsin. Bu nihollar 
chiqgunicha va hosil bo’lganidan so’ng qator orasiga ishlov berish va pushtalarni 
shakllantirishda yetarli darajada tuproq bilan ta’minlaydi. Egat shakli tekislovchi 
diskalarni qiyshiq yarimo’qini burish va shtangadagi prujinalarni siqilishini 
o’zgartirish bilan shakllantiriladi. 
Evropa mamlakatlarida kartoshka ekishni mexanizatsiyalashtirish tajribasi 
O’zbekiston kartoshkachiligida katta qiziqish uyg’otadi. K yerlarda kartoshka 
ekadigan mashina va avtomat – kartoshka ekadigan mashinalar bilan ekilib, ular 
tirkama va osma bo’ladilar. Kartoshka ekadigan moslamaga bunkerdagi tuganaklarni 
qo’l bilan uzatib turish va ekish yil sayin qtsqarib bormoqda. Bu usulni undirilgan 
urug’liklarni ekishda qo’llaniladilar. 
To’rtqatorli va mustaqil idishli kartoshka ekadigan seyalkalar bir smenada 5-6, 
tuganak solinadigan bunkerli kartoshka ekgichlar esa 6-10 gektar yerga kartoshka 
ekadi. 
Urug’lik tuganaklarni tuproq bilan ko’mish va egatni talab darajasidagi shaklini 
saqlab qolish uchun tuproq iqlim sharoitini hisobga olgan holda, oldindan sozlab 
qo’yilgan ko’muvchi diskalardan foydalaniladi. Kartoshka ekgichlarni ishchi tezligi 
(yirik tuganaklarni ekayotganda) soatiga uch km, maydonlarini ekishda esa besh km. 
Ikki cho’michli trnasporterli qishiqcha – diskali ekish apparatiga ega bo’lgan 
kartoshka ekadigan mexanizm soatiga 8 km tezlikda yursa ham tuganaklarni egatga 
sifatli joylashtiradi. 
Kartoshka yetishtiradigan ko’pchilik mamlakatlar o’zlarining xususiy kartoshka 
ekadigan mashinalari ishlab chiqarishni o’zlashtirganlar. Birqator mamlakatlarda 
kartoshka ekadigan texnikalarni ishlab chiqaradigan firmalar mavjud. Germaniyaning 
«Kverneland» va «Qrimme» kompaniyalari ishlab chiqargan kartoshka ekadigan 
mashinalarini Yevropada kartoshka yetishtiruvchilar keng miqyosda foydalanadilar 
(12 rasm). 


157 
32- rasm. «Kverneland» va «Qrimme» kompaniyalari kartoshka ekadigan 
mashinalari. 
Niderlandiyada “Struktural” va “Vikki”, Finlyandiyada “Yuko” va “Exo” 
firmalari undirilgan tuganaklarni ekadigan mashinalar ishlab chiqaradi. Rossiya 
Federatsiyasida nemislarning faqat yetakchi “Amozone Verke X.Drayer» va «Frants 
Grimme Landmashinentexnik» firmalari vakillari bilan Samara shahridagi 
«Evrotexnika» korxonasida kartoshka ekadigan mashina ishlab chiqariladi.

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish