Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


-rasm. Yorug’da undirilgan tuganaklar



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

 
27-rasm. Yorug’da undirilgan tuganaklar 
Ko’p o’simtali tuganaklar ekilganidan so’ng tezda nihol hosil qiladi va erta ildiz 
tizimini shakllantiradi. Ulardan hosil bo’lgan o’simliklar ko’p poyali bo’lishi bilan 
birga, erta tuganak hosil qilaboshlaydi, eng erta yuqori mahsulot beradi. Tugunagi 
tarkibida ko’p miqdorda kraxmal va vitamin S to’playdi. Kartoshka qanchalik 
kechpishar nav bo’lsa va uni hosili erta yig’ishtirilsa, hosiliga shunchalik ko’p 
qo’shiladi. 
SHuning uchun ertagi kartoshkani erta hosilga kirishini va yuqori mahsulot 
berishini ta’minlashda tuganaklarni yorug’ joyda undirish eng samarali tadbirlardan 
hisoblanadi. 
O’zbekiston iqlim sharoitida undirilgan tuganaklardan o’sib chiqqan 
o’simtalarning o’sib rivojlanishi va hosil to’plashi jadal sur’atda boradi. SHuning 
uchun bahorda tuganaklarni undirib ekish o’simtalarni yozgi yuqori haroratning salbiy 
ta’siridan chetlab o’tishda bu usulaning samarasi beqiyosdir. O’zbekiston sharoitida 
yozgi muddatda ham urug’liklarni yorug’ joyda undirib ekilsa nihollarni bir vaqtda 
o’sib chiqishi va siyraklanishi kamayishi hamda egatlarni kartoshka palagi bilan 
barvaqt soyalanishi hisobiga tuproqni qizib ketishi kamayadi va natijada hosildorligi 
ko’payadi. Yozda tuganaklar salqin yorug’ xonalarga yoki ayvonlarga 15-20 kun 
mobaynida yoyib qo’yiladi. 
Urug’liklarni ekish oldidan yorug’ joyda undirish usullarining bir necha turlari 
mavjud. O’zbekistonda aksariyat yorug’ xonalar yoki issiqxonalar yeriga 1-2 qator 
qilib yoyib yoki so’kchaklarni har 1 m
2
yuzasiga 40-60 kg joylab, shuningdek sig’imi 
16-18 kg bo’lgan yuza yashiklarga solib undiriladi (7 rasm.). 
28-rasm. Yashik va so’kchaklarda tuganaklarni undirish. 
Tuganaklarni setka va perforatsiya qilingan diametri 25-30 sm va uzunligi 1-1,3 
m sig’imi 12-16 kg bo’lgan polietilen qopchalarda undirish mumkin. Qopchada havo 


144 
almashinishini ta’minlash uchun uni uzugligi bo’yicha diametri 10-15 sm li har 5x15 
mm oraliqda teshib qo’yiladi. Setka va qopchalar vertikal osib qo’yiladi. 
Toshkent DAU urug’lik tuganaklarni eng oddiy va sodda usulini - quyosh yaxshi 
qizdiradigan ochiq maydonda nur o’tkazadigan plenka ostida undirishni taklif etgan. 
Urug’liklar dalaga ekilishidan 15-20 kun avval to’shama ustiga 15-20 sm (ikki qator) 
qilib yoyiladi yoki yuza yashiklarga solinib shtabel qilib taxlanadi va usti plenka bilan 
yopiladi. 
Yorug’ joyda tuganaklarni ekish oldidan undirish chet ellarda keng qo’llaniladi. 
Yevropada kartoshka urug’liklarini 40 foizi yorug’ joyda undiriladi; tropik 
mamlakatlarda ham tuganaklarni yorug’da undirishni ijobiy ta’siri aniqlangan. 
Yorug’ joyda undirish usullari va bu maqsadda foydalaniladigan idishlarni xilma-
xili chet ellarda ko’p qo’llaniladi. So’nggi yillarda bu yerlarda tuganaklarni undirishda 
oynavand va plenkali issiqxonalar, yashiklar va turli konstruktsiyali konteynerlar keng 
qo’llanilmoqda. 
Niderlandiyada tuganaklarni undirish texnologiyasi o’ziga qiziqish uyg’otadi. U 
yerda urug’liklar omborxonada yashiklarga 1-2 qator qilib terilib 3-5
0
S haroratda 
saqlanadi. So’ng 5 mm uzunlikda o’simta hosil bo’lganicha harorat 15-20
0
S da saqlab 
turiladi. SHundan so’ng yashiklar oynavand xonalarga ko’chiriladi va 6-8
0
S haroratda 
chiniqtiriladi. Buyukbritaniyada mini-undirish texnologiyasi ishlab chiqilgan, bunda 
tuganaklar 18-20
0
S haroratda 10-15 kun saqlanadi va bu davrda 1-2 mm uzunlikda 
o’simtalar hosil bo’ladi. So’ng harorat 8-10
0
S va keyinchalik 3-4
0
S pasaytirilib 
saqlanadi. 
Tuganaklar qaysi usulda undirilishidan qat’iy nazar, o’simtasi ehtiyot qilinishi 
kerak, buning uchun qattiq idishlardan foydalanish kerak. SHuning uchun 
urug’liklarni yuza yashiklarda undirish eng qulaydir. Yerda, so’kchada unidirilgan 
tuganaklar korzina yoki yashiklarga joylanib so’ng manzilga yetkazilishi kerak. 
Undirilgan urug’liklar maxsus mashinalarda (masalan SAYa – 4) yoki qo’lda 
ekiladi. 0,5 sm uzunlikdagi o’simtali tuganaklarni oddiy kartoshka ekadigan 
mashinada bemalol ekish mumkin.

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish