Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Uchki va bachki poyalarni ildizlanish



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

Uchki va bachki poyalarni ildizlanish.
O’simlik bo’yi 25-35 sm ga yetganda 
uchki qismi kesiladi, bu bachki poyalar hosil bo’lishini tezlatadi. Kesib olingan uchki 
va bachki poyachalar yashiklarda tayyorlab qo’yilgan qum-tuproq aralashmasiga 
10x10 sm sxemasida rasad qilinadi va plenkali issiqxonalarga joylashtiriladi. 
Ular vaqti-vaqti bilan sug’oriladi va issiqxona havo namligini yuqori darajada 
saqlanadi. Ko’chat 45-50 kundan so’ng tayyor bo’ladi va dalaga ekiladi. Bu usul 
asosan kartoshkani birlamchi urug’chiligida qo’llaniladi. 
Urug’liklarga qo’yiladigan talablar.
Yuqori sifatli urug’liklardan foydalanish 


138 
yuqori hosil olishga asosdir. Urug’lik kartoshkani tayyorlash hosilini yig’ish va 
saqlashga qo’yish hamda dalaga tashilguncha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 
Ko’pchilik mamlakatlarda urug’lik kartoshka ishlab chiqarish, sotish va uni 
sifatiga qo’yiladigan talablarni qat’iy bajarilishini nazorat qiladigan maxsus xuquqiy 
xujjatlar mavjud. 1996 yil 26 avgustda O’zbekistonda “Urug’chilik to’g’risida” Qonun 
qabul qilingan. Urug’liklar urug’chilikda foydalaniladigan elita materiallar va oziq-
ovqat uchun kartoshka etishtirishda ekiladigan navdor urug’larga ajratilgan. 
Kartoshkani navdor urug’lik kartoshka navdorlik sifatini 3 toifasi mavjud: birinchisi – 
nav 98 foiz tozalikka ega bo’lib, kasallangan o’simliklar 1,2 foizdan oshmaydi; 
ikkinchisi – 95% va 2 foiz; uchinchisi – 90 foiz va 4%. 
Navdor kartoshka ekilgan maydondan olingan urug’liklarni urug’lik sifati ekish 
yoki xarid qilinishi oldidan eski GOST-7001-66 talablariga muvofiq aniqlanadi. 
Bu standartni asosiy talablari urug’liklarni ekishga yaroqligi sifatini ikki klassga 
bo’linishi nazarda tutishidir, 4 ilovada keltirilgan. 
Urug’lik kartoshka ishlab-chiqarish mamlakatlarda turli toifa va ko’paytirish 
jarajalariga bo’linadi. O’zbekiston vatanimizda yaratilgan navlardan tashqari 
gollandiya va germaniya kartoshka navlari ham tumanlashtirilgan. Niderlandiyada bu 
S-super, S, F, EA toifalardir. 
Ko’pchilik chet ellarga Ye klassiga mansub (elita) va (birinchi bo’g’in) A eksport 
qilinadi. Oziqbop kartoshka etishtirish uchun fermerlar o’z vatanida A klassiga 
mansub urug’liklardan foydalanadilar. Germaniyada, ekiladigan boshlang’ich 
material, S, SE bazisli (muayyan negizga) klasslarga va sertifikatsiyalangan Ye 
ekiluvchi materialga ajratiladi. Urug’lik kartoshka ishlab chiqarish uchun boshlang’ich 
va muayyan negizli (bazisli) materialdan foydalaniladi, oziq-ovqat va boshqa 
maqsadlarda kartoshka etishtirish uchun – sertifikatsiyalangani ishlatiladi. 
CHet ellarda sertifikatsiyalangan urug’lik materialni muntazam ravishda sotib 
olish iqtisodiy manfaat keltirishi tan olingan. Yuqori sifatli urug’likdan foydalanilsa 
har bir tuganakdan 10-12 ko’p hosil olish mumkin. Sifatsiz tuganaklarni ekish 
iqtisodiy zararni juda ko’paytirib yuboradi, chunki biron-bir agrotexnik chora-tadbir 
bilan uni hosildorlikka salbiy ta’sirini bartaraf etib bo’lmaydi, ammo xarajatlar sifatli 
urug’ni ekkandagidek vzgarishsiz qolaberadi. Germaniyada kartoshka urug’liklarni 
sotishda urug’likka boshqa navlar aralashganligiga, kasallik va boshqa kamchiliklarga 
ega bo’lgan talablardan biroz yo’l qo’yish mumkin bo’lgan chkinishlarga amal 
qiladilar, bular 57 rasmda ko’rsatilgan. 
57 rasm. Kartoshka urug’lik tuganaklarini sotishda uni sifatiga qo’yiladigan 
talablarida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chekinishlar. 
*Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan ko’rsatkichlardan yuqori kamchilikli tovarlar, 
arzon narxda sotib olinadi. 
**Tovar sotib olinmaydi. 
Urug’liklarni tayyorlash kuz faslidan boshlanadi. Tuganaklar saqlashga 
qo’yilishidan oldin mayda-yirik qismlarga xillanadi, aynigan, kasallangan, 
hashorat bilan zararlangan va mexanik jarohat olganlaridan tozalanadi. 
Urug’liklar amaldagi talablar shartiga javob beradigan darajaga yetkaziladi. 


139 
O’zbekiston sharoitida urug’lik tuganaklar sifatini saqlashning muhim sharti uni 
saqlash qoidalariga qat’iy amal qilishdir. Bu yerda bahor-yoz faslida urug’lik 
kartoshkani saqlash sharoiti juda noqulay. Yerto’la xilidagi omborxonalarda havo 
harorati aperl oyida – 10-12, mayda – 18-20, iyunda – 20-22 va iyulda esa – 24-26


dan yuqori bo’ladi. Urug’liklarni 30 foizdan ko’prog’i harorat va havo namligini past 
bo’lishi bilan birga ta’sir etishi hisobiga yo’qotiladi. Bu yo’qolish – chiqitlar asosan 
tuganaklarni o’sib ketishi hisobiga bo’ladi. Kartoshka ekilgunicha o’simtalari ikki 
marta sindirib olib tashlanadi. Bunday urug’liklar ekilganida xato miqdori keskin 
ko’payib ketadi. 
Kartoshka urug’chiligi masalasini hal etishning eng zamonaviy usuli urug’lik 
tuganaklarni bahor-yoz faslida harorati 3-5

S va havo namligi 85 foizdan 95 foizgacha 
bo’lgan sun’iy sovitiladigan omborxonalarda saqlashdan iboratdir. 
Sun’iy sovitiladigan omborxonalar bo’lmagan taqdirda urug’lik kartoshkalarni 
noyabr oyidan aprel oyigacha o’ralarda, so’ng salqin yorug’ yarimpodval xonalarga 
15-20 sm qalinlikda yoyib saqlanadi. 
Agrtexnik talablarga javob beradigan urug’likni ajratib olish uchun, urug’liklar 
omborxonalardan ekilish muddatidan ertaroq chiqariladi va ular o’lchamiga ko’ra 
xillanib, zararlanganlaridan tozalanadi hamda ekilgunicha boshqa tayyorgarliklar 
o’tkaziladi. 
Ko’p urug’lik saylaydigan yirik xo’jaliklarda kartoshkani omborxonalardan 
chiqarish davrida TPK-30 moslamali TEK-30 mashinasidan yoki TP-30 transporter –
ortgichi bo’lgan TXB-20 transporter majmuasidan foydalaniladi. Yirik xo’jaliklarda 
urug’liklarni xillash uchun KSP-15 rusumli punktdan ham foydalaniladi. 
Kichik shirkat va fermer xo’jaliklarda urug’lik kartoshkani omborxonadan 
chiqarishda “Balkankar” tipidagi avtoyuklovchidan urug’liklarni xillashda esa KXITI 
loyihasi me’yoridan tashqari uzunchoq, rangi o’zgarib ketgan va ipsimon o’simtali 
tuganaklari ajratilib brak qilinishi kerak. 
O’zbekiston sharoitida yozgi muddatda ekiladigan urug’lik kartoshkadan 
mexanik zararlangan tuganaklarni ajratib olish katta ahamiyatga egadir. Toshkent QXI 
izlanishlarida mexanik zararlangan tuganaklarni o’sib chiqishi kamayib, ko’zlardan 
o’simtalari kam o’sib chiqishi, o’simligini o’sishni sustlanishi va hosildorligiga salbiy 
ta’sir etishi aniqlangan. Masalan, kartoshkani Priekulskiy ranniy navi yozgi muddatda 
butun tuganaklari ekilganda xata miqdori 27,5, kesilganlari ekilganda esa 60 foizni, 
po’stini ½ qismi tirnalaganida –50 foizni va ezilganlari ekilanida –82,5 foizni tashkil 
etgan, hosildorligi esa quyidagicha 24,0; 10,3; 8,8 va 4,2 t/ga bo’lgan. 
O’rta Osiyoning quruq, issiq iqlimli sharoitida birnecha yil yetishtirilgan 
kartoshkani tugunagini tashqi ko’rinishi o’zgaradi. Ular cho’zinchoq, aynigan shaklli, 
rangi qizil tuganaklar oqimtir qizil rangga o’zgaradi va ipsimon o’simta beradigan 
tuganaklar hosil bo’ladi. SHularni hisobga olgan holda O’zbekiston sharoitida urug’lik 
kartoshka ekilishidan oldin nafaqat kasallangan tuganaklar, balki aynigan, me’yordan 
tashqari uzunchoq, rangi o’zgarib ketgan va ipsimon o’simtali tuganaklari ajratib brak 
qilinishi kerak. O’zbekiston sharoitida yozgi muddatda ekiladigan urug’lik 


140 
kartoshkadan mexanik zararlangan tuganaklarni ajratib olish katta ahamiyatga egadir. 
Toshkent QXI izlanishlarida mexanik zararlangan tuganaklarni o’sib chiqishi 
kamayib, ko’zlaridan o’simtalari kam o’sib chiqishi, o’simligini o’sishini sustlanishi 
va hosildorligini salbiy ta’sir etishi, aniqlangan. Masalan, kartoshkani Priekulskiy 
ranniy navi yozgi muddatda butun tuganaklari ekilganda xata miqdori 27,5, 
kesilganlari ekilganda esa – 60 foizi, po’stini 1/2 qismi tirmalanganida – 50 foizi va 
ezilganlari ekilganida – 82,5 foiz tashkil etgan, hosildorligi esa quyidagicha – 27,0; 
10,3; 8,8 va 4,2 t/ga bo’lgan.
Urug’lik kartoshkalarni ekishga yaroqligiga qo’yiladigan talablarga (GOST – 
7001-66) muvofiq 1 klass urug’liklar tarkibida – 7 foizgacha, ikkinchi klassda esa – 12 
foizgacha nokonditsion urug’lik tuganaklar bo’lishiga ruxsat etiladi. Agar 
nokonditsion urug’lik tuganaklar miqdori 12 foizdan ko’p bo’lsa, bu urug’liklar brak 
qilinib ekishga ruxsat etilmaydi. 
Ekiladigan tuganaklar o’lchami va ularni kesish. O’zbekistonda bir xil sharoitda 
o’tkazilgan izlanishlar va tajribalar shuni ko’rsatadiki, ekiladigan urug’lik vaznini 
oshib borishi bilan birga uni hosildorligi ham doim ko’payib borgan. Oziqa moddasi 
zahirasiga boy bo’lgan yirik urug’lik tuganaklar, tez va bir vaqtda nihollar hosil qilib, 
xata miqdori kam, ko’p poyali baquvvat serhosil o’simlik hosil qiladi. Bulardan 
tashqari, yirik tuganaklar saqlanish davrida oz chiqindi berishi bilan birga, undan hosil 
bo’lgan o’simliklar zamburug’, bakterial va virusli kasalliklarga chidamli bo’ladi – 
kam zararlanadi. Xata miqdorini kam va o’simliklarini sermaxsul bo’lishi yuza 
birligidan olinadigan hosilni ko’paytiradi. Yirik tuganaklar serhosillik sifatiga ega 
bo’lgani uchun uni nasli ham serhosil bo’ladi. SHunday qilib, o’rtacha va undan yirik 
kartoshkalar eng yaxshi urug’lik tuganaklari hisoblanarr ekan. MDX Yevropa 
mamlakatlarining sug’oriladigan rayonlarida o’rtachadan yirik va yirik urug’lik 
tuganaklar bilan o’tkazilgan tajribalar, ularni afzalligini tasdiqlagan. 
Yirik urug’liklarni ekishga foydalanish urug’ sarfini birmuncha ko’paytiradi. 
Yirik urug’lar ekib yetishtirilgan hosildan sarflangan urug’ miqdori chegirib tashlash 
usuli bilan sof hosil aniqlanadi,agar yirik tuganaklar ekib past va o’rtacha agrotexnika 
asosida kartoshka hosili yetishtirilsa urug’likga bo’lgan xarajatni qoplaymadi. 
N.N.Balashevning (1953) o’tkazgan tajribalari quyidagi natijalarni bergan, 
o’rtacha agrotexnik sharoitda: mayda urug’lar ekilganida – 145, o’rtachasida –148 va 
yiriklari ekishdan – 139, yuqori agrofonda esa quyidagicha 200, 224 va 231 ts/ga sof 
hosil bergan. 
O’zbekistonda o’rtacha agrofon sharoitida kartotshka qalin ekilishida vazni 40-
60g, yuqori agrofon va siyrak ekishda esa –70-100 gli urug’liklar ekiladi. 
CHet el ma’lumotlariga ko’ra, agar gektarda tegishli ko’chatlar qalinligiga 
erishilsa mayda va yirik urug’lar bir qator afzalligi va kamchiliklariga ega: 
CHet ellarda yirik urug’lik tutunaklarni ekish quyidagi hollarda, agar kartoshka 
etishtirish mavsumi uzoq davom etmasa, agar ekish muddati davrida tuproq va ob-
havo noqulay keladigan bo’lsa, agar kartoshka o’suv davrining birinchi yarmida tungi 
sovuqlardan, do’l va qurg’oqchilikdan qiynaladigan bo’lsa, maqsadga muvofiq deb 
qabul qilingan. Bu yerda, diametri har xil bo’lgan tuganaklarni ekish, rasmiy odatga 


141 
kirgan. Niderlandiyada kartoshka urug’liklari: 28-35, 35-45 va 45-55 mm li uch xilga 
ajratiladi. Germaniyada ikki kovshli transporterli yoki diska-qoshiqli kartoshka 
ekadigan apparatdan foydalanilsa o’lchami 30 dan 55 mm gacha, vertikal – greyfer – 
diskali ekadigan apparatdan foydalanilganida esa – 30-45 va 45-55 mm o’lchamli 
urug’lar ekiladi. Ekiladigan tuganaklar flchamini ko’payishi va shuningdek kamayishi, 
ruxsat etilgan o’lchamga nisbatan 3 foizdan oshmasligi kerak. 
Rossiya Federatsiyasida urug’lik kartoshka uch guruxga bo’linadi (mayda) 25-50 
g., (o’rtacha) 51-60 g., va yirik) 81-120 g. Har bir guruxda 10 foizgacha boshqa gurux 
tuganaklari bo’lishi mumkin. 
Barcha mamlakatlarda turli yiriklikdagi urug’liklarni ekish maqsadga nomuvofiq 
deb hisoblaydilar, chunki ular nihollarni har xil vaqtda hosil qiladi, o’simliklarini 
rivojlanishi ham har xil bo’ladi. Bundan tashqari, yirik tuganaklardan hosil bo’lgan 
o’simliklar mayda urug’lardan chiqqan nihollarni ezib qo’yadi. 
Kartoshkachilik praktikasida urug’likni tejash maqsadida ba’zan ekishga qadar 
tuganaklarni kesib bo’lak – bo’lak qilib qo’yiladi, kesib ekilgan kartoshka hosili butun 
ekilgandagiga qaraganda birmuncha kam bo’ladi. Buning sababi shundaki, 
bo’laklangan tuganaklardan unib chiqqan o’simlik birmuncha zaif rivojlanadi va 
kesilgan tuganaklar ekilganidan keyin ularni qisman chirishi natijasida maysalar bir oz 
siyraklashib qoladi. Lekin, tuganaklarni kesib ekish hamma vaqt ham salbiy natija 
beravermaydi. CHet el ma’lumotlariga ko’ra nihollarni hosil bo’lishi kesib ekilgan 
bo’lakchalarga teskari proportsionaldir. 
Ammo, yirik tuganaklar kesib ekilganda, xuddi shunday vazndagi butunligicha 
ekilgan o’rtacha yoki mayda tuganaklarga qaraganda o’simlik birmuncha sog’lom va 
serhosil bo’lib yetiladi. 
Binobarin, yirik tuganaklarni bo’lib ekishni kesilmagan mayda tuganaklarni 
ekishga qaraganda hosildorlikni oshirishga qaratilgan agrotexnika usuli deb hisoblash 
kerak. Bahorgi muddatda kesib ekilgan urug’liklarni ko’p miqdorda chirishi 
kuzatilmaydi, shuning uchun erta ko’klamda urug’liklarni kesib ekish mumkin. Yoz 
faslida haroratni yuqori bo’lishi va namlikni ko’payishi ta’sirida ksib ekilgan 
tuganaklarda chirish kuchayib xata miqdorini ko’paytirib yuboradi, shuning uchun bu 
muddatda tuganaklarni kesib ekishga ruxsat etilmaydi. Toshkent QXI sabzavotchilik 
kafedrasi ma’lumotiga ko’ra kartoshkani Lorx navi tuganaklari kesib 4 mayda 
ekilganida siyrak chiqqan maysalar 10 foizni, 4-iyunda – 20 foiz va 4- iyulda 
ekilganida esa –37 foizni tashkil etgan. 
Erta bahorgi ekishda kesilgan tuganaklardan foydalaniladi, shuning uchun 
tuganaklar ekish oldidan kesiladi. Ekishdan bir necha kun oldin kesilsa, natija yaxshi 
bo’lmaydi. Tuganaklar bo’yiga kesiladi, har ikki bo’lagida bir xil sondagi ko’zlari 
bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Juda yirik urug’liklar uch qismga kesiladi, avval uchki 
qismi kesilib, so’ng pastki qismi bo’yiga ikkiga bo’linadi. Kesilgan tuganaklar 
chirishni kamaytirish va ekilganidan so’ng siyraklanishi oldini olish maqsadida 
kesilgan tuganaklar dizenfektsiyalovchi moddalar bilan dorilash ham yaxshi natija 
beradi. Toshkent QXI sabzavotchilik kafedrasi ma’lumotiga ko’ra kesilgan 1 t 
tuganakga TMTD preparatidan 3-3,5 kg changlash yaxshi natija berar ekan. Masalan 


142 
kartoshkani Sedov navi tuganaklari kesib ekilganida gektardan 11 t/ga, shunday 
tuganaklar TMTD preparati bilan dorilanganda 15 t/ga, Lorx navidan shunga muvofiq 
12 va 16 t/ga hosil olingan. Hozirgi davrda shu maqsad uchun Maksim 25, Gaucho, 
Teokoto va boshqa vositalar qo’llaniladi. 
Kartoshkani kesish vaqtida infektsiyalar tarqalishi oldini olish maqsadida har bir 
tuganak kesilganidan so’ng pichoq 3-5 foizli lizol yoki lizoforma, 2 foizli formalin va 
shunga o’xshashlar bilan dizenfektsiya qilinadi. 
Tuganaklarni kuzda –oktyabr va noyabr oylarida kesib qo’yish mumkin, lekin 
bunda bo’laklangan tuganaklar 12-25 kun davomida yuqori (12-20
0
S) haroratli va 
sernam (80%) sharoitda qorong’i joyda saqlanishi kerak. SHunda tuganaklarning 
kesilgan joyida namni ko’plab yo’qotishi va ichiga mikroorganizmlar kirishidan 
saqlaydigan probka qatlami hosil bo’ladi. Tuganaklarni kuzda butunlay bo’laklarga 
ajratmasdan, balki ikki bo’lak ichki o’rtasida bir santimetrcha uloq- (kesilgan eti) 
qoldirib, qolgan qismi kesib qo’yish va ekish oldidan shu joyini uzib ikki bo’lakka 
ajratib ekish ham yaxshiroq natija beradi. 
Faqat vazni 70 g dan ortiq bo’lgan tuganaklargina kesib bo’laklanadi. Ekiladigan 
tuganaklar orasida chiriganlari ko’p (5% dan ortiq) bo’lsa, ularni bo’lmasdan olish 
tavsiya qilinadi. 
Tuganaklarni ekish oldidan tayyorlash. Urug’lik kartoshkani o’lchami bo’yicha 
xillash va sifatsizlarini brak qilishdan boshqa, kartoshkachilikda urug’ni ekishga 
tayyorlashning qator tadbirlari mavjud bo’lib, ular tuganaklarni to’liq ko’karib 
chiqishini, ko’zlarini barchasida o’simtalar hosil qilinishini, siyraklanishini 
kamaytiradigan va rivojlanishini jadallashtirib hosildorligini oshiradi. Bulardan eng 
ko’p tarqalganlari quyidagilar. 
Tuganakni yorug’ joyda undirish. Tuganaklarni undirish yorug’, isitiladigan 
binoda (yoki ochiq maydonchada) 12-15
0
S haroratda o’tkaziladi. Ertapishar nav 
kartoshka urug’liklari 20-25 kun, o’rtagi va kechpisharlari esa 30-35 kun mobaynida 
undiriladi. Tuganaklarni me’yorida undirish uchun yorug’lik va shunga monan issiq 
(birinchi 10-12 mobaynida 18-20
0
S va qolgan kunlarda 10-14
0
S) sharoit yaratilishi 
kerak. 18-20
0
S issiqlikda tuganaklarning ko’pchilik ko’zlari bir vaqtda o’simta berib, 
serpoya rivojlangan o’simlik hosil qiladi. Agar tuganak 10-12
0
S haroratda undirilsa, 
uni uchki ko’rtaklari o’simta beradi, undan kam poyali o’simlik hosil bo’ladi, demak 
tuganak hosil bo’ladigan oq tomirlari soni ham kam bo’ldi. 
Undirish vaqtida xona havosi nisbiy namligi 85-90 foiz bo’lishi kerak. Undirish 
davrida namlik ko’payib, o’simtalarga quyosh nuri to’g’ridan-to’g’ri tushsa o’simta 
asosidagi bo’rtiqlardan muddatidan oldin ildizchalar o’sib chiqadi, bu uni o’sishiga 
salbiy ta’sir etishi mumkin. Undirish vaqtida kasallangan tuganaklar brak qilinadi. 
Issiqxonada saqlanayotgan tuganak tarkibidagi plastik moddalar kurtagi tomon 
siljiydi va ko’zlaridan o’simtalar o’sib chiqishini tezlashtiradi, yorug’lik ularni ko’k 
rangga kiritadi. Yorug’da undirilgan tuganaklar ustida uzunligi 2 sm ga yaqin 
baquvvat, qo’ng’ir asosli va ko’p sondagi, bo’lajak, ildiz bo’rtiqlari bo’lgan o’simtalar 
hosil bo’ladi, tuganak ekilganidan 3-5 kundan so’ng bo’rtiqlaridan ildiz tizimi 
rivojlana boshlaydit (27- rasm). 


143 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish