Toshkent davlat agrar universiteti termiz filiali meva-sabzavotchilik, uzumchilik


Tuganaklarni ekish oldidan tayyorlash, yorug’ joyda undirish



Download 12,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/327
Sana24.03.2022
Hajmi12,45 Mb.
#507809
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   327
Bog'liq
Мажмуалар саб -пол 2020й лотин

 
3. Tuganaklarni ekish oldidan tayyorlash, yorug’ joyda undirish. 
Bu 
usulda ko’paytirish uchun kartoshka qorong’i va yorug’ joyda hosil qilgan 
uzunligi 3-6 sm bo’lgan o’simtalari ko’chat o’rnida foydalaniladi. Ular bir 
tuganakdan 2-3 marta o’stirib olinadi. O’simtalar tuganakdan quyidagicha 
ajratib olinadi: bir qo’l bilan o’simtani tuganakka birikkan qismi ushlab turiladi 
va ikkinchi qo’l bilan tuganak buraladi-o’simta ajraladi. Ajratib olingan 
o’simta tezda yashik ichida tayyorlab qo’yilgan nam substratga (aralashmaga) 
ekiladi. Ekish qalinligi qatorlar orasi 7-8 sm, qatordagi o’simliklar oraligidagi 
masofa 5-6 sm bo’lishi kerak. Ekish chuqurligi o’simta bo’yiga bog’liq bo’lib, 
aralashma sathidan o’simtani uchdan bir qismi chiqib turishi kerak yoki 
o’simtani uchdan ikki qismi aralashma bilan ko’miladi. 
O’simtalar ekilganidan 5-7 kundan so’ng o’saboshlaydi. Ko’chat 20-25 
kundan so’ng tayyor bo’ladi va uni ochiq maydonga ekish mumkin. 
Oq
o’simtalarni
ochiq
maydonga
ekishga
foydalanish
.
 
O’zbekistonda 
sovitilmaydigan 
omborlarda 
kartoshka 
saqlanayotganida 
erta 
bahorda 
ko’karaboshlaydi. Ertagi kartoshka o’simtalari bahor faslida ekilishidan oldin bir 
marta olib tashlanishi mumkin, yozgi muddatda ekiladiganlarini o’simtalari esa 2-3 
marta sindiriladi. 
O’tgan asrning 30-nchi yillarida O’zbekiston respublikasi sabzavot tajriba 
stantsiyasi o’tkazgan tajribalari, urug’lik va oziq-ovqatga ishlatish uchun 
sovitilmaydigan omborxonalarda bahor va yoz faslida saqlangan kartoshkada hosil 
bo’lgan oq o’simtalarni ochiq maydonga ekish mumkinligini tasdiqlaydi. Bu usul 
kartoshka saqlanish davrida chiqindi sifatidagi o’simtalardan samarali foydalanishni 
va kartoshkani ko’paytirish koeffitsientini oshiradi. Uni tuganak ekilgan deb hisoblash 
mumkin, ammo u tuganakni almashtira olmaydi. 
1 t. kartoshkaning oq o’simtalari 2-3 marta sindrib olib ekilganida 0,4 ga 
maydonga yetadi. Oq o’simtalar ekilgan maydondan olinadigan hosil, rasmiy tuganak 
ekib undan olingan hosilni 75-85 foizni tashkil etadi; sof hosili miqdori esa urug’ ekib 
yetishtirilgan hosildan kam bo’lmaydi. 
Oq o’simtalarni ekib kartoshka etishtirish uslubining mohiyati quyidagilardan 
iborat. Saqlanayotgan kartoshkani navbatdagi saralash-xillash va tozalash davrida 
uzunligi 8-16 sm bo’lgan o’simtalari ajratib olinadi. U yangiligicha erta bahorda 
(mart-aprel) ochiq maydonga ekiladi. Ajratib olingan oq o’simtalar may-iyun oylarida 
ekiladigan bo’lsa, ular ko’chatdan bo’shagan parnik o’rasi yoki maxsus chuqur 
kovlanib u yerlarga rasad qilinadi, bunda o’simta bo’yining 2/3 qismi tuproqqa 
ko’milishi kerak. Rasad qilingan o’simtalar 8-10 kundan so’ng ko’k rangga kirib biroz 
baquvvatlashadi, shu davrda ular ochiq dalaga 70x30 sm sxemada har uyaga 3 


137 
donadan ekiladi. Bahorda yog’ingarchilik ko’p bo’lsa ko’chat maydonga egat 
olmasdan ekiladi, may-iyun oyida esa egatlarga suv qo’yiladi so’ng ekiladi. 
Ko’chatdan ekilgan nihollarning o’suv davri, tuganakdan hosil bo’lgan 
o’simliklarga nisbatan 15-20 kunga uzayadi. SHuning uchun o’simta-ko’chatlarni iyun 
oyining ikkinchi yarmida ekish tavsiya etilmaydi, chunki hosil bo’lgan tuganaklar 
to’liq pishib yetilmay qolishi mumkin. 

Download 12,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish