Murdaning qotish jarayoni ko’pgina tashqi muhit faktorlariga, shuningdek
organizmning holatiga ham bog’liq. Masalan, yuqori
harorat va quruq havoda
qotish jarayoni tez rivojlansa, past harorat va namli havoda sekin sodir bo’ladi.
Yosh bolalar, keksalar va ozg’in kishilarda muskuli ozroq bo’lgani uchun murdani
qotishi kuchsiz rivojlanadi hamda tezda yo’qoladi.
Markaziy nerv sistemasiga ta’sir qiluvchi zaharli moddalar bilan
zaharlanganda (strixnin, pilokarpin), stolbnyak va epilepsiya kasalliklarida, o’tkir
qon yo’qotishda murdaning qotishi anchagina tezlikda paydo bo’lib, uzoqroq
turadi va kuchli rivojlanganligi ko’rinadi. Ayrim zaharlanishlardan o’limda,
masalan oq qalpoqchali zamburug’ (blednaya poganka)
bilan zaharlanganda
murdani qotishi umuman kuzatilmaydi.
Murdaning qotishi faqat tana mushaklarida kuzatilibgina qolmasdan, balki
ichki organlar mushaklarida ham ko’zga tashlanadi. Bunday holat ayniqsa yurakni
kesib ko’rishda aniqlanilib, buni murdani sud tibbiyotida kesib ko’rishda hisobga
olinishi zarur. Birinchi soatda qotish jarayoni chap qorinchaga, keyin o’ng
qorincha va bo’lmachalarga tarqaladi. Qotish tufayli yurak mushaklari qattiqlashib,
bo’shlig’i torayadi va o’lgandan keyingi diastola sistolaga o’tadi. O’lgandan keyin
biroz vaqt o’tgach, yurakning qotishi boshqa mushaklar singari bartaraf bo’ladi.
Yurakning qorinchalari devori yumshab, ilvillab qoladi va yurak bo’shlig’i
puchayadi. Yurak mushaklarining qotishi, tana muskullariga qaraganda tez bartaraf
bo’ladi. Yurakning qotishi va uning bartaraf bo’lishini o’ziga xos xususiyatlarini
ekspert o’limning sodir bo’lish mexanizmini aniqlashda hisobga olishi zarur. Agar
nisbatan yaqinda o’lgan murdani tekshirishda yurak
ilvillab qolgan va barcha
bo’shliqlari qon bilan to’lgan bo’lsa, bunda yurakning paralitik tipi borligi, agar
yurakning o’ng tomoni qon bilan to’lgan taqdirda o’tkir o’limning belgisi
hisoblanadi. Yurak to’liq bo’shab, uning mushaklari keskin qisqarganda travmatik
yurak haqida o’ylash mumkin.
Devori silliq mushaklar bilan qoplangan qorin bo’shlig’i kovak organlarida
ham murdani qotish jarayonlari kuzatiladi. Oshqozoni burmalarida, ayniqsa, u
bo’sh bo’lsa aniq ko’rinadi. Murdani qotishi bartaraf bo’lishida oshqozon shilliq
428
qavati burmalari yassilanib, tekislanadi va ba’zan buni atrofik gastrit holati deb
xato o’ylanishi mumkin. Ichaklarda murdaning qotish
belgisi sifatida ichakda
bo’lgan axlat va gazlarning siljishini ko’rsatilsa bo’ladi.
Murdaning qotishini sabablari hozirgacha to’lig’icha o’rganilmagan. Buni
tushuntiruvchi bir necha nazariyalar mavjud.
Koagulyatsion nazariya tarafdorlari murdani qotishini organizmda o’lgandan
keyin ham paydo bo’ladigan sut kislotasinining ta’sirida muskullardagi oqsil
aktomiozinning ivishi tufayli sodir bo’lishligi bilan tushuntiradilar.
Nerv nazariyasi tarafdorlari esa o’layotgan nerv sistemasidan kelayotgan
patologik impulslar oqimi murdaning qotishiga sababchi bo’lishligini ko’rsatadi.
N.E.Vvedenskiy muskul to’qimasining parabioz holati tufayli murda qotishining
sababchisi deb hisoblaydi.
Gidratatsion nazariyada o’lgandan keyin
mushaklardagi glikogenning
autolitik emirilishi tufayli glyukoza va sut kislotasining ahamiyati kattaligi
ko’rsatiladi. Glikogenning katta molekulasi mushaklar ichidagi osmatik bosimga
sezilarli ta’sir ko’rsatmasa, sut kislotasi va glyukozaning ko’p mayda molekulalari
osmatik bosimni o’zgartirib mushak tolalariga suvni jalb qiladi. Buning natijasida
tolaning bo’kishi va qisqarishiga sababchi bo’ladi. Keyinchalik, sut kislotasining
hosil bo’lishi to’xtagach, teskari jarayon mushaklardan suvni diffuziya yo’li bilan
chiqishi tufayli murda yumshaydi. Bu, ayniqsa, tarkibida glikogeni kam bo’lgan
qotish jarayoni kuchsiz yoki bo’lmaydigan ozg’in kishilar murdasi mushaklarida
aniq ko’rinadi.
Degidratatsion nazariya tarafdorlari murdani pastki qismlariga suyuqlikni
oqib
tushishi, natijasida mushaklarni suvsizlanishidan murdaning qotishi sodir
bo’ladi deb tushuntiradilar. Murdaning mushaklariga suvsizlantiruvchi moddalar
(kaltsiy xloridi, efir, xloroform, absolyut spirt) yuborilganda murda tez qotganligi
ko’zga tashlanganligi ham buni tasdiqlaydi. Massiv qon ketishdan o’lish hollarida
murdaning qotishi juda tez sodir bo’lishini ham degidratatsion nazariyasi
isbotlaydi.
Hozirgi davrda ko’pgina tadqiqotchilar murda qotishining sodir bo’lishi va
429
rivojlanishida mushaklarda o’lgandan keyin
ATF ning emirilishi bilan
bog’laydilar. Hayotiylik davrida mushaklarning qisqarishi va elastiklik xususiyati
ATF ning qayta sintezlanishi bilan bog’liqdir. To’qima nafas olishi va glikoliz
jarayonlarining to’xtashida ATF emiriladi va murdaning qotishiga sababchi
bo’ladi.
Murda qotishining sud tibbiyoti uchun ahamiyati kattadir. Bu:
1) murdaning qotishi o’limni tasdiqlovchi belgilardan biridir;
2) marhumni o’lgandan keyingi holatini ko’rsatadi;
3) murda qotishi rivojlanish darajasiga qarab o’limni sodir bo’lish vaqtini
aniqlash mumkin;
4) murda qotishining rivojlanish darajasi o’limning
sababini aniqlashda
yordamlashishi mumkin;
5) yurak qotishini rivojlanish darajasiga qarab o’limning mexanizmi
haqida fikr yuritish mumkin;
6) ichki organlarda murdaning qotishini tiriklikdagi kasallik holatlariga
o’xshatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: