Ayrim hollarda murda dog’larini qontalashdan farqlashga to’g’ri keladi.
Buning uchun teri krest shaklida kesiladi. Murda dog’ida qon qon tomirlarida yoki
(imbibitsiya davrida) atrofdagi to’qimalarga diffuz ravishda shimilgan bo’lsa,
qontalashda esa to’qimalarda quyilgan qon va uyushgan qon ko’rinadi.
Murda dog’larining rivojlanish darajasi va tezda hosil bo’lishi
qator
sabablarga bog’liq. Masalan, kuchli qon yo’qotishda o’lgandan keyin kech, 3-4
soatdan keyin, kamroq holda kuzatiladi. Shuningdek uzoq o’lish paytida ham
kuchsiz
rivojlanadi, chunki qonning anchagina qismi qon tomirida uyushgan
bo’ladi. Aksariyat hollarda yurak-qon tomirlari kasalliklaridan to’satdan o’lganda,
asfiksiyadan tez o’lganda, elektr tokidan jarohatlanishda va boshqalarda murda qon
tomirlarida qon suyuq holda qolgani uchun murda dog’lari tez, o’lgandan keyin
birinchi soatning oxirida kuzatiladi va juda ko’p rivojlangan bo’ladi.
Murda dog’larining sud tibbiyoti uchun ahamiyati juda muhimdir.
Birinchidan murda dog’ining bo’lishi biologik o’limning
shubhasiz belgisi
hisoblanadi. Ikkinchidan, uning rivojlanish darajasiga qarab o’limning
sodir
bo’lgan vaqti aniqlaniladi. Uchinchidan, murda dog’ining joylashgan joyiga qarab,
murdaning qanday holatda uzoq vaqt bo’lganligi haqida va bu holat murdani
tergovchi va vrach tomonidan ko’zdan kechirulgangacha
qandaydir kishi
tomonidan joyini o’zgartirilishi to’g’risidagi savolni echishda yordamlashadi.
Bundan tashqari, murda dog’i rangining o’zgarishiga qarab o’limning
sababini
aniqlash mumkin. Masalan, agar murda dog’lari qizil yoki qizg’ish rangda bo’lsa
biz odamni is gazi bilan zaharlanib o’lgani to’g’risida o’ylashimiz mumkin, chunki
bunda qonda karboksigemoglobin paydo bo’ladi.
Agar murda dog’i qo’ng’ir qizg’ish yoki jigar rang tusli bo’lsa biz odamni
bertole tuzi, anilin yoki nitritlar bilan zaharlanganligi haqida xulosa chiqarishimiz
mumkin, chunki bu paytda qonda metgemoglobin paydo bo’ladi. Shularni hisobga
olgan holda murdani kesib ko’rish rejalashtiriladi va o’tkaziladi.
Murda gipostazlari va imbibitsiyasi ichki organlarda ham kuzatiladi. Agar
murda orqasida yotganda ichki organlarning orqa tomoni qon bilan shimilib
oldingi tomoniga qaraganda qattiqlashadi va ancha xiralashgan bo’ladi. Ikki
426
sutkadan keyin va keyinroq murdani kesib ko’rishda aorta intimasi va miokardning
imbibitsiyasi kuzatilib, ular avval qizg’ish, keyinchalik iflos-qizil tusga kiradi.
Gipostaz rivojlanish jarayonida ichki organlar qon tomirlaridan chiquvchi
plazma qismlari seroz pardalar orqali o’tib plevra, qorin va perikard bo’shliqlariga
yig’iladi. Bu transsudat avvalo sarg’imtir bo’lib, keyin eritrotsitlar aralashgach,
qizg’ish tusga kiradi. O’lgandan keyin 3-4 sutkaning oxirida bo’shliqlarda 50-100
ml suyuqlik topilishi mumkin. Barcha bo’nday o’zgarishlar o’lgandan keyin sodir
bo’lib, ularni tiriklik paytidagi jarohatlanishlar yoki kasallik jarayonlariga xech bir
bog’liqligi yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: