suyuq muhitini qator hozirgi
zamon laboratoriya usullari, jumladan gistoximik,
bioximik, biofizik va boshqa usullardan ham keng foydalanilmoqda. Biroq bu
tekshiruvlarning natijalarini ko’pchiligi bir-biriga qarama-qarshidir va shuningdek
bularni bajarish qimmatbaho murakkab apparatlar hamda reaktivlar talab qilinadi.
Shuning uchun ham bu usullarni ekspert amaliyotida qo’llanilishi juda mushkuldir.
15.4.1. Murdadagi o’zgarishlarga qarab o’limni vaqtini aniqlash
Hozirgi davrgacha murda o’zgarishlari darajasining
rivojlanishiga qarab
o’limni sodir bo’lgan vaqtini aniqlash o’zining ahamiyatini yo’qotgan emas.
Tekshirishni aniqlik darajasini oshirishda ko’pgina tadqiqotchilar murda
o’zgarishlarini o’rganish natijalarini sub’ektiv baholashdan ularni ob’ektiv
tekshirishga o’tish uchun harakat qildilar. Bu jihatdan murda dog’lari va murda
sovishini tekshirishda anchagina muvaffaqiyatlarga erishildi.
Murda dog’larini tekshirish.
Hatto murda dog’lari davrlari (gipostaz, staz,
imbibitsiya) da barmoq bilan bosib ko’rilganda va murda dog’ining rangini
bosilgan joyda o’zgarishiga qarab o’limning
vaqtini taxminan aniqlashga
murdasini. Murda dog’i maxsus dinamometr asbobi yordamida tekshirilganda
o’lim sodir bo’lgan vaqtini ancha to’g’ri aniqlash mumkin (Bakulev S.N., 1966;
Turovets N.P., 1962; Kononenko V.I., 1971 va boshqalar).
S.N.Bakulev (1965) ning ma’lumoticha, murda dog’larining yo’qolishi va
oqarish darajasi faqatgina bosilish kuchigagina emas,
balki bosimning
davomliligiga ham bog’liq. Shuning uchun ham, murda dog’iga bosilish kuchi va
bosimning davomliligi doimiy bo’lishi kerak.
V.I.Kononenko (1971) tomonidan o’tkazilgan murda dog’larini kompleks
fiziko-kimyoviy tekshiruvlar o’lim sodir bo’lgan vaqtiga bog’liq holda murda
dog’larida kuzatiladigan ancha to’liq, kengaytirilgan baholarni berishga muvaffaq
bo’ldi va ularning rivojlanish jarayonida umum ma’lum bo’lgan davrlardan
tashqari 7 davrdan,
jumladan, teri, qon tomirlarida o’lgandan keyin qonning
taqsimlanishi (o’lgandan keyin 3 soatgacha), gipervazemiya (3 soatdan 6
439
soatgacha), tomir ichi gemolizi (6 soatdan 18 soatgacha), vazodestruktsiyalar (18
soatdan 24 soatgacha), imbibitsiya (24 soatdan 36 soatgacha), proteoliz (36
soatdan 60 soatgacha) va putrifikatsiya (60 soatdan 120 soatgacha) bo’lishi
mumkin. Biroq har xil ekzogen va endogen faktorlarning ta’siriga bog’liq holda
ko’rsatilgan davrlarda murda dog’larining shakllanishi biroz qisqarishi yoki
cho’zilishi kuzatiladi.
V.I.Kononenkoning ko’rsatishicha, dinamometriya usuli o’limni
vaqtini
o’lim sodir bo’lgan vaqtdan birinchi 12-24 soatda 2-4 soatgacha farq bilan aniqlash
imkoniyatini beradi. Bunda, albatta, o’limning turi va sodir bo’lish mexanizmi
hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: