1-LABORATORIYA ISHI
LABORATORIYADA ISHLASHDA RIOYA QILINADIGAN XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarni laboratoriyada ishlashning xavfsizlik texnikasi, reaktivlar bilan ishlash qoidalari, kimyoviy moddalar bilan zaharlanganda, kuyganda va boshqa holatlarda qanday qilib birinchi yordam ko’rsatish tartibi bilan tanishtirish.
Jixozlar: ayrim oson yonuvchan, hidli organik moddalardan namunalar.
Laboratoriyada ishlashda rioya qilinadigan xavfsizlik texnikasi qoidalari va baxtsiz xodisalar ro’y berganda birinchi yordam ko’rsatish.
Organik kimyo laboratoriyasida ishlashda extiyot choralariga rioya qilish zarur, chunki organik moddalar oz yoki ko’p darajada zaharlidir. Bundan tashqari, ularning ko’pi tez o’t oladigan va portlovchidir. Kimyo laboratoriyasida ishlaydigan har bir kishi ishlash vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishi kerak.
1.Qanday tajriba bajarilishidan qat’iy nazar, albatta bajarilishi kerak bo’lgan bir qancha umumiy qoidalar mavjuddir.
2.Laboratoriyada hech kim yo’qligida ishlash yaramaydi, chunki baxtsiz xodisa ro’y bersa jabrlanuvchiga yordam beradigan va uning oqibatlarini bartaraf qiladigan kimsa bo’lmaydi.
3.Laboratoriyada ishlash vaqtida osoyishtalik, ozodalik, tartib saqlab, xavsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak, chunki ishlash vaqtidagi tartibsizlik, shoshma-shosharlik oqibatida og’ir baxtsizliklar ro’y berishi mumkin.
4.Raxbarning ruxsati bilangina ishga kirishi mumkin. Ishning xavfli va ayni kerakli qismini raxbarning nazorati ostida bajarish kerak.
5.Eksperimentni boshlashdan oldin ishlatiladigan va sintez qilinadigan hamma moddalarning xossalarini bilib olish kerak. SHuningdek, ishning plani, uni bajarish texnikasi va asboblarning sxemasini o’qituvchi bilan fikrlashib olish lozim.
6.Laboratoriyada ishlovchi har bir kishi o’t o’chirish uchun kerakli vositalar: elangan qum solingan yashik (kurakchasi bilan), asbest yoki qalin jun odeyal, to’ldirib qo’yilgan o’t o’chirish asboblariri, birinchi yordam ko’rsatish uchun xamma narsalari mavjud aptechka, gazniqob yoki respiratorlar qaerda turishini bilish kerak.
7.Laboratoriyada chekish, ovqatlanish qat’iyan man etiladi.
8.Kimyoviy moddalarning mazasini totib ko’rish mumkin emas. Xar qanday eritmani pipetka yordamida og’iz bilan so’rib olish man etiladi. Moddaning xidini aniqlash uchun idishga engashmasdan, chuqur nafas olmasdan xidlanadi. Buning uchun extiyotlik bilan moddaning bug’i yoki gaz idish og’zidan burun tomonga qo’l bilan yelpiladi va bir oz xidlanadi
9.Ayrim tajribalarni o’tkazishda ximoya maska kiyish yoki ko’zoynak taqish kerak.
10.Ishlab turgan asboblarni nazoratsiz qoldirish man etiladi
11.Ish tugagach gaz, suv va elektr asboblarni o’chirish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |