egallaydi.
Sub’ektiv belgilar odatda terining qichishi, ba’zan kuydiruvchi og’riq paydo
bo’lishi, bo’g’imlarni qaxshatuvchi sezgi bilan xarakterlanadi. Haftaning oxiriga
kelib og’riq yo’qoladi va teri odatdagi tusga kiradi.
II-darajali sovuq urish uchun birinchi 2-3 kunlarida pufakchalar paydo
bo’lishi xarakterlidir. Pufakchalarda sarg’imtir tiniq suyuqlik, ba’zan esa ulardagi
suyuqlik elimsimon konsistentsiyaga ega bo’ladi.
Pufakchaning tubini
jarohatlanmagan epidermisning o’suvchi qavati tashkil qiladi. Uning atrofidagi teri
ko’kimtir va shishganligi ko’rinadi. Tiklanish jarayonida teri qoplamasi to’lig’icha
tiklanib, tushgan tirnoqlari yana o’sadi. I-II-darajali sovuq urishidan tiklanganda u
joyning uzoq vaqt sovuqni sezuvchanligi ancha yuqori bo’ladi.
Sovuq urishning III-darajasida terining barcha qavati nekrozi ba’zan teri osti
kletchatkasiga ham tarqaladi. Bunda to’qimalarni sovuq urish chuqurligini odatda
birdaniga aniqlab bo’lmaydi. Jarohatlangan joy to’q qizil rangli, pufakchaning tubi
to’q binafsha tusdaligi ko’rinib ukol ignasini sanchilishiga sezuvchanligini
yo’qotadi. Ba’zan pufakcha bo’lmaydi. Kuchli shish jarohatlanish maydonidan
tashqariga tarqalganligi ko’rinadi.
O’lgan to’qimalar uzoq muddat davomida ko’chib tushadi va bu jaroyon
odatda yiringlanish bilan birga davom etadi. Granulyatsiyaga uchragan yara 1,5-2
oy ichida epiteliya bilan qoplanib chandiqlanadi. Sovuq urishning III-davri tiklanib
jarohatlangan joy qasmoq bilan qoplanganligi ko’rinadi. Bunga sovuq urishning
mumlanish turi deyiladi. Tiklanish natijasida sovuq urgan joyda uzoq muddatda
trofik
buzilishlar, ko’karish va shish, sezuvchanlikning buzilishi saqlanadi.
Sovuq urishning IV-darajasida tana qismlarining barcha qavatlari,
shuningdek suyaklarning ham o’lganligi ko’rinadi.
Nekrozga uchragan
to’qimalarning chuqurligi sekinlik bilan ko’zga tashlanib, yaxshi rivojlanuvchi
demarkatsion egatcha faqatgina ikkinchi haftaning oxirida paydo bo’ladi. Terining
jarohatlangan joyi birinchi kunlari ko’kargan, ushlab ko’rilganda soviganligi,
ko’pincha tubida to’q qizil rangli pufakchalar ko’zga tashlanadi. Jablanuvchi
barmoqlari, ayniqsa, qulning
tirnoqlari ancha tez mumlanadi; qo’l va oyoq
250
panjalarining qolgan qismlari ho’l nekroz holatida bo’ladi.
O’lgan to’qimalarni ajralishi bir necha haftaga va hatto oylab cho’ziladi.
Epitelizatsiya va chandiqlanish davri ham sovuq urishning oqibati tana
qismlarining uzilib tushishi bilan xarakterlanadi.
IV-darajali sovuq urishda ko’pincha yuqoriga yo’naluvchi yiringli infektsiya
(flegmonalar, limfangitlar, flebitlar,
artritlar, osteomielitlar, sepsis) bilan
asoratlanadi. So’nggi davrda trofik yaralar, endoarteriitlar, aseptik osteoporoz va
boshqalar ko’zga tashlanadi.
Sovuq urish kamdan kam hollarda sud tibbiyoti ekspertizasining tekshiruv
ob’ekti bo’lishi mumkin. Kerakli hollarda tan jarohatining og’irlik darajasi yoki ish
qobiliyatining turg’un yo’qotilishi aniqlaniladi (odatda IV-darajali sovuq urishda).
Do'stlaringiz bilan baham: